Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

TIL OʻRGANISHGA MOTIVATSIYA BERUVCHI OMILLAR

Til oʻrganish jarayoni koʻplab omillar taʼsirida amalga oshadi va ularning eng muhimlaridan biri motivatsiyadir. Motivatsiya oʻquvchining harakatlanishiga, harakatlanish davomiyligiga va natijalariga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Ushbu maqolada til oʻrganishga ijobiy taʼsir etuvchi motivatsion omillar tahlil qilinadi, ular ichki va tashqi motivatsiyaga boʻlinib oʻrganiladi. Ichki motivatsiya shaxsiy qiziqish, oʻz-oʻzini rivojlantirish va shaxsiy maqsadlar bilan bogʻliq boʻlsa, tashqi motivatsiya ijtimoiy talablar, iqtisodiy manfaatlar va ishdagi imkoniyatlar bilan bogʻliqdir. Maqolada ushbu omillarning oʻquv jarayoniga taʼsiri ilmiy adabiyotlar tadqiqotlar asosida koʻrib chiqiladi hamda ularning til oʻrganish samaradorligiga taʼsiri baholanadi.

Bekzod Ibodullayev

66-68

2025-02-28

TIL O‘RGANISHDAGI PSIXOLOGIK OMILLAR

Ushbu maqolada til o'rganishga ta'sir qiluvchi psixologik omillar, jumladan, motivatsiya, xavotir, kognitiv rivojlanish, o'ziga bo'lgan ishonch va ijtimoiy omillar ahamiyati tahlil qilingan.Til o'rganish nafaqat so'zlar va grammatik qoidalarni o'rganish jarayoni, balki bu jarayon insonning psixologik holati, his-tuyg'ulari, e'tibori va motivatsiyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Motivatsiya, ichki va
tashqi motivatsiya, o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan qiziqish va ishtiyoqini saqlashda muhim rol o'ynaydi. Xavotir esa o'quvchilarni tilni erkin ishlatishdan tortinib, til o'rganish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Piaget va Vygotsky kabi mutaxassislarning kognitiv rivojlanish nazariyalari, o'quvchilarning intellektual qobiliyatlari til o'rganish muvaffaqiyatiga qanday ta'sir qilishini tushuntiradi1. Shuningdek, o'ziga bo'lgan ishonch til o'rganishda muhim omil sifatida ajralib turadi, bu o'quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o'tishga va o'rganish jarayonida faol ishtirok etishga yordam beradi. Maqola, psixologik omillarni tushunishning o'quvchilarning til o'rganishidagi muvaffaqiyatini oshirish va samarali ta'lim strategiyalarini ishlab chiqishda qanday yordam berishini ta'kidlaydi.

F Ramazonova , D G‘ulomjonova

474-476

2025-01-11

KARYERA MUVAFFAQIYATIGA TA’SIR ETUVCHI SHAXSIY OMILLAR: MOTIVATSIYA VA QAT'IYAT

Ushbu tezisda karyera muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi shaxsiy omillar va motivatsiyaning qat’iyatligi to’g’risida. Zamonaviy mehnat bozori shiddat bilan rivojlanayotgan sharoitda shaxsning karyera muvaffaqiyatiga erishishi ko‘plab omillarga bog‘liqdir. Tashqi omillar – ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, ta’lim sifati, mehnat bozori talablari bilan bir qatorda, ichki omillar – ya’ni shaxsiy xususiyatlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ichki omillar ichida motivatsiya va qat’iyat karyera muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy determinantlar sifatida ajralib turadi. Motivatsiya va qat’iyat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Yuqori motivatsiya shaxsni faoliyatga undasa, qat’iyat esa bu jarayonni barqaror va uzluksiz qiladi. Boshqacha aytganda, motivatsiya boshlang‘ich turtki bo‘lsa, qat’iyat uni uzoq muddat davomida qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu uyg‘unlik karyera muvaffaqiyatining muhim psixologik asosi hisoblanadi.

Ismanaliyeva Mohichexra Rustamovna

49-51

2025-09-29

FAOLIYAT VA MOTIVATSIYA

Maqola faoliyat va motivatsiyaning o'zaro bog'liqligini tushuntiradi. Faoliyat — bu maqsadga erishish uchun bajarilgan ishlar, motivatsiya esa ularni boshlash va davom ettirishga undovchi kuchdir. Yuqori motivatsiya faoliyatni oshirishi, faoliyat esa motivatsiyani kuchaytirishi mumkin.

Yuldasheva Sevaraxon Saydulla qizi, Ibragimova Xurshida Xusanboy qizi

34-36

2024-11-30

KARYERA MUVAFFAQIYATIGA TA’SIR ETUVCHI SHAXSIY OMILLAR: MOTIVATSIYA VA QAT’IYAT

Mazkur ilmiy tezisda karyera muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi asosiy shaxsiy omillar — motivatsiya va qat’iyatlilikning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Insonning kasbiy rivojlanishi, mehnat faoliyatidagi yutuqlari, ijtimoiy moslashuvi va o‘zini o‘zi ro‘yobga chiqarish jarayonida motivatsiya va qat’iyatning o‘zaro bog‘liqligi, ularning psixologik asoslari, shuningdek, zamonaviy sharoitda bu sifatlarni rivojlantirish yo‘llari yoritiladi. Tadqiqot davomida mahalliy va xorijiy olimlarning karyera psixologiyasi, motivatsiya nazariyalari hamda shaxsning irodaviy sifatlari haqidagi ilmiy yondashuvlariga tayangan holda tahlil o‘tkazilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yuqori motivatsiyaga ega va qat’iyatli shaxslar karyera yo‘lida barqaror muvaffaqiyatga erishadi. Shuningdek, bu sifatlar o‘z-o‘zini boshqarish, maqsad sari yo‘naltirilgan faoliyat, stressni yengish va ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada motivatsiya va qat’iyatni oshirishning samarali usullari, ta’lim muassasalari hamda ish joylarida ularni shakllantirishning psixologik mexanizmlari keltirilgan.

Ermatova Durdona Islomjon qizi, Xalimjonov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

82-85

2025-10-08

O‘QUVCHILARNING O‘QISHGA BO‘LGAN ICHKI VA TASHQI MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI.

Ushbu maqolada o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan ichki (intrinzik) va tashqi (ekstrinzik) motivatsiyasini shakllantirishga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Ichki motivatsiya o‘quvchining shaxsiy ehtiyojlari, qiziqishlari, o‘zini anglash va o‘zini rivojlantirish intilishlari orqali yuzaga keladi. Tashqi motivatsiya esa baholar, mukofotlar, ota-ona va jamiyatning kutganlari, dars muhitining ijobiy shartlari kabi omillar orqali quvvatlashtiriladi. Maqolada motivatsiya nazariyalari, empirik tadqiqot natijalari va pedagogik tavsiyalar asosida o‘quvchilarda doimiy va barqaror motivatsiyani rag‘batlantirish yo‘llari taklif qilinadi.

Djangabayeva Dilinur Rustemovna

21-25

2025-10-17

SHAXS MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA ICHKI VA TASHQI OMILLAR

Ushbu maqolada shaxs motivatsiyasini shakllantirish jarayonida ichki va tashqi omillarning roli ilmiy tahlil etilgan. Motivatsiya nazariyalari, psixologik omillar, ijtimoiy-madaniy muhit va tashqi rag’batlarning ta’siri misollar bilan yoritilgan. Statistik ma’lumotlar asosida shaxsiy va tashqi motivatsiyaning samaradorlik darajalari tahlil qilingan.

Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi

46-49

2025-09-08

PSIXOLOGIK MOSLASHUVCHANLIKDA MOTIVATSIYA VA QADRIYATLARNING O‘RNI

Ushbu maqolada psixologik moslashuvchanlikning mohiyati, uning shakllanishida motivatsiya va qadriyatlar tizimining o‘rni tahlil qilingan. Motivatsion omillar shaxsning yangi sharoitlarga moslashish jarayonida qanday mexanizmlar orqali ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, qadriyatlarning barqarorlik va yo‘nalish beruvchi funksiyasi yoritilgan. Zamonaviy psixologik yondashuvlar va empirik tadqiqotlar asosida motivatsiya va qadriyatlarning integratsiyalashgan ta’siri shaxsning ruhiy salomatligi va ijtimoiy moslashuviga ijobiy hissa qo‘shishi isbotlangan.

Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi

57-60

2025-09-15

TIL O'RGANISHDA MOTIVATSIYANI OSHIRISH USULLARI

Ushbu maqolada til o'rganish jarayonida motivatsiyani oshirish usullari va ularning pedagogik samaradorligi chuqur tahlil qilingan. Motivatsiya til o'rganishning eng muhim psixologik omillaridan biri bo'lib, o'quvchilarning muvaffaqiyati va o'quv faoliyatining samaradorligini belgilaydi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, til o'rganishda yuqori motivatsiyani ta'minlash uchun ichki motivatsiyani rivojlantirish, o'quvchi-markazli yondashuvlarni qo'llash, real kommunikativ vazifalardan foydalanish, zamonaviy raqamli vositalarni integratsiya qilish va ijobiy o'quv muhitini yaratish zarur.

Xaydarova Rushana

94-98

2025-10-15

XORIJ PISIXOLOGIYASIDA MOTIV VA MOTIVATSIYA MUAOMMOSI

Xorij psixologiyasida, Xorij psixologiyasida motivatsiya muammosi keng ko'lamda o‘rganilgan, A.Maslou ehtiyojlarning quyidagi ierarxik qatorini ajratadi: fiziologik ehtiyojlar, xavfsizlikka bo’lgan ehtiyoj, muhabbat va boshqalar bilan bog’liq. Motiv va motivatsiya tushunchalari inson xatti-harakatlarini tushunish va bashorat qilish uchun muhim ahamiyatga ega. O’qish, o’quv faoliyati motivlari haqidagi chet el olimlarining asarlarida ilgari surilgan g’oyalarini tahlil qilar ekanmiz, quyidagilarga e'tiborni qaratish joizdir. Chet el psixologlari orasida A.Maslou ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasi bilan mashhurdir.

Madazimova Dilnoza Dilshodbek qizi

39-42

2025-05-22

XORIJ PSIXOLOGIYASIDA O‘QISH MOTIVLARINING NAZARIY TAHLILI

Maqolada xorijiy psixologlar tomonidan o‘qish motivlari va o‘quv faoliyatining nazariy jihatdan tahlili yoritilgan. Z.Freud, W. McDougall, H.Heckhausen, G. Allport, E. Thorndike, J.Bruner kabi olimlarning o‘quv motivatsiyasiga oid qarashlari o‘rganilgan. Motivatsiyaning xulq nazariyasi, oliy asab faoliyati nazariyasi, kognitiv va affektiv determinatsiya konsepsiyalari tahlil etilgan.

Rahmatov Umid Mustafoyevich

98-101

2025-09-19

O‘QUVCHILARDA MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISHDA O‘QITUVCHI VA PSIXOLOG HAMKORLIGI

Maktab ta’limi tizimida o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini shakllantirish va uni doimiy tarzda qo‘llab-quvvatlash ta’lim sifatini oshirishning muhim shartlaridan biridir. Motivatsiya — bu o‘quvchini bilim olishga, o‘z ustida ishlashga, o‘zini rivojlantirishga undovchi ichki kuchdir. Mazkur maqolada o‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirish jarayonida o‘qituvchi va psixolog hamkorligining ahamiyati, ularning vazifalari, o‘zaro aloqasi va faoliyatning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Ayniqsa, o‘quvchilar bilan individual ishlash, sinf muhitini psixologik jihatdan sog‘lom saqlash, o‘zini anglash va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishda psixolog va pedagoglarning uzviy hamkorligi dolzarb hisoblanadi. O‘quvchilarning motivatsiya darajasiga ta’sir qiluvchi omillar, xususan, oilaviy muhit, tengdoshlar guruhi, maktab muhiti, o‘qituvchi-psixolog munosabati asosida motivatsion yondashuvlar tavsiflanadi. Shuningdek, maqolada ushbu hamkorlikni tashkil etishning innovatsion usullari, amaliy tavsiyalari va real maktab amaliyotidan misollar asosida ilmiy xulosa va takliflar berilgan.

Soliyeva Aynura Isayevna

135-137

2025-05-31

SHAXSNING IJODIY RIVOJLANISHIGA TA’SIR QILUVCHI PSIXOLOGIK FAKTORLAR

Ushbu maqolada ijodiy rivojlanishning asosiy psixologik omillari, jumladan, shaxsiyat xususiyatlari, kognitiv jarayonlar, motivatsiya va atrof-muhit ta’siri o‘rganiladi. Divergent fikrlash, ichki motivatsiya va hissiy intellektning ijodkorlikni rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Ushbu psixologik omillarni tushunish ta’lim, kasbiy va shaxsiy sharoitlarda ijodkorlikni qanday rivojlantirish va yaxshilash mumkinligi haqida tushuncha beradi.

Husniddin Atoev

19-25

2025-02-11

HAYOTGA MOTIVATSIYA VA RUHIY BARDOSHLILIK MANBALARI

Ushbu maqolada hayotiy motivatsiya va insonning ichki kuch manbalari psixologik nazariyalar asosida tahlil qilinadi. Motivatsiyaning shaxsiy qadriyatlar, maqsadlar va ichki turtki bilan bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Shuningdek, ichki kuch tushunchasiga zamonaviy psixologiyadagi yondashuvlar (Maslou, Frankl, Seligman, Duckworth va boshqalar) orqali yondashilib, uning tarkibiy qismlari – ruhiy barqarorlik, o‘ziga ishonch, ijobiy ichki suhbat va muvofiq ijtimoiy muhit – aniqlangan. Maqolada ichki kuchni rivojlantirishning amaliy usullari ham bayon qilinib, ushbu tushunchalarning shaxsiy va ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda nazariy-analitik metodlar asosida asosiy nazariyalar tahlil qilinib, muallif tomonidan umumlashtirilgan ilmiy xulosalar taqdim etilgan.     

Ro'ziyeva Zilola Fayzulla qizi

25-28

2025-05-20

MOTIVATSIYA VA MOTIVLARNI O‘RGANISH METODLARI

Mazkur maqola mativatsiya va motivlarni o‘rganish metodlariga bag‘ishlangan bo‘lib, inson faoliyatining harakatlantiruvchi kuchlari, motivlarning shakllanish jarayoni hamda ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Motivatsiya shaxsning ichki va tashqi rag‘batlantiruvchi omillar ta’sirida qanday rivojlanishi, uning individual xususiyatlari va tashqi muhit sharoitlari bilan qanday bog‘liqligi haqida fikr yuritiladi. Maqolada motivatsiya tushunchasi psixologik, sotsiologik va menejment nuqtai nazaridan keng yoritilib, motivlarning turlari, ularni aniqlash va tahlil qilish usullari keltirilgan. Xususan, motivatsiyani o‘rganishda eksperimental, kuzatish, test sinovlari, intervyu va so‘rovnomalardan foydalanish usullari afzallik va kamchiliklari, ilmiy tadqiqotlarda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Yo‘ldashova Marjona Bahodir qizi

30-36

2025-04-08

O‘QITUVCHI PSIXOLOGIYASI: KASBIY STRESS VA MOTIVATSIYA OMILLARI

Ushbu maqolada o‘qituvchining psixologik holati, kasbiy strеss va motivatsiya omillari tahlil qilinadi. Shuningdеk, samarali pеdagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan psixologik jihatlar haqida so‘z boradi. O‘qituvchining ruhiy barqarorligi va kasbiy faolligi ta’lim jarayonining sifatiga qanday ta’sir еtishi muhokama qilinadi. Kasbiy strеssni kamaytirish, motivatsiyani oshirish va еmotsional intеllеktni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar bеriladi. Mazkur maqola ta’lim sohasi mutaxassislari, psixologlar va pеdagoglar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Diyorbek Mamadiyev , Abdumalik Ismoilov , Dilfuza Tuxtayeva, Ulug’bek Shomirodov

71-72

2025-03-10

TALABALARNING O‘QUV JARAYONIDAGI O‘RGANISHI MOTIVATSIYASINING XILMA-XILLIGI

Maqolada talabalarning ta’lim jarayonidagi organish faoliyatini samaradorligini oshirishda professor-o‘qituvchilar qanday motivlardan foydalaniladilar, ularni ta’lim sifatini oshirishdagi hamda talaba faolligini yuksaltirishdagi o‘rni haqida fikr- mulohazalar yuritilgan.

Negmatova Aropat Muxtarovna

46-47

2025-05-06

MAKTABDA JISMONIY FAOLLIKNI RAG’BATLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI. ICHKI MOTIVASIYANI KUCHAYTIRISH

Maktabda jismoniy faollikni rag’batlantirishning psixologik usullari, ichki motivatsiyani kuchaytirish. Motivatsiya – o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga nisbatan bo‘lgan munosabatini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida talqin etiladi. Tadqiqot davomida nazariy manbalar tahlili, amaliy kuzatuvlar va suhbatlar asosida o‘quvchilarning ichki va tashqi rag‘batlarga munosabati o‘rganildi. Motivatsiya shaxsning faoliyatga bo‘lgan ichki ehtiyoji va uni amalga oshirishga undovchi kuch sifatida ta’riflanadi. O‘quvchi shaxsida ushbu kuchni to‘g‘ri yo‘naltirish, rag‘batlantirishning individual va guruhiy shakllarini qo‘llash o‘qituvchidan puxta pedagogik va psixologik tayyorgarlikni talab etadi.

Muratova Xafiza Qalandarovna , Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

70-72

2025-10-20

TA’LIM MOTIVATSIYA MUAMMOSINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARDA O‘RGANILISHI

Ushbu maqolada motiv va motivatsiya muammosining xorij olimlari tomonidan o‘rganilishi, motivatsiyaning shaxs rivojlanishida va faoliyatida muhim o‘rin egallashi xususidagi dalillangan fikrlar keltirib o‘tilgan.

Urazbayeva Yulduz Abdullayevna

4-6

2024-10-29

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA MOTIVATSIYA OMILLARIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada tadbirkorlikni rivojlantirishda motivatsiyaning o`rni, motivatsiya omillaridan samarali foydalanish, to`g`ri taqsimlash, shuningdek motivatsiya omillarining to`gri yo`naltirilishi uchun amalga oshirish kerak bo`lgan vazifalar haqida ma`lumotlar keltirilgan.  

Ahmedov Sardorbek Abdukarim o`g`li

57-60

2023-06-07

SHAXSIY MOTIVATSIYA VA O‘Z – O‘ZINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqola shaxsiy motivatsiya va o‘zini rivojlantirishning asosiy tamoyillari, metodlari va amaliyotlarini tahlil etadi. Shaxsiy motivatsiya insonning o‘z maqsadlariga erishish uchun ichki kuch va ishonchni topish jarayonini ifodalaydi. Maqolada o‘zgarishlarga erishish, maqsadni aniq belgilash, samarali vaqt boshqaruvi va o‘z-o‘zini tahlil qilish kabi muhim yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. O‘zini rivojlantirishda psixologik yondashuvlar, motivatsion texnikalar, kichik qadamlar orqali katta natijalarga erishish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Maqola o‘z-o‘zini anglash, yangi imkoniyatlar yaratish va hayotdagi muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan qadamlarni tushunishga yordam beradi.

Marjona Yo‘ldashova

107-111

2025-05-10

BOLA QOBILIYATINING YUZAGA CHIQISHIDA OTA-ONA VA O’QITUVCHINING O’RNI

Mazkur maqolada kichik maktab yoshi va bog’cha yoshidagi bolalarda yaqqol ko’zga tashlana boshlagan qobiliyatlarni vaqtida kattalar sezishi, bolani qo’llab-quvvatlashi, motivatsiya berishi kerakligi yoritilgan.

Qayumova Go’zal Narzullayevna, Suyunova Dildora Halim qizi

28-29

2023-01-23

KASBIY FAOLIYATDA EMOTSIONAL ZO'RIQISH KELIB CHIQISHIGA TA'SIR KO'RSATUVCHI IJTIMOIY- PSIXOLOGIK FAKTORLAR

Kasbiy faoliyatda emotsional zo‘riqish kelib chiqishiga ijtimoiy-psixologik omillar ta’sir qiladi. Bular ish sharoiti, mehnat jamoasidagi munosabatlar, rahbariyatning boshqaruv uslubi, psixologik iqlim, stressga bardoshlilik darajasi va shaxsiy xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Doimiy stress va professional talablar insonning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, charchoq, motivatsiya pasayishi va psixosomatik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, kasbiy faoliyatda emotsional zo‘riqishni kamaytirish uchun samarali psixologik yondashuvlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va stressni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish muhimdir.

Sabirova Sharifa Jumanazar qizi

84-88

2025-06-30

O‘QUVCHILARDA KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Maqolada o‘quvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari yoritiladi. Kreativlik tushunchasining psixologik, pedagogik va sotsiokultural talqinlari tahlil qilinib, divergent tafakkur, muammo yechish, metakognitiv nazorat hamda ijodiy motivatsiya kabi tarkibiy omillar tizimli ravishda sharhlanadi. Maqola kreativlikni rivojlantirishda o‘qituvchining fasilitatorlik roli, o‘quv muhitining psixologik xavfsizligi, topshiriqlarning ochiqligi va autentikligi, shuningdek, madaniy-kontekstual omillarning ahamiyatini ko‘rsatadi.

Raximberganova Nafosat Erkinovna

124-128

2025-10-22

PSIXOLOGIYA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA EMOTSIONAL INTELLEKT NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarida emotsional intellekt (EI) namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Emotsional intellektning shaxsiy o‘sish va kasbiy muvaffaqiyatda o‘ynaydigan roli, uning psixologiya sohasidagi talabalarga qanday foydalar keltirishi, hamda turli yosh va jinsiy farqlar asosida EI ning namoyon bo‘lishi muhokama qilinadi. Maqola davomida emotsional intellektning asosiy komponentlari, masalan, o‘z-o‘zini anglash, o‘zini boshqarish, motivatsiya, empatiya va ijtimoiy ko‘nikmalar, psixologiya ta’limi doirasida qanday rivojlanishi va shakllanishi haqida fikr yuritiladi. Talabalarda emotsional intellektni rivojlantirishning zaruriyati va usullari, shuningdek, ushbu qobiliyatning ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati haqida tavsiyalar beriladi. Maqola psixologiya talabalari uchun emotsional intellektning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini tushunishda qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Urazbaeva Umida Abdullayevna

9-12

2024-08-14

1 - 25 из 267 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy