Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

TOMCHILATIB SUG‘ORISH LOYIHALARINING QISHLOQ XO‘JALIGI LOYIHALARI SAMARADORLIGIGA TA’SIRI TADQIQI

Ushbu maqolada tomchilatib sug‘orish texnologiyasining qishloq xo‘jaligi loyihalarining samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada tomchilatib sug‘orishning suvni tejash, hosildorlikni oshirish, tuproq va atrof-muhit holatini yaxshilashdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyani joriy etishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari tomchilatib sug‘orishning iqtisodiy va ekologik jihatdan samaradorligini tasdiqlaydi hamda kelajakda bu texnologiyani yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rsatadi.

Elbrus Bekpanov

156-159

2025-05-29

TOMCHILATIB SUG‘ORISH USULINING XO‘RAKI UZUM NAVLARINI YETISHTIRISHDAGI AHAMIYATI

Hozirgi kunda, uzum yetishtirish davrida sug‘orishning suv tejovchi usullaridan foydalanish muhim vazifalardan biridir. Shunday ekan, xo‘raki uzum navlarini yetishtirishda tomchilatib sug‘orishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali, uzum sifatini yaxshilash, suvnitejash imkoni bor. Natijada iqtisodiy samarodorlikni oshirishga ham erishish mumkin.

F.M.Xo‘jaqulov , О.М.Тўрақулова

35-37

2023-10-07

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINI SU‘G‘ORISHDA TOMCHILATIB SUG‘ORISHNING AHAMIYATI VA O‘RNI

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib sug‘orish tajribasini yo‘lga qo‘yilishi borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning boshlanish nuqtasini Respublikamiz Prezidentining 2020 yil 11 dekabrda PQ-4919-son qabul qilingan qarorlari negizida ko‘rish mumkin.

Babamurodov Anvar Baxtiyorovich

63-65

2022-10-05

SUV TANQISLIGINI OLDINI OLISH UCHUN QISHLOQ XO’JALIGIDA FOYDALANILAYOTGAN TOMCHILATIB SUG’ORISH TIZIMLARINING BUGUNGI KUNDAGI IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada tomchilatib sug'orish tizimlari zamonaviy qishloq xo'jaligida suv tanqisligini oldini olish hamda sug‘orish, suvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simlik ildizlariga yetkazish, isrofgarchilikni kamaytirish va samaradorlikni oshirish, qishloq xo‘jaligida suv tanqisligiga qarshi kurashishning istiqbolli yechimlari haqida keng qamrovli fikr yurutilgan. Barqaror va iqlim sharoitiga chidamli dehqonchilik amaliyotlarini rag‘batlantirish, tomchilatib sug‘orish suvdan tejamkorlik bilan foydalanib  ekin yetishtirishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Mavlonova Muxlisa Nizomiddin qizi

72-76

2024-09-25

TOMCHILATIB SUG’ORISH TIZIMINI LOYIHALASHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

Tomchilatib sug‘orish og‘ir iqlim sharoitlariga ega va suv zahiralari cheklangan mamlakatlarning qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni sug‘orishning yagona usuli sifatida vujudga kelgan. Ushbu ilmiy maqolada Respublikamizda keng miqyosda olib borilayotgan tomchilatib sug’orish usulini loyihalash hamda amalda qo’llashdan avval qanday kerakli va muhim ma’lumotlarni bilishimiz va aniqlashimiz kerak ekanligi ilgari surilgan. Shuningdek loyihalash oldi qilinadigan ishlar tizimning to’liq ishlashiga kafolat bosqichi bo’lishligini klaster, fermer xo’jaligi mutasadilari uchun tushunarli , sodda va aniq ko’rinishda ochib berilgan.

A.A.Utayev, O.SH. Egamberdiyev, F.M. Murtazayeva, O.A.Saydullaev, O.Mirzaeva

4-11

2022-09-22

PAXTACHILIKDA TOMCHILATIB SUG’ORISH TIZIMI

Ushbu maqolada paxta tomchilatib sug’orish tizimining afzalliklari va kamchiliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Safarov Asqarbek Asadullaevich, Ergashev Akramjon, Xayitova Shaxlo, Rejabov Mirjalol

17-19

2022-09-26

UZUMCHILIKDA ZAMONAVIY AGROTEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH

Ushbu maqolada uzumchilikda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilingan. Bugungi kunda uzum yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishish, meva sifati va eksport salohiyatini oshirish uchun ilg‘or agrotexnik usullardan foydalanish dolzarb masalaga aylangan. Maqolada tomchilatib sug‘orish tizimlari, intensiv usulda uzumzorlar barpo etish, zamonaviy ko‘chatlar va klonlar ishlatish, shuningdek, zararli hasharot va kasalliklarga qarshi biologik hamda integratsiyalashgan himoya usullari yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, dron va sensorlar yordamida monitoring olib borishning afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Yo‘qoridagi texnologiyalarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llanish imkoniyatlari va istiqbollarini tahlil qilib, amaliy tavsiyalar berilgan. Maqola uzumchilikni modernizatsiya qilish orqali resurslardan samarali foydalanish va raqobatbardosh mahsulot yetishtirishni maqsad qiladi

Xujaqulov Fayzi Mardanovich, Raxmonberdiyeva Maftuna Shuxratjon qizi

54-57

2025-05-28

XORAZM VOHASIDA SABZAVOT VA MEVA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI.

Ushbu maqolada Xorazm vohasining tabiiy-iqlim sharoiti, yer resurslari va suv tizimlari asosida sabzavot va meva yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari tahlil qilinadi. Sabzavot va meva yetishtirishda tomchilatib sug‘orish, issiqxona usullari, intensiv bog‘dorchilik va ekologik toza agrotexnik yondashuvlarning afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, mazkur texnologiyalarning ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi, hosildorlikni oshirishdagi hamda iqtisodiy samaradorlikdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan.

Rahimov Furqat Jabberganovich, Sapoyeva Nilufar Jumanazarovna

94-99

2025-10-16

MARKAZIY OSIYODA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA BARQAROR SUG‘ORISH TIZIMLARINI JORIY ETISH

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda suv tanqisligi muammosi sharoitida barqaror sug‘orish tizimlarini joriy etish zarurati tahlil qilinadi. Suv resurslarining kamayishi, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligida suvdan samarasiz foydalanish natijasida mintaqada hosildorlik pasaymoqda. Maqolada asosiy e’tibor suvni tejaydigan texnologiyalar — tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatib sug‘orish, qayta ishlangan suvdan foydalanish va raqamli monitoring tizimlariga qaratilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bunday texnologiyalarni joriy etish nafaqat ekologik, balki iqtisodiy barqarorlikni ham ta’minlaydi.

Yusupov Y.B.

30-34

2025-10-10

MUSTAQILLIK YILLARIDA QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN AGRAR ISLOHOTLAR

hujjatlar, agrar islohot, qishloq xo’jaligi, paxtachilik, tomchilatib sug’orish, texnologiyalar, sektor, xususiy mulk, tarmoq, xo’jalik mollari.

Bekzodbek Abdullayev, Bekzodbek Pozilov

121-123

2024-04-30

SUG‘ORILADIGAN YERLAR UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI IQTISODIY TAHLIL QILISH (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)

Maqolada Qashqadaryo viloyatida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali sug‘oriladigan yerlar unumdorligini ko‘paytirish masalasi iqtisodiy jihatdan tahlil qilingan. Muallif suv sarfi, hosildorlik va texnologiyalarning iqtisodiy samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlagan, tomchilatib sug‘orish tizimining afzalliklarini raqamli ma’lumotlar asosida asoslagan. Tadqiqotda mavjud muammolar va imkoniyatlar aniqlanib, samarali foydalanish mexanizmlari taklif etilgan.

Bazarov Sanjar Safarovich

8-10

2025-07-28

QISHLOQ XO‘JALIGIDA ILG‘OR RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH

Maqolada qishloq xoʻjaligida suvdan samarali foydalanishga yoʻnaltirilgan, yer maydonlari va tuproq tarkibi haqida maʼlumot beruvchi texnologiyalarning joriy tatbiq etilishi muhokama qilinadi. Unda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha samarali texnologik chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlangan va sohadagi ilmiy va innovatsion yutuqlar yoritilgan. Maqolada, ayniqsa, suv resurslarini optimallashtirish va uning samaradorligini ko‘rsatishga qaratilgan raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sug‘orish tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.

Yunusova Gavhar Ibadulla Qizi

100-101

2024-02-08

UZUMNING XO’RAKI NAVLARINI SAQLASH JARAYONIDA ZAMONAVIY USULLARDAN FOYDALANISH

Respublikamizda qishloq xo’jaligining barcha soxalari, shu jumladan, uzumchilikni jadal rivojlantirish uzum hosildorligini oshirish, mahsul-ot sifatini yaxshilash hamda ulardan qayta ishlash sanoatida tayyorlanadigan mahsulotlarni kupaytirish, bir so’z bilan aytganda, xalqimizning uzum va mayizga bo’lgan talabini to’la qondirishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Dunyo bo’yicha uzum yetishirish  hajmi 52 mln. tonnani tashkil etmoqda. Bu borada Turkiya (353,167 ming tonna), AQSh (332,760 ming tonna), Eron (122,595 ming tonna), Gresiya (72,861 ming tonna), Chili (51,128 ming tonna), Janubiy Afrika (37,049 ming tonna) kabi davlatlar yetakchilik qilmoqda[1]. O’zbekistonning ko’plab mintaqalari qisqa muddatda jahon bozorida xaridorgir bo’lgan meva va uzum mahsulotlari yetishtiradigan va eksport qiladigan hududlarga aylandi. Yurtimizda yuqori hosil beradigan uzum navlaridan tokzorlar tashkil qilindi, tomchilatib sug’orish tizimi joriy etildi.

 

 

Maxmurov Doston Menglibek o‘g‘li, Umidov Shavkat Ergashevich

36-38

2022-10-07

SIRDARYO VILOYATI YER FONDINING HOZIRGI HOLATI.

Maqolada Sirdaryo viloyati yer fondining hozirgi holati tumanlar kesimida yoritib berilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati yer resurslarining holatini yanada yaxshilash bo’yicha muallifning takliflari berilgan.

O’ng’arov H.G’.

120-122

2023-10-14

O‘ZBEKISTON BOG‘DORCHILIK SEKTORIDA SUV XO‘JALIGINING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Suv xo‘jaligi O‘zbekiston bog‘dorchilik tarmog‘ining iqtisodiy barqarorligi va unumdorligini ta’minlashda markaziy o‘rin tutadi. Mamlakat iqlim o‘zgarishi, eskirgan sug‘orish tizimlari va qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi raqobat tufayli suv tanqisligi ortib borayotgan bir paytda suvdan foydalanish samaradorligini optimallashtirish dolzarb ustuvor vazifaga aylandi. Ushbu maqola Oʻzbekiston bogʻdorchilik sohasida suv xoʻjaligining iqtisodiy samaradorligini siyosat asoslari, texnologik innovatsiyalar va institutsional islohotlarni kompleks tahlil qilish orqali koʻrib chiqadi. Tadqiqot takomillashtirilgan sug‘orish texnologiyalari, suv narxini belgilash mexanizmlari va fermerlarni o‘qitish dasturlarining hosildorlik va rentabellikka ta’sirini baholash uchun xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlardan olingan dalillarni sintez qiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, sug‘orish infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tomchilatib sug‘orish tizimlarini targ‘ib qilish va suv boshqaruvini kuchaytirish suv yo‘qotishlarini 40 foizgacha kamaytirish, hosildorlik samaradorligini 25-30 foizga oshirish va fermerlarning daromadlari barqarorligini oshirish imkonini beradi. Hujjat xulosasiga ko‘ra, suvni samarali boshqarish nafaqat texnik masala, balki O‘zbekiston bog‘dorchiligida uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash uchun muvofiqlashtirilgan, ko‘p tarmoqli yondashuvni talab qiluvchi iqtisodiy va institutsional muammodir.

Alimboyev Jasurbek

4-9

2025-10-17

SUVDAN OQILONA FOYDALANISH: MUAMO VA YECHIM

Suvni xalqimiz obi hayot deya uluğlaydilar. Suv bor joyda hayot bor. U tufayli qora tuproq gulchechakka, mevali boğlarga aylanadi. Lekin mamlakatimiz yopiq zonada joylashganligi uchun suv resurslari bnotekis joylashgan hisoblanadi Buning natijasida mamlakatimizda suv resurslari tanqis. Bizdan talab qilinayotgan narsa, esa undan oqilona foydalanish. Suvdan oqilona foydalanishimiz bir qancha muamolarni hal qiladi, demak biz iste’molga yaroqsiz suvlardan ham foydalanish yóllarini topishimiz maqsadga muofiq. Zero, suvni e’zozlamoq kelajakni asramoq demakdir .

Omonova Sevinch Oybek qizi

76-78

2022-09-26

QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUVDAN FOYDALANISHNING INNOVATSION USULLARI

Suv tanqisligi butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa, suvga talab yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida tobora dolzarb muammoga aylanib bormoqda.  Barqaror qishloq xo'jaligi amaliyotini ta'minlash uchun suvni boshqarishning innovatsion usullari muhim ahamiyatga ega.  Bu innovatsiyalar nafaqat suvni tejash, balki ekinlar hosildorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga ham yordam beradi.  Ushbu maqolada qishloq xo'jaligida suvdan foydalanishning turli innovatsion usullari muhokama qilinadi, ularning afzalliklari va iqtisodiy ta'siri yoritiladi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Turayeva Sabrina Kamoliddin qizi, Negmatova Sevinch Ergash qizi

167-171

2025-01-28

RESPUBLIKAMIZDA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Respublikamiz arid zonada joylashganligi sababli suv resurslari notekis taqsimlangan. SHu sababli yurtimizda suv resurslari etarli emas va suvdan oqilona foydalanish talab etiladi. SHuning uchun suvdan samarali foydalanish ko‘pgina muammolarni hal etadi. Buning uchun biz suv tejamkor usullardan foydalanishimiz, chiqindi va yaroqsiz suvlardan samarali foydalanish yo‘llarini topib qo‘llashimiz maqsadga muvofiqdir.

Ibragimova Asal Xurshidjon qizi

156-158

2023-01-19

G‘O‘ZANI TOMCHILAB SUG‘ORISHDA SUG‘ORISH SHLANGLARINI YOTQIZADIGAN QURILMANI ISHLAB CHIQISH

Ushbu maqolada ishida, G’o’zani tomchilab sug‘orishda sug‘orish shlanglarini yotqizadigan qurilmani ishlab chiqish orqali ish samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bu dissertatsiya, g‘o’za qator arasida tomizg‘ichli shlanglarni tashlashda yuzaga kelgan muammolarga yechim topishni maqsad qiladi. Adabiyotlar va olib borilgan tadqiqotlar tahlili natijalariga ko’ra nazariy va tajriba tadqiqotlariga tayangan holda murakkab konstruksiyali ish jihoziga ega tomizg‘ichli shlanglarni tashlash qurilmani qo’llash ish samaradorligini oshirish ko’zda tutilgan. Takomillashtirilgan murakkab konstruksiyali ish jihoziga ega  qurilmaning asosiy parametrlarini asoslash bo’yicha nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida maqbul parametrlari asoslangan.

Iskandarov Johongir Ochil o‘g‘li

127-130

2023-06-17

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING HAR TURLI DARAJADA SHO’RLANGAN TUPROQLARIDA ZAMONAVIY SUG’ORISH TIZIMLARINING TUPROQ XOSSALARI

Tuproqlar oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo'jaligining barqaror rivojlanishida, ayniqsa, iqlim sharoiti noqulay bo'lgan hududlarda, masalan, Qoraqalpog'iston Respublikasida muhim rol o'ynaydi. Ushbu hudud tuproqlarning sho'rlanishi bilan bog'liq jiddiy muammolarga duch keladi, bu ularning unumdorligiga va shuning uchun ekinlarning hosildorligiga salbiy ta'sir qiladi. Zamonaviy sug'orish tizimlarini qo'llash nuqtai nazaridan tuproq xususiyatlarini o'rganishning dolzarbligi sho'rlanishga qarshi kurashish va qishloq xo'jaligi mahsuldorligini oshirish uchun samarali echimlarni izlash zarurati bilan bog'liq. Tomchilatib sug'orish va er osti sug'orish kabi zamonaviy sug'orish texnologiyalaridan foydalanish tuproq sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilaydi va suv resurslaridan foydalanishni optimallashtiradi. Ushbu tadqiqot tuproq xususiyatlari va qo'llaniladigan sug'orish tizimlari o'rtasidagi munosabatlarni aniqlashga qaratilgan bo'lib, fermerlar va qishloq xo'jaligi mutaxassislari uchun amaliy tavsiyalar berish hamda mintaqaning barqaror rivojlanishiga ko'maklashish imkonini beradi.

Bazarbaev Islambek Orazalı ulı

33-35

2024-09-13

AVTOMOBIL YO'LLARINI KO'KALAMZORLASHTIRISHDA TUT (MORUS, NIGRA L) KO'CHATLARINI PARVARISHLASHDA MINERAL O'G'ITLARNI QO'LLASH VA SUG'ORISH ME'YORLARI

Manzarali daraxt ko‘chatlarini yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun vegetasiya davomida tuproqqa ishlov berish, sug‘orish, o‘g‘itlash me'yorlarini o‘z vaqtida olib borish lozim bo‘ladi.

Ubaydullaev Farxod Baxtiyarullaevich, Khatamov Bakhramjon Yakubjanovich, Majidov Abdulaziz Norqobilovich

75-81

2023-04-04

SUV TEJAMKOR SHAROITIDA SOYA NAVLARINING HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARI

Mazkur maqolada soya navlarini cheklangan suv sharoitida yetishtirishda hosildorlik darajasi bo‘yicha tadqiqot natijalari berilgan. Tomchilatib sug‘orish sharoitida soya navlarini yetishtirishning ahamiyati asoslab berilgan.

RAMOZON NOMOZOV, DILMUHAMMAD ABDIMUROTOV

136-139

2025-10-06

TOMCHILAB SUG’ORISH, UNDAGI YUTUQ VA KAMCHILIKLAR

Ushbu tezisda tomchilatib sug’orish , uning afzalliklari va kamchiliklari , undan to’g’ri foydalanish yechimlari haqida ma’lumotlar berilgan

Aktamov Muhammadno’monjon Iqrorjon o’g’li

79-82

2023-10-07

1 - 23 из 23 результатов

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy