Suv resurslarining demografik va ijtimoiy ko‘rsatkichlarga ta’siri – bugungi kunda global va mahalliy miqyosda dolzarb muammo. Ushbu maqolada suv manbalarining aholi zichligi, urbanizatsiya, migratsiya, sog‘liq, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiy faoliyat kabi ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Misol tariqasida O‘zbekistonning turli hududlarida, xususan, daryo bo‘ylari va cho‘l zonalarida, aholi joylashuvi va yashash sharoitlarining suv bilan ta’minlanishga bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Shu jumladan, suv tanqisligi, yerosti suvlari pasayishi, sho‘rlanish, sug‘orish tizimidagi muammolar, migratsiya hamda infratuzilmalar va xizmatlar (ichimlik suvi, sanitariya, sog‘liqni saqlash) bilan bog‘liq ijtimoiy oqibatlar tahlil qilinadi. Maqolada davlat siyosati, suv boshqaruvi va barqaror foydalanish strategiyalarining ahamiyati va zarurati ta’kidlanadi.