Ushbu ishda Buxoro viloyati suv havzasida biotexnologik usulda etishtirilgan zooplankton va makrofitlardan foydalangan holda baliqlar uchun yuqori sifatli “Fitozooprotein” ozuqasining kimyoviy tarkibi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida 60:40 massa nisbatda olingan makrofit va zooplankton asosli “Fitozooprotein” baliq ozuqasining tarkibidagi oqsil miqdori 41,7%, mineral moddalar 19,4%, uglevodlar 25,6% va yog‘ miqdori 4,8% ekanligi hamda almashinmaydigan aminokislotalar massa bo‘yicha barcha aminokislotalar miqdorining 49,07% ni tashkil etishi aniqlangan