Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA LIDERLIKNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqola hozirgi kunda o‘quvchilarda liderlikning rivojlanishing psixologik psixologik turlari va ularning xususiyatlari. O‘quvchilardagi liderlikni rivojlantirishning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari hamda muammolari tahlil qilingan

J.A.Yo‘ldoshev

497-499

2025-01-12

SHAXS RIVOJLANISHINING INDIVIDUALLIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING ROLI

Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari murakkab xususiyatga ega
bolib, shaxsnining har bir xususiyatlari individualdir. Ushbu maqolada shaxs va uning
individual xususiyatlari, shaxsning individual sifatlari va uning psixologiyasi yoritilgan.

Sayyora Xaydarova, Zulfızar Qo’chqorova

22-26

2023-05-02

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi. Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkuri vizual – samarali  (go‘daklik davrida) vizual – obrazli rivojlanadi. Bu bolaga ob’ektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Bu yosh xotiraning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, u idrokdan tobora ko‘proq ajralib turadi. Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi. Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkuri vizual – samarali  (go‘daklik davrida) vizual – obrazli rivojlanadi. Bu bolaga ob’ektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Bu yosh xotiraning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, u idrokdan tobora ko‘proq ajralib turadi.

Farxod Egamberdiyev, Ruxshona Islomova

14-16

2025-06-12

KICHIK MAKTAB YOSHIGAGI O‘QUVCHILARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, o‘quvchi shaxsining xususiyatlariga va uning muayyan davrdagi psixоlоgik hоlatiga mоs tarbiyaviy vоsitalarni tanlash va yangi vоsitalarni tоpish, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, bilimi va turmush tarzi, o‘quvchilardagi mujassamlashgan ahlоqiy tushunchalar saviyasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tajribalar to'g'risida bayon etilgan.

Xalimaxon G‘aniyeva , Nurmuhammad Ahmadjonov

166-172

2023-05-20

FALERONIM BIRLIKLAR ONAMASTIKANING OBEYKTI SIFATIDA

Mazkur maqola tilshunoslikda faleronim birliklar tadqiqiga bag’ishlangan. Shuningdek maqolada onomastic birlik hisoblanmish faleronimlarning lingvistik xususiyatlari, etimologiyasi va leksik-semantik xususiyatlari tahliliy misollar orqali izchil o’rganilgan va maqolada faleronim birliklarning onomasika rivojidgia ahamiyati asoslab berilgan.

Ergash Pardayev

245-247

2022-12-21

BARG QO‘NG‘IZLARI (CHRYSOMELIDAE) OILASI VAKILLARINING EKOLOGIK MUHITLARGA O‘ZGARUVCHANLIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada Barg qo‘ng‘izlari (Chrysomelidae) oilasi vakillarining ekologik muhitlarga o‘zgaruvchanlik xususiyatlari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda barg qo‘ng‘izlarining morfologik, fiziologik va etologik moslashuv mexanizmlari, ularning yashash muhitiga bo‘lgan ekologik talablari hamda antropogen omillar ta’sirida kechayotgan o‘zgarishlar yoritilgan. Shuningdek, ularning o‘simliklar bilan trofik aloqalari, tabiiy populyatsiyalar sonining dinamikasi, iqlim o‘zgarishi, tuproq namligi va harorat kabi omillar bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asosda tahlil etilgan. Maqolada barg qo‘ng‘izlarining o‘zgaruvchanlik xususiyatlari orqali bioindikator sifatidagi ahamiyati ham ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu hasharotlar ekologik muhitdagi o‘zgarishlarga sezgir bo‘lib, ularning morfofiziologik xususiyatlari muhit barqarorligining muhim ko‘rsatkichidir.

Dilfuza Asemenova , Adiyma Bazarbayeva , Azamat Tilepbergenov

116-119

2025-10-15

GAZETA SARLAVHALARINING SEMANTIK STRUKTURASI VA STILISTIK XUSUSIYATLARI (QORAQALPOQ VA INGLIZ GAZETALARI MISOLIDA)

Ushbu maqolada qoraqalpoq va ingliz tillaridagi gazetalarning (xususan: Qaraqalpaqstan jasları, Erkin Qaraqalpaqstan, Jetkinshek, Shımbay hawazı, Vesti Karakalpakstana hamda ingliz tilidagi nufuzli nashrlar) materiallari semantik struktura va stilistik xususiyatlari jihatidan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida har ikki tildagi gazetalarda axborotning mantiqiy izchillikda berilishi, leksik-semantik qurilmalarning qo‘llanishi, va stilistik vositalar orqali mazmunning chuqurlashtirilishi o‘rganildi. Ingliz matbuotining aniqlik va qisqalikka asoslangan bayon uslubi qoraqalpoq matbuotidagi rasmiy va an’anaviy ifoda uslubi bilan solishtirildi. Shuningdek, har ikki til matbuotining lingvistik xususiyatlari orqali ularning madaniy va sotsiokommunikativ tafovutlari ochib berildi.

Nurlimuratova Periyzat Oserbayevna

103-107

2025-06-16

ELEKTR TA'MINOTI SUBEKTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISHNING XUSUSIYATLARI

Maqolada buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy tamoyillari va umumiy talablari, shuningdek, elektr ta'minoti subektlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish xususiyatlari kо‘rib chiqiladi. Buxgalteriya hisobi bо‘yicha ishlarni tashkil etishning asosiy bosqichlari korxonalar tomonidan qо‘llaniladigan hisob tizimlari, elektr energiya ta’minoti xizmatlarini kо‘rsatuvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari yoritiladi.

Sаlimа Egаmberdiyevа , Norbek Bakirov

44-48

2024-06-05

O‘ZBEK TILIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA USLUBIY VAZIFALARI

Ushbu maqolada reklama matnlarida til vositalarining qo‘llanishi, ularning leksik, stilistik, frazeologik va psixologik xususiyatlari keng yoritiladi. Reklama tili nafaqat iqtisodiy va tijorat faoliyatida, balki ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida inson ongiga ta’sir qiluvchi kuchli vosita sifatida qaraladi. Maqolada reklama tilining o‘ziga xos xususiyatlari, badiiy-estetik omillari va zamonaviy reklama matnlarida inglizcha so‘zlar hamda internet diskursi ta’siri ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.

Gulnoza Samadova

121-123

2025-10-22

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI ILOVA QURILMALAR

Mazkur maqola tilshunoslikning stilistika yo‘nalishi uchun dolzarb masalardan biri bo‘lgan ilova qurilmani tilshunoslikdagi til hodisasi sifatida o‘rganilmoqda. Ingliz va o‘zbek tillarida til hodisalari til va nutq masalalari bilan bevosita bog‘liq. Aynan shu jihatdan ilova qurilma hodisasi  til masalalarida o’ziga xos xususiyatga ega. Ilova qurilma lisoniy hodisa bo‘lib, so‘zlovchining oldindan o‘ylanmagan biroq qo‘shimcha ravishda bayon etilgan keyingi fikri. U oldingi gapning asosiy ifoda mazmunini kengaytiradi, reallashtiradi, to‘ldiradi va unga aniqlik kiritadi. Bu hodisa orqali so‘zlashuv jarayonida asosiy gapda chala bo‘lib qolgan va aytilishi nihoyatda zarur hisoblangan izoh to‘ldirilishi mumkin. Ilova qurilmani o‘rganish jarayonida, tilshunoslikdagi qator shu kabi yondosh hodisalar bilan munosabati, ular orasidagi o‘xshash va farqli jihatlar muayyan munozaralarga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur maqolada ilova qurilmalarning ba’zi bir yangi xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga ilova qurilmalarning formal-semantik xususiyatlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari va tildagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan va misollar bilan ko‘rsatilgan. Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida ilova qurilmalar talqini nafaqat zamonaviy tilshunoslikning bir bo‘lagi sifatida balki chog‘ishtirma-qiyosiy  jihatdan o‘rganilib, bu til tizimida o‘zining dolzarbligi bilan muhim rol o‘ynaydi. Shuni ham aytish kerakki, ko‘pgina lingvistlarni qiziqtirgan ushbu masalada ilova qurilmalar maqola obyekti sifatida qaralgan. Ilova qurilmalar tipologiyasini ilmiy-nazariy manbalar asosida atroflicha o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tadqiqotimizning dolzarbligi va zaruriyatini tashkil etadi.

Nigina Sobirova

222-224

2024-07-31

D VITAMININING ASOSIY XUSUSIYATLARI, TAVSIFI VA FOYDALARI

Maqolada D vitaminining asosiy xususiyatlari va uning inson tanasiga ta'siri muhokama qilinadi. Zamonaviy ixtisoslashtirilgan adabiyotlar va dolzarb ilmiy ma'lumotlar tizimli ravishda o'rganildi. Vitamin D ning eng yaxshi tabiiy manbalari ko'rsatilgan. D vitaminining ma'lum tibbiy sharoitlarda va kasalliklarda inson organizmiga mumkin bo'lgan salbiy ta'siri alohida tahlil qilinadi.

Mashhura Tuxtayeva

54-60

2024-10-10

BODRINGNING OZUQAVIY AHAMIYATI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada bodringning ozuqaviy qiymati va dorivor xususiyatlari muhokama qilinadi. Bodring suv va turli xil oziqaviy moddalarga boy past kaloriyali sabzavot hisoblanadi. Ularda C va K vitaminlari, kaliy, marganets va xun tolasi mavjud. Bodring organizmni namlash, hujayralarni erkin radikallarning shikastlanishidan himoya qilish, yallig'lanishni kamaytirish va ovqat hazm qilishni yaxshilash kabi bir qator sog'liq uchun foydali xususiyatlarga ega. Ular, shuningdek, sovutish ta'siriga ega va terini yangilovchi sifatida keng qo'llaniladi. Bodringning ozuqaviy qiymati va shifobaxsh xususiyatlarini tushunish ularni sog'lom va muvozanatli ovqatlanishning muhim tarkibiy qismi sifatida ishlatishga imkon beradi, bu esa salomatlik va farovonlikni saqlashga yordam beradi.

Gulbaxar Allamjarova, Gulbaxar Erejepova

46-47

2024-03-19

“NAFS”UMUMIY MA’NOLI ATOV BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada “nafs” leksemasining semantik xususiyatlari, mazkur leksemaning birlashtiruvchi va farqlovchi xususiyatlari haqida mulohazalar yuritilgan.

Mohinur Vafoyeva , F.H. Yuldoshev

51-53

2025-04-25

Nemis tilida "Zusammenbildung" lar va ularning semantik xususiyatlari

Maqolada nemis tilidagi qo‘shma so‘zlarning xususiyatlari va ularning gramatik, sintaktik, semanitik xususiyatlari misollar yordamida asoslab berilgan.

Dinora Shermatova

49-50

2024-06-11

PEDAGOGIKA YO‘NALISHI TALABALARI UCHUN INGLIZ TILI DARSLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqola pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun Ingliz tili darslarining ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Ingliz tili darslari nafaqat til bilimini oshirish, balki kelajakda o‘qituvchi sifatida talabalar uchun zarur pedagogik ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Darslarda interaktiv o‘qitish usullari, madaniy kontekstni o‘rganish va talabalarni baholash jarayonlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar olib boriladi. Darslar davomida, talabalarga bosqichma-bosqich o‘z fikrlarini ingliz tilida ifoda etish, guruhda ishlash va muhokama qilish imkoniyatlari yaratiladi. Ushbu jarayonlar talabalarning o‘z-o‘zini rivojlantirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Natijada, bu darslar kelajak o‘qituvchilarining professional o‘sishlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tadqiqot bo‘lajak pedagoglar uchun ingliz tilini o‘qitishning innovatsion yo‘nalishlarini belgilab, ularning kelajakdagi ta’lim faoliyatlarida muvaffaqiyatli ishlashlariga yordam berish maqsadida amalga oshirilgan. Umuman olganda, maqola bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashda ingliz tilini o‘qitishda yuzaga keladigan muhim xususiyatlar va metodlarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, ta’lim sifatini oshirishga va pedagogik amaliyotda innovatsiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.

Maxmudova Shaxlo Mizrobovna

322-326

2025-01-08

CHAQALOQLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA BOSHLANGʻICH SINF BOLALAR PSIXOLOGIYASI

Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari har tomonlama oʻrganish masalan nutqning, tafakkurning paydo boʻlishi, bilish jarayonlarining rivojlanishi haqida. Boshlangʻich sinf bolalarning psixologik jarayonlarini oʻrganish haqida.

Gurbanjemal Kakabayeva

106-107

2025-01-16

KAVRAKNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA AGROEKOLOGIK SHAROITLARGA MOSLASHUVCHANLIGI

Mazkur maqolada kavrakning biologik xususiyatlari va uning turli agroekologik sharoitlarga moslashuvchanligi tahlil qilinadi. Kavrak — Krassits oilasiga mansub, dunyoning turli hududlarida o'stiriladigan va yuqori oziqlanish qiymatiga ega bo'lgan sabzavot o'simligi hisoblanadi. Ushbu maqolada kavrakning o'sish jarayoni, morfologik xususiyatlari, ekologik talablari va uning turli iqlim va tuproq sharoitlariga moslashuvchanligi haqida batafsil ma'lumot berilgan. Kavrakning sovuq iqlimlarga moslashuvi, tuproq sharoitlari, suv ta'minoti, hamda zararkunandalarga qarshi kurashish choralariga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, agroekologik zonalarga qarab kavrakni samarali etishtirishning o'ziga xos jihatlari ko'rsatilgan. Maqola fermerlar va agronomlarga kavrakning optimal sharoitlarida yetishtirishni tashkil etishda yordam berishi mumkin.

Abdraimova Qunduz Yuldashovna , Karimbayeva Ayzada Ongarbaevna , Rasbergenova Dilbarxon Rambergenovna , Saparniyazova Gulchexra Islambekovna

49-52

2025-05-20

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SOMATIZMLARNI IFODALOVCHI TOPISHMOQLARNING STRUKTURAVIY VA SINTAKTIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbtk tillarida somatizmlarni ifodalovchi topishmoqlarning strukturaviy va sintaktik xususiyatlari tahlil qilinadi. Somatik ltksika tilning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u inson tanasi a’zolari va ularning funksiyalari bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalaydi. Maqolada ushbu topishmoqlarning grammatik va sintaktik tuzilishi, ularning mttaforik va stmantik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Natijalar ingliz va o‘zbtk topishmoqlarida somatizmlarning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlashga xizmat qiladi.

Yoqutxon Raxmonqulova To'xtasin qizi

63-66

2025-02-12

TRITIKALENING BOTANIK, BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Tritikale o`simligining yaratilish tarixi, duragaylari, navlari, botanik ta`snifi, biologik va ekologik xususiyatlari, yorug`likka, namlikka va tuproq iqlim sharoitga bo`lgan talabchanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

S.Y. Babajanova, M.K. Pirova

161-163

2024-01-31

ILMIY USLUBNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada ilmiy uslubning o‘ziga xususiyatlari haqida olimlarning fikrlari, namunalar, dalillar, leksik-grammatik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.

Oygul Xamdamova, Oygul Xamdamova , Mahliyo Husaynova

140-142

2023-10-21

RANG KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVAMADANIY XUSUSIYATLARI

Mazkur tezis "Rang komponentli frazeologik birliklarning lingvamadaniy xususiyatlari" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda rang va frazeologiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va ranglarning turli frazeologik birikmalarda qanday aks etishi tahlil qilinadi. Tezisda, ranglar va ularning madaniy xususiyatlari frazeologik birliklarda qanday tilning ma'no qatlamlarida o‘z aksini topishi, shu bilan birga rang komponentlarining milliy va madaniy kontekstdagi o‘zgaruvchanligi o‘rganiladi. Ranglarning semantik va pragmatik jihatlari, shuningdek, frazeologik birikmalarda ularning til va madaniyatdagi rolini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar yoritiladi. Tezisda o‘zbek va boshqa tillarda ranglarning frazeologik birliklarda ishlatilishi va ularning ma'no qatlamlaridagi farqlar ham ko‘rsatilgan.

Sadoqat Xakimova

21-25

2024-11-07

PSIXOLOGIK TADQIQOTLAR DOIRASIDA OʻSMIRLIK DAVRINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada oʻsmirlik davrining oʻziga xos xususiyatlari hamda o’smirlik davri psixologiyasida ijodiy qobiliyat muammolari turli psixolog olimlarimiz tomonidan nazariy yondashuvlar asosida tushuntirib berilgan. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy dinamika paydo bo'lgan muammolarni muvaffaqiyatli hal qila oladigan va o'z xatti-harakatlarini optimal tarzda o'zgartira oladigan ijodiy shaxsga bo'lgan talabni belgilaydi. Ta'lim jarayonini insonparvarlashtirish bilan bog'liq bo'lgan zamonaviy ta'lim tizimining yangilanishi har bir bolaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o'smirlarni ta'lim faoliyatining faol subyekti sifatida shakllantirish uchun psixologik shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etadi. Maqolada oʻsmirlik davrining oʻziga xos xususiyatlari psixologik tadqiqot natijalari asosida tahlil qilindi.

Gulbarchin Ishboboyeva

181-190

2023-04-25

ARAB TILINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Arab tili, dunyoning ko'plab mamlakatlarida rasmiy til sifatida qo'llaniladigan qadimiy va boy tarixga ega tildir. Bu tilning o'ziga xos xususiyatlari orasida fonetik, morfologik, sintaktik va leksik farqlar mavjud. Arab tili shuningdek, 28 harfli alifbo, so'zlarni yaratish va o'zgartirishda mukammal morfologik tizim, hamda murakkab fe'l tizimiga ega. Arab tilidagi “morfem”lar va “izofaviy” qurilishlar tilni o'ziga xos qilishda muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari, arab tilidagi lug‘at va frazeologik ifodalar, diniy matnlar (masalan, Qur'on) va turli mintaqaviy dialektlar bu tildagi boylikni yanada oshiradi. Ushbu maqolada arab tilining strukturaviy va lingvistik xususiyatlari, shuningdek, uning xalqaro ahamiyati va kommunikativ imkoniyatlari ko'rib chiqiladi.

Umarxonova Yulduzxon G‘ayratjon qizi

144-146

2025-09-30

YOSHLAR RETSIDIV JINOYATCHILIGINING MIQDOR VA SIFAT KO‘RSATKICHLARINING XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada yoshlar orasida retsidiv jinoyatchiligining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi. Retsidiv jinoyatlarning yoshlar orasida keng tarqalganligi, ularning xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy, psixologik va huquqiy sabablari ko‘rib chiqiladi. Jinoyatlarning statistik ko‘rsatkichlari, turlari va yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, yoshlar retsidiv jinoyatchiligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligi muhokama qilinadi. Tadqiqot zamonaviy kriminologik usullar va statistik ma’lumotlarga asoslanadi.

Ziyomiddin Xojibekov, Asqarbek Qurbonboev

109-114

2025-06-17

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SO‘ZLASHUV NUTQINING XUSUSIYATLARI

ushbu maqolada so'zlashuv nutqi hodisasining turlicha xususiyatlari va muhim
jihatlari keltirilgan. Sozlashuv uslubining oziga xos, leksik, stilistik xususiyatlari, sozlashuv
nutqi sintaksisi, sozlashuv nutqi leksikasi borasida maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borilganligi va kelgusida qilinishi kerak bolgan vazifalar haqida fikr yuritilgan.

To'lqinjon Zaynalova

78-79

2023-05-16

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy