Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

BOLALARDA NUTQ RIVOJLANISHI BOSQICHLARI VA NORMAL O‘SISH MEXANIZMLARI

Ushbu maqolada bolalarda nutq rivojlanishining bosqichlari, ularning fiziologik, psixologik va ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi, shuningdek, normal o‘sish mexanizmlari keng yoritilgan. Nutq insonning eng muhim ijtimoiy funksiyalaridan biri bo‘lib, bolaning shaxs sifatida shakllanishida, fikrlash, idrok etish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maqolada nutq rivojlanishining tug‘ilishdan boshlab maktab yoshiga qadar bo‘lgan bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, neyrofiziologik jarayonlar, eshitish va ko‘rish analizatorlarining roli batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, nutq apparatining anatomik tuzilishi, miya faoliyatining yetilishi, ijtimoiy muhit va tarbiya sharoitining ta’siri haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolalarda nutqning to‘liq shakllanishi uchun biologik, psixologik va ijtimoiy omillar uyg‘unligi muhim ahamiyatga ega. Maqolada shuningdek, nutq rivojlanishidagi kechikishlar, ularni aniqlash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.

Mamajonova Sarvinoz Toxirjon qizi , G’oziyeva Oydin Djamoliddinovna

69-73

2025-10-14

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ADABIY NUTQ KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida adabiy nutq kompetensiyalarini shakllantirish jarayonidagi samarali usullar yoritib berilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini ravon bayon eta olishga o‘rgatish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, adabiy nutq kompetensiyasini shakllantirish boshlang‘ich sinflardayoq asos solinadigan muhim jarayondir. Maqolada o‘quvchilarning adabiy matnlarni anglash, ifodali o‘qish, personajlarni tahlil qilish, matn asosida yangi voqealar yaratish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha metodik yondashuvlar keltirilgan. Shuningdek, dramatizatsiya, rolli o‘yinlar, suhbat metodi, vizual vositalardan foydalanish orqali adabiy nutqni boyitish yo‘llari tahlil qilingan. Muallif adabiy materiallar asosida o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ularda milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlarni singdirish imkoniyatlariga ham e’tibor qaratgan. Xulosa sifatida, boshlang‘ich ta’lim bosqichida adabiy nutq kompetensiyalarini rivojlantirish o‘quvchilarning umumiy tafakkuri, nutq madaniyati va ijtimoiy moslashuvchanligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Ravshanova Dildora Sagdullayevna

106-110

2025-09-30

LOGONEVROZGA CHALINGAN BOLALARDA NUTQ TERAPIYASINING SAMARALI METODLARI

Nevrotik xarakterdagi duduqlanish, ya’ni logonevroz, bolalarda uchraydigan eng murakkab nutq buzilishlaridan biridir. Chunki u fiziologik va psixologik omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu maqolada logonevrozga chalingan bolalarda nutq terapiyasining samarali metodlari tahlil qilinadi hamda logopedik korreksiya usullari, psixoterapevtik qo‘llab-quvvatlash va oilaning faol ishtirokini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv yoritiladi. Logonevrozning kelib chiqish sabablari — genetik moyillik, perinatal miya shikastlanishlari va psixosotsial stress omillari — o‘rganilib, erta aniqlash va aralashuv bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Nafas mashqlari, ritmik nutqni o‘rgatish hamda kognitiv-xulqiy terapiya kabi asosiy metodlar nutq ravonligini yaxshilash va nevrotik simptomlarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Maqola xulosasida logoped, psixolog, nevrolog va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyati terapiya samaradorligini sezilarli darajada oshirishi va bolalarning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishiga yordam berishi isbotlanadi.

Mirzaxmedova Dilrabo Shuxrat qizi

15-20

2025-08-11

ESHITISH QOBILYATI ZAIF BOLALARDA NUTQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING MAXSUS USULLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada eshitish qobilyati zaif bolalarda nutqiy tafakkurni rivojlantirishning maxsus usullari va ularning samaradorligi bolalarda nutq rivojlanishi, og’zaki nutqning ahamiyati, og’zaki nutqini rivojlantirish usullari to’g’risida mulohazalar yuritilgan. Nutq bu til deb ataluvchi, o'ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda namoyon bo'lishidir. Nutq harakatdagi til bo'lib, nutq a'zolarining harakati jarayonida paydo bo'ladi va so'z shakllari, so'z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Nutq madaniyati, madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalq tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha ma'lum lingvistik me'yorlar, etikaviy va estetikaviy talablar bilan aloqador bo'lgan tushuncha hisoblanadi.

Arslonova Dilnoza Aleksandrovna, Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

15-18

2025-09-30

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQ O‘STIRISH METODIKASI

Maqolada nutq tushunchasi, nutq o‘stirish metodikasi, uning ahamiyati, o‘quvchilar nutqini rivojlantirish yo‘llari, metodikasi, nutqni egallashning qator aspektlari, nutq o‘stirish yo‘nalishlari, o‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan talablar, ta’lim-tarbiya jarayonida nutq o‘stirishga erishish orqali o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalar haqida so‘z boradi.

Jo‘rayeva Go‘zal Qodirovna

7-12

2025-06-07

TOVUSHLAR TALAFFUZIDAGI NUQSONLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH

Amaldagi barcha harakatlarimiz kommunikativdir. Imo-ishoralar, yuzlar, tovushlar, hidlar va hatto masofalar boshqalarning harakatlari, motivlari va fikrlari to'g'risida ma'lumot olish uchun ishlatilgan. Hatto harakatlarning yo'qligi ham nimadir haqida dalolat beradi. Biroq, yuqorida aytib o'tilganlardan tashqari, inson uchun yana bir element, ya'ni ramziy ma'noga ega. Ushbu ramziy element nutq orqali og'zaki ifoda etiladigan tildir. Nutqning shakllanishi bolaning umumiy rivojlanishining asosiy xususiyatlaridan biridir. Oddiy rivojlanayotgan bolalar o'z ona tilini yaxshi o'zlashtirish qobiliyatiga ega. Nutq bola va uning atrofidagi dunyo o'rtasidagi muhim aloqa vositasiga, faqat odamlarga xos bo'lgan muloqotning eng mukammal shakliga aylanadi.

Klıshaeva Guljan

39-42

2024-07-11

BUYRUQ NUTQ AKTINING INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA VOQEALANISHNING LINGVOMADANIY VA SOTSIOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqola buyruq nutq aktining ingliz va o‘zbek tillarida voqealanishining lingvomadaniy va sotsiopsixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ingliz va o‘zbek tillarida buyruq nutq aktining shakllanishi, foydalanilishi va madaniy kontekstida voqealanishiga oid o‘ziga xos xususiyatlar tahlil qilindi. Lingvistik va madaniy farqlar buyruq nutq aktlarining ifodalanishida va ulardan foydalanishda qanday aks etishi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari ikki tildagi buyruq nutq aktining sotsiopsixologik omillarga ta'sirini ham ochib berdi. Maqolada buyruq nutq aktining turli tillarda voqealanishiga oid adabiyotlar ko‘rib chiqildi va muallifning o‘z kuzatuvlari ham bayon etildi.

Kuchkarova Maftuna Dilmurod qizi

194-197

2024-06-26

NUTQ NUQSONLARI VA ULARNING BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Maqolada nutq nuqsonlarining kelib chiqish mexanizmlari, tasnifi, diagnostika yondashuvlari va korreksion-pedagogik hamda klinik reabilitatsiya strategiyalarining ilmiy asoslari yoritiladi. Adabiyotlar sharhi va amaliy tajriba umumlashtirishga tayangan holda, artikulyatsion-fonologik buzilishlar, dizartriya, apraksiya, duduqlanish, klattering, rinolaliya, afaziya hamda ikki tillilik sharoitida uchraydigan nutq rivojlanishi kechikishlari kabi holatlarning psixolingvistik, neyropsixologik va audiologik omillar bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot dizayni sifatida tizimli adabiyotlar sharhi, klinik-amaliy kuzatishlar va ta’lim muassasalari sharoitida olib borilgan logopedik mashg‘ulotlar monitoringi tanlandi; qo‘llanilgan metodlar tarkibida standartlashtirilgan skrining, fonetik-fonologik tahlil, akustik kuzatish, motor rejalashtirishni baholash, shuningdek, oqilona dalillarga asoslangan terapiya protokollari monitoringi mavjud. Natijalarda zamonaviy yondashuvlar – fonologik sikllar, minimal juftliklar, yadro lug‘at interven­siyasi, motor nutq uchun sensor-motor qo‘llab-quvvatlash, duduqlanishda erta yosh uchun Lidcombe, o‘smir va kattalarda xulq-atvor-terapevtik va nutq tezligini modulyatsiya qiluvchi dasturlar, AAC (augmentativ va alternativ kommunikatsiya), oilaviy-partnerlik va inkluziv sinf hamkorligi – samarali deb baholanadi.

Abdullajonova Sakina

26-30

2025-08-31

O‘QITUVCHINING NUTQ MADANIYATI VA UNING O‘QUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASHIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada o‘qituvchining nutq madaniyati va uning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Nutq madaniyati o‘qituvchining kasbiy mahorati va pedagogik madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Maqolada o‘qituvchi nutqining leksik, grammatik, mantiqiy, emotsional va kommunikativ jihatlari, shuningdek, ularning o‘quvchilarda fikrlash faoliyatini rivojlantirishdagi roli yoritilgan. Tadqiqot davomida o‘qituvchi nutqining mantiqiy izchilligi va ifodaliligi o‘quvchilarning tafakkur jarayonini faollashtirishi amaliy misollar orqali asoslab beriladi. Shuningdek, raqamli ta’lim sharoitida o‘qituvchi nutq madaniyatini takomillashtirish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tiladi.

Dauletmuratova Sarbinaz Zaripbaevna

72-74

2025-09-30

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR RAVON NUTQNI RIVOJLANTIRISH.

Maktabgacha ta‘limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta‘lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Bolalar maktabgacha ta‘limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o‘stirish fanining o‘rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi.

Nusratova Hamida Cho‘liboyevna, Abduvaxobova Feruza Baxtiyorovnа

40-43

2025-04-07

NUTQ USLUBLARI VA ILMIY USLUBGA XOS XUSUSIYATLAR

Ushbu maqolada nutq uslublari va ilmiy uslubga xos xususiyatlar keng qamrovli tarzda tahlil qilingan. Nutq uslubi odamlarning o’z fikrlarini, his-tuyg‘ularini, g‘oyalarini va bilimlarini ifodalashdagi til vositasi sifatida turli holatlarda va vaziyatlarda qanday ishlatilishini ko‘rsatadi. Maqolada rasmiy, norasmiy, ommaviy, adabiy va ilmiy uslublar haqida to’liq tushuncha berilgan. Ilmiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari, uning aniq, ravshan va ob'ektiv bo’lishi zarurligi, mantiqiy tuzilish va maxsus ilmiy terminologiyaning ahamiyati alohida ta'kidlangan. Shuningdek, ilmiy uslubning boshqa nutq uslublaridan farqlari va o’xshashliklari ham muhokama qilingan. Maqola ilmiy ishlarda samarali nutq uslubidan foydalanish, ilmiy tahlil va tadqiqotlarni to’g’ri yozish va taqdim etishning ahamiyatini anglatadi

Aralova Madina Baxtiyor qizi

179-183

2025-05-12

MAKTABGACHА KATTA YOSHDАGI BOLALАRNING BOG‘LANISHLI NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALАRI

Ushbu maqolada bog’lanishli nutq tushunchasi, bog‘lanishli nutqning asosiy vazifasi kommunikativ ekanligi, va u ikkita asosiy dialog va monolog shaklda amalga oshirilishi, dialogik nutq o‘zgaruvchan savol va javoblar shaklida yoki ikki yoki undan ortiq ishtirokchilarning suhbati (suhbati) shaklida amalga oshiriladigan replikalardan, nutq reaksiyalari zanjiridan iborat ekanligi, bu vaziyatning umumiyligiga, biz nima haqida gapirayotganimizni bilishga tayanishi, maktabgachа katta yoshdаgi bolalаrning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda yordam beradigan vizual modellashtirish texnologiyasi, badiiy texnologiyalardan: musiqa terapiyasi, qo‘g‘irchoq terapiyasi, tasavvurli rolli drama, ertak terapiyasi kabi innovatsion texnologiyalаr haqida, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun badiiy texnologiya samarali hal qiladigan asosiy vazifalar fikr yuritilgan.

Qozaqova Sayyora Sobitxon qizi

498-501

2024-07-31

THE EVOLUTION OF SPEAKING SKILLS BY FACILITATING INTERACTION AND THE IMPORTANCE OF SPEAKING ABILITIES

Achieving oral communication has become the focus and ultimate goal of the second language learning and teaching process. However, the students do not have enough opportunities to interact in the classroom which can greatly help them develop their speaking skills. In this article, I will try to give some suggestions for students. In order to carry out this project, the qualitative methodology will be used to gather data through classroom observations and the use of oral activities such as simulations, jigsaw and story completion activities. The findings of this research should provide valuable information regarding the effect of using oral activities that involve interaction to develop student’s speaking skills.

Ma’zurbek Rustamjonov , Nilufar Zubaydova

21-27

2024-10-10

MAKTABGACHA O‘RTA GURUH BOLALARIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimida o‘rta guruh bolalarida nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar tahlil etiladi. Bolalarning lingvistik kompetensiyasi, shaxsiy ehtiyojlari va yosh xususiyatlari inobatga olingan holda, interaktiv mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, multimediya resurslari, portfolioga asoslangan baholash kabi zamonaviy metodikalar qo‘llanilishi muhim ekani asoslab beriladi. Nutq faolligini oshirish, ijodiy fikrlash va tinglash ko‘nikmalarini takomillashtirish orqali o‘rta guruh bolalarining nutq madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlik, individual yondashuv hamda ijtimoiy va emotsional muhit omillari jarayon samaradorligini belgilashi alohida ta’kidlanadi.

Dildora G‘ulomova

74-77

2025-02-14

BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QUVCHILARIDA NUTQ MADANIYATINING SHAKLLANISHI

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishning dolzarbligi, bu jarayonning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni, metodik asoslari hamda pedagogik yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy mashg‘ulotlar, o‘yinlar va interaktiv metodlar tahlil qilinadi.

Ergashev Jamoliddin Maxmayusufovich, Abduraxmonova Gulsanam Ravshan qizi

59-63

2025-05-23

ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR NUTQINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Og'zaki nutq inson jamiyatida ilk nutq shakli sifatida namoyon bo'lgan. Dastlabki so'zlar tovush komplekslar shaklida bo'lib, tarixiy rivojlanish davrida ma’lum tushunchalar sifatida aniqlanib, mustahkamlanib borgan. Bolani og’zaki, yozma, daktil nutq turlariga o’rgatish masalalarini o’rganamiz.

Ismonaliyeva Karimaxon, Abdujalilova Umidaxon

138-141

2024-04-30

TALABALARNING OG‘ZAKI NUTQ KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (CLIL YONDASHUVI ASOSIDA, IT YO‘NALISHI MISOLIDA)

Mazkur maqolada IT – “Axborot Texnologiyalari” yo‘nalishi talabalari uchun og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritilgan. CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining lingvistik va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Empirik tadqiqotlar asosida CLIL metodining samaradorligi, til va fan mazmunini integratsiyalash orqali og‘zaki nutq ravonligini 20–30% ga oshirishi mumkinligi asoslab berilgan. Maqolada IT sohasiga oid real vaziyatlar, role-play va case study kabi metodlar orqali talabalarda tanqidiy fikrlash, kasbiy nutq va xalqaro hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish amaliy tavsiyalar bilan ko‘rsatib berilgan.

G’ofurova Gulhayo Baxtiyorjon qizi

31-34

2025-09-17

INGLIZ TILIDA PRAGMATIKA VA NUTQ AKTLARI NAZARIYASI

Ushbu maqolada ingliz tilida pragmatika va nutq aktlari nazariyasining mohiyati va ahamiyati tahlil qilinadi. Pragmatika tilshunoslikning muhim sohasi bo'lib, til va uning konteksual ma'nosi o'rtasidagi munosabatni o'rganadi. Nutq aktlari nazariyasi esa, tilning kommunikativ vazifasi va maqsadiga e'tibor qaratadi. Maqolada pragmatika va nutq aktlari nazariyasining asosiy tamoyillari, tadqiqot usullari va adabiyotlar tahlili keltirilgan. Shuningdek, ushbu nazariyalarning amaliy qo'llanishi, til o'qitish va o'rganishdagi o'rni muhokama qilingan.

Abduraximova Mahfuza Akbarali qizi

15-19

2024-06-10

BOSHLANG'ICH SINF O`QUVCHILARI NUTQINI INTERAKTIV METODLAR VOSITASIDA OSHIRISH

О`zgа mаshg`ulоtlаrdаn fаrqli rаvishdа nutq о`stirish mаshg`ulоtlаri bоshlаng`ich tа`limdа bоlаdаn kо`prоq fikrlаsh, tаhlil qilish vа nutq sо`zlаshni tаlаb etаdi. Interfаоl texnоlоgiyаlаr bоlаlаrni chuqur fikr yuritishgа, mа`lumоtlаrni xаyоlаn jаmlаsh vа nutq оrqаli yetkаzib berishgа urg`u berаdi. Interfаоl texnоlоgiyаlаrni nutq о`stirish mаshg`ulоtlаridа qо`llаsh bugungi kunning dоlzаrb mаsаlаsidir.  

Otaboyeva Hurshida Saidali qizi

49-51

2023-04-26

NUTQ AKTINI ASOSLOVCHI QOIDALAR

Nutq aktlari nazariyasining ikki asosiy asoschisi, ya'ni Austin va Searlening g'oyalari asosida qanday rivojlanganini talqin qilib o’tamiz. Austinning nazariyaga oid dastlabki fikrlari bilan tanishib chiqqanimizda, biz nazariyani yanada tizimli ravishda ko'rib chiqish va uning asoslarini mustahkamlash uchun Searlening yangiliklarini ham tanishib chiqishimiz darkor. Austinning constativelar oxir-oqibatda faqat performativlar yoki nutq aktlari turlaridan biri ekanligi haqidagi da'vosi, nutq aktlarini tilning asosiy birliklaridan biriga  aylantiradi. Natijada, Austin ideal-til faylasuflari tomonidan qo'llab-quvvatlangan boshqa lingvistik funksiyalar ustidan haqiqatni ifodalovchi ifodalar, ya'ni takliflarning ustunligini inkor qilib chiqdi. Austin tomonidan ko'rsatilganidek, takliflarning haqiqat shartlari, aslida, nutq aktlarining muvaffaqiyat shartlarining kengroq turi hisoblanadi.

MAJIDOVA MAFTUNA MUROD QIZI

17-19

2024-08-07

TIL ODOBI VA NUTQ MADANIYATI O‘ZARO BOG‘LIQLIGINING PRAGMATIK TOMONLARI

Ushbu maqola til odobi va nutq madaniyatining o‘zaro bog‘liqligini o‘zbek va ingliz tillari misolida pragmatik nuqtayi nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan. Til odobi har bir madaniyatda turlicha namoyon bo‘lsa-da, u muloqot jarayonida ijtimoiy va madaniy me’yorlarni ifodalaydi. Nutq madaniyati esa mazkur me’yorlarning muloqotda samarali qo‘llanilishini ta’minlaydi. O‘zbek va ingliz tillarida til odobi va nutq madaniyati farqlari hamda o‘xshash jihatlari yoritilib, madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati tahlil qilinadi.

Dildora Komilova

93-96

2025-03-17

O‘QUVCHILARDA OG’ZAKI NUTQ KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI VA METODLARI

Ushbu maqolada nutq uning  og’zaki va yozma shakli ,og’zaki va yozma nutqning turlari, og’zaki nutqning xususiyatlari, og’zaki nutqni rivojlantirish usullari va metodlari batafsil yoritilgan.O’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishga oid metodlar amalda sharhlab berilgan.

Abdunazarova Dildora Qahramon qizi

68-73

2025-05-31

NUTQ MАDАNIYАTINI RIVОJLАNTIRISHNING TЕXNОLОGIK VОSITАLАRI: АUDIО-VIZUАL VОSITАLАRDАN FОYDАLАNISH

Nutq mаdаniyаtini rivоjlаntirishdа tеxnоlоgik vоsitаlаrning о‘rni kаttаdir. Xususаn, аudiо-vizuаl vоsitаlаrdаn fоydаlаnish nutq mаdаniyаti, tаlаffuz vа mulоqоt kо‘nikmаlаrini tаkоmillаshtirishdа sаmаrаli usullаrdаn biri hisоblаnаdi. Ushbu mаqоlаdа аudiо vа vidео mаtеriаllаr, intеrаktiv tа'lim vоsitаlаri hаmdа rаqаmli tеxnоlоgiyаlаrdаn fоydаlаnish оrqаli nutq mаdаniyаtini rivоjlаntirishning muhim jihаtlаri tаhlil qilinаdi. Аudiо-vizuаl vоsitаlаrning pеdаgоgik jаrаyоngа qаndаy intеgrаtsiyа qilinishi, ulаrning о‘quvchilаrning nutqiy kо‘nikmаlаrini оshirishdаgi rоli vа sаmаrаdоrligi hаqidа mа’lumоtlаr bеrilаdi. Mаzkur vоsitаlаrning о‘quvchilаrgа tа’siri hаmdа о‘qituvchilаr uchun yаrаtаdigаn qulаyliklаri chuqur о‘rgаnilаdi.

Kоdirоvа Zulfiyа Kаrimоvnа

73-74

2024-11-15

TARBIYACHI NUTQIGA QO’YILADIGANPEDAGOGIK TALABLAR

Maqolada nutq madaniyati o'qituvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarida to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, til sezgilarini tarbiyalashga xizmat qilmog'i lozim. Shundan kelib chiqqan holda nutq madaniyati: o'z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda turli sharoitlarda bayon eta olish vositalarini, ma'noni turli shakllarda bera olish yo'llarini, badiiy, ilmiy, ijtimoiy asarlarni o'rganib, ular haqidagi fikrmulohazani, shaxsiy munosabatni og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri bayon eta olish madaniyatini ifodalaydi.

Usmanova Saodat Erkinovna, Ollomova Dilnura

10-13

2025-05-29

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI OG'ZAKI NUTQ MADANIYATINING YUQORI DARAJASINI KO'RSATADIGAN TAJRIBALI MURABBIYLAR BILAN HAMKORLIK DASTURLARINI TASHKIL ETISH

O'qituvchilarning og'zaki nutq madaniyati darsda samarali muloqot qilish qobiliyatining muhim jihati hisoblanadi. Ushbu maqola bo'lajak o'qituvchilarga tanqidiy muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan ilg'or og'zaki nutq madaniyatini namoyish etuvchi tajribali trenerlar bilan hamkorlik dasturlarini tashkil etishni o'rganadi. Mentorlik, amaliy seminarlar va uzluksiz fikr-mulohazalar orqali tuzilgan ushbu dasturlar tinglovchilar nutq qobiliyatlarini oshirishlari, talabalarni jalb qilishlari va sinf dinamikasini boshqarishlari mumkin bo'lgan dinamik o'quv muhitini yaratadi. Maqolada bunday dasturlarning o'qituvchilarning stajyor rivojlanishiga ta'sirini maksimal darajada oshirish uchun ularni puxta rejalashtirish va tizimlashtirish muhimligi ta'kidlangan.

Kоdirоvа Zulfiyа Kаrimоvnа

62-64

2024-11-15

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy