https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/issue/feed Универсальная индексная библиотека центральноазиатских журналов академических исследований 2025-10-24T06:18:51+03:00 Dildora info@in-academy.uz Open Journal Systems

Универсальная индексная библиотека центральноазиатских журналов академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62686 THE INFLUENCE OF VALUES ON THE SPIRITUAL AND MORAL DEVELOPMENT OF THE INDIVIDUAL 2025-10-21T06:42:52+03:00 Sabokhat Tojeddinova tojiddinovasabohat@gmail.com
This article scientifically analyses the role and influence of values in the spiritual and moral perfection of a person. The importance of values in enriching the individual’s spiritual world is examined through theoretical and pedagogical analysis. The research employed pedagogical, comparative, and analytical methods, as well as the study of scientific literature. The findings reveal the significance of values in shaping an individual’s spiritual and moral qualities within the educational process and substantiate their educational effectiveness. It has been proven that values serve as a decisive factor in human perfection, moral upbringing, and the development of spiritual worldview.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62687 MAKTAB TA’LIMIDA ART-PEDAGOGIK METODLAR ORQALI IJODIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH 2025-10-21T06:46:24+03:00 Ayjamal Najimova info@in-academy.uz
Ushbu maqolada maktab ta’limida art-pedagogik metodlarning ijodiy tafakkurni shakllantirishdagi roli va ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Art-pedagogikaning pedagogik jarayonga integratsiyasi orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, kreativlik va emotsional intellektni rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada art-pedagogik metodlar orqali o‘quvchilarning noan’anaviy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, san’atning turli shakllarini ta’lim jarayoniga samarali joriy etish hamda zamonaviy ta’lim muhitida ijodiy tafakkur motivatsiyasini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, pedagogik yondashuvlarning amaliy ahamiyati va zamonaviy ta’limda qo‘llanilishi yuzasidan tavsiyalar berilgan.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62688 YOSHLARDA RATSIONALIZATSIYA HIMOYA MEXANIZMLARINI ISHLASHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI 2025-10-21T06:49:47+03:00 Oybek Mirzarahimov info@in-academy.uz
Hozirgi zamonda yoshlar turli ijtimoiy, akademik va shaxsiy bosimlar ostida hayot kechirmoqda. Stress va nizolarni kamaytirish uchun inson ongida turli psixik himoya mexanizmlari faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan biri — ratsionalizatsiya (rationalization) bo‘lib, u shaxs kundalik hayotdagi noqulay yoki xatolik holatlarni mantiqiy, maqbul sabablar bilan oqlash orqali o‘zini tinchlantiradi. Ratsionalizatsiyaning yoshlar psixologiyasida o‘ziga xosligi va uning ijtimoiy-psixologik omillar bilan bog‘liqligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62689 REDUCTION OF THE SERVICE LIFE OF ASPHALT CONCRETE PAVEMENTS UNDER THE INFLUENCE OF VARIOUS EXTERNAL FACTORS 2025-10-21T06:52:51+03:00 Kuvondik Matyokubov info@in-academy.uz
The article provides a brief description of the conditions for using automobile roads in the Republic of Uzbekistan. Additionally, recommendations are given for improving the current regulatory documents..
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62690 ТОМЧИЛАТИБ СУҒОРИШ ТИЗИМИГА СУВ ЕТКАЗАДИГАН СУҒОРИШ ТАРМОҒИНИНГ АСОСИЙ ГИДРАВЛИК ПАРАМЕТРЛАРИНИ ҲИСОБЛАШ УСУЛЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ 2025-10-21T06:55:59+03:00 Рустам Қаршиев info@in-academy.uz Умиджон Садиев info@in-academy.uz Нурмухаммад Холмуродов info@in-academy.uz Шахноза Атажонова info@in-academy.uz
Ирригация каналларини томчилатиб суғориш тизимига мослаштиришда суғориш тармоғининг асосий гидравлик параметрларини ҳисоблаш усулларини такомиллаштириш.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62705 O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYALAR OQIMINI OSHIRISH OMILLARI 2025-10-21T07:38:15+03:00 Azamat Madaminov info@in-academy.uz
Maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishning nazariy asoslari, amaliy holati va rivojlanish omillari tahlil qilingan. Ishning birinchi bobida TXI tushunchasi, ularning turlari va iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning investitsiya siyosati, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda TXI oqimini oshirishga xizmat qiluvchi strategik yo‘nalishlar amaliy misollar asosida o‘rganilgan.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62716 ИҚТИСОДИЙ ЎСИШНИ ПРОГНОЗЛАШДА ЭКОНОМЕТРИЯ АҲАМИЯТИ 2025-10-21T09:17:21+03:00 Улуғбек Самиев info@in-academy.uz
Ушбу мақолада иқтисодий ўсишни прогнозлашда эконометрия методларининг аҳамияти таҳлил қилинади. Иқтисодий ўсиш прогнозлаш муҳимлигини ҳисобга олган ҳолда, мақолада регрессия моделлари, панель маълумотлари, вақт қатори моделлари ва динамик моделлар каби эконометрия усулларининг келажак иқтисодий тенденцияларни аниқ прогнозлашдаги аҳамиятига эътибор қаратилган.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62717 BERNARD SHOU DRAMATIK ASARLARIDA MORFOLOGIK INNOVATSIYALAR VA ULARNING LINGVOSTILISTIK FUNKSIYALARI 2025-10-21T09:19:07+03:00 Nargiza Abbasova gulrukhjuraeva279@gmail.com Gulrukh Juraeva gulrukhjuraeva279@gmail.com
Ushbu maqolada ingliz adabiyotida, xususan, Bernard Shou dramatik asarlarida morfologik innovatsiyalarning lingvostilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda morfologik innovatsiyalar – yangi so‘z yasash usullari, prefiks va suffikslar orqali hosil qilingan neologizmlar, qo‘shma so‘zlar hamda grammatik me’yorlarni buzib ishlatish natijasida yuzaga kelgan lingvistik birliklar sifatida izohlanadi. Shakespir, Dikens, Joys va Orvell ijodidagi so‘z yasash innovatsiyalarining tahlili orqali Bernard Shouning dramaturgiyasidagi morfologik yangiliklar bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62718 OʻZBEKISTONDA TASHQI SAVDONI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI 2025-10-21T09:21:47+03:00 Shaxloxon Fozilova Shaxloxonnodirovna_97@mail.ru
Ushbu maqolada O’zbekistonda tashqi savdoni rivojlantish va moliyaviy qo’llab quvvatlashning ustuvor yo’nalishlari keltirilgan. Jumladan,  O’zbekiston uchun tashqi savdoni takomillashtirish qulayliklari va tashqi iqtisodiy faoliyatda asosiy strategiya nimadan iborat ekanligi, mamlakat eksport salohiyatini oshirish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirish kerakligi, umuman olganda, eksport rivoji uchun moliyaviy imkoniyatlarni rivojlantirishda samarali chora-tadbirlar O’zbekistondagi bozor iqtisodiyotiga ulkan imkoniyatlar berishi yoritib berilgan.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62719 ASTER AMELLUS L. O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI VA BIOLOGIK FAOL MODDALARNING FARMAKOLOGIK AHAMIYATI 2025-10-21T09:24:21+03:00 Hurixon Usmonova info@in-academy.uz
Ushbu ilmiy ishda Aster amellus L. o‘simligining kimyoviy tarkibi, undagi biologik faol moddalarning tuzilishi va farmakologik ahamiyati keng yoritilgan. Tadqiqot davomida flavonoidlar, fenol birikmalari, saponinlar, efir moylari hamda temir, rux, mis, marganets, magniy va kalsiy kabi mikroelementlarning miqdoriy tarkibi va ularning biologik faollikdagi o‘rni tahlil qilindi. O‘simlikdagi bu komponentlar antioksidant, antimikrob, yallig‘lanishga qarshi, immunomodulyator va sedativ ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Olingan ma’lumotlar Aster amellus L. ni tabiiy biofaol moddalarning istiqbolli manbasi sifatida farmatsevtika, oziq-ovqat va kosmetika sanoatida qo‘llash imkoniyatlarini tasdiqlaydi.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62720 OVERVIEW OF THE PROBLEMS OF USING RECUPERATORS THERMAL ENERGY FOR FARMING POULTRY 2025-10-21T09:27:42+03:00 Jahongir Bekmurodov jakhongirbekmurodov13@gmail.com Gulbaxor Nurmatova jakhongirbekmurodov13@gmail.com Siroj Yarashov jakhongirbekmurodov13@gmail.com
Poultry is one of the energy-intensive industries that consumes a large amount of energy to ensure a comfortable microclimate and the health and productivity of birds. High investment costs in poultry enterprises lead to the need to reduce costs. Due to the rising cost of fuel, traditional heating systems are not cost-effective at most poultry farms. One of the research approaches in this direction is the use of heat recovery plants to save energy. Thermal energy recovery is a process of partial return of energy for reuse. Recuperators (heat recovery units) are surface-type heat exchangers that use the energy of exhaust gases. The use of recuperative thermal energy systems in poultry houses can significantly affect the savings in energy resources when keeping poultry. However, there is currently insufficient research in this direction. In the future, developing and applying new heat supply technologies are important research areas in the poultry industry..
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62721 AXBOROT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI VA ULARNI OLDINI OLISH USULLARI 2025-10-21T09:31:04+03:00 Oybek Ubaydullayev info@in-academy.uz
Maqolada axborot xavfsizligi muammolari va ularni oldini olish usullari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek axborot xavfsizligining mohiyati, asosiy tamoyillari va tahdid turlari, zamonaviy himoya texnologiyalari, kriptografik usullar, biometrik tizimlar, tarmoqlarni himoyalash vositalari hamda O‘zbekiston tajribasi asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62722 TARKIBIDA HAR XIL ELEKTR XUSUSIYATLI TO‘LDIRUVCHISI BO‘LGAN POLIMER KOMPOZITLARNING ISSIQLIK XUSUSIYATLARI 2025-10-21T09:35:11+03:00 Dilnozaxon Eraliyeva eraliyevadilnoza2802@gmail.com
Mazkur maqolada elektr o‘tkazuvchanligi turlicha bo‘lgan to‘ldiruvchilar (uglerodli, metallik va keramika asosli zarralar) bilan mustahkamlangan polimer kompozit materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqlik sig‘imi hamda termal barqarorligi o‘rganilgan. Kompozitlarda to‘ldiruvchi turi va hajmiy ulushi issiqlik xususiyatlariga qanday ta’sir etishi eksperimental va nazariy tahlillar asosida bayon qilingan. Bunday materiallar elektrotexnika, aviatsiya, qurilish hamda mikroelektronika sohalarida qo‘llanilish imkoniyatlari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62723 АХБОРОТ КАСКАДИ ҲОДИСАСИ РАҚАМЛИ ИНФОМУҲИТДА ЁЛҒОН АХБОРОТГА ЭРГАШИШ ВА УЛАШИШНИНГ АХБОРОТ-ПСИХОЛОГИК ОМИЛИ СИФАТИДА 2025-10-21T09:38:12+03:00 Дилшод Нарзуллаев info@in-academy.uz
Мақолада ахборот каскади феноменининг назарий асослари ҳамда унинг замонавий ахборот муҳитидаги амалий кўринишлари таҳлил қилинади. Интернет тармоқлари орқали тарқалган медиавируслар, сохта тиббий хизматлар ва оммавий психологик таъсир мисолида ушбу жараёнларнинг қандай ишлаши ёритилади. Шунингдек, ахборот каскади ва пода эффектининг ўзаро фарқлари ҳамда уларнинг ижтимоий хавфлари тадқиқ этилади.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62724 XALQ OG'ZAKI IJODIDA AKSIOLOGIK KONSEPTLAR 2025-10-21T09:41:48+03:00 Guzalxon Zaynabutdinova Mahbubovagozal@gmail.com
Maqolada xalq og‘zaki ijodida aks etgan aksiologik konseptlarning mohiyati, ularning turlari va badiiy ifoda vositalari tahlil qilingan. Tadqiqotda xalq ertaklari, dostonlari, maqol va matallari asosida o‘zbek xalqining qadriyatlar tizimi, ezgulik va yovuzlik, mehnat, halollik, sadoqat kabi konseptlarning semantik tuzilishi yoritilgan. Maqolada aksiologik konseptlarning yoshlar ma’naviyatini shakllantirishdagi roli ham ochib berilgan
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62725 BLENDED LEАRNING-АRАLАSH TА'LIM MODELLАRINING HUQUQ TА'LIMIDАGI SАMАRАDORLIGI 2025-10-21T09:45:14+03:00 Uljоnоy Qаrshiyevа ukаrshievа1625@gmаil.cоm
Ushbu mаqоlаdа аrаlаsh tа'lim (blended leаrning)ning umumiy tа‘rifi, uning huquqiy fаnlаrni o‘qitish vа o‘zlаshtirishgа tа‘siri о‘rgаnib chiqilаdi, shuningdek аrаlаsh tа‘lim modellаri tаdqiq qilinib, ushbu modellаrning zаmonаviy hаmjаmiyаtidа kаsbiy kompetentligi yuqori dаrаjаdа bo‘lgаn yuridik kаdrlаrni tаyyorlаshdаgi kutilishi mumkin bo‘lgаn imkoniyаtlаri tаhlil etilаdi vа mаvzu yuzаsidаn аmаliy tаkliflаr berilаdi
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62726 DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA QABUL QILISH SHARTLARIDA DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA QABUL QILINISHI MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR 2025-10-21T09:47:56+03:00 S. Xamdamova info@in-academy.uz
Davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish, davlat xizmatchilari ishini natijadorlikka yo‘naltirish, aholining davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish, sohaga istiqbolli kadrlarni jalb qilish va ularni professional mutaxassis etib tayyorlashning samarali tizimini joriy qilish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62727 2017-2025-YILLARDA O‘ZBEKISTON VA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI HAMKORLIGI 2025-10-21T09:50:29+03:00 Dilnoza Atajanova dilzor0701@gmail.com
Maqolada 2017–2025-yillarda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hamkorlikning shakllanish jarayonlari tahlil qilinadi. Ishda O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi bosqichi — mintaqaviy diplomatiya va yaxshi qo‘shnichilik siyosati natijalari yoritilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan hamkorlik yo‘nalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, savdo, transport va ekologiya sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar tahlil etilgan.
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62728 SUN’IY INTELLEKTNING INGLIZ TILI O‘QITISHDAGI O‘RNI 2025-10-21T09:53:26+03:00 Mukhtasar Dadakhonova info@in-academy.uz
So‘nggi yillarda sun’iy intellekt (AI) ta’lim sohasida eng ta’sirli texnologiyalardan biriga aylandi. Ingliz tili o‘qitish (ELT) jarayonida AI vositalari an’anaviy ta’lim usullarini o‘zgartirib, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun muloqot, teskari aloqa va shaxsiylashtirilgan ta’lim imkoniyatlarini yaratmoqda. Ushbu maqolada AI’ning ingliz tili o‘qitishdagi o‘rni, uning afzalliklari, muammolari va o‘qituvchilarning texnologik yangiliklarga moslashish zaruriyati yoritiladi..
2025-10-20T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62882 MATNAZAR ABDULHAKIM DOSTONLARINING MA’NAVIY-MA’RIFIY AHAMIYATI 2025-10-22T08:51:40+03:00 Nazokat Sharipbayeva info@in-academy.uz
Ushbu maqolada Matnazar Abdulhakim dostonlarining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati tahlil qilinadi. Shoir ijodining mustaqillik davri adabiy jarayonidagi o‘rni, dostonlarining falsafiy va estetik qimmati, badiiy tafakkurdagi yangilanishlar yoritiladi. Muallif shoir asarlaridagi insonparvarlik g‘oyalari, so‘z san’ati orqali ifodalangan ma’naviy qadriyatlar, xalq tafakkuri bilan uyg‘unlik masalalarini ilmiy asosda tahlil etadi. Tadqiqot natijalari Matnazar Abdulhakim ijodini o‘rganishning zamonaviy adabiyotshunoslikdagi dolzarb yo‘nalishlardan biri ekanini ko‘rsatadi.
2025-10-21T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62883 BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI “BUTUN HAYOT DAVOMIDA O‘QISH” TAMOYILI ASOSIDA KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBALARINI O‘RGANISH. 2025-10-22T08:53:44+03:00 Maxmuda Maxammadjonova info@in-academy.uz
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni “butun hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash masalasida xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinadi. Maqolada Finlyandiya, Germaniya, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarning tajribalariga tayanilgan holda, ularning o‘qituvchilarni uzluksiz o‘rganishga yo‘naltirishdagi samarali yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu tajribalarni O‘zbekiston ta’lim tizimi sharoitiga moslashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarda uzluksiz o‘rganish kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
2025-10-21T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62884 REDEFINING LANGUAGE LEARNING THROUGH STEAM 2025-10-22T08:56:25+03:00 Umida Irgasheva umidairgasheva1978@gmail.com
This article explores how STEAM-based approaches are redefining language learning, making it more engaging, relevant, and aligned with the skills learners need in today’s world. The research proves that redefining language learning through STEAM opens doors to a more dynamic, purposeful, and future-ready education. When students use English to solve problems, explore the world, and express their creativity, they not only learn the language—they live it. In a world that increasingly values communication, innovation, and cross-disciplinary thinking, STEAM offers a powerful framework to make language learning more relevant and impactful
2025-10-21T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62885 BOLALARDA NAFAS OLISH TIZIMI PATOLOGIYALARI: BRONXIT VA PNEVMONIYANING KLINIK KECHISHI VA PROFILAKTIKASI 2025-10-22T08:59:49+03:00 Nargiza Boymatova info@in-academy.uz
Nafas olish tizimi kasalliklari bolalarda eng keng tarqalgan somatik patologiyalar sirasiga kiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 40–60 %ida o‘tkir respirator kasalliklar, shulardan 20–25 %ida bronxit yoki pnevmoniya kuzatiladi. Har yili pnevmoniya sababli 800 mingga yaqin bola hayotdan ko‘z yumadi. Bu, ayniqsa, past ijtimoiy-iqtisodiy sharoitli davlatlarda, sog‘liqni saqlash tizimi zaif bo‘lgan hududlarda kuzatiladi
2025-10-21T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62886 RUS TILINI O‘QITISH JARAYONIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI 2025-10-22T09:03:47+03:00 Aziza Mirzayeva Mirzaevaaziza36@gmail.com
Ushbu maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida rus tilini o‘qitish jarayonida uchrayotgan asosiy tizimli va metodik muammolar tahlil qilinadi. Muallif rus tili ta’limidagi dolzarb masalalar — o‘qituvchilar malakasining yetarli emasligi, o‘quv materiallarining eskirganligi va lingvistik muhitning yetishmasligi kabi omillarni ilmiy asosda yoritadi. Shuningdek, kommunikativ yondashuv, zamonaviy raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda til amaliyotiga yo‘naltirilgan o‘qitish uslublarini joriy etish orqali mazkur muammolarni bartaraf etish yo‘llari taklif etiladi.
2025-10-21T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62889 ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШДА ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИНИНГ ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИ 2025-10-22T09:23:09+03:00 Аброржон Аманов info@in-academy.uz
Мақолада Ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишда ички ишлар органлари ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматларининг оммавий ахборот воситалари билан ҳамкорлиги хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклифлар ҳамда тавсиялар билдирилган.
2025-10-21T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62971 AYOL QAHRAMONLAR OBRAZINI TASVIRLASHDA YOZUVCHI USLUBI 2025-10-23T05:28:15+03:00 Xamida Atabayeva info@in-academy.uz
Ushbu maqolada ayol qahramonlar obrazini tasvirlashda yozuvchi uslubining leksik-semantik, sintaktik, kompozitsion va poetik-pragmatik vositalari tizimli tahlil qilinadi. Hamda, nutq va personaj nutq nisbatlari, narrativ fokalizatsiya, ichki monolog, psixologik tafsilot, metafora va ramzlar, intertekstualik hamda milliy-madaniy konnotatsiyalar orqali ayol xarakterining shakllanish mexanizmlari ochib beriladi.
2025-10-22T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/62972 O‘QUVCHILARDA KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 2025-10-23T05:31:42+03:00 Nafosat Raximberganova info@in-academy.uz
Maqolada o‘quvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari yoritiladi. Kreativlik tushunchasining psixologik, pedagogik va sotsiokultural talqinlari tahlil qilinib, divergent tafakkur, muammo yechish, metakognitiv nazorat hamda ijodiy motivatsiya kabi tarkibiy omillar tizimli ravishda sharhlanadi. Maqola kreativlikni rivojlantirishda o‘qituvchining fasilitatorlik roli, o‘quv muhitining psixologik xavfsizligi, topshiriqlarning ochiqligi va autentikligi, shuningdek, madaniy-kontekstual omillarning ahamiyatini ko‘rsatadi.
2025-10-22T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/63076 YOSHLARDA IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI 2025-10-23T12:39:42+03:00 Dildora Xalimbetova info@in-academy.uz
Mazkur maqolada yoshlarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik va psixologik asoslari keng tahlil qilingan. Ijtimoiy kompetentlik tushunchasining mohiyati, uning shakllanish bosqichlari, tarkibiy qismlari hamda bu jarayonda pedagog-psixologlarning o‘zaro hamkorlik mexanizmlari yoritilgan. Shu bilan birga, yoshlarni ijtimoiy hayotga faol integratsiyalashuviga xizmat qiluvchi ta’lim texnologiyalari, metodlar va uslublar asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-10-22T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025 https://lib.uniconflix.com/index.php/uilcajar/article/view/63125 LINGVISTIKADA FONETIK TERMINOLOGIYA VA UNING TAVSIFI OID MULOHAZALAR 2025-10-24T06:18:51+03:00 Farzona Murodova murodovaf@gmail.com Muyassar Xolova info@in-academy.uz
Maqolada o‘zbek tili shevalarida uchraydigan fonetik o‘zgarishlarning tabiati va ularning adabiy til normalari bilan o‘zaro aloqasi tahlil qilingan bo‘lib, fonetik o‘zgarishlarning asosiy turlari: assimilyatsiya, dissimilyatsiya, diareza, metateza va hokazolar yoritilgan unli va undosh tovushlardagi almashuv, qisqarish, cho‘zilish borasida fikrlashilgan. Shu bilan bir qatorda fonetik hodisalarni empirik materiallar asosida o‘rganib, ularni o‘zbek adabiy tili bilan qiyosiy tahlil qiladi va fonetik terminologiya va terminlarning izohlanishi va ularning ilmiy qo‘llanishidagi ba’zi nomuvofiqliklarga ham e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari jahon va o‘zbek tilshunosligida fonetik o‘zgarishlar masalasida olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilinib, ularning nazariy asoslari bilan bog‘lanadi.
2025-10-23T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2025