Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

TALABALARGA INGLIZ TILI O‘RGATISHDА MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ISHLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta’limning ahamiyati, talabalarni mustaqil ishlashga yo‘naltirish usullari va samarali o‘qitish strategiyalari tahlil etilgan. Mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish orqali talabalar o‘z bilimlarini chuqurlashtirish, til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish va zamonaviy ta’lim jarayoniga moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hamda ushbu maqolada chet tilini o‘rganishda mustaqil taʼlimning roli, uning afzalliklari, mustaqil taʼlim nega kerakligi haqidagi olimlarning fikri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi; chet tillarni o‘qitish va o‘rganishda mamlakatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, qonunlar va ularning ahamiyati haqida ham so‘z yuritiladi. Qolaversa, bo‘lajak pedagoglar uchun uchun aynan xorijiy tillarni egallashning ahamiyati, xorijiy tillarni egallashda mustaqil ta’limdan nega foydalanish kerakligi borasidagi bir necha olimlarning qarashlari nazariy jihatdan solishitirilib, tahlil qilinadi. Kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishning ahamiyati, uning mustaqil ta’limdagi tutgan roli haqida mulohazalar beriladi. Natijada talabalar mustaqil ta’lim orqali orttirilgan bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash, chet tilida  hujjatlarni mustaqil tuza olish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

Inamova Sayyora Axmad qizi

69-74

2025-05-28

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA KREATIV YONDASHUV ASOSIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida kreativ yondashuv asosida mustaqil ta’limni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari xususida ma’lumotlar aks ettirilgan. Mustaqil ta’lim o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat ekanligi ta’kidlangan. Mustaqil ishlar didaktik maqsadi, vazifasi, murakkablik darajasi, kimga (individual yoki jamoa uchun) mo‘ljallanganiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda kreativlik usullaridan foydalanish juda muhim sanaladi.

Nigora Xolmurod qizi Turopova, Boltayev Abbos Ikromjon o‘g‘li

16-23

2024-04-03

INTERNET RESURSLARDAN FOYDALANISH ORQALI TALABALARNING MUSTAQIL O‘QISHINI TASHKIL ETISH

Maqolada talabalar o'z ta'lim tajribasini oshirish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan usul sifatida mustaqil ta'limga bag'ishlangan chet tili intizomi. Biz chet tilini o'rganishda talabalarning o'z-o'zini tarbiyalash rolini aniqlashga harakat qilamiz uni samarali amalga oshirish uchun shart-sharoitlar. Ushbu maqoladan foydalanish orqali talabalarning mustaqil ta'limini rivojlantirishga qaratilgan Chet tilini o'rgatish jarayonini takomillashtirish maqsadida internet resurslari. Tashkil etish uchun mo'ljallangan mashqlar tizimi individual ta'lim talabalardan Internet texnologiyalaridan foydalangan holda mustaqil va hamkorlikda ishlash qobiliyatini talab qiladi. Tashkilot Internet resurslaridan foydalangan holda talabalarning mustaqil ta'lim olishlari barqaror motivatsiyani samarali shakllantirishga imkon beradi chet tilini o'rganish va o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikma va malakalarini oshirishga yordam beradi.

O’rozboyev Mirjalol Abdivosi o’g’li, Axtamqulov Muhriddin, Suyunov Azizbek Muhammad o’g’li

242-247

2023-05-31

MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI ORQALI TALABALARNING IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH (INGLIZ TILI O’RGATISH MISOLIDA)

Ushbu maqolada оliу ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida o‘qitish, chet tillarni o‘qitish sifatini oshirish,  mustaqil ta’limni o‘zlashtirish  (mastering independent learning) va o‘z ustida mustaqil ishlash (learning autonomy) kompetensiyasini rivojlantirish, chet tillarga oid nutqiy va lingvistik rivojlantirishda mustaqil ishlash (work self-sufficiently) ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan hamda  mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkillash orqali iqtidorni shakllantirish, rivojlantirish haqida fikr yuritilgan.

Sayyora Inamova

75-79

2025-05-28

MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK MUHANDISLARNI KASBIY-IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASH ХUSUSIYАTLАRI, SHAKL VА BОSQICHLАRI MAVZUSIDAGI MAQOLA UCHUN STRUKTURA

Ushbu maqolada mustaqil ta’lim jarayonining bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashdagi o‘rni, didaktik xususiyatlari, samarali shakllari va bosqichlari tahlil qilinadi. Mustaqil o‘qish orqali talabalarda professional bilim bilan bir qatorda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik va innovatsion yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati yoritiladi. Maqolada kasbiy-ijodiy tayyorgarlik jarayoni bosqichma-bosqich izohlanadi hamda talabaning ijodiy rivojini ta’minlaydigan metodik yondashuvlar tavsiya etiladi. Shuningdek, mustaqil ta’lim shakllarining amaliy samaradorligi hamda ularni kasbiy-ijodiy faoliyat bilan integratsiyalash muhimligi asoslab beriladi.

Sattorova Mahliyo Burxanovna

155-157

2025-03-31

MAKABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA NUTQ O’STIRISH MASHG’ULOTLARI ORQALI BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O’GATISH BORASIDA OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI TAHLILI

Mazkur maqolada biz maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga, mustaqil mulohaza yuritishga o’rgatish borasida ilmiy izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar va ularning tadqiqot ishlarini o’rganamiz va tahlil qilamiz. Ilmiy izlanishlarim natijasida shunga guvoh bo’ldimki maktabgacha yoshdagi bolalarning mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirib borish va bu mavzudagi ilmiy qarashlarga ko’ra har bir tadqiqotchi o’z nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshgan.

Turopova Nigora Xolmurod qizi, Ochilov Javohir Xolbozor o’g’li

124-128

2024-04-04

KIMYO FANINI MAKTABDA O’QITISHDA ILG’OR TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Xozirgi kunda maktabda o’quv jarayonlarini tashkil qilish eski yildagi o’quv jarayonlariga qaraganda ancha takomillashgan. Shu vaqtgacha maktablarda o’quvchilarga bilim berishda, o’quvchilarga faqat tayyor bilimlar berib kelingan. Bunday usulning qo’llanilishi maktabda o’quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, keng dunyoqarash, yaratuvchanlik qobiliyatini, tashabbuskorlikning shakllanishiga to’sqinlik qilar edi. Rivojlangan davlatlarda maktablardagi ta’lim jarayonlari o’quvchilarni o’zlari mustaqil fikrlashlariga, mustaqil o’rganib izlanishlariga, yangi g’oyalarning shakllanishiga zamin yaratadi. Maktab o’quvchilari o’zlari mustaqil g’oyalar yaratib yangi texnologiyalarning yaratilishiga mustaqil harakat qilishadi.

Yuldasheva Nigora Tursunboyevna, To‘lanov Asadbek, Odiljonov Ikromali

60-62

2022-10-18

TALABALARNI ZAMONAVIY O‘QUV JARAYONIDA MUSTAQIL ISHLASH KO'NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Maqolada chet tilini o‘zlashtirishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish jarayonining ilmiy asoslari va chet tili sohasidagi jarayon talabaning samarali mustaqil ta'lim faoliyati muvaffaqiyatli ta'lim olishning asosi ekanligiga e'tibor qaratilishi hamda chet tilida mustaqil ishni tashkil etishga boshqacha yondashish zarurati, bu birinchi navbatda talabaning shaxsiyatiga qaratilishi, mustaqil ish jarayonini tashkil etishda o‘qituvchining roliga alohida e’tibor berilishi haqida ma’limot berilgan.

Ergashova Feruza Yuldashevna

534-537

2024-11-29

MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI TUZISHDA, TARBIYA FANINING METODIK VAZIFALARI VA ARM

Maqolada OTMda talabalarni mustaqil ta’lim topshiriqlari tuzish asosida fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning kompetensiyalarini aniqlash, mustaqil ta’lim topshiriqlari tuzish va topshiriqlar bilan ishlashda ta’lim traektoriyasi qulay va amaliy ahamiyatga ega metod, usul va texnologiyalarni tanlash, talabalarni mustaqil ta’lim asosida mantiqiy fikrlashga, ijodiy izlanish doiralarini kengaytirishga yordam beradigan fikrlar shuningdek, talaba mustaqil ishining vazifalari, tashkiliy ishlari, shakllari va turlari bayon qilingan.

Smetova Jumabiyke Hamidullayevna

615-618

2024-07-31

MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK MUHANDISLARNI KASBIY-IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASH MODELI

Mazkur maqolada mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari, mazmuni va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda muhandislik ta’limida ijodiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda mustaqil o‘qishning roli tahlil qilingan. Bo‘lajak muhandislar uchun mo‘ljallangan kasbiy-ijodiy tayyorgarlik modeli taklif etilib, uning asosiy tarkibiy qismlari, metodik yondashuvlar va samaradorlik ko‘rsatkichlari ochib berilgan. Modelni amaliyotga tatbiq etish orqali talabalar bilim va ko‘nikmalarining oshgani kuzatildi. Maqolada mustaqil ta’lim orqali muhandislik yo‘nalishidagi talabalarda ijodkorlik va kasbiy faollikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

Sattorova Mahliyo Burxanovna

190-192

2025-03-31

MUAMMOLI TA’LIMDAN FOYDALANISH ORQALI TA’LIM OLUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATISH

Ushbu maqolada muammoli ta’lim metodidan foydalanish orqali ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi yoritiladi. Muammoli ta’lim o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularda mustaqil qaror qabul qilish va muammolarga ijodiy yondashish qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada muammoli ta’limning mohiyati, uning asosiy tamoyillari va samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu metodning zamonaviy ta’lim tizimida qo‘llanilish istiqbollari, pedagogik yondashuvlar va amaliy natijalari ilmiy-nazariy asosda o‘rganiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, muammoli ta’lim texnologiyalarining samarali joriy etilishi ta’lim oluvchilarning tanqidiy va mustaqil fikrlash darajasini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlanadi.

Xudayberganov Shuxrat Shavkatovich

66-69

2025-01-31

OLIY TAʼLIMDA MUSTAQIL TAʼLIMNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada talabalarning mustaqil ishi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga ko‘ra,  o‘quv jarayonining majburiy tarkibiy qismi ekanligi haqida batafsil tushuntirib berilgan. Har qanday bilimlarni o‘zlashtirish uchun mustaqil ishlash ko‘nikmalarini inson bolaligidanoq egallaydi va butun umri davomida rivojlanadi.

Iskandarova Mukaddas Rejabbayevna

48-53

2024-03-06

KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHGA YO‘NALTIRILGAN MUSTAQIL TA’LIMNING TARKIBIY TUZILISHI VA USULLARI

Mustaqil ta’lim jarayonida fanga oid bilimlarni qidirish, o‘rganish, ularni anglab yetish, mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirish, bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish jarayoni yuzaga kelib, uni tashkil etishni samarali yo‘lga qo‘yish muayyan metodlardan foydalanishni talab etadi. Ushbu maqolada kasbiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan mustaqil ta’limning tarkibiy tuzilishi va usullari haqida fikr yuritilgan.

