Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

YOG‘INGARCHILIKDAN KEYIN UZILIB AN’ANAVIY USULDA SAQLASHGA QO‘YILGAN XO‘RAKI UZUM NAVLARINING SIFAT KO‘RSATGICHLARI

Ushbu maqolada yomg‘irdan keyin hosil bo‘lgan yuqori namlik miqdori vaqtida terilgan xo‘raki uzum navlarini an’anaviy usulda saqlashdagi sifat ko‘rsatgichlari hamda namlikning saqlashga bo‘lgan ta’siri haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, bu maqolada xo‘raki uzum navlarini an’anaviy usulda saqlash texnologiyalarining sifat ko‘rsatgichlari hamda ularga ta’sir etadigan omillar va saqlash muddati haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.

A.Sh.Azizov, H.H.G‘ofurov, B.A.Toshmatov

65-70

2024-04-22

PEDAGOGIK JAMOANI PARTISIPATIV BOSHQARISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Maqolada maktab pedagogik jamoasini partisipativ boshqarishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari o‘rganilgan. Unda mazkur muammoning nazariy va amaliy jihatlari, bu borada psixolog olimlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida so‘z borgan. Shuningdek, maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatida partisipativlik uslubining o‘rni, uning mazmun-mohiyati va afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. 

U. Nurmatov

55-58

2024-10-31

YOG‘INGARCHILIKDAN OLDINGI VA KEYINGI TERIM DAVRIDA TERILGAN VA AN’ANAVIY USULDA SAQLANGAN XO‘RAKI UZUM NAVLARINING SIFAT KO‘RSATGICHLARINI TAQQOSLASH

Ushbu maqola terim davridagi yog‘ingarchilik miqdorinining xo‘raki uzum navlarini an’anaviy usulda saqlashdagi sifat ko‘rsatgichlariga ko‘rsatadigan ta’siri haqida bo‘lib, namlik miqdori yuqori bo‘lgan vaqtda an’anaviy usuldagi saqlama, suv to‘ldirilgan idishlarda va yapon kapsulasida saqlashga qo‘yilgan navlarning saqlash muddatini belgilashga qaratilgan. Shuningdek, bu maqolada xo‘raki uzum navlarini an’anaviy usulda saqlash texnologiyalari sifat ko‘rsatgichlari, ularga ta’sir etadigan omillar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Terim davrida kuzatiladigan yog‘ingarchilik miqdorining an’anaviy usuldagi saqlanuvchanlik ya’ni zamburug‘ bilan zararlanish darajasi, tabiiy vazn yo‘qotishi, tovarboplik xususiyatlari, quruq modda miqdori, nitrat miqdori, pH muhiti kabi sifat ko‘rsatgichlariga ta’sir etishi ilmiy tajribalarga asoslangan natijalarda keltirilgan

B.A.Toshmatov

96-103

2024-04-22

MAKTAB O‘QUVCHILARIGA ILMIY USLUB VA UNING JANRLARI, TURLARINI O‘RGATISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining ilmiy uslub va uning hanrlari, turlarini o‘rganishning o‘ziga xos ahamiyati yuzasidan nazariy fikr va mulohazalar yuritilgan bo‘lib,  ilmiy uslubning ifodalanish shakllari yuzasidan tushunchalar ifodalangan.  Shuningdek, maqolada  o‘quvchilarning ilmiy uslublilik darajasini oshirishda qo‘llaniluvchi janrlarning bir-biridan farqli jihatlari haqida qarashlar o‘z ifodasini topgan ekanligi bilan ahamiyatlidir. Maqolada rezyumening taqriz va annotatsiya bilan farqli jihatlari va qolaversa ularning o‘zaro ifodalanishi yuzasidan axborot va taqqoslilikka oid qrashlar mavjud.

Oqmonova Sevinchoy Olloyor qizi, Atiyazov Saparbay Jumamuratovich

109-111

2023-06-13

O‘ZBEK TILI FUNKSIONAL USLUBLARI TIZIMIDA PUBLITSISTIK USLUBNING AHAMIYATI

Oʼzbek tilida har bir funksional uslub o‘ziga xos vazifalarni bajarib, har bir uslub adabiy tildan o‘ziga eng mos bo‘lgan so‘z va iboralarni, grammatik shakl va konstruksiyalarni tanlab oladi. Masalan, ilmiy nutq aniqlik va qat’iylikni, badiiy nutqda tasviriylik, publitsistik uslubda tushunarlilik, emotsionallik  ustunlik qiladi. Har bir uslubning o‘z janrlari bo‘lib, janrlar o‘z mavzu doirasiga ega. O‘zbek tili funksional uslublari orasida publitsistik uslub bugungi kunda ahamiyati tobora ortib borayotgan uslublardan biridir.

Nafisa Aminova

63-65

2025-03-24

BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA PSIXOLOGIK JIHATDAN TAYYORLASH MUAMMOSI

Maqolada bolalarni maktabga psixologikm jihatdan tayyorlash masalalari o’z aksini topgan. Maktabga borish bilan bog’liq asosiy faoliyat turini o’zgarishi ya’ni,  o’qish faoliyatiga moslashish jarayoninig psixologik tavsifi yoritib berilgan.

Normatova Xayrinissa Obidovna

54-56

2023-05-22

SAIDBEK HASANOVNING MATNSHUNOSLIK YONDASHUVI: TIL, USLUB VA JANR XUSUSIYATLARI TAHLILI

Ushbu tezisda matnga yondashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri — matnshunoslik yondashuvi asosida badiiy asarlarning til, uslub va janr xususiyatlarini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Ayniqsa, o‘zbek adabiyotida tarixiy-badiiy asarlarning matnshunoslik jihatdan o‘rganilishi, matnni nafaqat mazmun, balki strukturaviy va estetik birlik sifatida ko‘rish tamoyillari ochib berilgan. Shuningdek, bu yondashuvning amaliy misollari, xususan “Boburnoma” asari misolida tahlil qilinadi.

Musayev Islomxon Xodi o`g`li

12-14

2025-04-23

BO‘LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK MULOQOTNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA FUNKSIYALARI

Maqolada bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari haqida so'z yuritiladi.

Baltamuratova Aksungul Perdebaevna

138-148

2022-11-28

ESTRADA QO‘SHIQLARIDA MILLIY VA ZAMONAVIY USLUB UYG‘UNLIGI

Maqolada O‘zbekiston estrada qo‘shiqlarida milliy va zamonaviy uslubiy o‘xshashlik jarayonlari ko‘rib chiqilib, xalq kuy-ohanglari, maqom lad-intonatsiyasi, usul va ritmika, shuningdek, dutor, doira, rubob kabi cholg‘ular tembrining Estrada ijrochiligiga integratsiyalanish jarayonini tahlil qiladi. Hamda, elektron musiqa, hip-hop/trep bitlari, pop-rok garmoniyasi va global prodyuserlik standartlarining mahalliy estetik me’yorlar bilan uyg‘unlashuv mexanizmlarini musiqiy-tahlil yondashuv asosida ochib beradi

Аtаdjаnov Muxаmmаd Аbdushаripovich

160-164

2025-10-17

INNOVATSION YONDASHUVLAR ORQALI KOMMUNIKATIV USLUB STRATEGIYALARINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada kommunikativ uslub strategiyalarini shakllantirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati va imkoniyatlari o‘rganilib, innovatsion texnologiyalarning kommunikatsiya sohasidagi strategik roli, samaradorlikni oshirish yo‘llari hamda amaliy misollar keltiriladi. Zamonaviy texnologiyalar va yangi metodologiyalar yordamida samarali kommunikatsiya uslublarini yaratish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari kommunikativ jarayonlarni takomillashtirish va yangi uslubiy yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatildi.

Sultanova Dilorom Baxadirovna

145-147

2025-05-29

AYOLLAR MAVSUMIY KLASIK LIBOSLARI

Maqolada, Ayollar klassik liboslari kiyimlaridagi asosiy kamchiliklar o’rganilgan. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari izlangan va samaradorligi yuqori bo’lgan taklif berilgan.

SH. Maqsudov , G. Mamadjanova

25-27

2023-01-24

LIDER, NUTQ, NOTIQLIK MAHORATINING PSIXOLOGIK TAVSIFI

Notiqlik qobiliyatini takomillashtirish va yuksaltirishda, malakali kadrlar tayyorlashda Davlat tili –  o‘zbek adabiy tilining o‘ziga xos o‘rni va roli mavjud. Shu munosabat bilan hozirgi davrda, birinchi navbatda, Davlat tili – o‘zbek tilini va kasbga oid nutq madaniyatini mukammal egallash alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir soha egasi nafaqat notiqlik san’atini qonun qoidalarini bilishi, unga amal qilgan xolda fikrini yetkazib bera olishi lozim. Ayniqsa, lider shaxsi o‘zida nutq qobiliyatini shakllantirishi juda muhim.

Maxmatqulov Ilyos Sadulla o’g’li , Nazarov Aziz Bektosh o’g’li

60-63

2022-12-20

BADIIY USLUB INDIVIDUALLIGI (LUQMON BO’RIXONNING “JAZIRAMADAGI ODAMLAR” ROMANI ASOSIDA)

Ulkan iste’dod va samarali ijodiy mehnatining mahsuli bo’lgan har bir asar muallifning “farzandi” kabidir. Zero, farzand ota-onadan boshqalarga o’xshamydigan tashqi ko’rinish, xulq-atvor, xarakter meros qilib olgani kabi yozuvchi asarida ham ungagina xos bo’lgan uslub, xususiyatlar, alohida jihatlar namoyon bo’ladi. Chunki “Har bir yozuvchining dunyoni ijodiy o’zlashtirish davomida orttirgan hissiyotlar tajribasi, olamni o’ziga xos ko’rish, idrok etish, tushunish va tushuntirish yo’li bo’ladi.

Yulduz Turdiyeva

41-44

2022-09-28

PEDAGOGIK USLUB JARAYONINI O‘ZLASHTIRISHDA STRESSNING TA’SIRI

Ushbu maqolada pedagogik uslubni o‘zlashtirishda kasbiy faoliyatga ta’sir etuvchi stressning o‘rni yoritib berilgan.

Xolmuratova Mahbuba Maxmudovna

853-855

2022-12-20

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA OG’ZAKI VA YOZMA NUTQ USLUBLARI HAMDA ULARNING FONETIK, LEKSIK VA GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada nutq uslublari tadqiqi hamda ingliz va o’zbek tillarida og’zaki va yozma nutq uslublarining fonetik, morfologik, leksik va grammatik xususiyatlari to’g’risida izlanish olib borildi.   

Pazilova Nasibaxon Muhammadqosimovna, Tojaliyeva Sadoqatxon Alisher Qizi

196-200

2023-01-14

HABIB SIDDIQ – HAJVCHI IJODKOR

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos uslub va ohang bilan ajralib turadigan hajvchi ijodkor Habib Siddiqning adabiy faoliyati tahlil etiladi. Muallifning hajv janriga qo‘shgan hissasi, uning zamonaviy jamiyatdagi illatlar va insoniy kamchiliklarni tanqidiy ruhda yoritishi, shuningdek, obrazlar orqali kulgi va satira vositasida ijtimoiy muammolarni ko‘rsatishdagi mahorati yoritiladi.

Mavlonova Oyjamol Kozimjon qizi

36-38

2025-05-22

AYOLLAR MAVSUMIY KLASSIK KIYIMLARINI LOYIHALASH

Ushbu maqolada klassik uslub tarixini o’rgangan holda, turli xildagi maxsus gazlamalardan foydalanib ayollar mavsumiy klassik liboslarini zamonaviy talqindagi dizayn loyihasini ishlab chiqish to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

Maqsudov Shohruxmirzo Abdulhamid o’g’li, Mamadjanova Gulshirin Shuhratjon qizi

68-71

2023-01-24

USLUB ESTETIK KATEGORIYA SIFATIDA

Ushbu maqolada musiqa uslubining estetik kategoriya sifatida ifodalanishi tahlil qilingan. Musiqashunoslar olimlarning asarlarida musiqiy uslubga berilgan ta'riflar ham yoritib berilgan.

Ahunova Umida , A.X.Trigulova

56-58

2023-11-18

HIKOYA YOZISHDA MUALLIF MAHORATI VA USLUBI

Mazkur maqolada hikoya janrida muallif mahorati va uslubining badiiy asar sifatidagi ahamiyati yoritiladi. Muallif mahorati voqelikni badiiy talqin qilish, obraz yaratish, ruhiy kechinmalarni ochib berish, g‘oyani qisqa hajmda ifodalash kabi jihatlar orqali ochib beriladi. Muallif uslubi esa uning tilga bo‘lgan yondashuvi, badiiy tasvir vositalari, jumla qurilishi va falsafiy qarashlarida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, har bir muallif o‘z zamonining ruhi, ijtimoiy muammolari va insoniy qadriyatlarni qanday badiiy tarzda ifodalagani yoritiladi.

Orazbaeva Asal Shaukat qizi

77-79

2025-06-30

BADIIY USLUB VA ALLEGORIYANING O’ZIGA HOS XUSUSIYATLARI TADQIQI

Allegorik vositalar nafaqat badiiy adabiyotda, balki, og’zaki nutqda, rassomchilikda, san’atda va boshqa ko’plab sohalarda uchraydi. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi allegoriyaning faqat badiiy tasvir vositasi bo’lib emas o’xshatish, kinoya kabi vazifalari borligini ham ko’rsatib berishdir.

Rajapova Malika Ahmadali qizi

121-124

2023-06-24

KOMMUNIKATIV USLUB VA STRATEGIYALARNI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada kommunikativ uslub va strategiyalarni takomillashtirishning pedagogik asoslari tahlil qilinib,  kommunikativ strategiyalarni shakllantirish metodikalari, ularni takomillashtirish yo‘llari va pedagogik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida samarali muloqot o‘rnatish va nutq madaniyatini rivojlantirish uchun kommunikativ uslubning o‘rni katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar va talabalar orasida muloqot madaniyatini rivojlantirishda innovatsion metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot pedagogik jarayonda kommunikativ strategiyalarni individual va guruh bo‘yicha rivojlantirish usullarini taklif etadi hamda o‘quv jarayonini yanada samarali qilishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga olib,  kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishda pedagogik nazariyalar va amaliyotning uyg‘unlashuvi muhimligini ta’kidlanadi

Dilorom Sultanova

26-30

2025-06-09

O'ZBEK XALQ MUSIQA IJODIDA JANR VA USLUB ASOSLARI

Mazkur maqolada O'zbek xalq musiqa ijodida janr va uslublarning ilmiy-nazariy asoslari yoritib beriladi. Shuningdek, xalq musiqa ijodida janrlarning xarakter xususiyatlari haqida munozara yuritiladi.

Аzizov Orifjon Gаniyevich

104-107

2024-05-21

PEDAGOGIK USLUB JARAYONINI O‘ZLASHTIRISHDA STRESSNING TA’SIRI

Ushbu maqolada pedagogik uslubni o‘zlashtirishda kasbiy faoliyatga ta’sir etuvchi stressning o‘rni yoritib berilgan.

Xolmuratova Mahbuba Maxmudovna

1151-1153

2022-11-30

XAYRIDDIN SULTON HIKOYALARIDAGI IBORALARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

ushbu maqolada adabiyot tilining boyligi, xalq og‘zaki ijodi va badiiy ifoda vositalari hamda Xayriddin Sulton ijodidagi iboralarning o‘rni, ularning tarixi, madaniy ildizlari va nazariy asoslari. Iboralarning leksik-semantik tahlili. Xayriddin Sulton hikoyalarida qo‘llaniladigan iboralar: xalqona iboralar, muallif tomonidan yaratilgan yangi iboralar, ularning semantik qatlamlari va madaniy ma’nolari. Badiiy uslub va iboralarning roli. Iboralarning hikoya tuzilishidagi, obraz yaratishdagi, hissiy va estetik ifoda vositalaridagi o‘rni; til va uslub o‘rtasidagi bog‘lanishlar xususida so‘z boradi.

Yulduz Abdullaeva

12-14

2025-05-07

O‘ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTIDA GENDERGA YO‘NALTIRILGAN IBORALAR: AYOLLAR OBRAZIDA

Ushbu tezisda O‘zbek va Ingliz adabiyotida genderga yo‘naltirilgan iboralar orqali ayollar obrazining shakllanishi, ularning ijtimoiy va madaniy ma’nosi tadqiq etiladi. Ayollar obrazini ifodalovchi iboralar adabiyotdagi gender stereotiplari va ular orqali jamiyatda ayollar mavqeini aks ettirish masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘zbek va Ingliz adabiyotlarida ayollar obrazini tasvirlashda foydalanilgan til va uslub o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar tahlil qilinib, gender muammosiga oid asosiy kontseptlar aniqlanadi. Mazkur tezis ayollar obrazining adabiyotdagi roli va ifodasi haqida keng qamrovli ma’lumot taqdim etishga qaratilgan.

Xudoyberdiyeva Zebo Husan qizi

4-6

2024-11-05

1 - 25 из 186 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy