Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

POST-TRAVMATIK STRESS BUZILISHINING (PTSB) OLDINI OLISH VA DAVOLASH: ZAMONAVIY PSIXOTERAPIYA YONDASHUVLARI

Ushbu maqolada post-travmatik stress buzilishi (PTSB) tushunchasi, uning asosiy belgilari, shakllanish sabablari va ruhiy salomatlikka ta’siri o‘rganiladi. PTSB urush, zo‘ravonlik, falokat va ekstremal holatlardan so‘ng yuzaga keladigan psixologik buzilishdir. Maqolada ushbu buzilishning zamonaviy psixoterapevtik davolash usullari: kognitiv-behavioral terapiya, EMDR, ekspozitsion terapiya, mindfulness va farmakoterapiya metodlari tahlil qilinadi. Shuningdek, buzilishning oldini olish bo‘yicha profilaktika choralariga ham e’tibor qaratiladi.

Marahimov Oybek Ilhomjon o‘g‘li

97-99

2025-07-17

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN RASM CHIZISH ORQALI ART TERAPIYA METODLARI.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik rivojlanishida rasm chizish orqali art terapiya metodlarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijodiy faoliyat, ayniqsa tasviriy san’at mashg‘ulotlari, bolalarning emotsional holatini barqarorlashtirish, stress va xavotirni kamaytirish hamda shaxslararo munosabatlarini yaxshilashda samarali vosita hisoblanadi. Rasm chizish jarayonida bola o‘z his-tuyg‘ularini ranglar va shakllar orqali ifodalaydi, bu esa ularning ichki dunyosini ochib berish bilan birga ijobiy psixologik muhitni shakllantiradi. Maqolada erkin rasm chizish, mavzuli rasm ishlash, rang terapiyasi, guruhiy ijodiy mashg‘ulotlar va fantaziya asosida chizish kabi metodlar ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi. Shuningdek, art terapiya vositalaridan foydalanishning pedagogik va psixologik natijalari, ularni maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llashning samaradorligi haqida xulosalar berilgan

Amirova Nodira Shamshiyevna, Talipova Feruza Tairovna

38-41

2025-10-13

STRESSNI BOSHQARISH

Ushbu maqola stressni boshqarishning turli usullarini o'rganadi va ular orqali stressning salbiy ta'sirini kamaytirish yo'llarini ko'rsatadi. Stress – zamonaviy hayotda keng tarqalgan va insonlar ruhiy va jismoniy salomatligiga ta'sir qiluvchi omildir. Maqolada jismoniy mashqlar, nafas olish texnikalari, meditatsiya, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va vaqtni boshqarish kabi stressni kamaytirishning samarali metodlari yoritiladi. Shuningdek, psixologik yondashuvlar, masalan, kognitiv-behavioral terapiya (CBT), stressni boshqarishda qanday yordam berishi haqida ham ma'lumotlar berilgan. Maqola stressni boshqarishning muhimligini tushuntirib, sog'lom hayot tarzini yaratishda ushbu usullarni qanday qo'llashni ko'rsatadi.

Baratullayeva Dilnoza Xabibullo qizi, Saidqulova Madinabonu Xabibullo qizi

49-51

2025-05-07

PSORIAZ KASALLIGINING KELIB CHIQISHI VA UNING DAVOLASH YO‘LLARI

Ushbu maqolada psoriaz kasalligining kelib chiqishi va davolash usullari haqida so‘z yuritiladi. Maqolada, shuningdek, psoriazning davolash usullari ham ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda psoriazni davolashda turli usullar qo‘llaniladi: topikal davolash, fototerapiya, sistematik davolash va biologik terapiyalar. Har bir usulning samaradorligi bemorning kasallikning og‘irligiga, individual xususiyatlariga va bemorning umumiy holatiga qarab farq qiladi. Kasallikni samarali boshqarish uchun individual yondashuv va kompleks davolash zarur. Bu maqolada psoriaz kasalligi haqida umumiy ma’lumotlar va davolash usullari tahlil qilinadi. Psoriaz - surunkali va yallig‘lanishli teri kasalligi bo‘lib, asosan teri hujayralarining tezroq yangilanishi bilan namoyon bo‘ladi. Uning kelib chiqish sabablari hali to‘liq aniqlanmagan bo‘lsa-da, genetik, immunologik va atrof-muhit omillari uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Psoriazning davolash usullari zamonaviy tibbiyotda turli xil terapiya va dori-darmonlar orqali amalga oshiriladi, shuningdek, bemorning turmush tarzini o‘zgartirish ham muhim ahamiyatga ega.

CHORIYEVA RA’NOGUL MUZAFFAR QIZI, S. SH. BOYQOBILOV

77-80

2025-01-27

EKSTREMAL VAZIYATLARDA INSON PSIXIKASINING BARQARORLIGI: ZAMONAVIY PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada ekstremal vaziyatlarda (urush, tabiiy ofatlar, pandemiyalar va boshqa favqulodda holatlar) inson psixikasining barqarorligi masalasi o‘rganiladi. Bugungi kunda dunyo miqyosida stress omillarining ortib borayotgani sharoitida psixologik chidamlilik va moslashuvchanlik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada psixik barqarorlik tushunchasi, unga ta’sir etuvchi omillar va zamonaviy psixologik yondashuvlar (kognitiv-behavioral terapiya, mindfulness, resilensiya modeli) ilmiy asosda tahlil qilinadi. Bundan tashqari, amaliy misollar orqali ekstremal vaziyatlarda ruhiy holatni boshqarish usullari ochib beriladi.

Marahimov Oybek Ilhomjon o‘g‘li

94-96

2025-07-17

BOLALARDA STRESSNI KAMAYTIRISHDA ART TERAPIYANING AHAMIYATI

Mazkur maqolada bolalarda stressni kamaytirishda art terapiyaning ahamiyati tahlil qilingan. Bolalarda stressning kelib chiqish sabablari oilaviy, ta’limiy va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Art terapiya usullari – rasm chizish, loydan buyum yasash, qo‘g‘irchoq terapiyasi va ranglar bilan ishlash orqali bolalarning ichki dunyosini ifodalash, salbiy emotsiyalarni chiqarish va ruhiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, art terapiya bolalarda stressni kamaytirishning samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, ijtimoiy muhitga moslashuvini yengillashtirish hamda psixologik salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi..

Amirova Nodira Shamshiyevna, Talipova Feruza Tairovna

44-46

2025-10-13

EMOTSIONAL ZO‘RIQISHLARNI KAMAYTIRUVCHI YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada emotsional zo‘riqish (stress) tushunchasi va uni kamaytirish yo‘llari tahlil qilinadi. Emotsional zo‘riqish inson salomatligiga, ruhiy holatiga va kundalik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, uni oldini olish va yengillashtirish bo‘yicha samarali yondashuvlarni o‘rganish bugungi kunda muhim hisoblanadi. Maqolada kognitiv-behavioral terapiya, mindfulness, psixologik moslashuv (rezilyentlik), ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollik kabi yondashuvlar ilmiy manbalar asosida bayon qilinadi. Har bir yondashuvning afzalliklari va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Jalalova Dilraboxon Kamaljanovna

30-32

2025-05-06

OITS BILAN KASALLANGAN AYOLLARDA HOMLADORLIKNING KLINIK XUSUSIYATLARI

Mazkur tezisda OITS bilan kasallangan ayollarda homiladorlikning klinik xususiyatlari yoritilgan. Unda immun tizimining susayishi, homiladorlik davrida opportunistik infeksiyalarning kuchayishi, tug‘ruq va homilaga yuqish xavfi tahlil qilingan. Shuningdek, antiretrovirus terapiya qo‘llash va tug‘ruqni to‘g‘ri tashkil etishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.

Avazbekova Madina

147-148

2025-09-29

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARDA ART TERAPIYA ORQALI TASAVVUR VA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Hozirgi davrda yuksak qobiliyatli mutaxassislarni tayyorlashga nisbatan talab kun sayin ortib bormoqda. Maqolada turli yosh chegarasidagi o’quvchilarning aqliy faoliyati va san’atga bo’lghan qiziqishlarini rivojlantirish va ijodiy intelekini art terapiya orqali rivojlantirish masalasida so’z yuritilgan

Akmal Mardonovich Nazarov , Muhayyo Karimovna Muxamedova

62-64

2022-03-14

VITILIGO DAVOSIDA PSIXOLOGIK YONDASHUVNING ROLI

Mazkur tezisda vitiligo davosida psixologik yondashuvning ro`li mavzusida gam yuritiladi. Vitiligo - bu pigmentatsiya buzilishi bo'lib, u insonning psixologik holatiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu kasallik nafaqat jismoniy balki ruhiy tushkunlik, o'ziga bo'lgan ishonchning pasayishi va ijtimoiy izolyatsiyaga sabab bo'lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, vitiligoni davolashda psixologik yondashuv muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqolada vitiligo bilan kasallangan shaxslarning psixologik holatini yaxshilash usullari, stress va depressiya bilan kurashish metodlari, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kognitiv-bihevioral terapiya, stressni boshqarish texnikalari va psixo-ta'lim metodlari vitiligo kasalligini yengishda samarali bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, bemorlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va jamiyatdagi stigmatizatsiyani kamaytirish muhim omil ekanligi asoslab beriladi.

Sitora Abdujabborova, Humoyun Kuchkarov , Jasur Umarov

49-50

2025-02-20

INQIROZLI OILAGA PSIXOLOGIK KO'MAK BERISH YO'LLARI

Ushbu maqolada inqirozli oilalarga psixologik ko‘mak berishning samarali yo‘llari yoritilgan. Oilaviy inqiroz sabablari, psixologik belgilar va ularni bartaraf etish strategiyalari haqida aniq ma'lumotlar beriladi. Muallif psixologik suhbat, oilaviy terapiya, stressni boshqarish va resurslarni aniqlash texnikalariga e'tibor qaratadi. Maqola real hayotiy misollar asosida inqirozli vaziyatlarda qanday yondashuvlar natija berishini ko‘rsatib beradi va amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan. Material psixologlar, ijtimoiy ishchilar hamda oilaviy muammolarni chuqurroq tushunishni istaganlar uchun mo‘ljallangan.

Maxmudov Salimjon Uralovich, Ataboyeva Shaxnoza Kulibayevna

142-145

2025-04-30

SILIKOZ PATOGENEZIDA KREMNIY DIOKSIDI VA YALLIGʻLANISH MEDIATORLARINING OʻRNI

Pnevmokoniozning bir turi hisoblangan silikozning etiologik omili kremniy dioksididir. Oʻpka silikozining rivojlanishi oʻziga xos jarayon boʻlib, unda alveolyar makrofaglar tomonidan kremniy dioksidi zarralarini yutish va ularning chiqarilishi yalligʻlanishni, tugunli shikastlanishlar va qaytarilmas fibrozni keltirib chiqaradi. Silikozning patofiziologiyasi murakkab boʻlib, patogen mexanizmlar oʻrtasidagi oʻzaro ta’sir toʻliq oʻrganilmagan.  Ushbu maqola silikozning patofiziologiyasi boʻyicha yangi ma’lumotlarni koʻrib chiqadi.

Najmiddinov Alisher Shavkat oʻgʻli, Ibragimova Noila Umarovna, Muxitdinova Gulshan Zoxirovna

63-77

2023-12-15

MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALAR NUTQINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir - birlariga ta’sir koʻratadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi, til bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir. Ushbu maqolada nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar nuqsonining klinik ko’rinishlari, nuqson turiga qarab korreksion ish jarayonini tashkil etish yoritilgan. 

Muborak Xamidova , Madina Usarova

30-33

2025-02-11

LOGONEVROZGA CHALINGAN BOLALARDA NUTQ TERAPIYASINING SAMARALI METODLARI

Nevrotik xarakterdagi duduqlanish, ya’ni logonevroz, bolalarda uchraydigan eng murakkab nutq buzilishlaridan biridir. Chunki u fiziologik va psixologik omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu maqolada logonevrozga chalingan bolalarda nutq terapiyasining samarali metodlari tahlil qilinadi hamda logopedik korreksiya usullari, psixoterapevtik qo‘llab-quvvatlash va oilaning faol ishtirokini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv yoritiladi. Logonevrozning kelib chiqish sabablari — genetik moyillik, perinatal miya shikastlanishlari va psixosotsial stress omillari — o‘rganilib, erta aniqlash va aralashuv bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Nafas mashqlari, ritmik nutqni o‘rgatish hamda kognitiv-xulqiy terapiya kabi asosiy metodlar nutq ravonligini yaxshilash va nevrotik simptomlarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Maqola xulosasida logoped, psixolog, nevrolog va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyati terapiya samaradorligini sezilarli darajada oshirishi va bolalarning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishiga yordam berishi isbotlanadi.

Mirzaxmedova Dilrabo Shuxrat qizi

15-20

2025-08-11

BAKTERIYAL TABIATLI ICHAK INFEKSIYALAR QO‘ZG‘ATUVCHILARI: ENTEROBAKTERIYALAR

Ushbu maqolada bakterial tabiatli ichak infeksiyalarining eng muhim qo‘zg‘atuvchilari hisoblangan enterobakteriyalar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Enterobakteriyalar oilasiga mansub mikroorganizmlarning umumiy morfologik, fiziologik va antigenik xususiyatlari, ularning patogenligi, infeksion jarayonlarni keltirib chiqarish mexanizmlari va tarqalish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, ichak infeksiyalarining klinik kechishi, tashxislash usullari, laborator tahlil asoslari, profilaktika choralariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada salmonella, shigella, escherichia coli kabi asosiy vakillarning biologik va epidemiologik xususiyatlari, shuningdek, zamonaviy antibakterial terapiya yondashuvlari tahlil qilinadi.

Ziyodullayeva Iroda Baxriddinovna

135-140

2025-09-18

ANTIGIPERTENZIV DORI VOSITALARINING QO‘LLANISH SAMARADORLIGINI ANIQLASH

Arterial gipertenziyani (AG) davolashda shifokor nafaqat qon bosimini  pasaytirish, balki organlarni himoya qilishni ham ta'minlash vazifasini bajaradi, chunki organlarning shikastlanishi (chap qorincha gipertrofiyasi, mikroalbuminuriya) yurak-qon tomir asoratlari xavfini sezilarli darajada oshiradi. Gipertenziyada  nishon organlarining zararlanishi, hatto kasallikning erta bosqichlarida ham juda keng tarqalgan. Ko‘plab klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, monoterapiya faqat cheklangan miqdordagi gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarda qon bosimini samarali ravishda pasaytiradi, aksariyat hollarda qon bosimini nazorat qilish uchun kamida ikkita dori kombinatsiyasini qo‘llashni talab qiladi. Ushbu maqola antigipertenziv terapiya uchun optimal kombinatsiyani tanlashga bag‘ishlangan.

Mohigul Bekkulova, Mirkomil Yusufjonov

199-205

2024-01-09

ZAMONAVIY MAUGLI SINDROMINING KLINIK DIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYA IMKONIYATLARI YOSHLAR PSIXOLOGIYASIDA

Ushbu maqola zamonaviy yoshlar orasida kuzatilayotgan “Maugli sindromi”ning psixologik-psixiatrik tabiatini klinik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Internetga haddan tashqari qaramlik, ijtimoiy izolyatsiya va oilaviy-emotsional beqarorlik natijasida shakllanayotgan mazkur sindrom, shaxsning identiteti, ijtimoiy rol va axloqiy qadriyatlarni qabul qilishida jiddiy buzilishlarga olib kelmoqda. Maqolada ushbu sindromning klinik simptomatikasi, diagnostika mezonlari, psixodinamik va nevropsixologik yondashuvlar asosida tavsifi beriladi. Shuningdek, yoshlar psixologiyasida bu holatga nisbatan qo‘llanilayotgan zamonaviy psixokorrektsion metodlar – kognitiv-xulqiy terapiya, art-terapiya va interaktiv guruh mashg‘ulotlari samaradorligi tajriba asosida baholanadi. Muallif, yoshlar ongida ijtimoiy moslashuv va axloqiy qadriyatlarni qayta shakllantirish orqali Maugli sindromini yumshatish, shaxsiy identitetni mustahkamlash va psixologik reabilitatsiya yo‘llarini asoslashga harakat qiladi. Mazkur tadqiqot psixologiya va ta’lim sohasi mutaxassislari, ijtimoiy ishchilar hamda ota-onalar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega.

Polvanov Rasulbek Baxtiyarovich

17-22

2025-08-05

HOZIRGI KUNDAGI FIZOTERAPIYA VA KELAJAKDAGI ZAMONAVIY FIZOTERAPIYA APPARATLARI

Tibbiy terapiya, kasalliklarni davolashda va kasalliklarning simptomlarini yengilashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan jarayondir. Bu maqolada, tibbiy terapiyada qo'llaniladigan eng so'nggi vaqtincha aparatlar haqida suhbat qilamiz.

Qozoqboyev Temurbek, Qurbonov Shuhrat Parpiyevich

6-7

2024-05-15

NOSPETSIFIK AORTOARTERIIT: AMBULATOR SHAROITIDA TASHXIS QO‘YISHNING QIYINCHILIKLARI

Nospetsifik aortoarteriit (NAA) yoki Takayasu kasalligi – aorta, uning shoxlari og‘izlarining obliteratsiyasi va katta-katta muskulli tipdagi arteriyalar devorlarida yuzaga keladigan nospetsifik mahsuldor yallig‘lanish bilan tavsiflangan kasallikdir. Bu patologiya, shu jumladan, sahifada juda kam uchraydi, bu esa uning dolzarb ekanligini belgilaydi.

Farmonova M. M., Olimjonov D.D.

19-20

2025-10-23

TIZIMLI QIZIL YUGURIK KASALLIGI BILAN OG`RIB KELGAN BEMORLARDA GLYUKOKORTIKOSTEROIDLAR QO`LLANILGANDAN KEYINGI GOMEOSTATIK O`ZGARISHLARNI O`RGANISH

Ushbu maqolada Tizimli qizil yugurik kasalligi bilan og`rib kelgan bemorlarda glyukokortikosteroidlar qo`llanilgandan keyingi gomeostatik o`zgarishlarni o`rganish bo’yicha olib borilgan ilmiy ishlar natijalari, tavsiya etiladigan metodlar, yo`nalishlar muhokama etiladi.

Raxmanova S.S , Kushboyev S.K, Хайтбоев Ж.А

619-622

2022-05-10

ANTIBAKTERIAL TERAPIYA XAVFSIZLIGINI OSHIRISHDA VEN TAHLILINING KLINIK AHAMIYATI

Antibakterial terapiyaning xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash zamonaviy klinik amaliyotning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. VEN tahlili (Vital, Essential, Non-essential) antibakterial vositalarning klinik ahamiyatini baholash orqali, ularni maqsadli tanlash, xavfsizlikni ta’minlash va nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirishda muhim vosita sifatida foydalaniladi. Ushbu maqolada VEN tahlilining nazariy asoslari, amaliyotdagi qo‘llanilishi va antibakterial terapiya xavfsizligidagi roli yoritiladi.

Olim Siddiqov

53-56

2025-07-18

O’TMISH VA BUGUNNING INDIVIDUAL TAJRIBASI BAHOLASH HOLATLAR, TUR XIL PSIXOLOGIK YO'NALISHLARGA UNING TA’SIR

mazkur maqolada insonning o‘tmish va hozirgi hayotiy tajribalarining psixologik baholanishi, ularning shaxsiy rivojlanish va ruhiy holatga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Har bir shaxsning xatti-harakati va qarorlariga uning ilgari boshidan kechirgan voqealari chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada psixologiyaning turli yo‘nalishlari – psixoanalitik, kognitiv, gumanistik va bihevioristik yondashuvlar orqali individual tajribaning qanday talqin qilinishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, zamonaviy psixoterapevtik amaliyotda o‘tmish tajribalar bilan ishlashning samarali usullari – kognitiv-behavioral terapiya, travma markazli yondashuv va narrativ terapiya haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Maqola shaxsiy o‘sish, o‘zini anglash va ruhiy muvozanatga erishishda o‘tmish tajribasining ahamiyatini ochib beradi.

Ikromxo'jayeva Mubinaxon O'ktamjonovna

76-78

2025-08-31

OITS MUAMMOSI VA TIBBIYOT FANIDAGI INNOVATSION YECHIMLAR

OITS (Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) hali ham global salomatlik uchun jiddiy tahdiddir. Ushbu maqolada OITSning epidemiologiyasi, asosiy muammolari va unga qarshi kurashishda tibbiyot fanida yuz berayotgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Ayniqsa diagnostika, dori vositalarini ilg‘or shakllari, gen-terapiya, immun modulyatsiyasi va raqamli salomatlik yechimlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida adabiyot tahlili, holat tahlili va komparativ tahlil usullari qo‘llanildi. Natijalarda innovatsion yechimlar OITSga chalingan bemorlar uchun davolash samaradorligini oshirish, virus yukini kamaytirish va nojo‘ya ta’sirlarni minimallashtirish bo‘yicha istiqbollar ko‘rsatildi. Xulosa qilib aytganda, OITSga qarshi kurashda tibbiyot fanidagi yangicha texnologiyalar va multidisipliner yondashuvlar muhim rol o‘ynaydi va yaqinda ular klinik amaliyotda keng qo‘llanishi mumkin.

Muhammadyusuf Ibrohimov

81-85

2025-09-30

SURUNKALI BUYRAK YETISHMOVCHILIGI

Surunkali buyrak yetishmovchiligi-hamma progresiyalanuvchi buyrak kasalliklarida rivojlanuvchi simptomokompleks bo’lib, asosida nefronlarning bosqichma-bosqich halok bulishi etadi, bu esa buyrakning ekskretor funksiyasining va inkretor funksiyasining, modda almashinuvining, organ va sistemalarning funksiyasining, nordon - ishqoriy  muvozanatning buzilishiga olib keladi.

Shodmonqulova Diyora Bobur qizi, Qoʻyliyev Humoyun Zokir oʻgʻli, Mingyasharova Mehriniso Anvar qizi, Abdujabborova Eʼzoza Erkinovna

12-18

2024-03-06

ФОТОБИОМОДУЛЯЦИЯ В НЕВРОЛОГИИ И ЕЁ ПЕРСПЕКТИВЫ ПРИМЕНЕНИЯ ПРИ МИАСТЕНИИ

Миастения представляет собой хроническое аутоиммунное заболевание, в основе которого лежит нарушение передачи нервного импульса к поперечно-полосатым мышцам. Это состояние, как правило, сопровождается выраженной мышечной утомляемостью и слабостью, особенно при физической нагрузке. Несмотря на наличие обоснованных медикаментозных подходов к лечению, включая иммуносупрессивную терапию и симптоматические препараты, сохраняется потребность в дополнительных немедикаментозных методах, способных повысить эффективность реабилитационных мероприятий и улучшить качество жизни пациентов. В связи с этим всё большую научную и клиническую заинтересованность вызывает фотобиомодуляция (ФБМ).

Хайдаров Н.К., Панжиева Н.Н., Курбанов Г.И.

92-99

2025-09-30

1 - 25 из 78 результатов 1 2 3 4 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy