Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH(NLP)DA KORPUS TEXNOLOGIYASINING O‘RNI

Maqolada NLP va korpus texnologiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham tahlil qilingan. Korpus texnologiyalari NLP uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va vositalarni taqdim etadi, NLP esa ushbu ma’lumotlarni real amaliyotlarda qo‘llaydi. Ushbu integratsiya lingvistika va texnologiya sohalarida yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Korpus texnologiyalarining lisoniy qoliplar, grammatik qoidalar va lug‘atlarni rivojlantirishdagi rolini yoritib, uning ontologik bilimlar bazasi, semantik tarmoqlar va sun’iy intellekt tizimlarida qo‘llanilishiga urg‘u beradi. Shuningdek, tilshunoslik tadqiqotlarida maxsus korpuslardan foydalanish statistik natijalarga erishishning kvantitativ yondashuv sifatida taqdim etiladi. Korpus texnologiyalarining asosiy vositalari, masalan, AntConc, konkordansiya vositalari, kollokatsiya grafiklari va n-gram tahlillari matnning yuzaki xususiyatlarini tahlil qilish uchun samarali hisoblanadi.

Rаximov Xаsаnboy Komiljonovich

16-21

2025-01-21

O‘ZBEK VA TURK TILLARIDAGI QARINDOSHLIK TERMINLARINING SEMANTIK-STRUKTURAVIY XUSUSIYATLARI: TIPOLOGIK VA SOTSIOLINGVISTIK TAHLIL

Mazkur maqolada o‘zbek va turk tillaridagi qarindoshlik terminlari semantik va strukturaviy jihatdan tahlil qilinadi. Terminlar mavzuiy guruhlarga ajratilib, ularning shakliy umumiyliklari va semantik mansubliklari asosida tasniflanadi. Qarindoshlik atamalarining integral va differensial semalari aniqlanib, ularning morfemik tarkibi, tarixiy ildizlari va fonetik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sotsiolingvistik kontekstda bu terminlarning ijtimoiy va madaniy vazifalari yoritiladi. O‘zbek va turk tillaridagi terminlarning o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlari boshqa turkiy tillar bilan qiyosiy tahlil orqali o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari bu atamalarning umumturkiy leksik fondga mansubligini ko‘rsatib, ularning tilshunoslik va madaniyatshunoslikdagi ahamiyatini ochib beradi.

Maxsudova Dilorom Idrisovna

84-89

2025-06-27

ADABIY TAHLIL VA BADIIY MATN STRUKTURASINING O‘RGANILISHI

Mazkur maqolada adabiy tahlil va badiiy matn strukturasini o‘rganishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Adabiy tahlil adabiyotshunoslikning muhim yo‘nalishi bo‘lib, asarning janri, mavzusi, syujeti, obrazlari va uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga xizmat qiladi. Tadqiqotda badiiy matnning ichki tuzilishi, kompozitsiyasi va semantik jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy adabiyotshunoslikda qo‘llanilayotgan interfaol va innovatsion metodlar orqali badiiy matnni tahlil qilish yondashuvlari muhokama qilinadi.

Sarvinoz Abdurasulxonova

142-144

2025-03-24

SUN’IY INTELLEKT VA ELEKTRON TEZAURUSLARNING AXBOROT QIDIRUV TIZIMLARIDAGI O‘RNI

Ushbu tezisda sun’iy intellekt va elektron tezаuruslarning qidiruv tizimlarida axborotni samarali qidirish, saqlash va tahlil qilishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Elektron tezаuruslar qidiruv tizimlariga semantik tahlil qilish imkoniyatini berib, natijalarning dolzarbligini oshirish va foydalanuvchilarga aniq ma’lumot taqdim etishda muhim rol o‘ynaydi. Sun’iy intellekt asosidagi tizimlar elektron tezаuruslar yordamida so‘zlarning semantik bog‘liqligini aniqlash, qidiruv so‘rovlarini kengaytirish va ma’lumotlarni to‘g‘ri tartiblash imkoniyatiga ega. Shuningdek, mashina tarjimasi va tabiiy tilni qayta ishlash jarayonlarida ham elektron tezаuruslarning samaradorligi ortib bormoqda.

Muhammadjon Najmiddinov

124-126

2025-02-13

“SHAJARAYI TURK” ASARIDAGI ETNONIMLARNING LINGVISTIK-SEMANTIK TAHLILI

Mazkur maqolada Abulgʻozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar lingvistik va semantik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda asarda uchraydigan etnonimlar ikki asosiy guruhga – oʻz qatlamga mansub va oʻzlashma etnonimlarga ajratilib, ularning shakllanishi, semantik asoslari hamda tarixiy-lingvistik xususiyatlari yoritilgan. Maqolada etnonimlarning morfemik tuzilishi, fonetik oʻzgarishlari va semantik motivatsiyasi misollar asosida izohlanadi. “buzuq”, “uch oʻq”, “turqaq”, “xalaj” kabi oʻz qatlamga mansub etnonimlar tarixiy voqealar, ijtimoiy hodisalar va joy nomlari bilan bogʻlanib tahlil etilgan. Shuningdek, “doʻrman”, “burchigin”, “niyrun”, “barlas”, “arlat” kabi oʻzlashma etnonimlarning moʻgʻul tili bilan bogʻliqligi va ularning maʼno qatlamlari ilmiy jihatdan izohlangan. Shuningdek, etnonimlarning etnotoponimlar bilan uzviy bogʻliqligi va ularning xalq tarixiy xotirasini aks ettiruvchi vosita sifatidagi roli alohida taʼkidlangan.

Abduvaliyeva Kamola Shavkat qizi

19-24

2025-10-10

O’ZBEK VA RUS TILLARIDA SIFATLARNING QIYOSIY TIPOLOGIYASINI O’RGANISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqola o'zbek va rus tillaridagi sifatlarning qiyosiy tipologiyasiga bag'ishlangan tadqiqotni o'z ichiga oladi. Tadqiqot har ikki tildagi sifatlarning qo‘llanilishi, tuzilishi va semantikasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga qaratilgan. Terminologiyani tahlil qilish, sifatlarning kontekstda ishlatilishini qiyosiy tahlil qilish, ularning vazifalari va semantik xususiyatlarini o'rganishni maqsad qiladi. Metodologiya lingvistik adabiyotlarni tahlil qilish, korpus tadqiqotlari va ikkala tildagi matnlarni qiyosiy tahlil qilishni o'z ichiga oladi. Ushbu tadqiqot natijalari tilshunoslar, tarjimonlar va o‘qituvchilarga o‘zbek va rus tillarida sifatlarning qo‘llanilishining o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Bekturdieva Barshinay Polatovna

39-41

2024-02-28

ARAB TILIDA STILISTIK VA LEKSIK TAHLIL

Ushbu maqola arab tilida stilistik va leksik tahlil masalalarini ko‘rib chiqadi. Unda arab tilining boy leksik tarkibi, uslubiy xususiyatlari va ifoda vositalari atroflicha tahlil qilinadi. Shuningdek, stilistik tahlilning asosiy metodlari, badiiy va ilmiy matnlarda qo‘llanilish xususiyatlari yoritiladi. Maqolada arab tilining turli janrlarida uchraydigan leksik birliklar, ularning kontekstga bog‘liq holda qo‘llanishi va semantik o‘zgarishlari ham batafsil o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari arab tilshunosligi va tarjimashunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlar uchun muhim ahamiyatga ega.

Xidirov Zoxid Bobohon o‘g’li

11-13

2025-03-31

AVTOMATIK XULOSALASH TIZIMLARIDA SO‘Z TURKUMLARINI ANIQLASH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Mazkur maqolada avtomatik xulosalash tizimlarida tabiiy tilni qayta ishlash jarayonida so‘z turkumlarini aniqlash bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt asosidagi matn tahlil modellarida so‘z turkumlarini to‘g‘ri belgilash, semantik bog‘liqlikni aniqlash va sintaktik tuzilmani tushunish darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda zamonaviy til modellari (BERT, GPT, RoBERTa va boshqalar) asosida o‘zbek tili uchun morfologik teglar yaratish, shuningdek, statistik va neyron yondashuvlar integratsiyasi orqali aniqlikni oshirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, resurslar yetishmasligi, turli tildagi sintaktik xususiyatlar farqi va ko‘pma’nolilik (polysemy) kabi muammolarga ilmiy asoslangan yechimlar taklif etiladi.

Ne'matillayev Fatxullo Naimjon o'g'li

68-72

2025-10-23

ISLOM SHOIR DOSTONLARIDA PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TAHLILI

Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan Islom shoir Nazar o‘g‘lining dostonlarida uchraydigan paremiologik birliklar – maqollar, matallar, iboralar, hikmatli so‘zlar – lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Paremiologik birliklar xalq og‘zaki ijodining ajralmas qismi sifatida, dostonlarda obrazlar xarakterini ochishda, voqealarning badiiy ta’sirini kuchaytirishda, milliy tafakkur ifodasini yetkazishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada Islom shoirning dostonlaridan olingan paremiyalarning shakl, mazmun, strukturaviy jihatlari, ularning semantik yuklamasi, kontekstual funksiyasi, poetik vazifalari tahlil etiladi.

Aripova Mahliyo Norboy qizi

141-143

2025-06-12

ELEKTRON TEZAURUSLARNING QIDIRUV TIZIMLARI BILAN INTEGRATSIYASI

Ushbu tezisda elektron tezаuruslarning qidiruv tizimlari bilan integratsiyasi va ularning axborot qidiruvini optimallashtirishdagi roli tahlil qilinadi. Elektron tezаuruslar semantik tahlil, qidiruv doirasini kengaytirish, natijalarni dolzarblashtirish va mavzular bo‘yicha tasniflash imkonini beradi. Shuningdek, tezаuruslar sun’iy intellekt va mashina tarjimasi tizimlarida keng qo‘llaniladi. Qidiruv tizimlarining samaradorligini oshirish uchun elektron tezаuruslarni ishlab chiqish, ularni tahlil qilish va integratsiyalash texnologiyalari muhim ahamiyatga ega.

Muhammadjon Najmiddinov

71-73

2025-02-13

AMERIKA DIALEKTLARINING LEKSIK-SEMANTIK JIHATLARI TAHLILI

Ushbu tezis Amerika Qo‘shma Shtatlarida tarqalgan ingliz tili dialektlarining leksik-semantik xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda Amerika ingliz tilining Shimoliy-Sharqiy, Janubiy, O‘rta G‘arbiy va G‘arbiy dialektlaridagi leksik boylik, semantik o‘zgarishlar va ularning ijtimoiy-madaniy kontekstdagi o‘rni o‘rganiladi. So‘zlarning mintaqaviy farqlari, polisemiya, sinonimiya va semantik evolyutsiya jarayonlari korpus lingvistikasi usullari yordamida tahlil qilinadi. Tadqiqotda dialektlarning shakllanishida tarixiy migratsiya, etnik guruhlarning ta’siri va ijtimoiy omillar muhim rol o‘ynashi ko‘rsatiladi. Shuningdek, globallashuv va ommaviy axborot vositalarining dialektlarning leksik-semantik xususiyatlariga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi. Tezis Amerika ingliz tilining xilma-xilligini va uning global til sifatidagi ahamiyatini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Qozaqova Ma'rifat Mahamadali qizi

35-38

2025-09-12

“LEISURE” VA “XORDIQ” LEKSEMASINING SEMANTIK TUZILMASI VA PARADIGMATIK ALOQALARI

Ushbu tezisda ingliz tilidagi leisure va o‘zbek tilidagi xordiq leksemalarining semantik tuzilmasi hamda paradigmatik aloqalari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda leksik-semantik maydon nazariyasi, komponent tahlil, freym va kontseptual metafora yondashuvlari birgalikda qo‘llanib, “mehnat—xordiq” hamda “work—leisure” oppozitsiyalari, sinonimiya, antonimiya va giponimiya munosabatlari ko‘rib chiqiladi. Ingliz tilida leisure so‘zining “industry, time, activity” kabi institutsional va abstrakt qamrogi kengligi, “leisure time/activities/centre” kabi barqaror kollokatsiyalar hosil qilishi; o‘zbek tilida xordiqning ko‘proq post-aktiv, restoratov ma’no yadrosiga tayanishi va dam olish, hordiq chiqarish, ta’til bilan o‘zaro chegaralanish mexanizmlari yoritiladi. Tadqiqot, shuningdek, “vaqt—resurs” va “tana—mexanizm” metaforalari orqali rekreatsion diskursning semantik profilini tasvirlaydi hamda tarjimashunoslik nuqtai nazaridan “holiday/vacation” — “ta’til”, “recreation” — “rekreatsiya/dam olish” ekvivalentlari bilan bog‘liq nozik farqlarni asoslaydi. Natijalar xulosasida “leisure/xordiq” kontsepti madaniyatlararo kommunikatsiyada diskurs, janr va registrga qarab turlicha profilanishi ko‘rsatiladi.

Napasova Durdona G'ayrat qizi

79-81

2025-10-20

O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA “TARBIYA” KONSEPTINING FRAZEOLOGIK IFODALANISHI: KOGNITIV TAHLIL

Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz tillaridagi “tarbiya” konseptini ifodalovchi frazeologik birliklarning kognitiv tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda axloqiy tarbiya bilan bog‘liq iboralar tanlanib, ularning ma'no ko‘lami, qo‘llanish doiralari va ekvivalentlari ikki til misolida tahlil qilindi. Har bir frazeologizmning ingliz tilidagi muqobillari, ularning qo‘llanish misollari hamda semantik yaqinligi asosida qiyosiy tahlil qilindi. Ushbu frazeologik birliklarning madaniy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va aks ettirishdagi roli ham alohida qayd etildi. Maqolada keltirilgan tahlillar orqali har ikki xalqning kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiya tushunchasining tillardagi ifodalanish xususiyatlari kognitiv lingvistika nuqtayi nazaridan ochib berilgan.

Karimova Muslimaxon Mirzohid qizi

74-77

2025-05-19

PHP DASTURLASH TILIDA STATIK TAHLIL USULI ORQALI ZAIFLIKLARNI ANIQLASH

Ushbu maqolada eng ko‘p foydalaniladigan dasturlash tillaridan biri hisoblangan php dasturlash tilida yozilgan dasturlarning kodidagi zaifliklarni aniqlash uchun statik tahlilni amalga oshiruvchi tahliliy vositani yaratish uchun talab etiladigan bosqichlar haqida so’z yuritiladi.

Utepbergenov Yunus Qutlimuratovich

33-36

2022-05-10

BADIIY ASARDA FRAZEMALARNING ISHLATILISHI VA LINGVISTIK TAHLIL (ULUG‘BEK HAMDAMNING “MUVOZANAT” ROMANI MISOLIDA)

Ushbu maqolada badiiy asarlarni lingvistik jihatdan tahlil qilish turlari bayon etilgan. Badiiy asarning linvistik tahlili misollar va barqaror birikmalar asosida tahlil qilingan va ma’nolari izohlangan. Asarlarni bunday tahlil qilishdan maqsad va uning vazifalari toʻliq yoritilgan.

Kaxramonova Parizoda Sherzod qizi

23-25

2024-05-20

XORAZM XALQ QO‘SHIQLARI LINGVOKULTUROLOGIK, LEKSIK TAHLILI

Mazkur maqolada Xorazm xalq qo‘shiqlarining lingvokulturologik va leksik xususiyatlari tahlil etilgan. Xalq qo‘shiqlari milliy madaniyat va an’analarni aks ettiruvchi muhim manbalardan biri bo‘lib, ular orqali xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va tarixiy tafakkuri ifodalanadi. Maqolada Xorazm xalq qo‘shiqlarida uchraydigan asosiy leksik birliklar, ularning semantik guruhlari hamda lingvokulturologik jihatlari o‘rganiladi. Shuningdek, qo‘shiqlardagi archaik so‘zlar, metaforalar va poetik tasvir vositalari tahlil qilinib, ularning kommunikativ va estetik ahamiyati yoritiladi.

Ma’mura Ozadova

24-28

2025-02-28

ITALYAN TILIDAGI ANTONIMIK KORRELATSIYALI MAQOLLARNING LEKSIK GRAMMATIK TAHLILI

Mazkur maqola italyan tilidagi antonimik korrelatsiyali maqollarning leksik va grammatik jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ushbu maqollarning semantik tarkibi va sintaktik tuzilishi o‘rganilib, ularning ma’no va grammatik struktura jihatidan qanday shakllanishi aniqlanadi. Maqolada ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish usulidan foydalanilgan bo‘lib, italyan tilshunosligida maqollar tizimi va antonimiya hodisasi bo‘yicha ilgari olib borilgan tadqiqotlar ko‘rib chiqiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, antonimik korrelatsiyali maqollar til tizimida muhim semantik munosabatlarni aks ettirib, lingvistik va madaniy jihatdan ahamiyatli birliklar hisoblanadi.

B.M. Sadikova

95-98

2025-05-19

TILNING LEKSIK STRUKTURASI VA SEMANTIK KOMPONENTLARI

Mazkur maqolada leksik birliklar o‘rtasidagi munosabatlar, jumladan, giponimiya, sinonimiya va qarama-qarshilik tahlil qilinadi va shu bilan birgalikda maydonlar va komponentli tahlil usullari orqali tilning leksik strukturasi va semantik aloqalari ochib beriladi.

I.Yo.Beknazarova, D.U.Jo’rayeva

108-115

2025-01-13

MAMLAKATSHUNOSLIK TERMINLARINING QIYOSIY SEMANTIK-SINTAKTIK O‘RGANILISHI: O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA

Mazkur maqolada O‘zbekiston va ingliz tillaridagi mamlakatshunoslik terminlarining qiyosiy semantik va sintaktik o‘ziga xosliklari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mamlakatshunoslik terminlari faqat siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy voqeliklarni ifodalab qolmasdan, balki til tizimining semantik va sintaktik strukturasida ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada terminlarning leksik-semantik xususiyatlari, morfologik tuzilishi hamda so‘z birikmalari, iboralar, sintaktik modellar shaklida qo‘llanishi qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, terminlarni o‘zbek va ingliz tillarida tarjima qilishda madaniy kontekstni hisobga olish, sharhlovchi tarjimadan foydalanish, terminlarning sinonimik va variant shakllarini aniqlash masalalariga e’tibor qaratiladi. Olingan natijalar tilshunoslik, madaniyatshunoslik, tarjimashunoslik va chet tili o‘qitish metodikasi uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.

Maxfuza Tairova

40-42

2025-02-11

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA «YO‘QOTISH» VA «TOPISH» LEKSIK-SEMANTIK MAYDONINING TAHLILI

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida «yo‘qotish» va «topish» konseptlarining leksik-semantik maydoni qiyosiy tahlil qilinadi. Ushbu tushunchalar har bir tilning madaniyati va dunyoqarashini aks ettirib, turli semantik nuanslarga ega. Maqolada ushbu birliklarning semantik xususiyatlari va frazeologik jihatdan farqlari misollar asosida tahlil etiladi.

Gulhayo Mamanazarova

22-24

2025-02-07

TALABALARNING FRAZEOLOGIK KOMPETENSIYASINI KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMI

Mazkur maqolada talabalar frazeologik kompetensiyasini kognitiv yondashuv asosida rivojlantirishning samarali mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Frazeologik birliklarni o‘zlashtirish jarayonida talabalarni tahlil qilish, mantiqiy bog‘liqliklarni tushunish va mazmunli assotsiatsiyalar yaratishga yo‘naltiruvchi kognitiv usullar tahlil qilinadi. Maqola mazmunida frazeologik birliklarning semantik tahlili, kognitiv xaritalar va vizual tasvirlar yordamida o‘qitish usullari yoritilib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, kognitiv yondashuvning talabalar til qobiliyatini rivojlantirishdagi roli va uni pedagogik jarayonga integratsiyalash bo‘yicha tavsiyalar taklif etiladi.

Ro'ziboyev Kuvonchbek Ergash og'li

49-53

2024-11-19

O'ZBEK VA RUS MUMTOZ ASARLARIDA "DO'STLIK" KONSEPTINING LINGVOMADANIY TAHLILI

Ushbu maqolada o‘zbek va rus mumtoz adabiyotlarida "do‘stlik" konsepti lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda "do‘stlik" tushunchasining badiiy matnlardagi semantik, leksik va pragmatik xususiyatlari aniqlanib, turli davr va muhitlarda shakllangan do‘stlik namunalari taqqosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek va rus xalq og‘zaki ijodi, maqollar, hikmatli so‘zlar hamda mumtoz asarlarda do‘stlikning ma’naviy-axloqiy ahamiyati o‘rganiladi. Maqola natijalari lingvistika, madaniyatshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida "do‘stlik" konseptining mazmunini yanada chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.

Dilorom Eshkuvatova

112-115

2025-02-11

INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA “FARZAND/CHILD” KONSEPTI VA UNI VOQEALANTIRUVCHI VOSITALAR MAYDONI.

Ushbu maqolada “farzand” konsepti tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilingan hamda uning turli darajadagi til birliklari: morfemalar, leksemalar, frazemalar, frazoemalar, sentensemalar va tekstemalar orqali ifodalanish xususiyatlari ochib berilgan. Farzand konsepti faqat semantik jihatdan emas, balki tizimli-lingvistik yondashuv asosida ham tahlil qilinib, konseptual maydon modeli asosida qatlamlarga ajratilgan..

Ergasheva Azizaxon Xayrulla qizi

51-58

2025-08-18

OILA TARBIYASIGA OID KONSEPTLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi oila tarbiyasiga oid konseptlar – xususan, “parenting”, “discipline”, “nurture” va ularning o‘zbek tilidagi muqobillari “tarbiya”, “odob”, “parvarish” – lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu atamalarning semantik, madaniy va pragmatik xususiyatlari, ularning tarixiy ildizlari va jamiyatdagi funksional roli o‘rganildi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu konseptlar har ikkala til va madaniyatda o‘ziga xos madaniy yuklama va ijtimoiy qadriyatlarni ifodalaydi. Tadqiqot natijalari madaniyatlararo muloqotda til va madaniyat uyg‘unligini ta’minlashda lingvokulturologik tahlilning ahamiyatini ochib beradi.

Rashidova Sarvinoz Ilhom qizi

49-52

2025-05-23

DO‘STLIK VA MUHABBATNI IFODALOVCHI ITALIYANCHA MAQOLLAR: ANTONIMIK KORRELATSIYALARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI

Mazkur maqolada do‘stlik va muhabbat mavzusidagi italiyancha maqollarning antonimik korrelatsiyalari leksik va semantik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ushbu maqollarning tarkibiy tuzilishi, mazmuniy qarama-qarshiligi va ularning lingvistik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, antonimik korrelatsiyalarning madaniy va konseptual jihatlari ham tahlil qilinib, italiyan tilidagi maqollarning do‘stlik va muhabbat haqidagi tasavvurlarga qanday ta’sir etishi ochib beriladi. Maqolada leksik-semantik xususiyatlarning tadqiqi orqali ushbu maqollarning ifoda imkoniyatlari va ularning o‘zbek tilidagi ekvivalentlari bilan bog‘liq muammolar ham muhokama qilinadi.

B.M. Sadikova

4-7

2025-03-06

1 - 25 из 41 результатов 1 2 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy