Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

MAXSUS O‘QUV MUASSASALARI UCHUN AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA KO‘RSATMALARNI ISHLAB CHIQISH METODIKASI

Mazkur maqolada maxsus o‘quv muassasalari uchun axborot vositalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqish metodikasining asosiy tamoyillari va yondashuvlari yoritiladi. Maxsus ehtiyojli o‘quvchilarning axborotga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ijtimoiy moslashuvi va ta’limdagi muvaffaqiyatlarini oshirishda axborot vositalarining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda, axborot vositalarining maxsus ehtiyojlarga moslashtirilgan shakllari va ulardan foydalanish metodikasining samaradorligi ko‘rib chiqiladi.

Eminov Behzodbek Abdujabborovich

72-77

2025-02-28

MAVZU: “YOSH SPORTCHILAR (11–15 YOSH) UCHUN MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIK MASHQLARI KOMPLEKSINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI” (erkin kurashchilarni musobaqaga tayyorlash jarayonida qo‘llanishi)

Mazkur maqolada 11–15 yoshli erkin kurashchilarni musobaqalarga tayyorlash jarayonida maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari kompleksini qo‘llashning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Yosh sportchilarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari, mushak va asab tizimining o‘ziga xosligi hamda sport natijalariga ta’sir etuvchi omillar ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, maxsus mashqlar tizimi yordamida kuch, chidamlilik, tezkorlik, moslashuvchanlik va koordinatsiya kabi asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirishning samaradorligi amaliy tajribalar asosida asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, maxsus mashqlar kompleksidan muntazam foydalanish erkin kurashchilarning texnik-taktik mahoratini oshiradi va musobaqalarda yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi.

Meliqo‘ziyev Asilbek Adxamjon o‘gʻli

129-131

2025-10-13

YOSH BASKETBOLCHILARNING MAXSUS MASHQLAR ORQALI JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Maqola yosh basketbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan maxsus metodikalarni tahlil qiladi. Basketbol – yuqori tezlikda va katta jismoniy faollikni talab qiluvchi sport turi bo‘lib, sportchilarning kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik va koordinatsiya kabi fazilatlarini rivojlantirish zarur. Maqolada yosh basketbolchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan asosiy metodikalar va mashqlar yoritiladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik, shuningdek, umumiy jismoniy holatni yaxshilash, jarohatlarga qarshi kurashish va o‘yindagi samaradorlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Treninglar davomida sprintlar, agility mashqlari, interval treninglari, og‘irlik bilan ishlash va to‘p bilan bajariladigan maxsus mashqlar kabi metodikalar qo‘llaniladi. Ushbu tadqiqotda yosh basketbolchilarning sport mahoratini oshirishda jismoniy tayyorgarlikning o‘rni va ahamiyati, shuningdek, metodikalar asosida amalga oshiriladigan mashqlar va ularning samaradorligi ko‘rsatiladi.

Nodiraxon Komilova

87-94

2025-02-28

MALAKALI ERKIN KURASHCHILARDA MAXSUS CHIDAMLIKNI OSHIRISH METODIKASI

Ushbu maqola malakali erkin kurashchilarda maxsus chidamlilikni oshirishga qaratilgan keng qamrovli metodologiyani taqdim etadi. Maxsus chidamlilik, sport ko'rsatkichlarining muhim tarkibiy qismi kurash, uzoq vaqt davomida yuqori intensiv harakatlarni davom ettirish qobiliyatini anglatadi. Taklif etilayotgan metodologiya aerob va anaerob konditsionerlik, intervalli mashg'ulotlar, kuch va quvvatni rivojlantirish, shuningdek, erkin kurash talablari uchun maxsus ishlab chiqilgan tiklanish strategiyalarini o'z ichiga olgan turli xil o'quv usullarini birlashtiradi.

Yakupbaev A.A., Allanazarov Ikram Genjeevich

202-206

2024-03-31

ILM-FANNI RIVOJLANTIRISH VA INNOVATSIYALARDAN FOYDALANGAN HOLDА MAXSUS PEDAGOGIKA MODULINI INTEGRATIV O‘QITISH VOSITALARI

Ushbu maqolada maxsus pedagogika modulini integrativ o‘qitishda ilm-fanni rivojlantirish va innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish muhimligi yoritiladi. Zamonaviy raqamli ta’lim platformalari, interfaol usullar va sun’iy intellekt vositalari maxsus ehtiyojli o‘quvchilarning ta’lim jarayonini soddalashtirish va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Maqola natijalari asosida ilm-fan yutuqlari va innovatsion yondashuvlarning maxsus pedagogikadagi o‘rni hamda amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.

Djаvlаnоvа Nоdirа Xаmzа qizi

58-61

2025-04-24

AKT MUHITIDA LOGOPEDNING KASBIY RIVOJLANISH IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada axborot –kommunikarsiya texnologiyalari, yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish yillari, logoped mashg‘ulotlarida foydalanishi mumkin bo‘lgan standart dasturlar va ta’lim jarayonida AKTning o‘rni haqida yoritib berilgan..

Pulatova Dilfuza Azamkulovna, Oʻsarova Zebo, Sherqoʻziyeva Dildora, Ataxodjayeva Oyshaxon

63-65

2023-05-05

EKOLOGIYA SOXASIDA VAKOLATLI BOSHQARUV ORGANLARI FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI MISOLIDA

Mazkur maqolada Ekologiya soxasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish borasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasining qiyosiy-huquqiy tahlili, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish zarurati borasida mahalliy va xorijlik huquqshunos olimlarning fikrlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari tizimini optimallashtirish masalasi xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida yoritib berilgan. Shu bilan birga, davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilgan. Xususan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasida amalda bo‘lgan qonunchilik asosida mamlakatimizda ham davlat ekologik nazoratini amalga oshirish vakolatini yagona davlat boshqaruv organiga berish masalasi tahlil qilingan.

Alloberdiyeva Durdona O‘ktamjon qizi

7-11

2023-12-06

MAXSUS KIYIM TURLARI, FOYDALANISH SOHALARI VA ULARNING FIZIK MEXANIK HUSUSIYATLARI BO’YICHA ADABIYOTLAR TAHLILI

Ushbu maqolada turli sohadagi maxsus ish kiyimlari uchun materiallar to’plamini ishlab chiqish, kiyim paketlarini hususiyatlari, kiyimlarini qo’llanish sharoiti, maxsus ish kiyimlarini ishlab chiqarish ularning sifatini kompleks baholash bo’yicha desertatsiya ishlari tahlili olib borilgan.

Toshpo’latov Solih Shukurovich, Sodiqova Feruza Abdulxay qizi

117-121

2021-12-31

MAXSUS PEDAGOGIKANING DOLZARB MASALALARI

Bu maqolada maxsus pedagogika sohasini rivojlantirish uchun eng avvalo pedagoglarni to’g’ri tanlash, ularni to’g’ri shakllantirish va mahoratlarini oshirish kerakligi haqida fikrlar bayon etilgan. Bolalardagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun eng avvalo pedagog kuchli
bilimga ega bo’lsa kutilgan ijobiy natijalarga erishish imkoniyati shunchalik oshadi.

Rimbayeva Ozoda Bazarbayevna

520-523

2022-05-10

ZAIF ESHITUVCHI BOLALARGA IMO-ISHORA TILINI OʻRGATISH

Ushbu ishning asosiy maqsadi, eshitish qobiliyati zaif bolalarda imo-ishora tilini o‘rgatish orqali ularning muloqot, til va kognitiv rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy integratsiyasini mustahkamlashga qaratilgan metodik yondashuvlarni tahlil qilishdan iboratdir. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik usullar, interaktiv o‘quv texnologiyalari va individual yondashuvlar asosida imo-ishora tilini o‘rgatish jarayoni o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu metodikalar nafaqat til bilimini oshirishga, balki bolalarning o‘zini anglash, psixologik holatini yaxshilash va jamiyatga faol integratsiyalashuviga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Bunday bolalar maxsus maktablarda maxsus ta’lim olishadi. Shu boisdan bunday bolalar bilan ishlashda bitta ta’lim jarayoniga emas ularning psixologiyasiga ham e’tibor qaratishimiz lozim.

Qurbonova Mashxura Olimjon qizi, Narmetova Yulduzxan Karimovna

183-186

2025-03-24

ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN SAMARALI TA’LIM TIZIMINI YARATISH

Ushbu maqola alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun samarali ta’lim tizimini yaratish masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tizimining mohiyati, uning asosiy muammolari va samarali ta’lim tizimi yaratish uchun zarur bo‘lgan metodlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, maxsus ehtiyojlarga ega bolalar uchun ta’lim jarayonini takomillashtirishda ilg‘or pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlarning roli yoritiladi. Tadqiqot, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun o‘quv dasturlarini yaratish, ta’lim muassasalari boshqaruvi va pedagoglarning o‘quv jarayonidagi roli kabi masalalarga to‘xtaladi. Samarali ta’lim tizimi yaratishning xalqaro tajribalari va ular asosida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan innovatsion chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Maqola, maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalarni taqdim etadi.

Sheraliyev Alisher Muxidinovich

133-140

2025-01-30

MAXSUS PEDAGOGIKANING DOLZARB MASALALARI

Bu maqolada maxsus pedagogika sohasini rivojlantirish uchun eng avvalo pedagoglarni to’g’ri tanlash, ularni to’g’ri shakllantirish va mahoratlarini oshirish kerakligi haqida fikrlar bayon etilgan. Bolalardagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun eng avvalo pedagog kuchli bilimga ega bo’lsa kutilgan ijobiy natijalarga erishish imkoniyati shunchalik oshadi.

Rimbayeva Ozoda Bazarbayevna

447-450

2022-05-10

INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJI BO‘LGAN BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVCHANLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MAXSUS PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada inklyuziv ta'lim sharoitida alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirishda maxsus pedagogik yondashuvlarning ahamiyati, mavjud muammolar va yechimlar tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim sharoitida alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirishda maxsus pedagogik yondashuvlar muhim ahamiyatga ega. Ushbu yondashuvlar orqali bolalarning o'zaro muloqot va hamkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy integratsiyalashish jarayonlarini kuchaytirish mumkin. O'zaro tushunish va barcha bolalarning teng ravishda rivojlanishi uchun muhim shart-sharoitlarni yaratish, inklyuziv ta'lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

Xosiljonova Shaxnoza Muhammadibrohim qizi

157-159

2025-10-16

MAXSUS MATNLARNI IDROK QILISHNING PSIXOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Maqolada maxsus matnlarni idrok qilish jarayonidagi psixolingvistik omillar tahlil qilingan. Muallif matn, maxsus matn tushunchalari, ularning lingvistik va kognitiv xususiyatlarini ochib beradi. Maxsus matnlarni tushunishda til bilimi va sohaga oid bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Shuningdek, mutaxassislik matnlarini o‘quv jarayonida samarali o‘zlashtirish mexanizmlari yoritilgan.

Raximova Dilnoza Tohirjon qizi

125-126

2025-05-12

MAXSUS PEDAGOGIKANING DOLZARB MASALALARI

Bu maqolada maxsus pedagogika sohasini rivojlantirish uchun eng avvalo pedagoglarni to’g’ri tanlash, ularni to’g’ri shakllantirish va mahoratlarini oshirish kerakligi haqida fikrlar bayon etilgan. Bolalardagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun eng avvalo pedagog kuchli bilimga ega bo’lsa kutilgan ijobiy natijalarga erishish imkoniyati shunchalik oshadi.

Rimbayeva Ozoda Bazarbayevna

341-344

2022-05-10

АНАЛИЗ ТРУДОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ РАБОТНИКОВ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ ПО ПРОЕКТИРОВАНИЮ СПЕЦИАЛЬНОЙ ОДЕЖДЫ

Добыча и переработка нефти относятся к видам работ, требующим использования специальной одежды и средств индивидуальной защиты. Специальная одежда является основным компонентом такой сложной системы, как «работник – спецодежда – производственная среда».

Feruza Sultоnоva , Оdil Tоshbеlоv

10-16

2025-08-28

MAXSUS MATNLARNI IDROK QILISHNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI: KOGNITIV VA KASBIY MULOQOT NUQTAI NAZARIDAN

Mazkur maqolada maxsus matnlarni idrok etishda kognitiv va lingvistik mexanizmlarning o‘zaro ta’siri hamda ularning kasbiy muloqotdagi o‘rni tahlil etiladi. Psixolingvistika va kognitiv fan nuqtai nazaridan maxsus matnlarni tushunish jarayoni ochib beriladi. Shu bilan birga, bunday matnlarning kasbiy muomala vositasi sifatidagi ahamiyati va ularning samarali muloqotni ta’minlashdagi roli yoritilgan.

Raximova Dilnoza Tohirjon qizi

155-156

2025-05-12

MAXSUS EHTIYOJLARGA EGA O‘QUVCHILAR UCHUN INKLUZIV TA’LIMDA RAQAMLI YECHIMLAR VA INNOVATSION METODLAR

Ushbu maqolada maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni umumiy ta’lim jarayoniga qo‘shish, ya’ni inkluziv ta’limni amalga oshirishda raqamli texnologiyalar va innovatsion uslublarning ahamiyati tahlil etilgan. Muallif, eng avvalo, inkluziv ta’limning asosiy prinsiplarini: imkoniyatlar tengligi, individual yondashuv, takomillashtirilgan metodika va texnologiyalarni moslashtirish zarurligini ta’kidlab o‘tadi. Shuningdek, maqolada Shvediya, Angliya, Rossiya, Fransiya, Turkiya va Germaniya tajribalari misolida jahon miqyosida maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash amaliyotlari ko‘rib chiqiladi.

Aziza Zayniddinova

26-31

2025-03-18

CHET ELDA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNING INKLYUZIV TA'LIMI

Mazkur maqolada chet elda alohida yordamga muhtoj bolalarning inklyuziv ta'lim tizimi tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim, ya'ni maxsus ehtiyojlarga ega bo‘lgan bolalar uchun ta'lim tizimida barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlarini o‘z ichiga oladi. Maqolada inklyuziv ta'limning rivojlanish yo‘llari, uning amaliyotdagi muvaffaqiyatlari va xususiyatlari, shuningdek, xalqaro tajribalar va ularning O‘zbekiston ta'lim tizimiga tatbiq etilishi masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada inklyuziv ta'lim tizimini samarali tashkil etishda muhim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, metodik yondashuvlar va pedagogik strategiyalar haqida so‘z boradi.

Nuriddinova Nozima, Norboboyeva Dinora

160-165

2025-03-31

YURISTLAR UCHUN XORIJIY TILLARNING MUHIM AHAMIYATI

Huquq tili texnika tili boʻlib, matematika yoki fizika kabi boshqa texnik tillardan farq qiladi, chunki u milliy huquq tizimiga bogʻlangan va oʻzining yuqori ixtisoslashgan terminologiyasiga ega. Maxsus muloqot tilida matn maxsus sintaktik, semantik va pragmatik qoidalarga bo'ysunadigan maxsus til yoki pastki tilda ifodalanadi. Advokat talabalariga chet tilini o'rgatishning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish. Tizimli ko'rib chiqishni tegishli tadqiqotlarni aniqlash va tanqidiy baholash hamda ushbu tadqiqotlardan ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish uchun tadqiqot usuli va jarayoni sifatida tushuntirish mumkin. Yuridik ingliz tilini o'rgatishning ajoyib natijasi talabalarga ma'lum terminologiya bilan nutqni shakllantirish va qonun haqidagi fikrlashni rivojlantirish qobiliyatini berishni o'z ichiga oladi. Mana nima uchun o'qituvchilar o'quvchilarning og'zaki nutqini yaxshilash uchun muhokama va rol o'ynashni rag'batlantiradilar. Ona tilida so'zlashuvchilar yo'qligida tinglash qobiliyatini rivojlantirishning ajoyib usuli bu video. Biz bu usuldan sinfimiz bilan foydalanamiz va u muloqot maqsadlariga erishishda juda samarali ekanligini isbotladi. O'qituvchilar talabalar uchun barcha turdagi mashqlarni ishlab chiqadilar va ularni videolarni tomosha qilish yoki ko'rishdan keyin qo'llaydilar.

Nosirova Dilfuza Nabiyevna

118-126

2023-08-17

METALLURGLAR KORXONALARI ISHCHILARI MAXSUS KIYIMI UCHUN XOS BO'LGAN XUSUSIYATLAR TAHLILI

Maqolada metallurgiya ishchi hodimlari maxsus kiyimda qollaniladigan zamonaviy maxsulotlar turli adabiyotlar hamda internetmanbaalardan o’rgangan holda tahlil qilindi.

Xakimjonov Islombek Shuxrat о‘g‘li, Bahromova Mashhuraxon Ikromjon qizi

86-88

2024-11-27

15-16 YOSHLI VOLEYBOLCHILAR MISOLIDA QO‘L KUCHINI MAXSUS MASHQLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI

15-16 yoshli voleybolchilarda qo‘l kuchini o‘rganish va uni maxsus mashqlar yordamida rivojlantirish samaradorligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Voleybolchilarga xos qo‘l kuchini musobaqa prinsipi asosida shakllantirish afzalligi g‘oyasi ilgari surilgan.

Abatova G.N., Allayarov Dilshod Baxramjanovich

86-89

2023-05-03

EKOLOGIYA SOXASIDA MAXSUS VAKOLATLI DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI FAOLIYATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY VA AMALIY MUOMMOLARI

Ushbu tezisda ekologiya sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari faoliyati tushunchasi, ekologiya soxasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishning nazariy va amaliy muommolari yoritib berilgan. Ekologiya sohasini tartibga soluvchi davlat boshqaruvi organlari tizimini uch turga bo‘lishda mazkur davlat boshqaruvi organlarining kompetensiyasi muhim ahamiyat kasb etishi nazariy jihatdan asoslangan. Shu bilan birga, ekologiya sohasini tartibga soluvchi boshqaruv organi vakolatlarini aniqlashda muhim jihat funksiyalar va vakolatlar o‘rtasidagi zarur muvofiqlikka erishish hisoblanishi, mazkur holatda, avvalo, vakolatlarning mazmuni tegishli boshqaruv organi funksiyalarining mazmuniga to‘liq mos kelishi kerakligi hamda davlat boshqaruvi organining vakolat doirasi u tomonidan bajariladigan funksiyalar hajmiga mos kelishi  tahlili keltirilgan.

Alloberdiyeva Durdona O‘ktamjon qizi

7-8

2023-12-06

MAXSUS SPORT MAKTABLARIDA CHET TILINI O‘QITISHNING SAMARALI METODLARI VA SPORT TERMINOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING O‘RNI (ISPAN TILI MISOLIDA)

Ushbu maqolada maxsus sport maktablarida ispan tilini o‘qitishning samarali metodlari va sport terminologiyasidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada ESP va CLIL metodikasiga asoslangan yondashuvlar, o‘quvchilarning til kompetensiyalarini rivojlantirishdagi roli hamda amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Salaxova Dilnoza Sagdullayevna

61-64

2025-06-11

MAXSUS TA’LIM IXTIYOJLARINI ANIQLASHNING PSIXODIAGNOSTIK USULLARI

Ushbu tezisda maxsus ta’lim ixtiyojlarini aniqlashning psixodiagnostik usullarida, Psixologiya insonning ruhiyatini o’rganuvchi nazariy fan bo‘lib qolmay, balki hozirgi kunda turli xil sohalarda keng qo’llanilishi mumkin bo'lgan amaliy fan hamdir. Insonni har tomonlama o‘rganish, ya’ni odamlar o‘rtasidagi individual farqlarni aniqlash ta’lim-tarbiya va mehnat faoliyati samaradorligini belgilashdir.

Axmadaliyeva Mashxuraxon Jorabek qizi , Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

43-45

2025-10-20

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy