Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-05-23

РОЛЬ ЛЕКСИКО-ГРАММАТИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ В РАЗВИТИИ ЛЕКСИЧЕСКИХ СИСТЕМ УЗБЕКСКОГО И РУССКОГО ЯЗЫКОВ

Тезис посвящена анализу лексико-грамматических единиц как ключевого элемента языковой системы, обеспечивающего связь между лексикой и грамматикой в русском и узбекском языках. Рассматриваются способы выражения грамматических значений, различия между флективной и агглютинативной системами, особенности словообразования и заимствования. Особое внимание уделяется влиянию межъязыковых контактов, билингвизма и гибридных языковых форм. Подчёркивается роль лексико-грамматических единиц в преподавании, переводе и межкультурной коммуникации.

Юнусова Дилдора Дилшодовна

4-7

2025-05-22

ҲОКИМИЯТ ВАКИЛИГА ЁКИ ФУҚАРОВИЙ БУРЧИНИ БАЖАРАЁТГАН ШАХСГА ҚАРШИЛИК УЧУН ЖАВОБГАРЛИКНИ НАЗАРДА ТУТУВЧИ ЖИНОЯТ ҚОНУНЧИЛИГИНИ НОРМАЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ АЙРИМ МАСАЛАЛАРИ

Ушбу мақолада ҳокимият вакили ёки фуқаролик бурчини бажараётган шахсга қаршилик кўрсатганлик учун жавобгарликни назарда тутувчи жиноят қонунчилигини такомиллаштириш масалалари ёритилган.

Уткир Холиқов

8-12

2025-05-22

ЛИКВИДАЦИЯ ПОСЛЕДСТВИЙ ОПОЛЗНЕЙ «ЦЕНТРАЛЬНЫЙ» И «СЕВЕРНЫЙ» АНГРЕНСКОГО УГОЛЬНОГО РАЗРЕЗА

Оползневые участки «Центральный» и «Северный» расположены в восточной части северного борта Ангренского угольного разреза между ПК23 и ПК38 на расстоянии 0,3-0,5 км юго-восточнее действующей автодороги А-373 Ташкент-Ош.

Эргашева З.А., Салимов Б.И., Облокулов Ш.У.

13-16

2025-05-22

XOTIRA HAQIDAGI QARASHLAR VA XOTIRANI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqola inson psixikasining muhim jihatlaridan biri bo‘lgan xotira jarayonini har tomonlama tahlil qilishga qaratilgan. Xotiraning mazmuni, mohiyatini, inson faoliyatidagi ahamiyati va uning asosiy turlari keng yoritilgan. maqolada psixologiya, pedagogika, nevrologiya kabi fanlar uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.Komil inson bo‘lib shakillanishda insonga diniy va dunyoviy bilimlar kerak bo‘ladi, bunday ko‘plab bilimlarni olish uchun yaxshi xotira egasi bo‘lmog‘ingiz shartdir.

Ibragimova Durdona

17-20

2025-05-22

HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI

Ushbu tezisda hozirgi zamon psixologiyasida qo‘llanilayotgan asosiy tadqiqot metodlari tahlil qilingan. Psixologik jarayonlarni chuqur va aniq o‘rganish uchun eksperimental, kuzatuv, test, suhbat, so‘rovnoma, kontent-tahlil kabi metodlarning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarning psixologik izlanishlardagi o‘rni alohida yoritilgan. Ishda metodlarning qo‘llanish sohasi, ularning ishonchliligi va natijaviyligi haqida xulosa berilgan. Tezis psixologiya sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan talabalar, tadqiqotchilar va amaliyotchi psixologlar uchun foydalidir.

Mustafoyeva Rohila Rustam qizi

21-23

2025-05-22

BILINGVIZM MASALALARIGA DOIR

Maqola tilshunоslikning bilingvizm hodisasi va uning klassifikatsiyasi masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, mazkur klassifikatsiya borasida berilgan talqinlar tizimga solingan va turli xil manbalar asosida jamlangan.

