maqolada. Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida sug‘orish tartiblarining loviya ildizi shakllanishi tadqiq etildi. O‘simlikning ildiz tizimi bevosita navga xos xususiyat asosida shakllanib, sug‘orish tartiblari ta’sirida farqlar sezilarli darajada bo‘lganligi aniqlandi. Unib chiqish, shoxlanish davrlarida tuproq namligi (sug‘orish tartiblari) bir xil bo‘lganligi bois variantlararo va navlararo keskin farq kuzatilmadi. Ammo, Mahsuldor navida Ravot navidagiga qaraganda biroz ustun bo‘lganligi kuzatildi.
2025-04-16