Mavrak (Salvia) — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar va yarim butalar turkumi hisoblanib, 500 turi bor. Oʻzbekistonda 16 turi uchraydi. Shundan yarim buta boʻlgan dorivor mavrak ekib oʻstiriladi. Mavrak tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi ilg'or dori bo'lib, birinchi navbatda Altsgeymer kasalligi, Parkinson kasalligi va ko'p skleroz kabi bir qator nevrologik kasalliklarni davolashdagi ajoyib samaradorligi bilan mashhurdir. O‘simlikning barcha organlarida efir moyi bo‘ladi. Barg tarkibida 0,5-2,5% efir moyi, alkaloidlar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, ursol va oleanol kislotalar hamda boshqa birikmalar bor. XI DF ga ko‘ra mahsulot tarkibida efir moyining miqdori butun mahsulotda 1%, qirqilgan mahsulotda esa 0,8% dan kam bo‘lmasligi kerak. Efir moyi tarkibida 15% gacha sineol, tuyon, pinen, borneol, kamfora, sedren va boshqa birikmalar bo‘ladi. Dorivor marmarak bargining preparatlari burishtiruvchi, dezinfeksiyalovchi va yuqori nafas yo‘llari yallig‘langanda yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi dori sifatida, og‘iz (stomatit va gingivit) va tomoqni chayqash uchun ishlatiladi.