Turdiyeva Xayriniso Aliyevna, Fayziyeva Hurriyat Baxtiyor qizi

24-27

2024-12-11

PEDAGOGIK OTM TALABALARINING MUSTAQIL FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA VIRTUAL MUZEY IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqola pedagogik OTM talabalarining mustaqil fikrlashini rivojlantirishda virtual muzeylarning imkoniyatlaridan foydalanishni o'rganishga bag'ishlangan. Virtual muzeylar, internet orqali oson kirish imkoniyatini taqdim etgan holda, talabalarga tarixiy, madaniy va ilmiy yodgorliklar bilan tanishish, analitik fikrlash va mustaqil o'rganish imkoniyatlarini yaratadi. Maqolada virtual muzeylarning ta'lim jarayonidagi roli, ularning pedagogik funktsiyalari, mustaqil fikrlashni rivojlantirishdagi o'rni hamda pedagogik yondashuvlar haqida so'z boradi. Virtual muzeylar orqali talabalar interaktiv o'rganish va fikr yuritish ko'nikmalarini shakllantirishi mumkin. Maqolada shuningdek, o'zbekistonlik va xalqaro tajribalardan misollar keltiriladi.

Yusupova Mohinur Ulug‘bekovna

78-82

2025-01-20

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH SHAKLLARI VA DIDAKTIK TALABLAR METODLARI”

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil qilishning zamonaviy shakllari va didaktik talablari tahlil qilinadi. Mustaqil ta’limning turlari, ularning tashkil qilish usullari hamda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mustaqil ta’limni samarali tashkil qilish uchun pedagogik va didaktik yondashuvlar muhokama qilinadi. Maqola oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Mirzayev Diyorbek Azamjonovich

56-60

2025-09-10

MUSTAQIL TADQIQOT FAOLIYATIDA TALABALAR INDIVIDUALLIGINI TASHKIL ETISH USULLARI

Mazkur maqolada talabalarning mustaqil tadqiqot faoliyatini tashkil etish
muammosi yuzasidan ilmiy izlanishlar mohiyati yoritilgan. Unda talabalar mustaqil tadqiqot
faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari, ushbu jarayonni tashkil etish shakllari, metodlari
va vositalariga alohida e‟tibor berilgan. Talabalarning mustaqil tadqiqot faoliyatini tashkil
qilishning pedagogik va psixologik jihatlari hamda talabalarning mustaqil ishlash ko‟nikma va
malakalarining shakllanganlik darajalarini aniqlash mezonlari haqida fikr yuritiladi.

J.R.Raximov

71-75

2023-04-24

TALABALARNING MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIKA FANINI O‘QITISHNING METODIK VAZIFALARI.

Mazkur maqolada talabalarning mustaqil ta’lim va o‘quv topshiriqlarini takomillashtirishda maqsadli ta’lim asosida mustaqil ta’limni tashkil etish jarayoni va undan foydalanish metodikasini takomillashtirish vazifalari ko‘rib chiqilgan. Shunday ekan bu maqolada talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda qo‘llaniladigan zamonaviy shakllarini pedagogik muammolarini va ularni hal etish yo‘llarini ochishga harakat qilinadi.

D.T.Sobirov

200-206

2024-11-29

“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARI SAMARADORLIGI OSHIRISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI

Maqolada bakalavriatning “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” yo‘nalishidagi 1-bosqich talabalariga o‘qitiladigan “Axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha mustaqil ishlarini tashkil etishning pedagogil shart-sharoitlari, ularning mohiyati va mustaqil ishni bajarish bosqichlari koʽrsatib oʽtilgan.

Axrarov B.S.

166-172

2023-06-19

TALABA YOSHLARDA MUSTAQIL FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Ushbu maqolada hozirgi zamon talabalarining mustaqil fikrlashinini
shakllantirish orqali ularni pedagogik faoliyatda aktivligini oshirish,talaba shaxsining
hayotida mustaqil fikriy rivojlanishining ahamiyati, talabalar tafakkurida mustaqil fikrlash
hamda kerativ pedagog bo’lish kabi tushunchalarni ommalashtirish jihatlari, buyuk
olimlarning mustaqil fikrlashga doir qarashlari bu maqolada aks etgan.

Noriyeva Mashxura Sirojiddin qizi

4-8

2023-05-28

TARBIYA FANIDAN TUZILADIGAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada tarbiya fanidan tuziladigan mustaqil ta’lim topshiriqlarini takomillashtirishning pedagogik, psixologik xususiyatlari, mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanish zarurati, tarbiyaviy ko‘nikmani rivojlantirishga oid didaktik talablar keltirilgan: -bir o‘quv mustaqil ta’lim topshirig‘ini bajarish asnosida bir nechta tarbiyaviy ko‘nikmani rivojlantira olish imkoniyatiga ega bo‘lishi

Jumabiyke Smetova , Guliza Raxmatova

1403-1405

2025-01-10

QOZOQ ADABIYOTI DARSLARIDA MUSTAQIL TA'LIM KOMPETENSIYALARI

Ushbu maqolada Qozoq adabiyotini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda mustaqil ta’lim kompetensiyalarini shakllantirishning mazmuni, metodik yo‘llari va ahamiyati tahlil qilinadi. Mustaqil fikrlash, izlanish, adabiy materiallarni chuqur anglash va tahlil qilishga yo‘naltirilgan topshiriqlar o‘quvchilarning o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada bu kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan interfaol metodlar, mustaqil ish turlari va amaliy dars misollari keltiriladi.

Jazira Nurullayeva

112-114

2025-05-10

MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING MUSTAQIL TA’LIM FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA KREDIT–MODUL TIZIMINING O‘RNI

Ushbu maqolada kredit-modul tizimida maktabgacha ta’lim talabalarining mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish va mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonida kredit-modul tizimining o‘rni haqida fikrlar boradi.

Nimatova Moxinur Sobit qizi

540-542

2024-07-31

MUSTAQIL TA’LIMNI SHARQ MUTAFAKKIRLARINING QARASHLARI ASOSIDA TASHKIL QILISH

Ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim aloxida o‘rin egallaydi. Shu asosida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil qilishda sharq mutaffakurlarining qarashlari ularning komil inson sifatlariga bergan tariflari asosida tashkil qilish, ustoz shogirt an’analari asosida tashkil qilish muammolari yoritildi.

Islikov Sayid Xalilovich, Saidov Jasur Doniyor o‘g‘li, Egamberdiyeva Ra’no Suyun Qizi, Xolmuminov Diyorbek Erkin o‘g‘li

172-174

2023-05-19

TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING METODIK ASOSLARI

Ushbu  maqola “O'zbek tilining amaliy uslubiyati” fani bo'yicha filologiya yo'nalishi talabalarining mustaqil ta'limini tashkil etishga mo'ljallangan. Maqolada uslubiyat fanining nazariy asoslari, turli uslubdagi matnlarni tahlil qilish, nutq madaniyatini yuksaltirish masalalari yoritilgan. Mustaqil ta'limning maqsadi, vazifalari, shakllari, baholash mezonlari, mavzular ro'yxati, ilmiy tadqiqot olib borish malakasini oshirish kabi masalalar o'z ifodasini topgan.

Sharipova Munira Xamidullayevna

65-67

2025-06-11

KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Kredit-modul tizimi ta’lim jarayonini yangilash va talabalar uchun qulayroq qilish maqsadida joriy etilgan zamonaviy ta’lim yondashuvlaridan biridir. Ushbu tizim, o‘z ichiga talabalar o‘z bilimlarini mustaqil ravishda rivojlantirish, o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mos ravishda ta’lim olish imkoniyatini beradi. Talabalarning mustaqil ta’lim metodikasini takomillashtirish, ularning o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish va bilim olish jarayonini yanada chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’lim metodikasini takomillashtirishning asosiy jihatlari va usullari haqida ma’lumotlar berilgan.

Moxinur Nimatova , Shodiya Bo‘riyeva

1392-1395

2025-01-14

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy