Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

NAJMIDDIN KOMILOV ASARLARIDA TASAVVUF FALSAFASINING ONTOLOGIK VA GNOSEOLOGIK JIHATLARI

Maqolada o‘zbek tasavvufshunoslik maktabining yirik namoyandasi, professor Najmiddin Komilovning ilmiy merosida tasavvuf falsafasining ontologik va gnoseologik jihatlari tadqiq etilgan. Muallif N.Komilov asarlaridagi irfoniy bilish nazariyasi, borliq va uning tasavvufiy talqinlariga oid qarashlarni tahlil qilgan. Maqolada tasavvuf falsafasining ta’limoti sifatida o‘rganilishi, uning ilmiy metodologiyasi va bugungi kundagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, Najmiddin Komilov tomonidan tasavvuf falsafasi haqidagi mo‘tabar manbalarning ilmiy jihatdan o‘rganilishi metodologik asoslari ko‘rsatilgan.

Bobomurod Adilov

24-30

2025-07-22

TASAVVUF TA’LIMOTNING SHE’RIYAT BILAN BEVOSITA BOG’LIQLIGI

Ushbu maqolada tasavvuf ta’limotining shakllanishi, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandalari va shu bilan birgalikda, tasavvuf ta’limotining she’riyat bilan bog’liqligi haqida so’z boradi.

Karima Husanova

33-37

2024-02-05

NAQSHBANDIYA TARIQATI RIVOJIDA MAVLONO ORIF DEGGARONIYNING O‘RNI

Movlono Orif Deggaroniy tasavvuf ta’limoti g‘oyalarining O’rta Osiyoda keng targ‘ib etilishida o’zining munosib hissalarini qo’shgan sufiylardandir. Bahouddin Naqshbandning Naqshbandiya ta’limotining keng yoyilishida va bu ta’limotning asoslari yaratilishida, Bahouddin Naqshbandning ma’naviy piri, do’sti sifatida  Orif Deggaroniyning ham munosib o’rni bor. Mavlono Orif deggaroniyning boy madaniy merosi va tasavvuf ta’limotining g‘oyalari bugungi yoshlar ongida ma’naviy tarbiya sifatlarini jonlantirish zarurati har qachongidan ham zaruroqdir. Mavlono Orif Deggaroniyning shaxsiy sifatlaridan, ul zot avliyolik darajasini uchta xislatlar kamolotida ko’radi.  Baland darajaga yetganda ham kamtarlik qilmoq. Qudratu, sabur toqati yetgunicha parxezkorlik qilmoq. To kuchi yetguga qadar insof qilmoqlikdir. Movlono Orif Deggaroniyning hayot yo’li va u zotning ustoz-shogirdlik silsilalari doirasida islom dinining ma’naviy qiyofasini dunyoga tanitishdagi xizmatlari ham kam emasdir. Chunki bu kabi tasavvuf namoyondalari targ’ibotlari va hayot yo’li davomida qilingan ishlari samarasi, islom dinini dunyoga “bosqinchi din” sifatida emas, nur sifatida qabul qilinishiga xizmat qildi. Bunday buyuk  allomalarning ko’pchiligini O’rta Osiyolik Mavlono Orif Degaroniyga uxshagan ko’plab tasavvuf sufiylari  tashkil qilishligi haqida so’z boradi.

Sardor Quvonov

490-493

2024-07-31

TASAVVUFSHUNOSLIK MAKTABINING SHAKLLANISHI: NAJMIDDIN KOMILOV VA UNING ILMIY MEROSI

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek tasavvufshunoslik ilmiy maktabining shakllanishi va rivojlanish yo‘li tahlil etilgan. Professor Najmiddin Komilovning ilmiy faoliyati, uning tasavvufshunoslik sohasidagi asosiy asarlari va tadqiqot metodologiyasi chuqur o‘rganilgan. Olimning O‘zbekiston mustaqilligi yillarida tasavvuf tarixi, falsafasi va adabiyotini o‘rganishga qo‘shgan beqiyos hissasi aniqlangan. Shuningdek, N. Komilov tasavvufshunoslik maktabining o‘ziga xos xususiyatlari, tadqiqot prinsiplari va metodlari, uning shogirdlari va izdoshlarining ilmiy faoliyati ham atroflicha yoritilgan. Maqolada olimning tasavvufshunoslik ilmiy maktabi asoschisi sifatidagi faoliyatining asosiy mezonlari ko‘rsatilgan.

Adilov Bobomurod Bekmurodovich

11-20

2025-06-24

YUNUS EMRO SHE’RLARIDA TASAVVUF ILMI DURDONALARI

Maqolada Tasavvuf ilmi, uning maqsadi va bu yo'nalishda ijod qilgan shoirlar haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, Yunus Emroning she’rlari orqali tasavvufning asl mohiyatini tahlil qilishga qaratilgan  

Ahrorbek G'aniyev , Asilbek Muydinov

287-289

2023-05-31

O‘ZBEK BADIIY ADABIYOTIDA TASAVVUFIY RAMZLAR

ushbu maqolada oʻzbek mumtoz adabiyoti tasavvufiy istilohlar haqida mulohazalar keltirilgan. Ramzlarning she’riyatda, mumtoz tasavvuf adabiyotida bajaradigan badiiy vazifalariga toʻxtalingan. Turli oʻrinlarda tasavvuf istilohlarning umumiy-soʻfiyona ma’nolari sharhlab oʻtiladi.

Gulandom Tog‘ayeva , Fazliddin Islomov

95-98

2025-05-10

TASAVVUF TA’LIMOTIDA EKOLOGIYAGA VA HAYVONOT OLAMIGA MUNOSABAT

Mazkur ishda tasavvuf ta’limotida ekologiyaga va hayvonot olamiga bo‘lgan munosabat tahlil qilinadi. Tasavvuf faqatgina insonning ichki kamolotiga emas, balki atrof-muhit bilan uyg‘unlikda yashashga ham katta e’tibor qaratadi.

Muhammadali Alimov

118-121

2025-05-31

AFG‘ONISTONDAGI FIQHIY MAZHABLAR VA TASAVVUF TARIQATLARI TARIX VA HOZIRGI ZAMON

Mazkur maqolada  Afg‘onistonga islomning kirib kelishi, shuningdik Afg‘onistonda fiqhiy mazhablarining tarqalishi va tasavvuf haqida tahlil qilinadi. Shuningdek, Afg‘oniston davlat tizimidagi shia va sunniy mazhablarining ro‘lini bayon qiladi hamda Afg‘oniston fiqhiy olimlarining hayoti va ularning yozilgan asarlarini tahlil qilinadi. Afg‘oniston jamiyatida fiqhiy mazhablari va tasavvufning ro‘li, hamda sufiy tariqatlarining o‘zaro munosabatlari ijtimoiy hamjihatlikni shakllantirishda o‘rganiladi. Bu ikki diniy oqim o‘rtasidagi ijobiy o‘zaro munosabat Afg‘onistondagi erqiy etnik va diniy keskinliklarni kamaytirishda muhim ro‘l o‘ynagan.

Ahmad Wakil , M. Xaydarov

85-89

2025-05-07

SO’FI OLLOYOR- TASAVVUF TARIQATI NAMOYANDASI

Maqolada XVII  asrda yashab o’tgan  tasavvuf ilmining namoyandalaridan biri bo’lgan So’fi Olloyor hazratlarining hayot yo’llari va ijodi, va u kishining muborak qadamjosi va masjidi   haqida ma’lumotlar berib o’tilgan. Bundan tashqari, hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan olib borilayogan obodonlashtirish ishlari haqida to’xtalib o’tiladi.