Yormatova Yoqutxon Nurmatovna

24-26

2025-05-23

EKOLOGIK MATERIALLARDAN FOYDALANIB TAYYORLANGAN AVTOMOBIL YONILGʻI BAKINI SINOV JARAYONLARI

Maqolada ekologik materiallardan tayyorlangan avtomobil yonilg‘i baklarini sinovdan o‘tkazish jarayonlari, ularning metodik asoslari va amaliy natijalari tahlil qilingan. Avvalo, ekologik toza, engil va korroziyaga chidamli materiallarning afzalliklari ko‘rib chiqilib, bunday baklarning avtomobillarda qo‘llanishi samaradorligi yoritilgan. Shundan so‘ng, mahsulotga nisbatan qo‘llaniladigan zamonaviy sinov turlari — mustahkamlik, sızdırmazlik, harorat va bosimga chidamlilik, hamda ekologik xavfsizlik darajasi o‘rganilgan. Maqola yakunida sinov natijalari asosida muayyan xulosalar chiqarilib, ekologik materiallar asosida ishlab chiqilgan yonilg‘i baklarini avtomobilsozlik sanoatida qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Abdurahmonov Pahlavon, I.N. Saydaliyev

27-28

2025-05-23

AVTOMOBIL YONILG‘I BAKLARINI ISHLAB CHIQARISHDA EKOLOGIK MATERIALLARDAN FOYDALANISH VA SINOV TARTIBINING ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ASOSIDA TAHLILI

Ushbu maqolada avtomobilsozlik sanoatida yonilg‘i baklarini ishlab chiqarishda ekologik materiallardan foydalanishning ilmiy va amaliy asoslari yoritilgan. An’anaviy metall asosli baklarning kamchiliklari tahlil qilinib, ularning o‘rnini bosuvchi zamonaviy ekologik materiallar — kompozitlar, polimerlar, alyuminiy va karbon asosidagi materiallarning afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, mahsulot sifatini ta’minlashda muhim bo‘lgan zamonaviy sinov usullari, jumladan, kompyuter modellashtirish, laboratoriya va dala sharoitlaridagi sinovlar, real vaqt monitoringi kabi yondashuvlar chuqur tahlil qilingan. Maqola yakunida ekologik xavfsizlik, iqtisodiy samaradorlik va mahsulot ishonchliligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berilgan.

Abdurahmonov Pahlavon, I.N. Saydaliyev

29-30

2025-05-23

ART-PEDAGOGIK METODLAR ASOSIDA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA KREATIV KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada art-pedagogika metodlarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, ayniqsa, umumta’lim maktablarida kreativ kompetensiyalarni shakllantirishdagi roli yoritilgan. O‘quvchilarda mustaqil fikrlash, kreativ tafakkur, estetik idrok va emotsional ifoda kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishda san’at vositalarining samaradorligi asoslab berilgan. Maqolada art-pedagogik metodlarning turlari, amaliy yondashuvlari va ularni o‘quv jarayoniga integratsiyalash tajribalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘qituvchining art-pedagogik salohiyati va bu yondashuv asosida kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi.

Najimova Ayjamal Shamshetdinovna

31-33

2025-05-23

MADANIYATLARARO TARJIMANING O‘RNI

Ushbu maqola madaniyatlararo tarjimaning zamonaviy jamiyatda ahamiyatini va uning tarjima jarayonidagi o‘rni hamda madaniyatlararo aloqalarni rivojlantirishdagi vazifalarini o‘rganadi. Madaniyatlararo tarjima faqat so‘zlarning tilga o‘tkazilishi emas, balki ular ortidagi madaniy ma’no va kontekstlarni to‘g‘ri anglash va yetkazish jarayonidir. Tarjima orqali turli xalqlar o‘rtasidagi madaniy tafovutlarni kamaytirish, stereotiplarni bartaraf etish va global muloqotni rivojlantirish mumkinligi maqolada ko‘rsatildi.

O’roqova E’zoza Mansurovna

34-35

2025-05-23

IQTISODIY TARAQQIYOT, IQTISODIY O’SISH VA MILLIY BOYLIK

Ushbu tezisda iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o'sish va milliy boylikning o'zaro ta'siri tahlil qilingan Iqtisodiy siyosatni shakllantirishda innovatsiyalar, inson kapitalini rivojlantirish va barqaror iqtisodiyotga o'tish kabi masalalar muhim ahamiyatga egaligi ham ta’kidlab o’tilgan.

Ubaydullayev Shohjahon

36-38

2025-05-26

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA RUHDOSHLIK SOG‘INCHI IFODASI

Ushbu maqolada A.Oripov she’riyatidagi asosiy mavzulardan  bo‘lgan ruhiy holat – ruhdoshlikka intilish, ruhdoshlik sog‘inchi tuyg‘usining  badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Ruhdoshlik sog‘inchi shaxsiy tuyg‘ular bilan cheklanmay, Vatanga, millatga bo‘lgan ma’naviy intilish sifatida ochib beriladi. Shoir she’riyatidagi o‘ziga xosliklar haqida xulosa qilinadi.

Shomurodova Shaxnoza Shermamat qizi

39-42

2025-05-26

ONA TILI TA’LIM TIZIMIDA SIFAT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH METODIKASI

Maqolada sifat so‘z turkumini ona tili ta’lim tizimida o‘qitishda turli metodlar va multimedia vositalaridan foydalanish aks etgan.

Abdumajitova Ozoda Baxodir qizi

43-46

2025-05-26

ONA TILI TA’LIM TIZIMIDA ANTONIMLARNI O‘QITISH TEACHING ANTONYMS IN THE MOTHER TONGUE EDUCATION SYSTEM

Maqolada antonim so‘zlarning o‘quvchi nutqidagi ahamiyati, ularni ona tili ta’lim jarayonida o‘qitish usul va topshiriqlari yoritilgan.

Isoqulova Komila

47-50

2025-05-26

KIMYOVIY QO‘SHIMCHALAR VA ULARNING KERAMZIT BETON TARKIBI VA XOSSALARIGA TA'SIRI

Ushbu maqolada zamonaviy qurilish materiallari sifatida keng qo‘llanilayotgan keramzit betonning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash maqsadida kimyoviy qo‘shimchalarning ta’siri o‘rganildi. Ishning asosiy maqsadi — turli turdagi kimyoviy qo‘shimchalar yordamida keramzit betonning mustahkamlik, suv singdiruvchanlik, zichlik kabi asosiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘llarini aniqlashdir. Tadqiqot davomida plastiklashtiruvchi, suvni kamaytiruvchi va tezlashtiruvchi turdagi qo‘shimchalar sinovdan o‘tkazildi hamda ularning beton tarkibiga optimal miqdorda qo‘shilishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri tanlangan kimyoviy qo‘shimchalar yordamida keramzit betonning sifat ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirish mumkin. Mazkur ish natijalari qurilish sohasida energiya tejamkor, engil va mustahkam beton turlarini ishlab chiqish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Raximov Shavkat Turdimurotovich, Alimov Adhambek Kamol o`g`li

51-52

2025-05-26

BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI

Mazkur maqolada boshqaruv psixologiyasi, boshqaruvning uslublari, rahbar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar, zamonaviy boshqaruv psixologiyasining muammolari haqida so‘z yuritiladi.

Nurulloyev Toxir Nutfulloyevich

53-57

2025-05-26

IOT TEXNOLOGIYALARI AQLLI SHAHARLARDA

Ushbu tezisda Internet texnologiyalarining (IoT) aqlli shaharlarni yaratish va rivojlantirishdagi roli va ahamiyati tahlil qilinadi. IoT tizimlari yordamida infratuzilmani boshqarish, energiya samaradorligini oshirish, xavfsizlikni ta'minlash, transportni nazorat qilish va shaharlarda ekologik holatni yaxshilash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, IoT texnologiyalarining shaharlarga yanada aqlli va samarali tus berishdagi o‘rni, ularning ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri ham muhokama qilinadi. Tezisda, shuningdek, IoT texnologiyalarini joriy etishdagi asosiy muammolar, xavfsizlik masalalari va ularning keyingi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Xamidjanova Dilorom Xayrullo qizi

58-60

2025-05-26

TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELI SIFATI TAHLILI

Ushbu maqolada tijorat banklarining kredit portfeli sifati tushunchasi, unga ta’sir etuvchi omillar, boshqaruv mexanizmlari va O‘zbekiston bank tizimidagi amaliy holatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida kredit portfeli sifatini oshirishga doir tavsiyalar ilgari suriladi.

Avilov Nematjon, Komiljonov Abdulaziz Sherzodbek o‘g‘li

61-64

2025-05-26

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT PORTFELINI BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBASI

Tijorat banklarining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri mijozlarga kreditlar ajratish bo‘lib, bu banklarning daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Kredit portfeli bankning moliyaviy barqarorligi va risk darajasini bevosita belgilaydi. Shu sababli, kredit portfelini samarali boshqarish bank faoliyatining asosiy ustuvorliklaridan biridir. So‘nggi yillarda global miqyosda moliya bozorlarining o‘zgaruvchanligi va iqtisodiy sharoitlarning murakkablashuvi banklar kredit riskini aniqlash va boshqarishda yangi usullarni joriy etishni talab qilmoqda.

Avilov Nematjon, Komiljonov Abdulaziz Sherzodbek o‘g‘ li

65-67

2025-05-26

ISH HAQI TUSHUNCHASI VA UNING IQTISODIY MAZMUNI

Ushbu maqolada ish haqi nima ekani va u iqtisodiyotdagi o‘rni haqida so‘z boradi. Ish haqining asosiy vazifalari, ya’ni ishchi kuchini mehnat qilishga undashi, ularning yashash darajasiga ta’siri va ish kuchiga bo‘lgan ehtiyojni qanday shakllantirishi tushuntiriladi. Shuningdek, ish haqi tizimidagi hozirgi holat, minimal ish haqi va ijtimoiy adolat masalalari haqida ham fikr yuritiladi

Mamajonov Lazizbek Azamjonovich, Abdualimov Diyorbek Said o‘g‘li

68-71

2025-05-26

INFLYATSIYA TA’SIRINI BANK OPERATSIYALARI ORQALI KAMAYTIRISH YO‘LLARI

Mazkur tezisda inflyatsiya jarayonining iqtisodiyotga, xususan tijorat banklari faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Inflyatsiyaning ijtimoiy va makroiqtisodiy nomutanosibliklarga sabab bo‘lishi, banklarning kreditlash, likvidlik va foiz siyosatiga salbiy ta’siri asosida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek tezis tijorat banklarining inflyatsiyani jilovlashdagi strategik roli, ya’ni pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish, selektiv kredit siyosati, raqamlashtirish, valyuta operatsiyalari va moliyaviy savodxonlikni oshirish kabi choralarni yoritadi.

Avilov Nematjon Yuldashevich, Esonaliyev Davlatjon O‘ktamjon o‘g‘li

72-75

2025-05-26

TIJORAT BANKLARINING PASSIV OPERATSIYALARI MOHIYATI

Mazkur maqolada tijorat banklarining passiv operatsiyalari, ularning turlari, resurslar bazasini shakllantirishdagi roli va bank barqarorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Bank resurslarini jalb qilish usullari, depozit siyosati, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, banklararo operatsiyalar va Markaziy bank resurslaridan foydalanish yo‘llari o‘rganiladi. Shuningdek, xalqaro va milliy tajribalar asosida passiv operatsiyalarni boshqarish tamoyillari yoritilib, ularning banklar moliyaviy salohiyatiga ta’siri ko‘rsatib berilgan.

Eshonov Muhammad Ayyub Xoshimjon o`g`li, Tolibjonova Dilobar Bohodir qizi

76-79

2025-05-26

TIJORAT BANKLARIDA JAMG‘ARMA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI

Mazkur maqolada tijorat banklarida jamg‘arma operatsiyalarini rivojlantirish borasida Germaniya, AQSh, Yaponiya va Hindiston tajribalari tahlil qilinadi hamda ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jihatlari yoritiladi. Xalqaro tajribalar asosida institutsional ishonchni kuchaytirish, soliq va foiz rag‘batlarini joriy etish, fintex imkoniyatlaridan foydalanish va moliyaviy savodxonlikni oshirish O‘zbekistonda jamg‘arma tizimini takomillashtirishning muhim omillari sifatida ko‘riladi. Maqolada ushbu strategik yondashuvlar orqali barqaror va inklyuziv bank tizimini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Eshonov Muhammad Ayyub Xoshimjon o`g`li, Tolibjonova Dilobar Bohodir qizi

80-83

2025-05-26

AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY QURITISH USULLARINING ILMIY TAQQOSLANISHI

Ushbu maqolada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini quritishning an’anaviy va zamonaviy usullari taqqoslangan. Quritishning umumiy tasnifi hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlarni sifatli saqlash usullari keltirilgan. 

Xasanova Xolida Ibodullayevna, Ubaydullayev Dostonbek Anafiya o’g’li

84-86

2025-05-26

MEVA-SABZAVOTLARDAN KAMPOT VA SHARBATLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Mazkur maqolada presslash va diffuzion usullar asosida tiniq meva va sabzavot sharbatlari ishlab chiqarish texnologiyasi yoritiladi. Tiniqlik darajasini ta’minlovchi bosqichlar — filtrlash, enzimatika va stabilizatsiya texnologik jihatdan tahlil qilinadi. Bunda mahsulot sifati, organoleptik ko‘rsatkichlar va saqlanish muddati bo‘yicha yondashuvlar ilmiy asosda tahlil etiladi.

Xasanova Xolida Ibodullayevna, Xabibullayev Quvonchbek Oybek o’g’li

87-91

2025-05-26

INFLATSIYA DARAJASINING BANK XIZMATLARI VA MAXSULOTLARIGA TA`SIRI

Ushbu maqolada inflyatsiya darajasining O‘zbekiston bank tizimidagi xizmatlar va mahsulotlar narxiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Inflyatsiya bank xizmatlari narxining oshishiga, mijozlarning moliyaviy imkoniyatlari va xatti-harakatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek tijorat banklarida xizmatlar narxining inflyatsiya fonida o‘zgarishi, bu o‘zgarishlarning aholining turli qatlamlariga ta’siri va xalqaro tajribalar asosida inflyatsion bosimni yumshatish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tilgan.

Avilov Nematjon Yuldashevich, Esonaliyev Davlatjon O‘ktamjon o‘g‘li

92-96

2025-05-26

BANKLAR ARO VALYUTA JAMG‘ARMASINING MOHIYATI

Mazkur maqolada banklararo valyuta muomalasida uchrayotgan asosiy muammolar va xavf-xatarlar tahlil qilinadi. Unda banklar o‘rtasida valyuta savdosi jarayonida yuzaga keladigan tizimli xatoliklar, tartibga solishdagi muammolar, valyuta kursining beqarorligi, likvidlik tanqisligi, huquqiy me’yorlarning yetarlicha ishlab chiqilmaganligi kabi salbiy omillar yoritib berilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida tavsiyalar berilib, O‘zbekiston moliya tizimida banklararo valyuta muomalasini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

Sadikov Zafarbek Adilbekovich, Abdujaporov Ziyoyiddin Visoliddin o‘g‘li

97-100

2025-05-26

FAOLIYAT O‘ZLASHTIRISH VA MALAKALARNI EGALLASHNING PSIXO-PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur tezisda shaxs rivojlanishida faoliyatni o‘zlashtirish va malakalarni egallash jarayonining psixologik-pedagogik asoslari yoritilgan. Shaxsiy tajriba orttirish, takrorlash, muhit bilan faol muloqot orqali bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishning samarali usullari tahlil qilinadi. Ayniqsa, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishi bilan bog‘liq faoliyat turlarini to‘g‘ri tashkil etishning ahamiyati asoslab beriladi.

Tojiyev Komron, Sherqulova Mohinur

101-102

2025-05-26

QISQARTMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Maqolada qisqartmalarning leksik stilistik vоsitаlarning tilde nutq tа’sirchаnligini оshirishgа, nutq tejаmkоrligini tа’minlаshga xizmat qilishi masalasi yoritiladi.

G.M.Ibragimova

103-105

2025-05-26

AYOLLAR SPORTINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA IJTIMOIY AHAMIYATI

Ayollar sportining jadal rivojlanishi zamonaviy jamiyatda gender tengligini taʼminlashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Sport orqali ayollar o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish bilan birga, ijtimoiy faollik, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jamiyat hayotida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bugungi kunda ayollar sportining rivojlanishidagi tendensiyalar nafaqat sport sohasi, balki taʼlim, sog‘liqni saqlash va madaniyat tizimlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

Raxmatov Avazbek

106-109

2025-05-26

JISMONIY FAOLLIK YETISHMASLIGINING SOG‘LIQ UCHUN SALBIY OQIBATLARI: STATISTIK TAHLIL

Jismoniy faollik yetishmasligi inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, ortiqcha vazn va boshqa surunkali kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, kamharakat hayot tarzi global miqyosda o‘lim va kasalliklar ko‘rsatkichining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, muntazam jismoniy mashqlar sog‘liqni mustahkamlash va hayot sifatini yaxshilash uchun eng samarali vositalardan biridir.

Raxmatov Avazbek

110-113

2025-05-26

XAYRIDDIN SULTONOV ASARLARIDA PARONIMIYA HODISASINING IFODALANISH BELGILARI

Ushbu maqolada taniqli adib Xayriddin Sultonovning asarlarida paronimiya hodisasi qanday tasviriy-uslubiy asarlarini ijrosi tahlili. Paronim birliklarning semantik nozikliklarni ifodalashdagi o'rni, ular orqali obrazlilik, emotsional ta'sirchanlik va badiiy qatlamlarni hosil qilish mexanizmi ochib beriladi.

Abdullayeva Yulduz

114-115

2025-05-26

ASARLARDAGI RAMZIY (SIMVOLIK) LEKSIKANING SEMANTIK TAFSIRI

Ushbu maqolada Xayriddin Sultonov asarlaridagi ramziy (simvolik) leksik birliklarning semantik tafsiri tahlili. Simvo leksika badiiy asarlarning ma'nosini chuqurlashtirishdan, metaforik va obrazli qatlamlarni yaratishga yordam beradigan muhim leksik vositalardan. Ramziy leksika asarda ko'pincha ijtimoiy, ma'naviy yoki ruhiy holatlarni ifodalashda. Ularning badiiy tafakkuridagi o'rni va ahamiyati aniq ko'rinadi.

Abdullayeva Yulduz

114-116

2025-05-26

ХАВФЛИ ЮКЛАРНИ ТЕМИР ЙЎЛ ТРАНСПОРТИДА ТАШИШДА ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАРНИНГ ТАЪСИРИДАН ОГОҲЛАНТИРИШ ТИЗИМИ

Мақолада Темир йўл транспортида ҳавфли ва ўта ҳавфли юкларни ташиш пайтида табиий офатлар оқибатида авария ҳолатлари келиб чиқиши ва унинг ўзига хос хусусиятлари туфайли сезиларли даражада вайронагарчиликка, бошқа турдаги офатларга сабаб бўлиши эҳтимоли ҳамда фавқулодда вазиятлар ҳавфларни олдини олиш ва оқибатларини юмшатиш мақсадида эрта огоҳлантириш тизими (ЭОТ)ни поезд диспетчерлик кузатув тармоғига интеграллашган тизим сифатида шакллантирилиши баён этилган.

Нурматов Ҳасанбой Мирзахмедович

117-119

2025-05-26

YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHDA BOSQICHMA-BOSQICH YONDASHUVNING SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada yosh voleybolchilarni tayyorlashda bosqichma-bosqich yondashuvning nazariy va amaliy asoslari, shuningdek, bu yondashuvning sportchilarning texnik-taktik, jismoniy va psixologik tayyorgarligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida bosqichli yondashuv orqali yuqori natijalarga erishish mumkinligi asoslab berilgan.

Mirbabayev Muzaffar Ismatillayevich, Xojiyeva Ozoda Xamdam qizi

120-122

2025-05-26

O’QUVCHILARNING IJODIY MATN TUZISH INSHO YOZISH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

O’quvchi mavzu talabini to’g’`ri anglash ham lozim.  Masalan, insho mavzu “Ta’til kunlarining birida” deb nomlangan bo’`lsa, o`quvchi butun bahorgi, qishgi yoki yozgi ta’til haqida fikr yurita olmaydi. Mavzu “Mening sevimli qahramonim” deb nomlangan bo’lsa, o`qilgan asarlardagi barcha qahramonlar haqida fikr yuritib bo’lmasligi aniq.

Yusupova Sanobar, Beknazarova Sabina

123-125

2025-05-26

MAVZU ASOSIDA IJODIY MATN TUZISH (INSHO YOZISH) KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISH

O`quvchilarning erkin mavzu bo`yicha matn yaratishga maxsus tayyorlanilishi maqsadga muvofiqligi, bu jarayonda ularning ijodiy fikrlariga keng imkoniyatlar yaratilishi haqida fikrlar bayon etiladi. Berilgan ma`lum bir mavzu asosida matn tuzishga o`rgatish o`quvchining ijodiy erkinligini ma`lum darajada cheklaydi. Biroq bu cheklanish nisbiy bo`lib, faqat tahlil doirasidagina chegaralanadi. O`quvchining mavzuga ijodiy yondashishi esa oydinlashadi va shu mavzu doirasidagi ijodiy fikrlashga keng imkoniyat yaratiladi. Fikr izchilligini saqlagan holda hodisalar o`rtasidagi bog`lanishlarni mantiqan to`g`ri ifodalashga keng yo`l ochib beradi. Masalan, «Mening shahrim» mavzusida matn tuzish uchun o`quvchining e`tibori shahar tarixiga, tarixiy obidalarga, xiyobonlar-u bog`larga, ko`chalar, mavzelar, muzey, teatrlar, oliy o`quv yurtlari, shag`ar transporti kabilarga qaratiladi.

Yusupova Sanobar, Beknazarova Sabina

126-128

2025-05-26

ILMIY FIDOYILIK TIMSOLI: SUYIMA GʻANIYEVANING NAVOIYSHUNOSLIKDAGI HISSASI

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasi adabiyoti va ilm-fani tarixida muhim o‘rin egallagan atoqli adabiyotshunos olima Suyima Gʻaniyevaning hayoti, ilmiy faoliyati, ayniqsa navoiyshunoslik sohasidagi betakror xizmatlariga bag‘ishlangan. Maqolada olimaning Alisher Navoiy ijodiga oid ilmiy tadqiqotlari, monografiyalari, tarjimalari va matnshunoslik sohasidagi izlanishlari yoritiladi. Shuningdek, Gʻaniyevaning o‘zbek adabiyotining tarixiy taraqqiyotidagi o‘rni, turkiy tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi ilmiy-madaniy bog‘liqlikni mustahkamlashdagi xizmati alohida tahlil etiladi. Maqola Suyima Gʻaniyeva ijodiy va ilmiy merosining bugungi kunda ham dolzarbligini ta’kidlangan

Davlatova Shodiyona Zohid qizi

129-132

2025-05-26

THE IMPACT OF SOCIAL MEDIA ON ENGLISH LANGUAGE LEARNING: INSIGHTS FOR TEACHERS

The rise of social media has transformed modern communication and significantly influenced language learning and teaching practices. In English language instruction, platforms such as YouTube, Instagram, WhatsApp, and TikTok have become effective tools for engaging learners, promoting authentic language experiences, and fostering creativity. This article examines the integration of social media from the viewpoint of educators, discussing the opportunities it creates for enriching language teaching, along with the obstacles teachers may face. It concludes with practical advice for incorporating social media effectively in the English language classroom.

Khurliman Esbergenova

133-135

2025-05-26

MULTIMODAL TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA TALABALARNING NUTQ MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada zamonaviy ta’limda keng qo‘llanilayotgan multimodal yondashuvlar orqali talabalar nutq malakalarini rivojlantirishning metodik asoslari yoritiladi. Tadqiqot doirasida multimodal ta’lim texnologiyalarining o‘rni, ularning afzalliklari, hamda real tajriba asosida ularning ta’siri tahlil qilingan. O‘quvchilarning og‘zaki nutq rivojlanishida video, audio, grafika va boshqa interaktiv vositalar orqali qanday ijobiy natijalar kuzatilishi ilmiy asoslangan.

Makhbuba Toshpulatova Ikromovna, Dexkonov Biloliddin Kosim o‘g‘li

136-138

2025-05-26

BANKLAR ARO VALYUTA BANK TIZIMIDAGI O‘RNI VA VAZIFALARI

Ushbu maqolada banklararo valyuta jamg‘armasining mohiyati, ularning asosiy vazifalari, xalqaro moliyaviy tajribadagi o‘rni hamda O‘zbekiston sharoitida ushbu mexanizmni joriy etish zarurati ilmiy tahlil qilinadi. Xususan, svop bitimlari, valyuta zaxiralari va likvidlikni ta’minlash vositalari ko‘rib chiqilib, bank tizimining barqarorligiga ta’siri yoritilgan.

Sadikov Zafarbek Adilbekovich, Abdujaporov Ziyoyiddin Visoliddin o‘g‘li

139-142

2025-05-26