Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDAGI HUJJATLARNI TAN OLISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tanish tartibini takomillashtirish mamlakatimizning ta’lim tizimining globallashuvi va iqtisodiy rivojlanishi uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu maqola mazkur masalaning dolzarbligini ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan o‘rganadi. Tadqiqotda xorijiy diplomlarni tanish tartibining hozirgi holati, jumladan, 2019 yilgi 620-sonli qaror asosidagi protseduralar, elektron ariza berish va test sinovlari tizimi batafsil tahlil qilinadi, shuningdek, byurokratik kechikishlar, korrupsiya xavfi va shaffoflikning pastligi kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Dunyoviy statistika va xorijiy tajriba (masalan, Yevropa Ittifoqidagi Lissabon konvensiyasi, Singapur va Estoniyadagi raqamli platformalar) asosida, 2024-yilda xorijiy ta’lim olinganlar soni 50 mingdan oshgani va tanish rad etish darajasi 20-30% ni tashkil etgani ko‘rsatiladi, bu esa mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmasligiga olib keladi. Olimlarning fikrlariga ko‘ra, tartibni takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish, iqtisodiy o‘sishni 5-7% ga kuchaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mumkin, chunki Jahon banki hisobotlariga ko‘ra, xorijiy diplomlarni tanish samaradorligi past bo‘lgan mamlakatlarda mehnat bozori samaradorligi 20-30% ga pasayadi. Ishda raqamli texnologiyalarni (AI asosidagi avtomat tekshiruv), xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va huquqiy bazani xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi. Tadqiqot mamlakatimizning ta’lim islohotlari doirasida xorijiy ta’limni integratsiya qilish orqali ilmiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashni maqsad qilgan.

Normurodov Muhriddin

10-13

2025-09-10

XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH - TARAQQIYOT GAROVI

Maqolada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq jarayonlar tadqiq etilgan. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish yo‘llari doirasida mavjud kamchiliklar aniqlangan. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tizimini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.

Mirzoxidova Gulchexra Mirzafar qizi

150-155

2022-12-20

XORIJIY INVESTITSIYALARNI MILLIY IQTISODIYOTGA JALB QILISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilishning zamonaviy tendensiyalari to‘laqonli tahlil qilib chiqilib o‘rganilgan. Xususan, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, yashil texnologiyalar va hududiy rivojlanish bugungi global iqtisodiyotning muhim omillari sifatida ko‘rilmoqda. O‘zbekiston tajribasi misolida, xorijiy sarmoyalar jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning samaradorligi haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlar va infratuzilmaviy loyihalarning xorijiy investorlar uchun ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, tadqiqotda xorijiy invistitsiyalarni oqilona boshqarishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal qilish uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Shermatov Isfandiyor Ne’mat o‘g‘li

48-50

2024-11-25

TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MOHIYATI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning nazariy asoslari hamda iqtisodiy mohiyati yoritilgan bo‘lib, mamlakatga investitsiyalarni jalb etishda investitsion muhitning o‘rni va investitsiyalarni faol jalb etish yo‘llari haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning fikr-mulohazalari oʻrganilgan bo’lib, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda zarur bo‘lgan mexanizmlar va investitsion jozibadorlikni oshirish boʻyicha ilmiy xulosalar va tavsiyalar shakllantirilgan.

Navruzov Ikram Abdullayevich

138-144

2023-12-26

GLOBALLASHUV SHAROITIDA TILSHUNOSLIK VA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida xorijiy tillarni o‘qitishda yuzaga kelayotgan dolzarb tendensiyalar, innovatsion metodlar va zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil etilgan. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot, texnologiyalarning ta’siri hamda yangi metodik vositalarning ahamiyati yoritilib, berilgan misollar amaliy tavsiyalar bilan yakunlangan.

To‘laganova Farzona O‘sar qizi, Qurbonova Gulnoza Abduholiq qizi

26-27

2025-06-11

XORIJIY TIL O‘QITUVCHILARI UCHUN RAQAMLI SAVODXONLIKNING DOLZARBLIGI

Ushbu tezisda xorijiy til o’qituvchilari uchun raqamli savodxonlikning ahamiyati va zamonaviy ta’lim jarayonidagi o’rni tahlil qilingan. Raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, mos metodikalarni tanlash va ularni samarali qo’llash orqali til o’qitish sifatini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Adabiyotlar tahlili orqali raqamli vositalarning pedagogik, texnik va ijtimoiy jihatlari o’rganilib, xorijiy til ko’nikmalarini rivojlantirishdagi roli amaliy misollar bilan ko’rsatib berilgan. Shuningdek, raqamli savodxonlik komponentlari va vositalarning til o’qitishdagi ta’sirini aks ettiruvchi jadval va tavsiflar taqdim etilgan. Natijada, xorijiy til o’qituvchilarining raqamli savodxonligini oshirish ta’lim samaradorligini oshiruvchi muhim omil ekani asoslangan.

Madina Isakova Abdukarim qizi

14-16

2025-08-21

XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METODLAR: KECHA VA BUGUN

Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar tahlil qilinadi. Maqola til o‘rgatish jarayonida an'anaviy yondashuvlardan zamonaviy metodologiyalarga o‘tishning tarixiy aspektlari, metodik o‘zgarishlar va pedagogik yangiliklar haqida so‘z yuritadi. Xususan, maqolada xorijiy til o‘rgatishda kommunikativ yondashuv, immersiv texnologiyalar, interaktiv usullar va audiovizual vositalardan samarali foydalanishning ahamiyati muhokama qilinadi. Kecha va bugungi ta'lim metodologiyalari o‘rtasidagi farqlar, ularning talabalarning til o‘rganish jarayoniga ta'siri, shuningdek, yangi texnologiyalar va pedagogik yondashuvlarning qo‘llanilishining samaradorligi keltiriladi. Maqola xorijiy til o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyalar va zamonaviy pedagogik texnikalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari haqida muhim ma'lumotlar beradi.

GALINA KAN

117-120

2025-02-18

ОПЫТ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН В УЛУЧШЕНИИ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ВОЕННЫХ ПЕРСОНАЛОМ ОДЕЖДОЙ В УЗБЕКИСТАНЕ

В данной статье анализируется важность изучения и внедрения зарубежного опыта в улучшение системы обеспечения военных персоналом одеждой в Узбекистане. Успешные примеры зарубежных стран, особенно в разработке современных систем военной одежды и их внедрении, применяются для улучшения системы обеспечения армии Узбекистана. В статье рассматривается значимость этого процесса и реформы, проводимые в Узбекистане на основе зарубежного опыта, для удовлетворения потребностей военнослужащих.

Usmonqul Omonov

56-60

2025-04-09

BIZNES JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH, STARTAP VA INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING O‘RNI VA AHAMIYATI

В данной статье освещается роль иностранных языков в развитии бизнес-процессов, успешной реализации стартапов и инвестиционных проектов. В условиях глобализации знание языков становится важным фактором для развития международного сотрудничества, расширения клиентской базы и эффективной организации процесса привлечения инвестиций. Владение иностранными языками не только улучшает международный имидж компании, но и создает стратегическое преимущество для стартапов и инвестиционных проектов. В статье анализируется значение преподавания иностранных языков в бизнесе и международной коммуникации, а также современные подходы к обучению языкам

Asadbek Ahmadjonov, Gulchexra Musurmankulova

561-564

2024-12-28

XORIJIY TILLARNI BILISHNING TURIZMDA AHAMIYATI

Ushbu maqolada xorijiy tillarni bilishning turizm sohasidagi ahamiyati yoritilgan. Globalizatsiya jarayonida turizm tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda, xorijiy tillarni bilish mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, madaniy muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Maqolada turizm sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun ingliz, rus, arab va boshqa tillarni bilish zarurati asoslab berilgan hamda bu tillarni o‘rganishning amaliy foydalari misollar asosida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy tillarni bilish orqali turistik xizmatlar sifati oshishi va mamlakatning jahon turizm bozoridagi raqobatbardoshligi kuchayishi mumkinligi ta’kidlangan.

Olimova Madina Xalimjon qizi

96-97

2025-06-16

KORXONALAR FAOLIYATIGA TOʻGʻRIDAN–TOʻGʻRI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA MARKETING TADQIQOTLARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada korxonalar faoliyatiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar mazmuni, jalb qilish shakllari, O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli yoritilgan, shuningdek investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar faol jalb qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.  

Bahronova Dilafruz Toʻymurodovna

129-132

2023-08-31

YANGI O'ZBEKISTONDA XORIJIY TILLARNI MUKAMMAL BILISH ERTANGI KUN KELAJAGIMIZ POYDEVORIDIR

Ushbu maqolada xorijiy tillarni mukammal bilish  inson hayotidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Bugungi kunda har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhimdir. Dunyo tobora globallashib borayotgani va yangi O'zbekistonda ikki tili bilish, shunchaki qizqish emas, balki zamon talabi bo'lib bormoqda.  

Nosirova Dilfuza Nabiyevna

98-101

2023-08-19

YOSH OʻQUVCHILARGA XORIJIY TILLARNI OʻQITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR

Ushbu maqolda yosh oʻquvchilarga xorijiy tillarni oʻqitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar haqida maʼlumotlar keltirilgan, shuningdek  chet tillarini oʻqitishda zamonaviy yondashuvlar va interfaol oʻyinlarni qoʻllash natijasida, oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash, tinglash, tez va toʻgʻri javob berish malakasini shakllantirish, nutqni rivojlantirish, chet tilini oʻzlashtirishga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotish, darslarda faol boʻlishini taʼminlash usullari haqida fikr yuritilgan. Bir nechta zamonaviy innovatsion uslublar oʻrganilgan.

Bahrom O`rolov , Asadbek Jamolov

177-180

2024-07-31

XORIJIY KREDIT LINIYALARINI JALB QILISH VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI

Bugungi globallashuv va ochiq iqtisodiyot sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish iqtisodiy o‘sishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasiga aylanmoqda. Bunday kreditlar, asosan, xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar va donor mamlakatlar tomonidan uzoq muddatli, past foizli yoki imtiyozli shartlarda taqdim etiladi. Bu kreditlar investitsion loyihalarni moliyalashtirish, infratuzilma sohalarini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda sezilarli siljishlar kuzatilib, xorijiy moliyalashtirish hisobidan turli tarmoqlarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Qurbonova Mashhura Jamoliddin qizi

48-51

2025-05-10

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT TARMOQLARIGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH IMKONIYATLARI, SHART-SHAROITLARI VA MUAMMOLARI

Maqolada O’zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari, shart-sharoitlari va muammolari atroflicha tadqiq etilgan. O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarning statistik ko’rsatkichlari tahlil qilingan. Muammolarni bartaraf etishga qaratilgan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

Achilov Uyg‘unjon Ulug‘bekovich, Ortiqov Feruz Ziyodulloyevich

108-117

2024-05-20

XORIJIY TILNI O‘RGATISHDA TARJIMA VA REFLEKTIV TAFAKKUR O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Ushbu maqolada xorijiy tilni o‘rgatishda tarjima faoliyati va reflektiv tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tarjima jarayoni nafaqat til o‘rganishning lingvistik vositasi, balki o‘quvchi tafakkurini faollashtiruvchi kognitiv faoliyat sifatida talqin etiladi. Maqolada tarjima mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarda tilni chuqur anglash, tahliliy fikrlash, o‘z fikrini nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash kabi reflektiv ko‘nikmalar shakllanishi yoritiladi.

Dilnoza Farhod qizi Farhodova

4-6

2025-10-20

ONA TILI DARSLARIDA ILG‘OR XORIJIY METODLAR SAMARADORLIKNI OSHIRISH VOSITASI SIFATIDA

Mazkur maqolada ona tili darslarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish, xususan, ilg‘or xorijiy metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning nutqiy faolligi, muloqot ko‘nikmalari va mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Dars jarayoniga kommunikativ, konstruktiv va interfaol xorijiy metodlarni tatbiq etish orqali ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan hujjatlar va ularning mazkur mavzuga ta’siri tahlil qilinadi.

Farmonova Madina Obidovna

102-104

2025-05-26

INGLIZ TILI OʻQITUVCHILARINING KASBIY TARJIMA KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNI XORIJIY PEDAGOGIK TAHLILI

Ushbu maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy tarjima kompetensiyasini rivojlantirishning xorijiy pedagogik jihatlari tahlil qilingan. Tarjima kompetensiyasining lingvistik, madaniy, pedagogik va texnologik tarkibiy qismlari ko‘rib chiqilib, fanlararo yondashuv, madaniyatlararo muloqot va zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati ta’kidlangan. Xorijiy tadqiqotchilarning nazariy qarashlari va pedagogik metodlari, shuningdek, tarjima jarayonida kommunikativ yondashuvning muhimligi muhokama qilingan. Maqolada tarjima kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik tajribalar ham yoritilgan.

Aytimova M.

91-95

2025-03-24

ZAMONAVIY LINGVODIDAKTIKA VA INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING SAMARALI USULLARI

Ushbu maqola zamonaviy lingvodidaktika va innovatsion yondashuvlar asosida xorijiy tillarni o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlanadi. Maqolada raqamli texnologiyalar, interaktiv metodlar, gamifikatsiya va loyihaga asoslangan ta’lim kabi zamonaviy usullarning xorijiy tillar ta’limidagi o‘rni tahlil qilinadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu metodlarni joriy etishda duch kelinadigan muammolar, xususan, infratuzilma, o‘qituvchilar malakasi va talabalar tayyorgarligi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida innovatsion yondashuvlarning talabalar motivatsiyasini oshirish va o‘quv samaradorligini yaxshilashdagi ahamiyati ta’kidlanadi, shuningdek, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar keltiriladi.

Sabrina Rashidova Elmurod qizi, Elnura Xolmatova

119-122

2025-10-20

O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA KIRITILGAN XORIJIY INVESTITSIYALARNING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada, Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalarning asosiy yo‘nalishlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari talqin qilingan. Bunda asosiy e’tibor innovatsion iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, ishlab chiqarishda innovatsiyalarni joriy etishda xorijiy investitsiyalarning ishtirokini ta’minlashni oshirish kabi ustuvor vazifalar keltirib o‘tilgan.

Abduraxmonov Azizbek Akram o‘g‘li

88-92

2023-11-07

OLIY TA’LIM TIZIMIGA XORIJIY TA’LIM STANDARTLARINI JORIY QILISH MASALALARI.

Bu maqolada oliy ta’lim muassasalarida malakali mutaxasislar tayyorlashda xorijiy ta’lim standartlarini joriy qilishga doir fikr-mulohazalar berilgan.

Urunov Iqboljon Baxtiyorovich, Maxmudova Mubinabonu Mansurjon qizi

165-166

2024-06-30

TALABALARGA XORIJIY TILLARNI O‘RGATISHDA RAQAMLI TA’LIM RESURSLARINING O‘RNI

Ushbu maqolada talabalarga xorijiy tillarni o‘rgatishda raqamli ta’lim resurslaridan samarali foydalanishning dolzarbligi, imkoniyatlari va afzalliklari tahlil etilgan. Xususan, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan onlayn platformalar, mobil ilovalar, multimedia materiallarining o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, raqamli ta’lim resurslarining interaktivligi, individual yondashuvga asoslangani va mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlashi xorijiy tilni o‘zlashtirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.

Isakova Madina Abdukarim qizi

62-65

2025-03-31

AYRIM XORIJIY DAVLATLARDA PORAXO‘RLIK JINOYATLARI UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI

Mazkur maqolada ayrim xorijiy davlatlarda poraxo‘rlik jinoyatlari uchun javobgarlik masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy davlatlar va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi poraxo‘rlik jinoyatlari uchun javobgarlik masalalarining o‘zaro uxshash jihatlari ham yoritib berilgan.

Ro‘zimov Zafar Zokir o‘g‘li

108-112

2023-10-18

FARG‘ONA VODIYSINING QADIMGI DAVR TARIXI. ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR VA XORIJIY OLIMLAR YONDASHUVI

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining qadimgi davrlariga oid arxeologik yodgorliklar va ularni xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilishi yoritilgan. Tadqiqot davomida Chust, Dalvarzintepa, Qo‘rontepa, Quva va boshqa muhim yodgorliklar asosida mintaqaning neolitdan temir davrigacha bo‘lgan sivilizatsiyaviy bosqichlari tahlil qilindi. Xususan, yapon, fransuz, amerikalik, xitoylik va rus tadqiqotchilarining ilmiy yondashuvlari solishtirma metod asosida baholandi. Maqolada xorijiy manbalarning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rsatilib, mahalliy tarixshunoslik bilan uyo‘unlashtirishga doir takliflar ilgari surildi.

O‘ֹktamov Madadjon O‘ֹktam o‘ֹg‘li, Fayzullayeva E’zoza O‘ֹtkir qizi

34-37

2025-09-08

XORIJIY TILLARNI O‘RGATISHDA GAMIFIKATSIYA: O‘QUV JARAYONIDA RAQAMLI O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Ushbu tezisda xorijiy tillarni o‘rgatishda gamifikatsiya texnologiyalarining samaradorligi o‘rganilgan. Gamifikatsiya, ya’ni o‘yin elementlarining ta’lim jarayoniga kiritilishi, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali qilishda muhim vosita sifatida qaraladi. Tadqiqotda, gamifikatsiya vositalari sifatida Duolingo, Kahoot, Quizizz kabi raqamli platformalar misolida o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va faoliyati tahlil qilingan. O‘quvchilarning bilimlarni mustahkamlashda va yangi materiallarni o‘zlashtirishda gamifikatsiya yondashuvlarining muvaffaqiyatli qo‘llanishi ko‘rsatilgan. Biroq, o‘yin elementlaridan haddan tashqari foydalanish diqqatni chalg‘itishi va o‘quv jarayonining samaradorligini kamaytirishi mumkin. Tezisda gamifikatsiyani ta’lim jarayonida oqilona va muvozanatli qo‘llash zarurligi ta’kidlangan.

Asadbek Yusupov

112-114

2024-12-28

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy