Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

OQSILLARNI AJRATIB OLISH USULLARI

Ushbu maqolada oqsillar (proteinlar)ning biologik tuzilishi, organizmdagi funksiyalari va ularni ajratib olishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Oqsillar hujayralarning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ularning tuzilishini o‘rganish va toza holatda ajratib olish biokimyo, tibbiyot, farmatsevtika va molekulyar biologiya sohalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada cho‘ktirish, dializ, xromatografiya, elektroforez, ultratsentrifugirlash kabi asosiy usullar har birining prinsipi, amaliy qo‘llanilishi va afzallik-kamchiliklari bilan keng yoritilgan. Shuningdek, mikrochip asosidagi avtomatlashtirilgan ajratish texnologiyalari va sun’iy intellekt yordami bilan oqsil tahlili kabi innovatsion yondoshuvlar ham tahlil qilinadi. Ilmiy va amaliy yondashuvlar uyg‘unlashtirilgan holda yozilgan mazkur maqola oqsil izolyatsiyasi jarayonlarini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.

Karimova Muhabbat, Jumayev Nosirjon

70-72

2025-06-27

LAKTAZA FERMENTINING FAOLIYATIDA OQSIL TABIATLI O’SISH OMILINING O’RNI

Ushbu tezisda laktaza fermentining faoliyatida oqsil tabiatli o'sish omillarining  tutgan o'rni tahlil qilinadi. Laktaza fermenti, asosan, laktozani glukozaga va galaktozaga ajratish jarayonini katalizlaydi  va uning faoliyati organizmning ovqat hazm qilish tizimi uchun  juda muhimdir. Laktaza fermentining faoliyatiga o'sish omillari ta'sir qiladi, bu omillar fermentning sintezini va faolligini oshirishda ishtirok etadi. O'sish omillari, masalan, insulinga o'xshash o'sish omillari (IGF), laktaza fermentining ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi va uning faolligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu omillar laktaza fermentining samarali ishlashini ta'minlash orqali laktozaning to'g'ri parchalanishiga va organizm tomonidan so’rilishiga  yordam beradi. Tezisda laktaza fermentining biologik ahamiyati va uning faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar o'rganilgan bo'lib, bu ilmiy izlanishlar laktaza faoliyatining boshqarilishidagi o'sish omillarining o'rnini ko'rsatadi.

Xidirova Sojida Husniddin qizi

81-82

2025-04-17

OQSILLAR VA ULARNING BIOLOGIK ROLI

Oqsillar-bu hujayralarning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ular organizmda turli xil hayotiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi. Ular fermentlar, gormonlar, antitanalar, retseptorlar shaklida hujayra ichidagi va tashqarisidagi reaksiyalarni boshqaradi. Har bir oqsil o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, tuzilishiga qarab uning funksiyasi belgilanadi. Organizmda oqsillarning asosiy vazifalari – tuzilmaviy, katalitik, transport, himoya, regulyator va energetik funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada oqsillarning molekulyar tuzilishi, sintezi, sinflanishi va ular bajaradigan asosiy biologik rollari haqida tahlil qilinadi. Tibbiy amaliyotda oqsillarning buzilishi ko‘plab kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni aniqlash va to‘g‘ri tushunish diagnostika va davolashda muhim o‘rin tutadi

Shukurov Burhoniddin

24-25

2025-07-28

DASTLABKI ISHLASH JARAYONIDA TURLI MUDDATLARDA EKIB OZIQLANTIRILGAN BUG‘DOY DONI SIFATINI BAHOLASH TEXNOLOGIYASI

Kuzgi yumshoq bug‘doy navlari O‘zbekistonning janubiy mintaqalari sharoitida oktyabr oyi o‘rtasida ekilib mineral o‘g‘itlarning tavsiya etilgan me’yori (N180P90K60) oshirilib (N210P110K70) qo‘llanilganda don sifati yaxshilanishi natijasida 1000 don vazni o‘g‘it qo‘llanilmagan nazorat variantiga nisbatan 1,9-2,7 g; natura og‘irligi 15-20 g/l; shishasimonligi 5-10 %; oqsil 0,6-0,9 % va kleykovina 1,3-1,8 % oshadi.

R.Ch.Ishmuxamedova, S.Z.Buriyeva

56-61

2023-06-15

“CHLORELLA VULGARIS” ASOSIDA TAYYORLANGAN BIOLOGIK FAOL OZUQA QO‘SHIMCHALARI: TARKIBI, XUSUSIYATLARI VA INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada Chlorella vulgaris asosida tayyorlangan biologik faol ozuqa qo‘shimchalari (BFOQ) ning kimyoviy tarkibi, biologik xususiyatlari va inson salomatligiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganildi. Chlorella vulgaris - mikroyashil suvo‘t bo‘lib, u yuqori miqdorda oqsil, vitaminlar (ayniqsa B guruhi), minerallar, xlorofill va antioksidantlarga boyligi sababli biologik faol moddalar manbai sifatida e’tiborga loyiqdir. Maqolada ushbu qo‘shimchalarning immunitetni mustahkamlashi, detoksifikatsiya (zaharli moddalarni chiqarish), ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilash hamda yallig‘lanishga qarshi ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Shu bilan birga, Chlorella vulgaris asosidagi qo‘shimchalarning salomatlikga ta’siri va ularni iste’mol qilishdagi ehtiyot choralari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari Chlorella vulgaris qo‘shimchalarining profilaktik va terapevtik salohiyatini namoyon etadi hamda ularni sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida qo‘llash imkoniyatlarini ochib beradi.

Azimov Shavkat Shuhratovich, Ibragimova Mehribonu Farxod qizi, Mirakbarova Mohira Alisher qizi

13-18

2025-07-22

MАHАLLIY DORIVOR O‘SIMLIKLАR XOM АSHYOSI АSOSIDАGI OʼT HАYDOVCHI YIGʼMАNI AMINOKISLOTALARI

Aminokislotalar inson  organizmi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan organik birikmalardir. Jumladan, leycin azot, oqsil va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, o‘sish gormonini ishlab chiqarish uchun talab qilinadi, mushaklarni shikastlanishdan himoya qiladi va ularni tiklaydi, hujayra darajasida energiya manbai hisoblanadi, protein sintezi uchun qurilish materialidir, immunitetni mustahkamlash uchun zarur, qondagi qand miqdorini pasaytiradi, yaralarni tezda davolashga va suyaklarning birlashishiga yordam beradi, serotonin ishlab chiqarishni tartibga soladi. Valin aminokislotasi  ham  muhim moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadigan, organizmi fiziologik  holatiga nafaqat oqsil,  balki lipid va uglevod metabolizmi regulyatori  sifatida ahamiyatga ega [1].

Mexriddinova Yulduz Erkin qizi, Farmanova Nodira Taxirovna

147-153

2025-01-20

BALIQ LICHINKALARI UCHUN MO’LJALLANGAN “FITOZOOPROTEIN” OZUQSINING KIMYOYIY TARKIBINI O’RGANISH

Ushbu ishda Buxoro viloyati suv havzasida biotexnologik usulda etishtirilgan zooplankton va makrofitlardan foydalangan holda baliqlar uchun yuqori sifatli “Fitozooprotein” ozuqasining kimyoviy tarkibi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida 60:40 massa nisbatda olingan makrofit va zooplankton asosli “Fitozooprotein” baliq ozuqasining tarkibidagi oqsil miqdori 41,7%, mineral moddalar 19,4%, uglevodlar 25,6% va yog‘ miqdori 4,8% ekanligi hamda almashinmaydigan aminokislotalar massa bo‘yicha barcha aminokislotalar miqdorining 49,07% ni tashkil etishi aniqlangan

Rajabov Otabek, Raximov Jonibek Rashitovich

19-25

2025-04-07

ФУНКЦИИ БЕЛКА ФЕРРИТИНА В ОРГАНИЗМЕ ЧЕЛОВЕКА

Ферритин — это белок, который хранит до 23% ионов железа (Fe) по сухой массе, и был выделен французским ученым Лауфбергером из ткани селезенки лошадей. Белок ферритин в настоящее время используется как комплексный диагностический инструмент во всех областях медицины. Первой функцией этого белка в организме человека было депо для этого иона железа, и в настоящее время он используется как диагностический инструмент, имеющий важное значение в системе гемостаза, воспалительных процессах, онкологии и практической медицине. В данной статье представлена аналитическая информация о механизмах действия и клиническом значении белка ферритина.

Sh.I. Xolmatov

15-22

2025-03-31

JIGARDA OQSILLAR ALMASHUNIVI

Hozirgi zamon kasaliklarining avj olib boryatganligi tufayli jigarda oqsillar almashinuvi katta ahamiyatga ega. Jigardagi oqsil almashunivi biokimyoviy mexanizmini bilish jigardagi ba’zi kasaliklarni oldini olish va davolash imkoniyatini beradi. Fermentlarni qo‘llanilishi, fermentlarni sintezlashini ko‘rishimiz mumkin. Jigarda kechuvchi jarayonni bilish ya’ni oqsillarni almashuvini bilish kelib chiqadigan kasalliklarga qarshi, shu kasalikni davolovchi va shu kasalikni oldini olivchi dorilarni yaratish mumkin .

Toshpo‘latov To‘lqin Aliyarovich , Salaev Otamurod Bahodir o‘g‘li, Aliqulov Jovohir Mamadiyor o`g`li

394-397

2022-10-31

9-SINFLARDA OQSILLAR VA AMINOKISLOTALAR DARSINI O’TISHDAGI AN’ANAVIY VA INTERFAOL METOD TURI

9-sinf o’quvchilarni biologiya fanidagi oqsillar va aminokislotalar mavzusini osonroq va samarali tarzda o’tishni an’anaviy va interfaol metodlardan foydalanish usullari.

Temirova M.U., Mamasodiqova M.M.

92-94

2024-11-27

MAHALLIY BUG’DOY DONINI BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI ISHLAB CHIQARILAYOTGAN UNGA TA’SIRI

Bug’doy donini fizik-kimyoviy va sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, korxonalarni rivojlantirish, modernizatsiya qilish, resurs va energiya materiallarini tejash, don tozalash bo’limida unumdor texnikani joriy qilish.

Abdashimova Xumora, Sattarov K.K.

176-178

2023-10-18

REVMATOID ARTRIT KASALLIGIDAGI ANNEXIN‐A1 OQSILINING AXAMIYATI

Annexin-A1 tug‘ma immunitet tizimida aniq belgilangan yallig‘lanishga qarshi ro‘lga ega, biroq uning orttirilgan immunitetdagi vazifasi hali bahsli masala bo‘lib qolmoqda. Ushbu glyukokortikoid ta’sirida hosil bo‘ladigan oqsil turli yallig‘lanish holatlari va saraton kasalliklarida ishtirok etishi, shuningdek, autoimmun kasalligi bor bemorlarda miqdori kamayishi aniqlangan. Bundan tashqari, annexin-A1 asosan signal uzatadigan formil peptid retseptorlari oilasi ham bu kasalliklarda ahamiyatli ekanligi ma’lum bo‘lgan. Bundan farqli o‘laroq, rekombinant annexin-A1 peptidlari bilan davolash yallig‘lanish modellarida yallig‘lanish jarayonlarini bostirishga olib keldi. Ushbu maqolada hozirda annexin-A1 haqida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarga e’tibor qaratadi hamda bu oqsilning biomarker va davolash maqsadi sifatidagi imkoniyatlarini muhokama qiladi.

Olimjon Norbo‘tayev , Nargiza Abdurahmanova , Ozod Mirzayev

100-108

2025-08-31

BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALAR RATSIONAL OVQATLANISHINI O‘RGANISH VA UNING AHAMIYATI

Bog`cha yoshidagi bolalarning ratsional ovqatlanishi bola organizmining o’sib rivojlanishida asosiy va qo`shimcha oziq moddalarga bo’lgan talabning yetarli darajada qondirilib borilishida juda katta ahamiyatga ega. O`suvchi organizmlarning iste`mol taomlarida makro va mikronutriyentlarning zaruriy miqdorda bo`lishi, tanadagi fiziologik, biokimyoviy jarayonlarni me`yorida borishini ta`minlaydi.

M.A. Xayitaliyeva, G.I.Tadjibayeva

127-132

2022-10-22

QON YARATUVCHI VA LIMFOID SISTEMA KASALLIKLARI. ANEMIYALAR

Anemiya - bu kislorodni tana to'qimalariga tashish uchun etarli darajada sog'lom qizil qon tanachalari yoki gemoglobinga ega bo'lmagan muammo. Gemoglobin - bu qizil qon tanachalarida joylashgan oqsil bo'lib, kislorodni o'pkadan tananing barcha boshqa organlariga olib boradi. Anemiya bilan charchoq, zaiflik va nafas qisilishi paydo bo'lishi mumkin.Anemiyaning ko'plab shakllari mavjud. Har birining o'z sababi bor. Anemiya qisqa muddatli yoki uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Bu engildan og'irgacha bo'lishi mumkin. Anemiya jiddiy kasallikning ogohlantiruvchi belgisi bo'lishi mumkin.

Aminova Mohinur Normurod qizi, Rahmatullayeva Shahlo Sherzod qizi , Urokova Vazira Xamidovna, Xolmurodov Ogʻabek Dilmurodovich, To'xtamurodov Sardorbek Sobirjon o'g'li

13-15

2023-09-08

KARTOSHKANI SAQLASH USULLARI VA ULARGA ISHLOV BERISH TAXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada Kartoshka xalqimizning yil davomida севиб истеъмол қиладиган, iste’molbop kartoshkalarni saqlashda tashkiliy ishlarning zamonaviy reglamentining mavjud emasligi, mavjudlarini eskirganligi kartoshkani dastlabki sifati darajasida saqlanishiga erishishda navlarning xususiyatlarini va harorat rejimini hamda kartoshkaning texnologik xususiyatlarini inobatga olish orqali kam yo‘qotishlar bilan sifatli saqlash imkoniyatlari to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.

Ravshan Raxmatullayev , Madinabonu Saidova

100-102

2025-02-28

BUYRAKLAR KASALLIKLARNING ZAMONAVIY DIAGNOSTIKASI

Tibbiyot rivojlanish davrining cho’qqisida tibbiyotda yangi tahlillar kirib kelmoqda shu tahlillardan biri sistatin S tahlilidir . Sistatin S buyrak faoliyatida  haqida baho beruvchi tahlillar biri hisoblanadi.  So'nggi tadqiqotlarda sistatin tibbiyoti sohasida faol tadqiqotlar ob'ektiga aylandi. U buyrak faoliyatini baholash uchun qo'shimcha ma'lumot beradi va buyrak kasalliklarini tashxislash uchun ham ishlatilishi mumkin.   Sistatin-bu oqsil bo’lib u o'pka, taloq va ichak kabi organlarda, shuningdek buyraklarda ishlab chiqariladi. U mushaklarda joylashgan kreatinin metabolizmida ham qatnashadi va buyraklar orqali chiqarilib tashlanadi. Qonda sistatin darajasi odatda barqaror bo'lib, uning kontsentratsiyasi jinsga, tana vaznga, yoshga bog’lik emas. Shuning uchun ham buyrak faoliyatini baholash uchun markerga aylantiradi.

Isomadinova L.K., Yulayeva I.A.

36-39

2023-10-23

SUG’ORISH TARTIBLARINI SO‘YA O’SIMLIGI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Soya ekini tobora ko`payib va extiyoj ortib borayotgan ekin turi bo`lib boshqa ekinlardan ajralib turadi. Chunki, uning doni tarkibida yuqori sifatli aminokislotalar bilan ta’minlanganlik jixatidan go`sht, sut va tuxum kabi eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan tenglasha oladigan 28-52 foiz oqsil, 18-27 foiz ekologik toza o`simlik moyi, ko`plab mineral tuzlarni, darmondorilarni saqlashi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Soya doni va oqsilidan 400 dan ortiq mahsulotlar tayyorlash mumkin. Xozirgi kunga kelib soya ekilish maydonlari tobora ortib bormoqda.

Abdulxafizov Xalilillo Abdug‘ani o‘g‘li, Abidjonov Raxmatillo Ozodbek o‘g‘li

79-81

2023-05-17

NOAN’ANAVIY DUKKAKLI EKIN KROTALARIYA (CROTALARIA JUNCEA L) NI IQLIMLASHTIRISH VA HOSILDORLIGINI ANIQLASH

Crotalaria-dukkaklilar oilasiga mansub Fabaceae gulli o'simliklar turkumidir. An'anaviy ravishda yopiq ekin va yem-xashak o'simliklari sifatida ishlatilgan bo'lsada, Crotalarianing ayrim turlari oqsil va boshqa oziq moddalarning muqobil manbalari sifatida o'z imkoniyatlari bilan e'tiborni tortdi. Bunday turlardan biri Crotalaria juncea l, odatda sunn Kenevir sifatida tanilgan. Ushbu maqola noan'anaviy dukkakli ekinlarning iqlimlashtirilishi va hosildorligini aniqlashni muhokama qilishga qaratilgan, xususan Crotalaria juncea L.

Normamatova Anzirat Toʻlqin qizi

9-12

2024-04-05

SIGIRLARNING KETOZ KASALLIGI (ADABIYOTLAR TAHLILI BO’YICHA)

Ushbu maqolada sigirlar orasida uchrovchi ketoz kasaligining uchrash darajasi,etiologiyasi, patogenezi, davolash va oldini olish bo’yicha malumotlar keltirilgan.

Qurbaniyazova.G, Matekova.T

76-79

2022-12-10

TUPROQ TARKIBIDAGI UMUMIY AZOT MIQDORINI ANIQLASH

Azot – o’simliklarning o’sishi uchun javobgar makroelement hisoblanadi. Ildizlarning oziqlanishi uchun mas'ul bo'lgan asosiy element. U fotosintez reaksiyalarida qatnashadi, hujayralardagi metabolizmni tartibga soladi, shuningdek yangi kurtaklar o'sishiga yordam beradi. Ushbu element ayniqsa vegetatsiya davrida o'simliklar uchun zarurdir. O'simlik tanasida sodir bo'ladigan barcha metabolik jarayonlar, xlorofillni sintez qilishdan tortib, vitaminlarni so'rilishigacha azot ta'sirida faollashadi. Azot etishmasligi bilan o'simliklarning o'sishi sekinlashadi, gullash intensivligi pasayadi, vegetatsiya davri qisqaradi, o'simlik tarkibidagi oqsil miqdori kamayadi va natijada hosil kamayadi. Barglar och yashil rangga aylanadi, yorqinligini yo'qotadi. Uzoq muddatli azot etishmovchiligi bilan barglarning xira yashil ranglari turli xil sariq, to'q sariq ranglarga ega bo'ladi, barglar quriydi va muddatidan oldin tushadi. Tadqiqot ishimizda tuproq tarkibidagi azotning umumiy miqdorini sodda va aniqligi yuqori bo’lgan usuli ishlab chiqildi. Bundan tashqari aniqlash jarayoni uchun yangi indikator yaratildi.

Boqiyev Q.S., Sayfiyev М.N., Ziyayev D.A.

95-100

2023-07-31

AFRIKA LAQQASI BALIG`INI YETISHTIRISH

Ushbu maqolada uy sharoitida afrika laqqasi balig`ini yetishtirish hamda shu yo`nalishda bir necha variantlarning taklif va mulohazalari ko`rib chiqilgan.

Xayrullayev Mirrahmat Patxulla o'gli

843-846

2022-10-20

QORAQALPOGISTON IQLIMIDA YETISHTIRILGAN BUGDOY UNINING NOVVOYLIK XOSSALARI

Ushbu maqola hozirgi vaqittagi inson organizimidagi bugunlarni yaqshi rivojlanishidagi ahamiyati katta.Qoraqalpogiston sharoyitida iqlimlashtirilgan bugdoy navlarining oqsilga boyitish,inson organizimiga  kerakli bulgan aminokislotalar bilan boyitish hozirgi kunning dolzarb muommasi bulib hisoblanadi.

Kosbergenova B.M.

199-201

2024-11-15

KAMQONLIK TURLARI, TARQALGANLIGI VA TASHXISOT MUAMMOLARIGA ZAMONAVIY YONDASHUV (SHARH)

Maqolada kamqonlikning tarqalishi va diagnostikasining birlamchi holatlari orasida uni zveno, erta aniqlash, oldini olish va ilmiy-tadqiqot ishlarini o'rganishning zamonaviy jihatlari ko'rsatilgan. Shunday qilib, temir tanqisligi anemiyasi  va surunkali kasalliklar keyingi anemiya bilan birgalikda paydo bo'lishi mumkin va bu buzilishlar qon zardobida temir, ferritin va C-reaktiv oqsilda har qanday o'zgarishlarni ochish uchun beriladi.

Aminova Nafisa Narzullayevna

207-211

2023-10-30

EKISH SXEMASINING NO‘XATNI NIGRITUM NAV NAMUNASINING HOSILDORLIGIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada no’xat o’simligining ozuqaviyligi tarkibi, o’simlikning o’sish va rivojlanishidagi fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari, nigritum navining hosildorlik ko’rsatkichlari bilan bog’liq bo’lib, don hosildorligining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi kabi ma’lumotlar keltirilgan.

Shadiyev Murodjon Ismatullayevich, Mustanov Sobir Boliyevich

194-196

2022-11-30

ALLIUM MOTOR O’SIMLIGININIG YER USTKI QISMIDAN QURUQ EKSTRAKT OLISH

Allium motor o’simligi ya’ni Mador piyozi deb ham ataladi. O’zbekistonning asosan Chotqol tog’ zonasida keng tarqalgan bo’lib, bahor faslida ya’ni aprel va may oylarida yig’ib olinadi. O’simlik tarkibidagi oqsil 30,3%, flavonoid 0,7%, fosfor 0,11%, uglevodlar 3,6% bundan tashqari vitaminlardan C, B1, B3, B6 va PP vitaminlari mavjud bo’lib o’simlikni issiqxonalarda ham bemalol yetishtirish mumkin.  O’simlikni foydali xususiyatlari  bo’lganligi uchun ko’plab istemol qilinadi (asosan yer ustki qismi).

Tillaboyev A.B., Sotimov G.B.

17

2024-02-19

1 - 25 из 80 результатов 1 2 3 4 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy