Zamonaviy dunyoda keng iqtisodiy aloqalar tufayli reklamaga alohida qiziqish paydo bo’ldi, reklama madaniyatlararo muloqotning muhim vositalaridan biriga aylandi. Bundan tashqari, samarali reklama uchun matn yaratishda potentsial xaridorlarning xususiyatlaridan kelib chiqib ijodkorlar jinsga murojaat qilishadi. Samarali reklama yaratilishida ayollar va erkaklarning psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib imkon qadar xabarni til vositalari orqali yetkazish mumkin. Shuning uchun maqolamizda reklamada genderga yo'naltirilgan ta'riflarga alohida e'tibor qaratilgan.
2023-04-15