Ushbu maqolada dual ta'lim tizimi, uning maqsadlari, tarixi, rivojlanishi, xalqaro tajribasi, iqtisodiy ta’siri va kelajak istiqbollari haqida batafsil tahlil qilinadi. Maqolada dual ta’limning xalqaro tajribalari, xususan, Germaniya, Shveysariya va boshqa rivojlangan mamlakatlardagi muvaffaqiyatli amaliyotlari yoritilib, bu tizimning yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlashdagi ahamiyati ko‘rsatilgan. Shuningdek, dual ta’lim tizimining iqtisodiy o‘sish va ish bilan ta’minlashdagi roli, mehnat bozoriga integratsiyalashuv jarayoni, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, dual ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘llari, qonunchilik bazasini takomillashtirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Maqola dual ta’lim tizimining kelajakdagi istiqbollari va uning global ta’lim tizimidagi o‘rnini baholashga xizmat qiladi.