Bozarov Nuralibek Saidmurod o’g’li, Raxmonqulov Maʼmurjon gʻofurjon oʻgʻli, Axtamova Xurshida Jamshid qizi

310-313

2022-02-24

TASAVVUF FALSAFASI TA’LIMOTINING METODOLOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada tasavvuf falsafasining o‘ziga xos metodologik asoslari, uning diniy-falsafiy ta’limot sifatidagi mohiyati va taraqqiyot bosqichlari tahlil qilingan. Tasavvufning Islom dini kontekstida shakllanishi, rivojlanish xususiyatlari va uning falsafalashuvi jarayoni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Sharq ratsional falsafasi va irfoniy bilim tizimi o‘rtasidagi munosabatlar, tasavvufning metafizik, ontologik, gnoseologik va antropologik jihatlari hamda uning manbalari tizimli ravishda o‘rganilgan. Tasavvuf falsafasining bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan.

Adilov Bobomurod Bekmurodovich

107-112

2025-07-24

TASAVVUFIY-ISHORIY TAFSIRLAR VA ULARGA QO‘YILADIGAN SHARTLAR

Ushbu maqola tafsir ilmining muhim yo’nalishi bo’lmish, tasavvufiy-ishoriy tafsirlarni va ularni qabul bo’lishi uchun qo’yiladigan shartlarni o’rganishga bag’ishlangan. Mutafassir olimlar tomonidan tasavvufiy-ishoriy tafsirlarning maqbul bo’lishi uchun bir qancha shartlar qo’yishgan bo’lib, ushbu shartlar topilgan holatdagini ishoriy tafsirlar to’g’ri hisoblanadi. Bu borada bir qancha tasavvuf va tafsir olimlari o’z asarlarida keltirganlar.

Halima Habibullayeva , M.M. Agzamova

104-108

2023-01-26

O‘RTA ASRLARDA DIN VA TASAVVUF VAKILLARINING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY FAOLIYATI

Ushbu maqola o’rta asrlarda Markaziy Osiyo hududida keng tarqalgan tasavvuf ta’limotlari – Naqshbandiya va Yassaviya tariqatining mashxur vakillarining hayoti va faoliyati, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotiga ta’siri ochib berilgan. Xususan, Yassaviya tariqatining XVI asrdagi yutuk vakillaridan Shayx Xudoydod Vali va Hazrat Qosim Shayxning temuriylar va shayboniylar sulolasi o’rtasidagi siyosiy kurashlarda ishtiroki hamda mamlakat tinchligi uchun olib qilgan ishlari tarixiy manbalar va keyingi tadqiqotlar asosida o’rganilgan. Shuningdek, Naqshbandiya tariqatining asoschilaridan biri Mavlono Orif Deggaroniy hayoti va faoliyati to’g’risida ham ba’zi manbalarda keltirilgan ma’lumotlar bayon etilgan.

Anvarjon Kandaxarov

418-424

2024-07-31

TASAVVUFSHUNOSLIK ILMI RIVOJIDA NAJMIDDIN KOMILOV ILMIY MEROSINING AHAMIYATI

Mazkur maqolada o‘zbek tasavvufshunosligi rivojida muhim o‘rin tutgan taniqli adabiyotshunos, manbashunos, tasavvufshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Najmiddin Komilovning hayoti, ilmiy-ijodiy faoliyati va tasavvufshunoslik maktabi tahlil qilinadi. Muallif N.Komilovning o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganishdagi o‘rni, tasavvuf adabiyoti va falsafasini tadqiq etish borasidagi ilmiy izlanishlari hamda shu sohada yaratgan ilmiy maktabi faoliyatini keng yoritadi. Mustaqillik yillarida professor Najmiddin Komilov tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, xususan, tasavvuf ta’limotining chuqur ma’naviy-ma’rifiy mohiyatini ochib berish borasidagi sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Adilov Bobomurod Bekmurodovich

101-106

2025-07-24

NAJMIDDIN KUBRO ASARLARIDA MEHNAT TARBIYASINING AHAMIYATI VA O‘RNI

Ushbu maqolada buyuk tasavvuf namoyandasi Najmiddin Kubro asarlarida mehnat tarbiyasining o‘rni va uning tarbiyaviy ahamiyati tahlil etiladi, Najmiddin Kubro ta’limotida mehnat tarbiyasi g‘oyalari, ularning zamonaviy ahamiyati va tarbiyaviy jihatlari yoritiladi. Shuningdek, mehnatga bo‘lgan munosabatning axloqiy, ma’naviy va ruhiy yetuklikni shakllantirishdagi roli yoritiladi.

Xolmirzo Yuldoshev

16-19

2025-06-13

ORIFLAR SULTONI

Maqolada qadimdan ilmiy va madaniy markaz sifatida tanilgan, Termiz shahrining islom ilmlari, hadis va tasavvuf sohalarida yetuk olimlar yetishtirganligi haqida so‘z yuritiladi. Termizda tug‘ilib o‘sgan buyuk alloma Hakim Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyati chuqur tahlil qilinib, uning ilmiy merosi, asarlari va dinimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi yoritiladi. Hakim Termiziy o‘z davrida diniy firqalar va guruhlarning noto‘g‘ri e’tiqodlariga qarshi turib, ilmiy asoslangan fikrlari bilan aholini to‘g‘ri yo‘lga boshlagan olim sifatida ta’riflanadi. Shuningdek, maqolada Hakim Termiziyning oilasi, yoshlik yillari, ilmiy tarbiyadagi otasining ro‘li, shuningdek, uning hadis va tasavvuf ilmlaridagi yutug‘i alohida ta’kidlangan. Maqola buyuk ajdodimizning ilmiy merosi har doim e’tiborli bo‘lib kelganini va hozirga qadar ham dolzarbligini namoyon etadi.

Abdulhodiy Abduraxmonov

118-119

2025-03-12

SUYUMA G‘ANIYEVANING “NAVOIY VA TASAVVUF” MAVZUSIDAGI IZLANISHLARI

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy ijodidagi tasavvufiy g‘oyalar, ularning falsafiy asoslari va badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Tasavvuf — ruhiy kamolot, Allohga muhabbat va nafsni poklash orqali haqiqatga yetish yo‘li sifatida Navoiy asarlarining asosiy mazmuniy qatlamini tashkil etadi. Maqolada shoirning “Nasoyim ul-muhabbat”, “Lison ut-Tayr” va “Hayrat ul-abror” kabi asarlari orqali tasavvufiy tushunchalar qanday ifoda topgani ilmiy yondashuv asosida ochib beriladi.

Ozoda Mirsaidova

12-13

2025-06-07

TASAVVUF TA’LIMOTIDA AKSIOLOGIK FIKRLARNING AKS ETISHI

Ushbu maqolada Tasavvuf ta’limotida aksiologik fikrlarning aks etishi yoritilgan. Sharq va g‘arb olimlarining qarashlari tahlili keltirilgan. Sharq falsafiy tafakkuri tarixida komil insonga bag‘ishlangan qator kitoblari tahlili ketlirilgan.

Zarifa Xudayqulova

56-57

2024-12-20

PAHLAVONQULI RAVNAQ IJODIDA TASAVVUFGA MUNOSABAT

Ushbu maqolada Pahlavonquli Ravnaq ijodida tasavvuf mavzusi va unga munosabat masalalari va tasavvufiy obrazlarning qo‘llanilishi haqida so‘z borgan.

Sadoqat Otamuratova

112-114

2025-06-23

“GULSHANI ROZ” ASARIDAGI ILOHIY OBRAZLARNING REALISTIK TASVIRI

Ushbu maqola Mahmud Shabistariyning “Gulshani Roz”asaridagi asosiy obraz kategoriyasidan biri hisoblangan ilohiy obrazlar ularning asosiy xususiyatlari va misollarni o`z ichiga oladi. Ilohiy obrazlar razmiy obrazlarga yaqinligi va realistic obrazlarning tarkibiy qismi sifatida ham ba`zi asarlarda namoyon bo`lishi mumkin. Biroq aynan ushbu asarda ilohiy obrazlar kategoriya sifatida alohida bosqichga olib chiqilgan va timsoliy o`ziga xosligi va ko`plab obrazlar tipologiya kesishgan nuqta sifatida namoyon bo`ladi.

Feruzabonu Mannonova

37-39

2024-10-12

TASSAVUF TA’LIMOTIDA KOMIL INSON KANSEPSIYASI

Ushbu maqolada mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini  oshirish,  aholi,  ayniqsa,  yoshlarning  intellektual  salohiyati,  ongu  tafakkuri  va  dunyoqarashini  yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat  va  sadoqat  tuyg’usi  bilan  yashaydigan  barkamol  avlodni komillik darajasida tarbiyalash jarayonida tasavvuf ta’limotini namoyondalarining ilmiy va falsafiy qarashlari aks etgan.

Sattarov I’nomjon Odilbay o’g’li

140-143

2022-02-11

MARKAZIY OSIYODA TASAVVUFIY-FALSAFIY TAʼLIMOTLAR VUJUDGA KELISHINING TARIXIY-MADANIY ASOSLARI

Markaziy Osiyodagi tasavvufiy-falsafiy taʼlimotlar shunchaki bir yo‘nalishning umumiy xususiyatini anglatuvchi ibora bo‘lib qolmay, bu taʼlimotlar olam va odam, tabiat va jamiyatdagi maʼlum bir masalalarni falsafa va tasavvuf doirasida tadqiqlar olib borishni, shuningdek, muammo tahlili va metodologiyasini qamrab oladi

Salimjon Evatov

79-84

2024-06-14

TASAVVUFIY TA’LIMNING MA’NAVIY TARBIYADAGI O’RNI

Mazkur ishda tasavvufda ma'naviy tarbiya metodologiyasi va uning pedagogik asoslari keng muhokama qilingan. Tasavvuf ma’naviyatini shakllantirishda individual va jamiyat darajasidagi ahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik usullar va uslublar tahlil qilingan. Shuningdek, ma'naviy tarbiyaning maqsad va vazifalari, zamonaviy ta'lim tizimida tasavvuf tarbiyasi metodlarini qo‘llashning imkoniyatlari yoritilgan.    

Sevinch Satimova

148-150

2025-01-31

IBN ARABIYNING INSON BORLIG‘IGA DOIR QARASHLARI: ILM, RUH VA HAQIQAT

Ushbu maqolada Ibn Arabiyning hayoti va faoliyati butunlay so‘fiylik yo‘li bilan chambarchas bog‘liqligi, uning tarjimai holi va so‘fiylik ma’rifatining rivojlanishi, asarlarida keltirilgan tasavvufiy g‘oyalar, borliq, haqiqat va inson tushunchalari tahlil qilingan.

Mohlaroyim Yarashova

72-74

2025-01-27

AHMAD YASSAVIY HIKMATLARIDA DINIY-MA'RIFIY MAVZULARNING BADIIY TALQINI

Ushbu maqolada Ahmad Yassaviyning hayoti haqida ma'lumot, Ahmad Yassaviy hikmatlarida diniy-ma'rifiy mavzularning badiiy talqini to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan.

Mansur Abdunazarov

136-140

2023-01-27

IX – XIV ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA TASAVVUF VA UNING RIVOJI

Tasavvufda Haqning diydori uning vasliga etishda ilohiy muhabbat asosiy vosita sifatida qaraladi.Tasavvufda ilohiy muhabbat insonning Allohga muhabbati va Haqning bandasiga boʻlgan muhabbati sifatida ham qaraladi. Insonning Haqning nazarida boʻlishi unga hayoti davomida qilgan yaxshi amallari uchun bergan hadyasi yoki unga berilgan sinovi insonning e'tiqodi sofligi va mustahkamligida ham namoyon boʻladi. Haqning yaratgan narsalariga, butun borliqqa nisbatan unda muhabbatning paydo boʻlishi bilan birga insonni insonga boʻlgan, oʻz zotiga boʻlgan hurmat, ehtirom va muhabbati ham oshib borishiga olib keladi. Inson oʻz qadri qimmati insoniylik mohiyatini namoyon qiladi. Axloqi goʻzallashib, atrof muhitga ham chiroyli ta'sir koʻrsatadi..

Akbar Raxmonov

68-73

2024-04-22

##navigation.items## 1 2 3 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy