Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

IQTISODIYOT TA'LIM YO'NALISHIDA INGLIZ TILINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O‘RGATISH

Ushbu maqolada iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini interfaol metodlar asosida o‘rgatishning samarali usullari yoritilgan. CLIL yondashuvi, case study, rolli o‘yinlar kabi metodlar orqali iqtisodiy terminologiyani o‘rganish va amaliy nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ingliz tilining professional sohalardagi ahamiyati hamda interfaol metodlar asosida o‘qitishning afzalliklari ko‘rsatib beriladi.

Axmedova Nargisa Ravshanovna, Saidmalikova Muslima

22-24

2025-06-09

EVRISTIK METODLAR BOʻLAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI BELGILOVCHI OMIL SIFATIDA

Mazkur maqolada evristik metodlarning mazmun-mohiyati, ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati hamda bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishdagi roli yoritilgan. Evristik yondashuv orqali tarbiyachilarni mustaqil fikrlashga, muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga va innovatsion qarorlar qabul qilishga yo‘naltirish mumkinligi asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada evristik metodlar yordamida pedagogik jarayonni faol, interaktiv va natijador qilish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari evristik metodlar qo‘llanilganda bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligida muhim ijobiy o‘zgarishlar kuzatilishini ko‘rsatadi. Ushbu maqola pedagogika sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda talaba-tarbiyachilar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Isroilova Navruza Abdulxamid qizi

140-142

2025-10-20

TURIZM TERMINLARINI O'QITISHDA GAPIRISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH UCHUN FOYDALANILADIGAN METODLAR

Turizm terminlarini o‘qitishda gapirish kompetensiyasini rivojlantirish talabalarning kasbiy bilimlarini oshirish va ularni turizm sohasida samarali muloqot qilishga tayyorlash uchun muhimdir. Ushbu maqolada turizm terminologiyasini o‘zlashtirish jarayonida gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan metodlar ko‘rib chiqiladi. Asosiy yondashuvlar sifatida rolli o‘yinlar, muloqotga asoslangan metodlar, interaktiv muhitlar va jamoaviy o‘yinlar kabi ta'lim usullari tahlil qilinadi. Bu metodlar talabalarga turizm sohasida real hayotiy vaziyatlarni simulyatsiya qilish va terminologiyani faol muloqotda qo‘llash imkoniyatini beradi. Tadqiqotning maqsadi gapirish kompetensiyasini rivojlantirish orqali turizm sohasida professional tayyorgarlikni oshirishdir.

Toshboyeva Laylo Jurayevna

76-79

2024-12-13

INTERFAOL O'QITISH METODLARINI QO'LLASH ORQALI TEXNOLOGIYA FANIDA O'QUVCHILARNING IJODKORLIK KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqola interfaol o'qitish metodlarining texnologiya fanida o'quvchilarning yaratish va ijodkorlik ko'nikmalarini oshirishdagi ahamiyatini tahlil etadi. Maqolada interfaol metodlar, ularning turlari va texnologiya fanida qo'llanilishi haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, yaratish va ijodkorlik ko'nikmalarini rivojlantirishning metodik asoslari va interfaol metodlar orqali bu ko'nikmalarni oshirish uchun samarali usullar ko'rib chiqiladi. Guruh ishlari, simulyatsiyalar, rol o'ynash va boshqa innovatsion metodlar yordamida o'quvchilarda ijodiy yondashuvni rivojlantirishning amaliy usullari tahlil etiladi. Maqola interfaol o'qitish metodlarining texnologiya fanidagi darslarda qo'llanilishi o'quvchilarning bilim darajasini oshirish, ularning ijodkorlik va yaratish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun muhim vosita ekanligini ko'rsatadi. Tadqiqot metodlarning samaradorligi, o'quvchilarga ta'sirini o'rganishga qaratilgan.

Paluaniyazova Sapura Kayratdinovna

31-34

2024-11-29

KOGNITIV TILSHUNOSLIK METODLARI

Ma’lumki, har qanday yo‘nalish istiqboli predmetga yondashuv va tadqiq usullarini o‘z ichiga oluvchi tadqiqot metodlariga bog‘liq. Antroposentrik paradigmaning barcha yo‘nalishlari uchun xos bo‘lgan mumtoz metodlar: tasvirlash, tavsiflash, tasniflash, umumiydan xususiyga, xususiydan umumiyga borish, kuzatuv, so‘rovnoma-suhbat  bugungi kunda olib borilayotgan tadqiqotlarda ham izlanish asosini tashkil qiluvchi asosiy metodlar bo‘lib qolmoqda. Shuning bilan bir qatorda har bir sohada uning xususiyatidan kelib chiqqan holda amal qiluvchi metodlar borki, ishning ilmiy qiymati, yo‘nalish xususiyatlari va tadqiqot maqsadi haqida yaqqol tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Jumladan, kognitiv tilshunoslikda ham bir necha xususiy metodlar amal qiladi.

Abdullayeva Roxila Yusufjon qizi

55-56

2025-06-09

INTERFAOL TA’LIM MOHIYATI

Ushbu maqolada hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari, o‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qilishi, bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda alohida o‘rin tutuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilishi haqida ma’lumot berib o‘tilgan. Interfaol metodlar deganda, ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi.  Interfaol usullar o‘quvchini o‘quv-tarbiya jarayonining chinakam subyektiga aylantirib, uni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Bu usullar o‘quvchilarning fikrini uyg‘otadi, ular ta’lim kechimining obyekti sifatida o‘zlari o‘qibgina qolmay, bu jarayonning ijrochilari sifatida bir-birlarini o‘qitish va tarbiyalash bilan ham shug‘ullanishadi.

Elmurodov Ahmadjon Qurbonovich

128-132

2023-04-12

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING INTELLEKTUAL KOMPETENTLIGINI INNOVATSION METODLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini shakllantirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Intellektual kompetentsiya tushunchasi va uning motivatsion, kognitiv, metakognitiv tarkibiy qismlari tavsiflanadi. Shuningdek, talabalarda ushbu kompetentsiyani rivojlantirish ahamiyati ta’kidlanadi. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar – xususan interfaol usullar, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari ko‘rib chiqiladi. Ushbu metodlarning samaradorligi va amaliy qo‘llanilishi misollar bilan yoritib berilgan. Yozuvda ilmiy uslubga rioya qilingan, dalillarga asoslangan xulosalar va tavsiyalar keltirilgan.

O’rinov Rustambek Yoqubjonovich, Tolipov Ergashali Jamoliddin o’g’li

170-173

2025-06-19

OʻRTA MAKTABDA NISBIYLIK NAZARIYASI ASOSLARINI OʻQITISH USLUBI

Mazkur maqola o‘rta maktab darajasida nisbiylik nazariyasining asoslarini o‘qitish uslubi va yondashuvlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda mazkur mavzuni o‘quvchilar uchun sodda, qiziqarli va tushunarli tarzda yetkazish usullari, interaktiv metodlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, mavzuni o‘rgatishda eksperimentlar, vizual materiallar va o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantiruvchi masalalar muhimligi ta’kidlangan.

Qodirova Nargiza Boltaboy qizi, Jumaeva Ra’no To‘ychi qizi

7-9

2024-12-06

“MUSIQA FANINI O’QITISHNING OG’ZAKI METODLARI VA ULARNI QOʻLLASH USULLARI”

O‘quvchilar asosiy o‘quv axborotini o‘qituvchining og‘zaki mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki qo‘shik matnlari asosida olsalar, bunday metodlar og‘zaki tushuntirish, hikoya, suhbat, izoh, sharh va hokazo metodlar jumlasiga kiradi. Bunda asosiy narsa fikr bayon qilishning to‘g‘ri tizimidir. Bu metodlar yoki tushunchalami shakillantirish va o‘zlashtirish jarayoniga, yoki hissiy obrazlami shakillantirish va tasavvur qilishga qaratilgan bo‘ladi. Ushbu maqolada musiqa fanini o‘qitishning og‘zaki metodlari va ularni qo‘llash usullari haqida so‘z yuritiladi

Aliyeva Lobar Maxmudjonovna

64-66

2023-03-31

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH: ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR VA INTERAKTIV METODLAR

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish masalalari o'rganilgan. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interaktiv metodlarning samaradorligi adabiyotlar tahlili asosida o'rganilgan. Tadqiqotlar natijasida o'yin asosidagi metodlar, so'roq-javob strategiyalari va ijodiy fikrlashni rag'batlantiruvchi usullarning maktabgacha yoshdagi bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda ahamiyati aniqlangan. Xulosa qismida amaliy tavsiyalar taqdim etilgan.

Karimova Umida Kadirovna

138-141

2025-04-18

MAKTAB TA’LIMIDA ART-PEDAGOGIK METODLAR ORQALI IJODIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada maktab ta’limida art-pedagogik metodlarning ijodiy tafakkurni shakllantirishdagi roli va ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Art-pedagogikaning pedagogik jarayonga integratsiyasi orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, kreativlik va emotsional intellektni rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada art-pedagogik metodlar orqali o‘quvchilarning noan’anaviy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, san’atning turli shakllarini ta’lim jarayoniga samarali joriy etish hamda zamonaviy ta’lim muhitida ijodiy tafakkur motivatsiyasini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, pedagogik yondashuvlarning amaliy ahamiyati va zamonaviy ta’limda qo‘llanilishi yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Najimova Ayjamal Shamshetdinovna

9-11

2025-10-20

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARIDA XALQARO TAJRIBA VA INNOVATSION YONDASHUVLARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini o‘qitishda xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlardan foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Dunyodagi ilg‘or ta’lim tizimlarida qo‘llanilayotgan usullar, interfaol metodlar, texnologik vositalar va integrativ yondashuvlar o‘rganiladi. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar, jumladan, STEAM, CLIL, kommunikativ va lingvodidaktik metodlarning ona tili darslarida samaradorligi yoritiladi. Maqolada ta’lim sifati va o‘quvchilarning savodxonligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati asoslab beriladi.

Yulduz Muxiddinova

4-6

2025-04-07

MEHNAT DARSLARI ORQALI AQLI ZAIF O'QUVCHILARNING NUTQINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI

Ushbu maqola mehnat darslari orqali aqli zaif o'quvchilarning nutqini rivojlantirishning muhim pedagogik yondashuvlarini o’rganishga bag’ishlangan. Maqolada mehnat darslarining o’quvchilarning nutqiy salohiyatini oshirishdagi roli, ularning psixologik xususiyatlari va nutq rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Aqli zaif o'quvchilarning nutq rivojlanishidagi mavjud muammolar va bu jarayonda qo’llaniladigan metodlar, amaliy mashg’ulotlar va interaktiv yondashuvlar haqida ma’lumot beriladi. Mehnat darslarining pedagogik asoslari va o'qituvchining roli haqida fikrlar bildirilib, o'quvchilarning nutqiy ko'nikmalarini rivojlantirish uchun konkret tavsiyalar keltirilgan. Maqola, mehnat darslari orqali aqli zaif o’quvchilarni nutq rivojlantirishda samarali metodlar va amaliyotlarni qo’llashda o’qituvchilarga yo’naltirilgan foydali resurs bo’lib xizmat qiladi.

Karlibaeva Juldiz Amangeldi qizi

60-64

2025-01-20

9-SINFLARDA “HUJAYRALAR EVOLUTSIYASI” MAVZUSINI O’QITISHDA INTERFAOL METODLAR VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Bugungi zamonaviy ta’limni noan’anaviy ya’ni interfaol metodlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Dars jarayonida ushbu metodlardan foydalanish o’quvchilarga dars mazmunini yana ham tushunarli va oson yetkazib berishga yordam beradi. Ushbu maqolada 9-sinflarda “Hujayralar evolutsiyasi” mavzusini o’qitishda interfaol metodlar va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish, o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologiya faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va darsning samaradorligini oshirish yo’llari haqida ma’lumot berilgan.

Olimova Muxlisa Odiljon qizi , Odashboyeva Odina Nuriddin qizi

68-70

2024-11-25

AXBOROTLI JARAYONLAR BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitish metodikasi tahlil qilinib, zamonaviy ta’lim tizimida ushbu mavzuni samarali o‘qitish usullari ko‘rib chiqiladi. An’anaviy yondashuvlarning cheklovlari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Interfaol va innovatsion metodlar, jumladan, “Gamifikatsiya”, “Jamoaviy kod yozish”, “Simulyatsion ta’lim”, “Teskari dars” hamda “Ma’lumotlar detektivi” kabi usullar tavsiya etiladi. Ushbu metodlar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, axborot oqimlarini to‘g‘ri tahlil qilish, media savodxonlik va axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning axborot bilan ishlash qobiliyatini oshirishda mustaqil izlanish, loyiha asosida o‘qitish va muammoli ta’lim usullarining ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitish samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Muhammadiyev Alijon Ulug‘bekovich , Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

45-49

2025-07-28

«ANIQLOVCHI VA UNING TURLARI» MAVZUSINI O`QUVCHILARGA INNOVATSION METODLAR ASOSIDA O`RGATISH

Ushbu maqolada «Aniqlovchi va uning turlari» mavzusini o`quvchilarga innovatsion metodlar asosida o`rgatish xususida so`z boradi.
Ta`kidlash lozimki, o`quvchilarga ushbu mavzuni innovatsion metodlar asosida tushuntirish o`quvchilarning mavzuni keng qamrovda o`rganishlariga, mavzuning mohiyatini yanada tezroq anglashlariga xizmat qiladi.

Kamolova Nargiz Soliyevna

15-18

2022-06-06

RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA “MAʼLUMOTLAR BAZASI” BO‘LIMINI INTERFAOL TA’LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISH METODIKASI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Ma’lumotlar bazasi” bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida interfaol metodlarning o‘rni va ularning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda muammoli ta’lim (PBL), loyiha metodi (PjBL), gamifikatsiya, elektron testlar va interaktiv platformalar kabi interfaol usullarni qo‘llashning samaradorligi o‘rganilgan. Shuningdek, an’anaviy dars shakllari bilan interfaol metodlar qo‘llangan darslarning natijalari taqqoslanib, o‘quvchilarning faolligi, tushunish darajasi va bilimlarni mustahkamlashdagi farqlar ko‘rsatib berilgan. Muhokama natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar qo‘llangan darslarda o‘quvchilarning motivatsiyasi oshadi, mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi hamda o‘rganilgan mavzularni amaliyotga tatbiq qilish imkoniyati kengayadi. Interfaol metodlarni raqamli ta’lim jarayoniga joriy etish orqali informatika fanining “Ma’lumotlar bazasi” bo‘limini yanada samarali o‘qitish va ta’lim sifatini oshirish mumkin.

Avazberdiyeva Surayyo Lutfillo qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

146-150

2025-05-12

INGLIZ TILLI FANINI O’QITISHDA MAKTAB O’QUVCHILARI UCHUN ZAMONAVIY METODLAR

Ushbu maqolada chet tili fanlarini, xususan ingliz tili fani o’qitishda maktab o’quvchilari uchun zamonaviy metodlar haqida ma’lumot berilgan

Matenova Ayjamal Koshkarbayevna

149-151

2022-10-13

PEDAGOGIKA FANLARINI O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI

Mazkur maqolada pedagogika fanlarini o‘qitishda zamonaviy metodlarning roli va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri haqida so‘z boradi. Interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, aralash o‘qitish (blended learning), teskari sinf (flipped classroom), o‘yinlashtirish (gamification) kabi innovatsion usullarning taqdim etilishi, talabalarning bilim olish jarayonini yanada samarali qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, refleksiv va baholash metodlari orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish, case-study orqali amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash kabi yondashuvlar ham kiritilgan. Ushbu metodlar pedagogika fanlarini o‘qitishda talabalarning qiziqishini oshirib, ularning faol va mustaqil bilim olishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Fayzullayeva Dilnura Husan qizi

11-15

2024-11-06

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR: AN’ANAVIY VA INNOVATSION YONDASHUVLAR TAQQOSLANISHI

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim tizimining yuksalishida muhim omillardan biridir. Ular o‘quvchilarning faolligi, mustaqilligi va ijtimoiy-hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda beqiyos imkoniyatlar yaratadi. Ushbu maqolada zamonaviy va an’anaviy pedagogik yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri va qiyosiy afzalliklari yoritilgan. An’anaviy ta’limda o‘qituvchi asosiy shaxs sifatida ishtirok etsa, innovatsion texnologiyalar o‘quvchining markaziy rolini ta’minlaydi. Pedagogik jarayonda AKT vositalari, interaktiv metodlar, muammoli va loyihaviy yondashuvlar orqali dars samaradorligini oshirish mumkin. Maqolada shuningdek, yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy qilishda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotlar natijasida olingan xulosalar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy metodlar nafaqat bilim, balki ijtimoiy kompetensiyalarni ham rivojlantirishga xizmat qiladi.

Sarsenbaeva Raya, Rametullaeva Nadira

85-87

2025-06-16

MAKTABLARDA BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH.

Biologiya fanidan  metodlarni qo’llashning samarali chiqishi o’qituvchiga ham o’quvchining imkoniyatiga ham bog’liq. SHunday metodlar borki, ular bilan darsni qiziq o’tish bilan birga samaraga ham erishilad. Aytib o’tilgan metodlar tajribalar natijasida tavsiya qilingan.

Rahimova Gulnoza Yomģirovna

103-109

2023-10-26

BIOLOGIYA FANINI OʻQITISHDA INTERAKTIV METODLAR VA TOPSHIRIQLAR ISHLAB CHIQISH

Mazkur maqolada biologiya fanini oʻqitishda interaktiv metodlar va topshiriqlarni ishlab chiqish jarayoni tahlil qilingan. Oʻquvchilarning biologiya faniga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularga ilmiy bilimlarni samarali yetkazish va oʻzlashtirishni yaxshilash uchun interaktiv yondashuvlar haqida fikrlar keltirilgan. Maqolada o‘qituvchilarga biologiya darslarida interaktiv metodlardan foydalanish tavsiya qilinadi va ular qanday qo‘llanishi mumkinligi haqida amaliy misollar keltiriladi.

A’zamov Samandar Mamurjon o‘g‘li

51-55

2024-10-22

DARS BERISH JARAYONIDA HAR XIL METODLARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada dars berish jarayonida turli pedagogik metodlardan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik jarayonlarda faqat bir metodga tayangan holda dars o‘tish o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va qiziqishlarini to‘liq rivojlantira olmaydi. Shu sababli, o‘qituvchilar turli metodlarni uyg‘unlashtirib qo‘llashlari lozim. Maqolada an’anaviy va innovatsion metodlar, interfaol dars metodlari, hamda texnologik vositalar yordamida o‘quv faoliyatini boyitish usullari tahlil qilinadi.

Sharapova Feruza Matqurbonovna

81-82

2025-10-22

KOMPYUTER BILAN TANISHUV BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada kompyuter texnologiyalarining ta'lim jarayonidagi ahamiyati va uning samarali o'rgatish metodikasi tahlil qilinadi. Ushbu bo’limda kompyuterning asosiy funksiyalari, uning tarkibi va ishlash prinsiplari to’g’risida nazariy bilimlar beriladi. O’quvchilarni kompyuter bilan tanishtirishda eng muhim jihatlardan biri – dasturlash, operatsion tizimlar va turli dasturiy ta’minotlar bilan ishlashni o’rgatishdir. Metodikada o’qitishning interaktiv usullariga, masalan, amaliy mashg’ulotlar, ko'rgazmali materiallar, mashqlar va laboratoriya ishlariga alohida e'tibor qaratiladi. Shuningdek, ta'limning o’ziga xosligi, o’quvchilarning kompyuter bilimlarini oshirishda innovatsion texnologiyalarning roli va pedagogik metodlarni takomillashtirish masalalari ko'rib chiqiladi. Kompyuter bilan tanishuv bo’limini samarali o’qitish, o’quvchilarga nafaqat texnik bilimlar balki zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari sohasida kerakli ko’nikmalarni rivojlantirish imkonini yaratadi. Maqolada metodik yondashuvlarning muhim jihatlari hamda amaliy tavsiyalar berilgan.

Qurbonova Munisa Zikir qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

176-181

2025-05-12

TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN METODLARDAN FOYDALANISH QOBILIYATNING PEDAGOGIK TAHLILI

Ushbu maqolaning asosiy maqsadi va vazifasi zamonaviy ta’lim jarayonida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarni o’rganish hamda interfaol va innovatsion texnologiyalarga asoslangan metodlardan foydalanish dasturlarini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi. Bunda o’qituvchilarning psixologik va pedagogik qobiliyatlarini oshirish tahlili keng muhokamalarga qo’yiladi. Ushbu tadqiqotmiz davomida ta’lim tizimida samaradorlik ko’rsatkichlarini oshirish va o’qituvchilarning zamonaviy fanga doir metodlarni foydalanishda bir qator ko’rsatmalar berib o’tilgan.

Jumamuratov Renat Esenbaevich

21-25

2024-08-09

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy