Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

IQLIM O’ZGARISHIGA VA INSON FAOLIYATINING INSON EKOTIZM XIZMATLARI QIYMATIGA TA’SIRI

Ushbu maqola inson faoliyatining inson ekotizmi xizmatlari qiymatiga ta’siri va iqlim o’zgarishining ushbu jarayonga ta’sirini tahlil qiladi. Iqlim o’zgarishi ekosistemalarning barqarorligiga va ularning inson hayotidagi xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, inson faoliyati, xususan, sanoatlashuv, shaharsozlik va resurslardan noto‘g‘ri foydalanish iqlim o’zgarishini kuchaytirib, ekotizim xizmatlarining kamayishiga olib keladi. Maqolada iqlim o’zgarishi va inson faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning inson hayot sifati va iqtisodiyotiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada, iqlim o’zgarishini kamaytirish va barqaror inson faoliyatini ta’minlash orqali ekotizim xizmatlarini saqlab qolish zarurligi ta’kidlanadi.

Olamgirova Gulshan Saidali qizi

118-121

2025-06-30

KASBIY STANDARTLAR VA TA’LIMNING O‘ZARO TA’SIRI

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilishda kasbiy standartlarning roli koʻrib chiqiladi. Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va mehnat bozoridagi o‘zgaruvchan talablar sharoitida ta’lim dasturlarini zamonaviy kasbiy standartlarga moslashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Standartlar va ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligi bitiruvchilarning malakasi ish beruvchilar talablariga javob berishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.  Standartlarni o‘quv dasturlariga joriy etish mexanizmlari, ularning ta’lim mazmuniga ta’siri, shuningdek, dual ta’lim va uzluksiz kasbiy tayyorgarlikning o‘rni o‘rganiladi. Bitiruvchilarning malakasi va bozor talablari o‘rtasidagi nomuvofiqlik muammolari va ularni hal qilishda standartlar qanday yordam berishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqola uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni va inson resurslarining barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun kasbiy standartlar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Izetaeva Gulbaxar Keunimjaevana

7-12

2024-11-08

MADANIYATLARARO TAFOVUTLAR VA TIL O‘RGANISHDAGI QIYINCHILIKLAR: O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA

Til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik insonlar o‘rtasidagi muloqot, tushunish va o‘zaro aloqalarda muhim rol o‘ynaydi. Til nafaqat muloqot vositasi, balki jamiyatning madaniy qadriyatlari, urf-odatlari va dunyoqarashini aks ettiruvchi oyna hisoblanadi. O‘zbek va Ingliz tillarini o‘rganishda uchraydigan madaniyatlararo tafovutlar bu jarayonni murakkablashtiruvchi asosiy omillardandir. Ushbu maqolada O‘zbek va Ingliz tillari o‘rtasidagi madaniy farqlar, bu farqlarning til o‘rganishga ta’siri va o‘rganuvchilar duch keladigan qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Shuningdek, til o‘rganish jarayonida madaniy kontekstni tushunishning ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi.

Bekmurzayeva Mahfuza, Shaydullayeva Sevinch, Tursunova Diyora, Mengturdiyeva Aziza

95-99

2024-11-28

OLMOS TISHLI KORONKANING VA SHARLI DOLOTANING TANASI OSTIDAGI SHLAM ZARRACHALARINING HARAKATI TAHLILI

Burg‘ilash jarayonida jins parchalovchi asbob ostida shlam ko‘rinishidagi parchalangan tog‘ jinslarini saqlanib qolishi, ularning granulometrik tarkibi, shakli va o‘lchamlari, zaboydan ajralgandan so‘ng jins parchalovchi asbob ostidagi harakati va uning tanasi bilan o‘zaro ta’siri shlamli rejim deb ataladi.

Raxmatova Fotima Muzaffar qizi, Raxmatova Zuxra Muzaffar qizi, Ro’ziqulova Sevinch Axmed qizi, Aslonov Asilbek Hasan o’g’li

287-291

2022-12-21

IJTIMOIY XAVF OMILLARI VA ULARNING NUQSONLI HOMILA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada ijtimoiy xavf omillarining homila rivojlanishiga salbiy ta’siri va nuqsonli tug‘ilish xavfini oshiruvchi asosiy sabablar tahlil qilinadi. Atrof-muhitning ifloslanishi, ota-onalarning zararli odatlari, noto‘g‘ri ovqatlanish, stress va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning pastligi homila rivojlanishiga ta’sir qiluvchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, ijtimoiy xavf omillarining genetik va biologik risklar bilan o‘zaro ta’siri, homiladorlik davrida profilaktik choralar ko‘rish zaruriyati, ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatining ushbu jarayondagi roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari homiladorlik davrida sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlash va risklarni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.

Sharifova Maxliyo Zarif qizi

99-102

2025-04-30

IQLIM O‘ZGARISHINING BIOXILMA-XILLIKKA TA’SIRI: EKOLOGIK TAHLIL

Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishining bioxilma-xillikka ta’siri ekologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Iqlim o‘zgarishi – yer yuzasidagi iqlim sharoitlarining doimiy ravishda o‘zgarishi, insoniyat va tabiat tizimi uchun katta tahdidni tashkil etadi. Bioxilma-xillik esa yer yuzidagi turli xil organizmlar va ularning ekosistemalaridagi o‘zaro aloqalarini anglatadi. Maqolada iqlim o‘zgarishining hayotga turli darajalarda, jumladan, floraga, faunaga va ekosistemalarga ta’siri, shuningdek, bunday o‘zgarishlarga qarshi kurashishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ekologik strategiyalar haqida so‘z boradi. Iqlim o‘zgarishining biologik xilma-xillikka olib keladigan xavf va tahdidlarini bartaraf etish uchun global miqyosda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham tahlil etiladi.

Toshpo‘lotova Jasmina Nuriddin qizi

47-50

2025-01-28

NUKUS SHAHRI VA UNING ATROFIDAGI SUTEMIZUVCHILAR (XORDATLAR: SUTEMIZUVCHILAR)

Maqola Nukus shahri va uning atrofidagi sut emizuvchi hayvonlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda sutemizuvchilarning xilma-xilligi, ularning tasnifi va mahalliy sharoitga moslashuvi ko‘rib chiqiladi. Ushbu turlar yashaydigan ekologik muhit, shuningdek, ularning aholi bilan o‘zaro ta’siri va ularning mavjudligiga insonning ta’siri tasvirlangan. Sutemizuvchilar shahar muhitida duch keladigan ifloslanish, yashash joylarining yo‘qolishi va brakonerlik kabi tahdidlarga e’tibor qaratilgan. Maqolaning yakuniy qismida ushbu hayvonlarni muhofaza qilish choralari umumlashtirilib, aholining biologik xilma-xillikni saqlash muhimligi haqida xabardorligini oshirish uchun tavsiyalar taklif etiladi. Maqola o‘zgaruvchan tabiiy landshaft sharoitida sut emizuvchilarni muhofaza qilish va ekologiya masalalariga e’tiborni qaratishga qaratilgan.

Axmetova Ilda Shınbergenovna

94-96

2024-10-21

NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

Ta’lim jarayonida nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullari o‘quvchilarning bilimini samarali o‘lchash va tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. An’anaviy baholash usullari bilan bir qatorda, raqamli texnologiyalar asosida interaktiv testlar, loyiha asosida baholash, sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan tizimlar va o‘zaro baholash metodlari qo‘llanilmoqda. Xususan, Kahoot!, Quizizz, Google Forms kabi platformalar o‘yin elementlari orqali bilim tekshirish imkonini beradi. Shuningdek, Replit, GitHub, CodeGrade kabi dasturlash muhitlari o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini sinashda muhim rol o‘ynaydi. Sun’iy intellekt asosida baholash tizimlari esa natijalarni avtomatik tekshirish va takomillashtirishga yordam beradi. O‘zaro va o‘zini baholash metodlari esa o‘quvchilarga tahliliy fikrlash va mustaqil baho berish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada informatika darslarida zamonaviy nazorat va baholash tizimlarining afzalliklari, ularni qo‘llash metodlari hamda o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi.

G‘uzorova Mehrinso Asliddin qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

118-123

2025-05-12

TA’LIM VA AQLIY TARAQQIYOT

Ta’lim inson aqliy taraqqiyotining asosiy determinantlaridan biri bo‘lib, neyroplastiklik, kognitiv qobiliyatlar va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning o‘zaro ta’sirida shakllanadi. Ushbu maqolada ta’limning miya tuzilmalari (prefrontal korteks, hippocampus) va kognitiv jarayonlar (xotira, mantiqiy fikrlash, problem hal qilish)ga ta’siri zamonaviy neyrofan tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. 2015–2024 yillarda Scopus, PubMed va O‘zbekiston Pedagogika jurnallarida chop etilgan 50 ta ilmiy maqolalarni sistemli sharh qilish natijasida aniqlandiki, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning aqliy taraqqiyotga ta’siri 35–40%ni tashkil etadi. Ta’limning kognitiv samaradorligini oshirishda muhit (o‘qituvchilar bilan munosabat, interfaol metodlar) va genetik omillar (DRD4 geni variatsiyalari) o‘rtasidagi sinergiya hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘zbekiston kontekstida multilingvizm (o‘zbek, rus, ingliz tillarini parallel o‘rganish) miyaning plastikligini 20%ga oshirishi, shuningdek, ijtimoiy tengsizliklar aqliy taraqqiyotni 25% sekinlashtirishi qayd etilgan. Maqolada ta’lim tizimini kognitiv jihatdan samaraliroq qilish uchun takliflar (individual yondashuv, neyroo‘qitish texnologiyalari) ilmiy asoslangan.

Shalola Fozilova

60-64

2025-07-12

JIZZAX VILOYATIGA KIRITILGAN INVESTITSIYALARNING IQTISODIYOTDAGI O’RNI

Mazkur maqola soliqlar va ijtimoiy tenglik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qiladi. Unda soliq siyosati vositasida jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Xususan, progresiv soliqlash tizimining aholining turli qatlamlariga ta’siri, soliq imtiyozlari orqali kam ta'minlangan guruhlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va bu siyosatning iqtisodiy barqarorlikka bo‘lgan ijobiy ta’siri o‘rganiladi. Shu bilan birga, maqolada adolatli soliq tizimini shakllantirishda duch kelinayotgan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalari soliqlarning nafaqat davlat byudjetini shakllantirishda, balki ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlashda ham muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.

Xasanov Axmadjon Shodiyarovich, Xudoyorov Diyorbek Akobir o’g’li, Shequlova Orzigul Ibrohim qizi

38-40

2024-12-19

YOSHLAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY VA GLOBAL QADRIYATLARNING O‘ZARO TA’SIRI

Ushbu maqolada globallashuv jarayonining yoshlarning dunyoqarashiga ta’siri, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi muammolari tahlil qilinadi. Globallashuv yoshlarning bilim va madaniy tajribalarini kengaytirish bilan birga, milliy qadriyatlarning zaiflashish xavfini ham keltirib chiqaradi. Shuning uchun yoshlarni tarbiyalashda milliy meros va universal insoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish zarurati ta’kidlanadi. Milliy madaniyat, til, an’analar va diniy e’tiqodlarning saqlanishi yoshlarning milliy o‘zligini mustahkamlashda, ularni global jarayonlarga muvaffaqiyatli moslashishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada globallashuv sharoitida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi asosida yoshlarni tarbiyalash strategiyalari ko‘rib chiqiladi.

Abduraimov Eldor Qurbonboy o’g’li

94-98

2025-06-24

TABIIY DORI VOSITALARININGSINTETIK DORI VOSITALARIDAN FARQI

Ushbu maqolada tabiiy va sintetik dorilarning o‘zaro farqlari, afzalliklari hamda kamchiliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek ushbu ikki turdagi dorilarning inson organizmiga ta’siri, nojo‘ya ta’sirlari, dozalash aniqligi va ilmiy asoslanganligi jihatidan solishtirma tahlil keltirilgan. Misollar, statistik ma’lumotlar va ilmiy manbalar asosida mavzuning dolzarbligi yoritilgan.

Numanova Dilnora

43-46

2025-05-27

INNOVATSION VA RAQAMLI OMILLARNING HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRINI MODELLASHTIRISH

Maqolada innovatsion va raqamli omillarning hududiy iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur ilmiy asosda o‘rganildi. Hududiy rivojlanishning zamonaviy drayverlari sifatida innovatsion texnologiyalar, raqamli transformatsiya, ilmiy-tadqiqot va startap ekotizimlari kabi omillarning o‘zaro ta’siri baholandi. Tadqiqotda 2010–2023-yillar oralig‘idagi hududiy statistik ko‘rsatkichlar asosida ekonometrik va panel ma’lumotlar modellari tuzildi. Natijalar innovatsion omillarning yalpi hududiy mahsulot o‘sish sur’atlariga, raqamli infratuzilmaning esa ishlab chiqarish samaradorligi va ishchi kuchi unumdorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Olingan ilmiy xulosalar hududiy iqtisodiy siyosatni takomillashtirish va barqaror raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga amaliy asos yaratadi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

8-11

2025-09-30

INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARNING OILAVIY MUNOSABATLARGA TA’SIRI

Mazkur maqolada internet va ijtimoiy tarmoqlarning oilaviy munosabatlarga ko‘rsatadigan ijobiy hamda salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalarining tezkor rivojlanishi oilaviy hayotning deyarli barcha jabhalariga kirib kelgani ta’kidlanib, oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot, o‘zaro ishonch, tarbiya jarayonlari hamda ijtimoiy qadriyatlarning shakllanishida internetning o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishning oilaviy aloqalarni mustahkamlashdagi imkoniyatlari va ularni noto‘g‘ri qo‘llash oqibatida kelib chiqadigan muammolar – ajralish, befarqlik, psixologik zo‘riqish kabi masalalar yoritiladi.

Ismailov Tohirjon Xushnudbek o‘g‘li, Yuldasheva Shahnoza Bobomurod qizi

73-78

2025-09-15

YUQORI SAMARALI O’SIMLIK TOLASI KOMPOZITLARINI LOYIHALASH

Ushbu maqolada yuqori samarali o‘simlik tolasi asosida tayyorlanadigan kompozit materiallarni loyihalashga doir ilmiy-nazariy va amaliy jihatlar yoritilgan. Tadqiqotda ekologik toza, qayta tiklanadigan va iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan tabiiy o‘simlik tolalarining (masalan, zig‘ir, kenaf, kokos va boshqalar) polimer matritsali kompozitlardagi roli tahlil qilinadi. Loyihalash jarayonida tolalarning mexanik xossalari, ularning matritsa bilan o‘zaro ta’siri, aralashma tarkibi va strukturasi kabi omillar hisobga olinadi. Shuningdek, maqolada tabiiy tolali kompozitlarning afzalliklari, ularni sanoat sohalarida qo‘llash imkoniyatlari va ularning atrof-muhitga ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan. Olingan natijalar asosida ekologik barqaror va yuqori samarali kompozit materiallarni yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Olamgirova Gulshan Saidali qizi

105-108

2025-06-30

MARKAZIY OSIYODA BARQARORLIK MASALASI: NAZARIY YONDASHUVLAR VA TAHLIL

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik masalasi nazariy va tahliliy jihatdan o‘rganilgan. Mintaqadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar barqarorlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik, xalqaro hamkorlik va ichki islohotlarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil etilgan. Maqolada barqarorlik tushunchasining falsafiy, siyosiy va ijtimoiy mazmuni, shuningdek, global va mahalliy omillarning o‘zaro ta’siri ilmiy asosda yoritilgan.

Tuxtayev Bobir Shuxratovich

113-115

2025-10-13

INNOVATSION IQTISODIYOT VA IJTIMOIY SIYOSATNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Mazkur maqolada innovatsion iqtisodiyot va ijtimoiy siyosat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Innovatsion iqtisodiyotning ijtimoiy rivojlanishga ta’siri, davlatning ijtimoiy siyosatini shakllantirish va modernizatsiya qilishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Mehnat bozori, ta’lim tizimi, ijtimoiy himoya va aholi farovonligini oshirish jarayonlarida innovatsion texnologiyalarning o‘rni aniqlanadi. Shuningdek, davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli transformatsiya va ijtimoiy muhofaza tizimini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Maqola innovatsion iqtisodiyot va ijtimoiy siyosatni uyg‘un rivojlantirishning ahamiyatini yoritib, ilmiy-amaliy tavsiyalar beradi.

Kozimbek Kommunarov

141-145

2025-03-19

QASHQADARYO VILOYATI IQTISODIY KO‘RSATKICHLARINI KO‘P OMILLI REGRESSIYA MODELLARI ASOSIDA BAHOLASH

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari ko‘p omilli regressiya modellari yordamida baholandi. Tadqiqotda viloyatning yalpi hududiy mahsuloti, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi hajmi, xizmatlar sohasi, aholi bandligi, investitsiyalar hajmi va tashqi savdo aylanmasi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida tanlab olindi. Ushbu omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar hamda iqtisodiy rivojlanishga ta’siri ekonometrik usullar yordamida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, investitsiyalar hajmi va sanoat ishlab chiqarishi viloyat yalpi hududiy mahsulotining asosiy drayverlari hisoblanadi, aholi bandligi esa ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim endogen ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ldi. Ko‘p omilli regressiya modellari asosida prognozlash natijalari Qashqadaryo viloyati iqtisodiy rivojlanishining barqarorlik darajasini aniqlash hamda hududiy boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ilmiy asos yaratadi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

111-115

2025-09-30

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TIL O‘RGANISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA MONTESSORI METODIKASINING ASOSIY ELEMENTLARI VA ULARNING TA’LIM JARAYONIGA TA’SIRI

Ushbu maqola Montessori metodikasi orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining til o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqotda Montessori pedagogikasining asosiy elementlari – ko‘p sezgili didaktik materiallar, mustaqil faoliyat, individual yondashuv va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sir – til o‘rganishda qanday samarali vosita ekanligi ko‘rsatildi. Shuningdek, ushbu metodikaning o‘quvchilarning so‘z boyligi, gap tuzish, nutq ravonligi va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o‘rni ham yoritildi. Maqola boshlang‘ich ta’limda innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish va ta’lim sifatini oshirish uchun amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

Yusupova Mahbuba Rustam qizi

124-126

2025-05-31

BO‘LAJAK MUTAXASSISNING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TA’LIM METODLARI TA’SIRI

Mazkur maqolada o‘qituvchi va talabaning shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro hamkorligi  jarayonida ta’lim uchun  muhim sanalgan interfaol  texnologiyalar, innovatsion yondashuvning ijtimoiy-pedagogik jihatlari, pedagogik kompetentlikni amalga oshiruvchi masalalar doirasi, innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik-psixologik va metodik shart-sharoitlari, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish yo‘llari, shakl va metodlari yoritilgan. Interfaol metodlarning o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’limiy yoki tarbiyaviy maqsadlari ochib berilgan.

A.X. Aripova

41-46

2022-09-09

ВОЗДЕЙСИВИЕ ХРОНИЧЕСКИХ ПОЧЕЧНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ НА ОРГАНЫ РОТОВОЙ ПОЛОСТИ

Естественно, при заболеваниях органов полости рта сочетанных с общими заболеваниями, не имеет значения какими, это влияет на особенности течения, тяжесть и продолжительтность этих патологий. Поэтому ухудшение тяжести сопутствующей патологии, требует особенных методов лечения стоматологических заболеваний. Отсюда важность изучения взаимного влияния патологий.

O.M. Umarov, N.M. Abdukarimov

128-133

2025-04-14

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI O‘RTASIDAGI INTERAKTIV ALOQA

Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv aloqaning ahamiyati, uning ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli va zamonaviy texnologiyalar yordamida bu aloqani qanday mustahkamlash mumkinligi yoritib beriladi. Shuningdek, interaktiv aloqaning o‘quvchilarning motivatsiyasiga, o‘zlashtirish darajasiga ta’siri ham tahlil qilinadi.

Toshpo‘lotova Jasmina Nuriddin qizi, Ahmatov Rustam Ahmat o‘g’li

26-29

2025-01-30

ERKIN IQTISODIY HUDUDLARDAGI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI INTEGRATSIYALASHUVINING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TAʼSIRI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy hududlarida tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro integratsiyalashuvi va uning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Navoiy, Jizzax va Angren erkin iqtisodiy hududlari misolida integratsiya jarayonlarining iqtisodiy natijalarga ijobiy ta’siri tahlil qilinadi. Natijalar tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash hamda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi muhim ahamiyatini ko‘rsatadi. Maqola yakunida erkin iqtisodiy hududlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar keltirilgan.

Nazar Nazarov

74-77

2024-12-28

TALABALARNI KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYASIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK FUNKSIYALAR

Mazkur maqolada tibbiyot ta’limi kontekstida klinik fikrlash kompetensiyalarini shakllantirishda intellektual, motivatsion, emotsional va predmetli-amaliy sohalarning o‘zaro integratsiyalashgan ta’siri tahlil qilinadi. Kliniko-pedagogik hamkorlik, talabalarda kasbiy o‘zlikni anglash, tanqidiy fikrlash, emotsional barqarorlik, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar asosida qaror qabul qilish kabi muhim jihatlar klinik tafakkur kompetensiyasini rivojlantirishda hal qiluvchi omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, klinik kompetensiyalarning shakllanishida empatiya, professional mas’uliyat, refleksiv yondashuv va multidissiplinar hamkorlikning ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada talabaning kasbiy shakllanishi jarayonida klinik fikrlashni yuksaltirishga xizmat qiluvchi psixologik-pedagogik shartlar batafsil yoritilgan.

Isroilov Farxodjon Ilxomjon og‘li

66-70

2025-10-22

YURAK VA MIYA QON AYLANISHI O‘RTASIDAGI FIZIOLOGIK BOG‘LIQLIK

Ushbu maqolada yurak va miya o‘rtasidagi fiziologik bog‘liqlik, ularning qon aylanish tizimidagi o‘zaro ta’siri hamda markaziy nerv tizimi orqali yurak faoliyatining boshqarilishi yoritilgan. Yurak miya tomonidan nerv impulslar va gormonal mexanizmlar orqali nazorat qilinadi. Shu bilan birga, yurak faoliyatidagi o‘zgarishlar ham miya qon ta’minotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada ushbu ikki muhim a’zo o‘rtasidagi fiziologik muvofiqlikning ahamiyati, patologik holatlar (insult, yurak yetishmovchiligi, gipoksiya)da yuzaga keladigan buzilishlar tahlil qilinadi.

Akbaraliyev Xojiakbar, Madatova Nazira Abdugafforovna

114-115

2025-10-09

1 - 25 из 29 результатов 1 2 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy