Jamiyat va insoniyat taraqqiyotining о‘zi ham tilshunoslikning bu kabi yangi soha va yо‘nalishlarini taqozo etmoqda. Chunki har bir millat va elatning о‘ziga xos, boshqalarnikiga о‘xshamaydigan muloqot meyorlari, sо‘z va iboralari mavjudki, bularni bilmay turib turli mamlakat xalqlari о‘zaro bir-birini tо‘liq tushuna olmaydi, muloqotga kirisholmaydilar. Aynan shuning uchun ham chet tillarini yoki bir tilda sо‘zlashuvchi turli hududlarda yashovchi kishilar tilini bilish, о‘rganishni davrning о‘zi taqozo
etmoqda. Buning uchun muayyan tilning nutqiy voqelanishini, muloqot xulqini о‘rganish talab qilinadi.