Sun’iy neyron tarmoqlari (SNT) – inson miyasining biologik neyronlari asosida ishlaydigan, ma’lumotlarni qayta ishlash va mustaqil o‘rganish qobiliyatiga ega bo‘lgan kompyuter tizimlaridir. Ushbu tadqiqot sun’iy neyron tarmoqlarining asosiy tuzilishi, ishlash prinsiplari va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi haqida ma’lumot beradi.Maqolada SNTning asosiy komponentlari, xususan, qatlamlar (kirish, yashirin va chiqish qatlamlari), neyronlarning vazifalari hamda ular orasidagi bog‘lanishlar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, orqaga tarqalish (backpropagation) va gradientni pasaytirish (gradient descent) kabi o‘qitish usullari tushuntiriladi.Sun’iy neyron tarmoqlari hozirgi kunda tibbiyot, muhandislik, moliya, tabiiy tilni qayta ishlash, tasvirni aniqlash va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llanilmoqda. Ushbu tadqiqot SNTning afzalliklari, cheklovlari hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini, yoritadi. Mazkur ish sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar, dasturchilar va talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.