Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

SANOATNI MODERNIZATSIYA QILISH VA IQTISODIY SAMARADORLIK

Ushbu maqolada sanoatni modernizatsiya qilishning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Jahon tajribasi va milliy rivojlanish strategiyalari asosida modernizatsiya jarayonining ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan. Xususan, yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, energiya samaradorligini oshirish hamda eksport salohiyatini kengaytirish orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish masalalari o‘rganilgan. Shuningdek, modernizatsiyaning investitsion muhitni yaxshilash, mehnat unumdorligini ko‘tarish va xalqaro raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish orqali iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish, ichki bozorni to‘ldirish hamda tashqi bozorga sifatli mahsulot chiqarishda muhim omil bo‘lishini ko‘rsatadi.

Dildora Abdinabiyeva , Jasurbek Kurbanov

113-116

2025-09-30

XX ASR IKKINCHI YARMIDA JANUBI-SHARQIY OSIYO MAMLAKATLARIDA MODERNIZATSIYA JARAYONLARI: SINGAPUR, MALAYZIYA, INDONEZIYA MISOLIDA

Mazkur tezisda XX asr ikkinchi yarmida Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida kechgan modernizatsiya jarayonlari Singapur, Malayziya va Indoneziya misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ushbu mamlakatlarda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning shakllanishi, ularning zamonaviy davlat qurilishiga ta’siri o‘rganilgan. Singapur misolida sanoatlashuv, ta’lim tizimi va texnologik innovatsiyalar asosida barqaror iqtisodiy model yaratilgani ko‘rsatilgan. Malayziya tajribasida esa iqtisodiy diversifikatsiya, millatlararo totuvlik siyosati va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi davlat strategiyalari tahlil etilgan. Indoneziyada amalga oshirilgan siyosiy barqarorlik, agrar islohotlar va milliy identifikatsiyani mustahkamlash jarayonlari alohida e’tiborga olingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur mamlakatlarda modernizatsiya jarayonlari tashqi omillar (g‘arb tajribasi, xalqaro iqtisodiy aloqalar) hamda ichki siyosiy irodaga tayanib amalga oshirilgan. Shu bois Janubi-Sharqiy Osiyo modeli — mahalliy qadriyatlar va global tajribaning o‘zaro uyg‘unlashgan ko‘rinishidir.

Sabina Yakubova

31-33

2025-10-17

O‘ZBEKISTONDA KASBIY TA'LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISHNING IJTIMOIY SHARTLANGALIK ONTOLOGIYASI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL

Ushbu maqolada O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayoni ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Muallif kasbiy ta’limni faqat texnik tizim sifatida emas, balki madaniy, tarixiy va mafkuraviy omillar bilan bog‘liq ijtimoiy organizm sifatida ko‘radi. Tadqiqot ontologik yondashuv asosida olib boriladi — bu yondashuv orqali ta’limga oid yashirin ma’nolar, qadriyatlar va ijtimoiy kutishlar ochib beriladi. Maqolada ta’lim nafaqat malakali mutaxassis yetishtirish, balki faol fuqaro va mustaqil shaxsni shakllantirish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi.

Qo‘chqarov Oybek G‘ulomovich

112-116

2025-07-31

MINTAQANING IJTIMOIY-SIYOSIY VA IQTISODIY MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada mintaqani   innovatsion-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi haqida fikr mulohazalar keltirilgan bo’lib, mintaqa sanoat korxonalari har yili o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy omillari sifatida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga sarmoya kiritmoqda.

Bekmurodova Saodat Ikromovna

56-60

2023-10-28

MINTAQANI INNOVATSION-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI ISHLAB CHIQISHDA MOLIYAVIY QO’LLAB QUVVATLASHNING O’RNI

Ushbu maqolada mintaqani   innovatsion-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqishda moliyaviy qo’llab quvvatlashning o’rni haqida fikr mulohazalar keltirilgan bo’lib, mintaqa sanoat korxonalari har yili o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy omillari sifatida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga sarmoya kiritmoqda.

BEKMURODOVA SAODAT IKROMOVNA

4-9

2024-02-06

MINTAQA IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI

Ushbu maqolada mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish yo’llari haqida fikr mulohazalar keltirilgan bo’lib, mintaqa sanoat korxonalari har yili o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy omillari sifatida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga sarmoya kiritmoqda.

BEKMURODOVA SAODAT IKROMOVNA

23-28

2024-02-06

ENERGETIKA SEKTORIDA DXSH ASOSIDAGI LOYIHALARNI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI

Energetika sohasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlaridan foydalanish barqaror energiya ta’minoti, texnologik modernizatsiya va investitsiya jalb qilish jarayonida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maqolada energetika tarmog’ida DXSh asosidagi loyihalarni rivojlantirish zaruriyatining asosiy omillari, uning iqtisodiy va ijtimoiy samaralari, shuningdek, mavjud institutsional va huquqiy muammolari tahlil qilindi. Tadqiqot davomida xalqaro tajribalar, milliy qonunchilik va amaliyotga oid ma’lumotlar asosida kompleks yondashuv qo’llanildi. Olingan natijalar DXSh modeli energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, energiya taqchilligi muammosini kamaytirish hamda xizmatlar sifatini oshirishda samarali vosita bo’lishini ko’rsatadi.

Hamroyev G‘ayratjon Sultonovich

118-122

2025-07-21

YASHIL IQTISODIYOT KONSEPSIYASI ASOSIDA O‘ZBEKISTON AGRAR SEKTORINI MODERNIZATSIYA QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston agrar sektorini rivojlantirish jarayonida “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining tamoyillarini joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanib, uni modernizatsiya qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda resurslardan oqilona foydalanish masalalari dolzarbdir. “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ekologik toza texnologiyalarni tatbiq etish, tabiiy resurslar samaradorligini oshirish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash jarayonlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Shuningdek, Tadqiqotda suv va yer resurslaridan foydalanishda innovatsion yondashuvlar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, agrobiznes subyektlari uchun moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezident qarorlari va xalqaro tajriba asosida agrar sektorning barqaror rivojlanish istiqbollari ochib beriladi. Natijada, ekologik muvozanatni saqlash bilan birga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Anasxon Yunusov A’zamjon o’g’li

42-46

2025-09-23

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR MOLIYA VA BUXGALTERIYA TIZIMLARINI MODERNIZATSIYA QILISH

Moliya va buxgalteriya tizimlarining raqamli texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilinishi ko‘rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalar, ayniqsa, ERP tizimlari, bulutli hisob-kitob, sun'iy intellekt, blokcheyn va katta ma'lumotlar tahlili, moliya va buxgalteriya jarayonlarini avtomatlashtirish, samaradorligini oshirish va xavfsizlikni ta'minlashga yordam beradi. Ushbu maqola, texnologiyalarni joriy etishning amaliy tajribasi, yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish usullarini tahlil qiladi. Shuningdek, texnologiyalarning kelajakdagi imkoniyatlari va tashkilotlar uchun raqamli transformatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Maqolada ilmiy-analitik yondashuv asosida raqamli texnologiyalarni moliya va buxgalteriya tizimlariga qo‘llashning samarali metodlari va tizimlar orasidagi integratsiya masalalari ham muhokama qilinadi.

Adhamjon Abidov

344-346

2024-12-28

KASBIY TA’LIMDAN OLIY TA’LIMGACHA BO‘LGAN UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISH YO‘LLARI

Mazkur maqolada kasbiy ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilish yo‘llari yoritilgan. Unda uzluksiz ta’limning mazmuni, bosqichlar o‘rtasidagi uzviylik, innovatsion ta’lim texnologiyalarining ahamiyati hamda raqamli transformatsiya jarayonlarining ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim tizimining bosqichlari o‘rtasida malaka mosligini ta’minlash, integratsion modelni joriy etish va mehnat bozoriga mos kadrlar tayyorlashda zamonaviy yondashuvlar keltirilgan.

Karimova Iroda Kamol qizi, Abduraxmanova Nozima Akbar qizi, Pulatov Diyorbek Azamat o‘g‘li

140-143

2025-10-08

HUDUDLARNING MOLIYAVIY-IQTISODIY SALOHIYATIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Ushbu maqolada mintaqani   innovatsion-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi haqida fikr mulohazalar keltirilgan bo’lib, mintaqa sanoat korxonalari har yili o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy omillari sifatida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga sarmoya kiritmoqda.

BEKMURODOVA SAODAT IKROMOVNA

4-8

2024-02-06

JADIDLAR HARAKATI: MARKAZIY OSIYODA ISLOHOT VA MODERNIZATSIYA

Ushbu maqola XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda rivojlangan jadidlar harakatini o‘rganadi. Jadidizmning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, ta‘lim va madaniyatdagi islohotlari, shuningdek, Sovet rejimi tomonidan ta‘qib qilinishi va bugungi kunda uning merosi tahlil qilinadi. Harakatning asosiy shaxslari, ularning ta‘lim sohasidagi yangilanishlari va milliy o‘zlikni shakllantirishdagi roli muhokama qilinadi. Maqola jadidizmning Markaziy Osiyo jamiyatini modernizatsiya qilishdagi ahamiyatini ta‘kidlaydi.

Abdullayeva Shabona Maxamatzokirovna

96-98

2025-10-08

MAKTABGACHA TAʼLIMDA TARBIYA VA TAʼLIM JARAYONINI JADIDCHILIK TAMOYILLARI ASOSIDA MODERNIZATSIYA QILISH

Maktabgacha taʼlimda tarbiya va taʼlim jarayonini modernizatsiya qilish mavzusidagi ilmiy maqola, taʼlim tizimini zamonaviy tamoyillar asosida takomillashtirish zaruratini ko‘rsatadi. Maqolada maktabgacha taʼlimning sifatini oshirish, yangi metod va texnologiyalarni joriy etish, pedagogik jarayonlarni innovatsion yondoshuvlar bilan boyitishning ahamiyati mazkur maqolada tahlil qilinadi.

Qodirova Nozimaxon Qaxramonjon qizi

135-137

2025-06-20

MODERNIZATSIYA JARAYONI VA TA’LIMNI MODERNIZATSIYALASH

Ushbu maqolada modernizatsiya jarayonlarining nazariy asoslarining paydo
bo‘lishi va rivojlanishi ham aynan dunyo mamlakatlari oldida turgan ustuvor muammolarni
hal etish, zamon ehtiyojlaridan kelib chiqib yangilash maqsadlari zaminida ro‘y berganligi,
modernizatsiya nazariyasining rivojlanishi haqida ma’lumotlar berilgan

Rаfikоvа Dilаfruz Kаxxаrаliуеvnа

61-63

2023-05-15

QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORT QILISH: JAHON IQTISODIYOTINING STRATEGIK OMILI

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishning jahon iqtisodiyotidagi strategik ahamiyati, asosiy ko‘rsatkichlari va tahlillari yoritilgan. Unda global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, tashqi savdo siyosatini rivojlantirish va agrar tarmoqni texnologik modernizatsiya qilish borasida eksportning tutgan o‘rni keng qamrovli misollar orqali tahlil qilinadi. Shuningdek, dunyo va yirik 15 ta davlatning eksport salohiyati, o‘sish dinamikasi, savdo hamkorlari soni, diversifikatsiya darajasi, mahsulot tuzilishi kabi omillarga e’tibor qaratilib, qiyosiy ko‘rsatkichlar jadval shaklida beriladi. Maqola yakunida mahsulot tarkibida xomashyo va tayyor mahsulotlar nisbatining global raqobatbardoshlikka ta’siri hamda diversifikatsiya siyosatining ahamiyati xulosa sifatida keltiriladi

Abubakir Togʻoyev

143-146

2025-03-17

UMUMIY O‘RTA TALIM MAKTABLARI JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINI KASBIY KOMPINTENTLIGINING PEDOGOGIK MEXANIZMLARI

Ushbu maqolada umumiy o‘rta talim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy kompintentligining pedogogik mexanizmlarini o’rganish va  kasbiy kompetentsiya o'qituvchining kasbiy ta'limi, tajribasi va individual qobiliyatlari darajasi bilan belgilanadigan toifa sifatida ko'rib chiqiladi va kasbiy muammolarni hal qilishga texnologik va pedagogik tayyorgarlik bilan bir qatorda uning insonparvar pedagogik pozitsiyasi, pedagogikaga qadrli munosabatini anglatadi. faollik va yuqori darajadagi umumiy va kasbiy madaniyatni yangicha yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish asosida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish zarurligi xaqida ma’lumotlar berilgan.

Matvapayev Azizbek

65-69

2022-08-11

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA MAHSULOT (TOVAR) ISHLAB CHIQARISH TANNARXINI HISOBLASH VA TAHLIL QILISH

Mazkur maqolada iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mahsulot (tovar) ishlab chiqarish tannarxini hisoblash va uni tahlil qilish usullari tadqiq qilingan. Shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulot (tovar) tannarxining mohiyati va iqtisodiy asoslari haqida fikr yuritilgan.

Muradova Minavvar Izzatullayevna

21-24

2024-06-05

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA OPERASION MENEJMENTNI MODERNIZATSIYA QILISH STRATEGIYALARI

Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida operasion menejmentni modernizatsiya qilishning strategik yo‘nalishlari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida adabiyotlar tahlili va taqqoslash usuli qo‘llanilib, 2018-2025 yillarda chop etilgan ilmiy manbalar hamda yirik xalqaro korporatsiyalarning amaliy tajribalari tahlil qilindi. Natijada IoT, Big Data, sun’iy intellekt, bulutli tizimlar va robototexnika asosida operasion jarayonlarni optimallashtirish strategiyalari ishlab chiqildi. Shuningdek, raqamli transformatsiyaning afzalliklari bilan bir qatorda investitsiya hajmining kattaligi, malakali kadrlar yetishmasligi va kiberxavfsizlik muammolari ham aniqlangan. Maqola yakunida korxonalar uchun xodimlarni qayta tayyorlash, barqaror raqamli transformatsiya strategiyalarini ishlab chiqish va ta’minot zanjirini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Azizbek Atajanov

30-38

2025-09-10

O'ZBEKISTONDA DASTURIY BUDJETLASHTIRISH TIZIMINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Bugungi kunda davlat moliyaviy boshqaruvi sohasida ochiqlik, samaradorlik va natijaga yo‘naltirilganlik tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish global tendensiyaga aylangan. O‘zbekiston Respublikasi ham moliyaviy islohotlar doirasida byudjet tizimini modernizatsiya qilish, xususan, an’anaviy xarajatga asoslangan yondashuvdan dasturiy budjetlashtirish tizimiga o‘tish bosqichida turibdi. Ushbu tizim davlat xarajatlarini samarali rejalashtirish, har bir soha bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar natijadorligini oshirish hamda fuqarolarning byudjet mablag‘lari ustidan nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. Mavzuning dolzarbligi, birinchidan, O‘zbekistonda qabul qilingan “Byudjet jarayonini modernizatsiya qilish strategiyasi” bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, unda dasturiy budjetlashtirish asosiy islohot yo‘nalishi sifatida belgilangan. Ikkinchidan, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda ajratilayotgan budjet mablag‘larining samaradorligini ta’minlash masalasi kun tartibida turibdi. Uchinchidan, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar aynan natijadorlikka asoslangan budjetlashtirishga o‘tishni talab qilmoqda.

Mamajonov Azizbek Avazbekovich

90-92

2025-04-22

ASOSIY ISHLAB CHIQARISH FONDLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Mazkur tezisda asosiy ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni va amaliy qo‘llanish yo‘llari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish, texnik va texnologik modernizatsiya vositalari ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish darajasini sezilarli darajada yaxshilashi, eskirish jarayonini sekinlashtirishi va ishlab chiqarish rentabelligini oshirishi mumkin. Tezisda asosiy fondlar samaradorligini aniqlovchi ko‘rsatkichlar, innovatsion loyihalarning iqtisodiy tahlili va takomillashtirish choralari batafsil yoritilgan.

Ergashev Dilshodbek Abdumalik o‘g‘li

105-107

2025-05-19

O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINING MODERNIZATSIYASI VA UNING ISTIQBOLLARI

Ushbu maqola O‘zbekiston iqtisodiyotining modernizatsiyasi va uning istiqbollari masalasiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda mamlakatda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, raqamli iqtisodiyotga o‘tish va sanoatni modernizatsiya qilish jarayonlari chuqur tahlil qilingan. Maqolada iqtisodiy o‘sishning asosiy yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xalqaro iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar muhokama qilinadi. Tadqiqot O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan.

Xojiakbar Ostanaqulov , Saidaxon Atajonova

56-61

2024-12-28

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TEMIR YOʻL TRANSPORTI INFRATUZULMASINI MODERNIZATSIYALASHNI BOSHQARISH

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiyalashni boshqarish jarayonining nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Temir yo‘l transporti mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, yuk va yo‘lovchi tashish tizimini barqaror rivojlantirishda muhim strategik soha hisoblanadi. So‘nggi yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan olib borilayotgan modernizatsiya ishlari, jumladan, yangi logistika markazlarining qurilishi, raqamlashtirish, xalqaro transport yo‘laklariga integratsiya va zamonaviy texnik vositalarni joriy etish orqali infratuzilmaning samaradorligi oshirilmoqda. Tadqiqotda temir yo‘l infratuzilmasi boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar, investitsion salohiyat va innovatsion yondashuvlar asosida amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur yondashuvlar milliy transport tizimini yanada samarali, xavfsiz va ekologik barqaror holatga keltirishga xizmat qiladi.

Imamaliyeva Feruza Raushanovna

62-64

2025-04-16

ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMLARINING ENERGIYA TEJAMKORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PP-100-sonli qarori asosida issiqlik ta’minoti tizimlarida energiya samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Isitish tizimlarini modernizatsiya qilish, markazlashtirilgan tizimlar qamrovini kengaytirish, individual issiqlik punktlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish kabi texnik echimlar tahlil qilingan. Shuningdek, tabiiy gaz sarfini kamaytirish, ekspluatatsiya xarajatlarini pasaytirish va iqtisodiy samaradorlik haqida mulohazalar keltirilgan.

T.G. Hazratqulova

12-16

2025-08-13

YASHIL INVESTITSIYALARNI JALB QILISH ORQALI SANOAT TARMOQLARINI MODERNIZATSIYA QILISH MEXANIZMLARI

Maqolada yashil investitsiyalar orqali sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilishning mexanizmlari yoritiladi. O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar, moliyaviy vositalar, xalqaro hamkorlik va regulyator infratuzilma asosida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, yashil moliyalashtirish vositalari va ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi dolzarb omillar ko‘rib chiqiladi

Qalbaeva Intizar Esenbay qizi

119-122

2025-06-20

HUDUDLARDA MINTAQA INNOVATSION IQTISODIY RIVOJLANISHINI MOLIYAVIY-IQTISODIY QO'LLAB QUVVATLASHNING METODOLOGIYASI

Ushbu maqolada Hududlarda mintaqa innovatsion iqtisodiy rivojlanishini moliyaviy-iqtisodiy qo'llab quvvatlashning metodologiyasi haqida fikr mulohazalar keltirilgan bo’lib, mintaqa sanoat korxonalari har yili o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy omillari sifatida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga sarmoya kiritmoqda.

BEKMURODOVA SAODAT IKROMOVNA

11-15

2024-02-06

1 - 25 из 223 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy