Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

KOGNITIV POETIKA HAQIDA NAZARIY QARASHLAR VA OLAMNING LISONIY MANZARASI TUSHUNCHASI

Ushbu maqola kognitiv tilshunoslik va uning asosiy tushunchalari, jumladan, “olamning lisoniy manzarasi” haqida batafsil ma’lumot beradi. Kognitiv tilshunoslikning paydo bo‘lishi, rivoji va til bilan insonning bilish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada individual va milliy lisoniy manzara tushunchalari, ularning o‘zaro munosabatlari va badiiy asarlardagi ifodasi tahlil qilinadi. Milliy madaniyat va tafakkur farqlarining tilga ta’siri haqida misollar orqali tushuntiriladi. Kognitiv poetika va uning adabiyotshunoslik va tilshunoslik bilan kesishgan nuqtalari ham izohlanadi. Mualliflar tomonidan kognitiv yondashuv yordamida ijodkorlarning individual tafakkuri va lisoniy vositalar orqali dunyoqarashini aks ettirishning ahamiyati ko‘rsatiladi.

Iroda Ibragimova

111-114

2024-10-14

DARS JARAYONIDA ILMIY VA BADIIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Tezisda dars jarayonida ilmiy va badiiy tafakkurni integrativ rivojlantirish metodikasi nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Ilmiy tafakkur kuzatish, muammo qo‘yish, gipoteza ilgari surish, dalillash va xulosa chiqarish kabi mantiqiy operatsiyalarni faollashtirsa, badiiy tafakkur estetik idrok, obrazli mushohada, empatiya va interpretatsiya ko‘nikmalarini kuchaytiradi. Tadqiqotda konstruktivizm, sotsiokonstruktiv yondashuv va dialogik pedagogika tamoyillari asosida darsning uch bosqichdan iborat dizayni taklif etiladi: muammoli kontekst yaratish va oldindan faollashtirish; matn bilan chuqur ishlash hamda ilmiy-badiiy tahlilni uyg‘unlashtirish; refleksiya va ijodiy sintez. Metodlar sifatida savol-javobning sokratik modeli, dalilga asoslangan fikrlash, konseptual xaritalash, yaqin rivojlanish zonasi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlovchi scaffold strategiyalari, shuningdek, o‘quvchilarni o‘quvchi—matn—muallif uchburchagi doirasida faol subyektga aylantiruvchi reader-response amaliyoti qo‘llanadi. Natijalar murakkab matnlarni idrok etish tezligi va aniqligining oshishi, dalil va obraz o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘ra olish, bahs-munozarada pozitsiyani asoslash hamda ijodiy yozuvda metafora va intertekstuallikni maqsadli ishlatish ko‘nikmalarining mustahkamlanishi bilan ifodalanadi. Xulosa sifatida, ilmiy va badiiy tafakkurni bir vaqtning o‘zida rivojlantirish darsning mazmuni, metodikasi va baholash usullarida uzviylikni taqozo etishi, integrativ rubrikalar va formatif baholash vositalari esa o‘sishni doimiy kuzatish imkonini berishi ta’kidlanadi.

Dilnoz Bazarova

66-68

2025-10-13

INTERFAOL VAZIFALAR ORQALI BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA TAFAKKUR ELASTIKLIGINI OSHIRISH METODLARI

Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchilarning tafakkur elastikligi muhim kompetensiya sifatida ko‘riladi, chunki u ularga turli pedagogik vaziyatlarda moslashuvchan qarorlar qabul qilish va muammolarni ijodiy yechish imkonini beradi. Ushbu maqola interfaol vazifalar orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda tafakkur elastikligini rivojlantirishning nazariy asoslari, metodlari va amaliy yondashuvlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda muammoli o‘qitish, loyiha metodi, refleksiv amaliyot, kognitiv fleksibillik treninglari va didaktik o‘yinlar kabi usullarning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonning ko‘p millatli ta’lim muhiti kontekstida olib borilgan tajriba-sinov ishlari ushbu metodlarning mahalliy sharoitlarga mosligini tasdiqlaydi. Maqola interfaol vazifalarni ta’lim jarayoniga kengroq integratsiya qilish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Abduvoxid Abdulxayev

15-18

2025-05-31

BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KASBIY TAFAKKUR SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHING PSIXOLOGIK OMILLARI

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tafakkurning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilinadi. Kasbiy tafakkur — bu o‘qituvchi shaxsining kasbiy faoliyatga ongli, tahliliy va refleksiv yondashuvini ifodalovchi murakkab psixik jarayondir. Tadqiqotda kasbiy o‘zini anglash, motivatsiya, refleksiya, emotsional barqarorlik hamda ijodiy tafakkur kabi psixologik komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Bo‘lajak pedagoglarda kasbiy tafakkurni rivojlantirishda o‘qitish jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi, mustaqil fikrlashni rag‘batlantirish va refleksiv tahlil madaniyatini shakllantirish muhim omillar sifatida ko‘rsatilgan.

Nodira Raximova

145-149

2025-10-20

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING MANTIQIY TAFAKKURLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada tafakkur va tafakkur shakllari haqida qisqacha ma’lumot berilgan hamda bir necha psixologlarning fikrlari bayon etilgan. Shuningdek, matematika darslarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishda mantiqiy masalalarni qoʻllash orqali bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlari ham keltirilgan.

Zuxra Akramova

417-422

2022-12-15

O ‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYASINI MATN TURLARI ORQALI RIVOJLANTIRISHDA ILMIY VA IJODIY TAFAKKUR QILISHGA O‘RGATISH MAZMUNI

Mazkur maqolada   ona tili darslarida  o‘quvchilarning og ‘zaki va yozma matn yaratish qobiliyatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos funksiyalari,kontekst, matn leksemasining  konseptual asoslanishi, nutqiy birliklar,  nutqiy ko‘nikma,  nutqiy kompetensiya elementlari, og‘zaki va yozma nutq o‘stirish, ijodiy va kreativ fikrlash hamda o‘quvchilarning  tafakkur qilish qobiliyatini  takomillashtirish bo‘yicha tilshunos, metodist olimlar hamda psixologlarning ilmiy qarashlari tahlil qilingan.

O‘lmasoy Nuriddinova

37-39

2023-03-02

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MANTIQIY TAFAKKURLARINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV

Ushbu maqolada tafakkur va tafakkur shakllari haqida qisqacha ma’limot berilgan hamda bir necha psixologlarning fikrlari bayon etilgan. Shuningdek, matematika darslarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishda mantiqiy masalalarni qoʻllash orqali bolalarning mantiqiy tafakkurini shakllantirishga doir 1-sinf matematika darsidan 1 soatlik dars ishlanma ham keltirilgan.

Zuxra Akramova

14-18

2023-03-20

KREATIV TAFAKKUR TUSHUNCHASI VA UNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MAZMUNI

Ushbu maqolada kreativ tafakkur tushunchasining zamonaviy talqini va uning psixologik-pedagogik mazmuni chuqur tahlil qilinadi. Muallif kreativ tafakkurni nafaqat yangi g‘oyalarni yaratish, balki o‘quvchilarda hayotni tahlil qilish, muammolarga yangicha yondashuv topish, hissiy barqarorlikni saqlash va intellektual jur’at ko‘rsatish qobiliyati sifatida ko‘rib chiqadi. Tadqiqotda kreativ tafakkur inson tafakkurining kompleks shakli sifatida qaralib, uni rivojlantirishda o‘qituvchining psixologik yondashuvi, raqamli ta’lim vositalari va ijtimoiy muhitning o‘zaro bog‘liqligi asosida yangi nazariy model taklif etiladi. Mazkur maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlovchi pedagoglar, psixologlar hamda ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni izlayotgan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Zarina Hayitboyeva

27-30

2025-05-31

BO‘LАJAK TARBIYACHILАRNI KASBIY-PEDАGOGIK FAOLIYАTGА TAYYORLАSHDА PEDAGOGIK TAFAKKUR VA YANGICHA FIKRLАSH TARZINING UZVIYLIGI

Ushbu maqolada bo‘lаjak tarbiyachilаrni kasbiy-pedаgogik faoliyаtgа tayyorlаshdа pedagogik tafakkur va yangicha fikrlаsh tarzining uzviyligi haqida so`z boradi.

Gulbahor Xolmirzayeva

122-125

2024-06-27

PSIXOLOGIYADA BILISH JARAYONLARI

Mazkur maqola psixologiyada bilish jarayonlarining mohiyati, turlari va ularning inson hayotidagi ahamiyatini keng yoritadi. Bilish jarayonlari inson ongining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular orqali atrof-muhit haqidagi ma’lumotlar qabul qilinadi, qayta ishlanadi va saqlanadi. Ushbu jarayonlar idrok, xotira, tafakkur, diqqat, nutq va tasavvur kabi tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Maqolada bilish jarayonlarining har biri ilmiy nuqtayi nazardan izohlab beriladi. Xususan, idrok orqali inson tashqi dunyoni anglaydi, xotira esa axborotni uzoq yoki qisqa muddatga saqlash va qayta tiklash imkonini beradi. Tafakkur fikrlash faoliyatini boshqaradi, diqqat esa ongni muayyan ob’ektga jamlashga yordam beradi. Ushbu maqola psixologiya sohasi bilan qiziquvchilar, pedagoglar va inson tafakkuri hamda bilish jarayonlarining ishlash mexanizmini chuqurroq tushunishni istaganlar uchun foydali bo‘ladi.

Ruxshona Iskandarova

56-62

2025-04-08

BOLALARDA NUTQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING VOSITA VA USULLARI

Ushbu tezisda bolalarda tafakkurning rivojlantirishning vosita va usullari haqida bir qancha ma’lumotlar berilib o’tadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o’rgatish, nutqini rivojlantish, nutriy munosabatga, muammolarga o’rgatishdir. Bolalarning tafakkur va nutq rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik va emotsional omillar, shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Nutq va tafakkur rivojlanishida didaktik o‘yinlar, interfaol metodlar va innovatsion texnologiyalarning o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Xulosa va tavsiyalar qismida bolalarning psixologik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun pedagoglar va ota-onalar hamkorligining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tezisda maktabgacha ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Xusnidaxon Ma’rufjonova , Abduqunduz Xalimjanov

23-25

2025-09-30

BADIIY-ESTETIK TAFAKKUR TAKOMILIDA KONSEPSIYA VA MILLIY QADRIYATLAR HAMDA O'ZBEK NASRI

Ushbu maqola badiiy-estetik tafakkur takomilida konsepsiyaning o'rni va milliy qadriyatlarning o'zbek nasriga ta'sirini tadqiq qiladi. Tadqiqot o'zbek adabiyotining taraqqiyotida milliy qadriyatlar va badiiy-estetik konsepsiyalarning o'zaro ta'sirini tahlil etadi. Maqolada zamonaviy o'zbek nasrining shakllanishida milliy o'zlikni anglash, madaniy merosning badiiy interpretatsiyasi va estetik tafakkurning transformatsiya jarayonlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida milliy qadriyatlarning badiiy-estetik konsepsiyalarga integratsiyasi o'zbek nasrining o'ziga xos xususiyatlarini shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi aniqlandi.

Moxiniso Zaripova

10-13

2025-08-06

MILLIY G‘OYA TARIXINI ANGLASHDA TARIXIY TAFAKKUR OMILI

maqolada tarixiy ong tushunchasi va uning tuzilmasi, tarix va tarixiy tafakkur haqidagi turli konsepsiyalar va yondashuvlar, ijtimoiy taraqqiyot natijasida uning rivojlanishi, tarixiy ongning milliy g‘oya tarixini anglashdagi o‘rni, tarixiy ong va milliy ong mushtarakligi va zamonaviy sharoitida uni amalga oshirish omillari haqida keng mushohada qilingan. Shuningdek, maqolada hozirgi kunda tarixiy ongning milliy g‘oya tarixini anglashdagi ahamiyati haqida ham fikr yuritiladi.

Shermuxammat Eshbekovich

619-621

2024-07-31

YOSHLARDA EKOLOGIK TAFAKKUR VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Maqolada yoshlarda ekologik tafakkur va madaniyatni shakllantirishning pedagogik jihatlari tahlil qilingan. Ta’limning turli bosqichlarida, ya’ni maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va oliy ta’lim muassasalarida ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari yoritilgan. Shaxsning ekologik ongi va axloqiy qarashlarini rivojlantirishda oila, maktab va jamiyatning o‘rni ko‘rsatilgan. Ekologik ta’lim va tarbiyani takomillashtirish, o‘lkashunoslikning ahamiyati, ekologik ongni shakllantirishda nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish yo‘llari bo‘yicha takliflar berilgan.

Nazarov Maxsud Abduqodirovich

112-120

2025-04-21

QOZOQ ADABIYOTINI O‘QITISHDA TANQIDIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Mazkur maqolada Qozoq adabiyotini o‘qitish jarayonida tanqidiy tafakkurni rivojlantirishning samarali usullari tahlil qilinadi. Tanqidiy fikrlash o‘quvchilarning mustaqil va chuqur fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada adabiy asarlarni tahlil qilish, muhokama yuritish va argumentatsiya qilish orqali o‘quvchilarning tafakkur jarayonlarini rivojlantirish metodlari yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlarning ahamiyati ham o‘rganiladi.

Nurullayeva Jazira

68-70

2025-03-10

KICHIK MAKTAB YOSHIDA TAFAKKUR JARAYONINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI QIYOSIY TAHLILI

Ushbu maqolada kichik maktab yoshi o‘quvchilarida tafakkur jarayonini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining qiyosiy tahlili atroflicha o‘rganilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quv jarayonini oqilona tashkil etish, mashg‘ulotlarni o‘tishda, suhbat printsipiga amal qilish kerakligiga oid mulohazalar bayon etildi.

Murodjon Abduhamidov

179-184

2023-05-31

LINGVOKULTUROLOGIYANING TILSHUNOSLIKDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada lingvokulturologiya fani va uning tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, til orqali milliy tafakkur va qadriyatlarning aks etishi lingvokulturologik yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu sohani shakllantirgan va rivojlantirgan yetuk olimlarning ilmiy qarashlari hamda o‘zbek tilshunosligida olib borilayotgan lingvokulturologik tadqiqotlar tahlil qilinadi. Maqolada madaniy semantika, frazeologik birliklar, milliy obrazlar kabi tushunchalarning tilshunoslikdagi ahamiyati yoritiladi.

Dildora Jumaniyozova

21-23

2025-07-21

O‘SMIR YOSHIDAGI O‘QUVCHILARDA KOGNITIV JARAYONLARNI RIVOJLANISHINING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada o‘smir yoshidagi o‘quvchilarning kognitiv jarayonlari, ya’ni idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutqning rivojlanish xususiyatlari hamda ularni samarali shakllantirishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Ushbu yosh davrida kognitiv jarayonlarning intensiv rivojlanishi kuzatiladi va bu jarayonlar pedagogik yondashuvlarning o‘ziga xos jihatlarini talab etadi. Tadqiqotda ta’lim muhitining, o‘qitish metodlarining hamda psixologik omillarning kognitiv rivojlanishga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kreativlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish usullari muhokama qilingan. Maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalarining o‘smirlarning kognitiv jarayonlariga ta’siri ham o‘rganilgan va amaliy tavsiyalar berilgan.

Ismoilova Gulyora Ibroximjon qizi

16-20

2025-02-17

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJODIY YONDASHUV ORQALI NUTQ VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq va tafakkurlarini rivojlantirishda ijodiy yondashuvning o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan, o‘quvchilarning fikrlash va so‘zlash ko‘nikmalarini shakllantirishda ijodiy faoliyatning samarali qo‘llanilishi, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga asos bo‘lishi mumkin. Nutq va tafakkur rivojlanishida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi, mantiqiy va ijodiy mashqlar muhim rol o‘ynaydi.

Toshpulatova Guldona Tulqin qizi

81-85

2025-03-14

DINIY ETIQOD VA RATSIONALIK

Mazkur maqola diniy e'tiqod va ratsional tafakkur o'rtasidagi munosabatni tadqiq etadi. Tadqiqotda din va ilm-fan o'rtasidagi ta'sir va munosabatlarning zamonaviy jamiyatdagi o'rni ko'rib chiqiladi. Ushbu maqolada adabiyotlar tahlili orqali diniy e'tiqod va ratsional tafakkur o'rtasidagi munosabatlar o'rganiladi.

Zuxra Komiljonova , Shukrillo Qoʻrgʻonboyev

98-100

2024-11-11

MAKTAB TA’LIMIDA ART-PEDAGOGIK METODLAR ORQALI IJODIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada maktab ta’limida art-pedagogik metodlarning ijodiy tafakkurni shakllantirishdagi roli va ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Art-pedagogikaning pedagogik jarayonga integratsiyasi orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, kreativlik va emotsional intellektni rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada art-pedagogik metodlar orqali o‘quvchilarning noan’anaviy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, san’atning turli shakllarini ta’lim jarayoniga samarali joriy etish hamda zamonaviy ta’lim muhitida ijodiy tafakkur motivatsiyasini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, pedagogik yondashuvlarning amaliy ahamiyati va zamonaviy ta’limda qo‘llanilishi yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Ayjamal Najimova

9-11

2025-10-20

TIL, TAFAKKUR VA DAVR UYG‘UNLIGI: XAYRIDDIN SULTONNING QISSACHILIK USLUBI

Mazkur tezis Xayriddin Sulton qalamiga mansub “Ajoyib kunlarning birida” qissasining badiiy xususiyatlari, janr poetikasi, til va uslubiy yondashuvlari hamda asarda ifodalangan davr ruhi tahliliga bag‘ishlangan. Asarda 1970–80-yillar Sovet O‘zbekistoni hayotining realistik manzaralari, insoniy iztiroblar, ma’naviy bo‘shliq va milliy o‘zlikni anglash jarayonlari chuqur badiiy ifodasini topgan. Qahramonlar, xususan Sulton obrazi orqali muallif ichki monolog, ruhiy kurash, vijdon va burch, hayot mazmuni kabi falsafiy masalalarni yoritadi. Botir Zokirov obrazida esa milliy g‘urur, ma’naviyat va san’at ifodasi mujassam. Asarning tili sodda, xalqona, ammo mazmunan chuqur; har bir obraz nutqi individuallashtirilgan. Tadqiqotda qissa janrining zamonaviy evolyutsiyasi, psixologizm va lirizm singari tendensiyalar ham yoritilib, muallif uslubining yuksak badiiy madaniyati namoyon etiladi. Shu jihatdan, qissa o‘zbek adabiyotida falsafiy-lirik qissachilikning yorqin namunasi sifatida baholanishi mumkin.

Fanuza Adilova

69-72

2025-08-31

TALABALARDA POZITIV TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK SHART-SHAROITLARI

Mazkur maqolada  talabalarda  davrining o`ziga xos xususiyatlari, pozitiv  tafakkurning   psixologik  jihatlari,  pozitiv  tafakkurni   rivojlantirishning    shart-sharoitlari  to`g`risidagi  fikrlar bayon qilingan.

Oysha Jumaniyazova

149-153

2022-12-15

BO‘LAJAK TARIX O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK FAOLIYATIDA KOGNITIV KOMPETENSIYANING AHAMIYATI

Ushbu ilmiy maqola bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatida kognitiv kompetensiyaning o‘rni va ahamiyatini atroflicha tahlil qiladi. Kognitiv kompetensiya tushunchasi, uning nazariy asoslari, rivojlantirish usullari va pedagogik shart-sharoitlari keng ko‘lamda o‘rganiladi. Tadqiqotda kognitiv kompetensiyani rivojlantirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, o‘quvchilarda tarixiy tafakkur va tanqidiy fikrlashni shakllantirish hamda zamonaviy ta’lim talablariga moslashish masalalari muhokama qilinadi. Maqola eksperimental va nazariy tadqiqotlarga asoslanib, muammoli ta’lim, interaktiv metodlar va raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali kognitiv kompetensiyani rivojlantirishning samarali usullarini ko‘rsatadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida milliy tarix va qadriyatlar asosida kognitiv kompetensiyani rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari alohida e’tibor markazida bo‘lib, bu jarayon yosh avlodda tarixiy ong va milliy o‘zlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqola bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatini optimallashtirish, ta’lim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalarni taqdim etadi. Tadqiqot natijalari nafaqat tarix o‘qituvchilarini tayyorlashda, balki umumiy pedagogik amaliyotda ham qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan universal yondashuvlarni ochib beradi.

Baxodir Ergashev

121-125

2025-09-30

NUTQIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA NUTQIY OMILLARNING O‘ZIGA XOSLIGI

Mazkur maqolada   til ta’limining  maqsad va vazifalari,  nutqiy ona tili darslarida  nutqiy ko‘nikma,  nutqiy kompetensiya komponentlarining lingvodidaktik asoslanishini o‘rgatish, og‘zaki va yozma savodxonlikni o‘stirish, ijodiy, ilmiy va kreativ fikrlash hamda o‘quvchilarning  tafakkur qilish qobiliyatini  takomillashtirish bo’yicha tilshunos, metodist olimlar hamda psixologlarning ilmiy qarashlari tahlil qilingan.

Oysha Qurbonova, Dildora Xasanova

62-64

2023-03-02

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy