Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-04-15

BADIIY ASARLARNI TAHLIL QILISH ORQALI TALABALARNING IJTIMOIY VA KOMMUNIKATIV KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Ushbu maqola badiiy asarlarni tahlil qilish orqali talabalarning ijtimoiy va kommunikativ kompetentsiyasini oshirish uchun texnologiyadan foydalanishga ishora qiladi. Ushbu yondashuvda ishlatiladigan texnologiya onlayn platformalar, dasturiy ta'minot va multimedia resurslari kabi raqamli vositalarni o'z ichiga olishi mumkin. Badiiy asarlarni tahlil qilish talabalarning tanqidiy fikrlash, talqin qilish va muloqot qobiliyatlarini yaxshilashga qaratilgan. Ushbu jarayonda ishtirok etish orqali talabalar o'z g'oyalarini samarali ifoda etishni, hamdardlikni rivojlantirishni va turli nuqtai nazarlarni qadrlashni o'rganishlari mumkin. Ushbu yondashuv, ayniqsa, o'quvchilarda ijtimoiy va hissiy ta'limni rivojlantirish uchun foydalidir, chunki bu ularni mazmunli suhbatlar o'tkazishga va boshqalar bilan hamkorlik qilishga undaydi. Umuman olganda, badiiy asarlarni tahlil qilish texnologiyasidan foydalanish talabalarning ijtimoiy va kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirish uchun kuchli vosita bo'lishi mumkin.

Kunnazarova Gulnar Ilesbaevna

4-6

2025-04-14

MOLIYAVIY BOSHQARUV TIZIMI VA UNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada moliyaviy boshqaruvning mazmuni, tizimi, funksiyalari va davlat iqtisodiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shu bilan birga, moliyaviy boshqaruv organlari va moliyaviy oqimlarni samarali boshqarish mexanizmlari yoritiladi.

Odilbekov Shaxbozbek Shuxratjon o'g'li, Komilov Omadjon Xursandbek o‘g‘li

7-9

2025-04-14

ИШЕМИК ИНСУЛЬТНИ ТИКЛАШ ДАВРИДА БЕМОРЛАРДА ЮРИШНИНГ БИОМЕХАНИК ХУСУСИЯТЛАРИНИ БАҲОЛАШ

Қон томиридан кейин юриш бузилиши беморларда ногиронликнинг асосий сабабидир. Реабилитация пайтида инсултдан кейинги беморнинг юриш ҳолатини кузатиш беморларнинг motor фаоллиги ва ҳаракатчанлигини тиклаш муаммосини ҳал қилишнинг долзарб вазифасидир. Тадкикотда 50 кишининг текшируви натижалари келтирилган: инсультнинг кеч тикланиш даврида 34 бемор ва 16 соғлом кўнгилли. Инсультнинг кеч тикланиш давридаги беморларда горизонтал юзада юришнинг биомеханик хусусиятлари баҳоланди. Ҳаракатни таҳлил қилиш усулларидан фойдаланиш ҳаракатни ташкил этишнинг патологик вариантларини акс эттирувчи биомеханик хусусиятларни аниқлашга имкон бериши аниқланди, бу харакат маҳоратини тиклаш ёки компенсацион механизмларни ривожлантиришда башорат қилувчи омил бўлиши мумкин. Ушбу услуб ҳаракат бузилишларининг моделини яратишга ва клиник яхшиланишларнинг биомеханик жараёнларга таъсирини баҳолашга имкон беради деб тахмин қилинади.

Хайриева Мухсина Фарходовна

10-12

2025-04-15

ИШЕМИК ИНСУЛЬТНИ ТИКЛАШ ДАВРИДА БЕМОРЛАРНИ РЕАБИЛИТАЦИЯ ҚИЛИШНИНГ ИНТЕГРАЛ КЎРСАТКИЧИ СИФАТИДА ҲАЁТ СИФАТИ КУРСАТКИЧЛАРИ

Ишемик инсульт ўчоқли неврологик симптомларнинг ривожланиши туфайли вақтинчалик ёки доимий ногиронликка олиб келади. Ҳаёт сифатини ўрганиш реабилитация интеграцияси самарадорлиги ва қон томир зарарланишидан кейин умумий саломатликнинг ажралмас кўрсаткичини баҳолашнинг муҳим мезонидир.

Хайриева Мухсина Фарходовна

13-16

2025-04-15

TA'LIM MUASSASALARIDA KASB TANLASHGA YO'LLASH JARAYONIDA O'QUVCHILARNI TARBIYALASH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada ta'lim muassasalarida o'quvchilarni kasb tanlashga yo'llash jarayonida qo'llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar muhokama qilinadi. Kasb tanlashga yo'llash ishlari o'quvchilarning shaxsiy qiziqishlari, qobiliyatlari va jamiyat ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerakligi ta'kidlanadi. Maqolada zamonaviy texnologiyalar yordamida o'quvchilarni kasbiy tarbiyalash usullari, kasb tanlashga tayyorlash bosqichlari va samarali metodlar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida ta'lim muassasalarida kasb tanlashga yo'llash tizimini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Qurbonov Pardatursun, Axatov Ikromxon Iskandar o‘g‘li

17-21

2025-04-15

XALQARO TURIZMDA TURISTIK MARSHRUTLARNI TASHKIL QILINISHI (DAVLATLAR MIQYOSIDA)

Ushbu maqolada xalqaro turizm sohasida turistik marshrutlarni tashkil qilish jarayoni, uning bosqichlari, davlatlararo hamkorlik mexanizmlari hamda zamonaviy talablar asosida marshrutlarni shakllantirish tamoyillari tahlil qilingan. Shuningdek, dunyoning turli mintaqalarida, xususan Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyodagi muvaffaqiyatli xalqaro turistik yo‘nalishlar misolida marshrutlar samaradorligi ko‘rsatib berilgan. O‘zbekiston misolida turizm salohiyati va xalqaro marshrutlarga qo‘shilish imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada statistik ma’lumotlar va real holat tahlillari asosida xalqaro turizmning rivojlanishiga xizmat qiluvchi omillar va istiqbollar haqida xulosa chiqarilgan.

Sayfullayeva Malohat G`ayrat qizi, Yo`ldoshev Abdumalik Ilxomovich

22-25

2025-04-16

O`ZBEKISTONDA GASTRONOMIK TURIZM: TAOMLAR ORTIDAGI TARIX

Ushbu maqolada O‘zbekistonning gastronomik turizm salohiyati, milliy taomlarining tarixiy ildizlari, ularning madaniy va iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada palov, manti, lag‘mon, non kabi o‘zbek xalqining an’anaviy taomlari orqali xalq tarixi va turmush tarzining aks etishi yoritilgan. Shuningdek, viloyatlar kesimida oshxona madaniyati, turistik qiziqishlar va bu yo‘nalishdagi rivojlanish strategiyalari bayon etilgan. Taomlar tayyorlanish jarayonining madaniy meros sifatida saqlanishi va xalqaro sayyohlar uchun jozibadorlik omili bo‘lib xizmat qilishi tahlil etiladi. Maqola O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish istiqbollari, zamonaviy yondashuvlar va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan yoritilgan.

Yo`lchiyeva Muazzam Ibrohim qizi, Yo`ldoshev Abdumalik Ilxomovich

26-30

2025-04-16

TA‘LIM TIZIMIDA TYUTORLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada taʼlim tizimida tyutorlik madaniyatini shakllantirishning ahamiyati va uning pedagogik jarayonlarda qanday o‘rin tutishi haqida so‘z boradi. Tyutorlik madaniyati — bu taʼlim jarayonining sifatini oshirish, o‘quvchilarga individual yondashuvni taʼminlash, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot va o‘zaro ishonchni mustahkamlashni nazarda tutadigan bir qator bilim, ko‘nikma va axloqiy tamoyillardan tashkil topgan kompleks jarayondir. Tyutorlik madaniyatini shakllantirish, birinchi navbatda, o‘qituvchining pedagogik mahorati, ijtimoiy va kommuniktiv ko‘nikmalarining rivojlanishi, shuningdek, o‘quvchi bilan ishlashdagi samarali metodologik yondashuvlarni qo‘llashni taqozo qiladi. Mazkur jarayon o‘qituvchining o‘z-o‘zini tahlil qilish va professional rivojlanishini rag‘batlantiradi, natijada o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatlar, taʼlimning shaxsiylashtirilgan yondashuvi va o‘quvchilarning taʼlim jarayoniga bo‘lgan motivatsiyasi oshadi.

Eshqulov Yanvar Asadovich

31-35

2025-04-16

MUSIQA TA’LIMIDA CHOLG‘U IJROCHILIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI

Ushbu tezisda musiqa ta’limi jarayonida cholg‘u ijrochiligi faoliyatini samarali tashkil etishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Cholg‘u ijrochiligi talabalarning estetik dunyoqarashini shakllantirish, musiqiy tafakkurini rivojlantirish va kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tezisda ijrochilik mashg‘ulotlarining mazmuni, metodik yondashuvlar, pedagogik sharoitlar va o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olish zarurati yoritiladi.

Sаttаrov Аlisher, Esanova Xurshida O‘ralbek qizi

36-39

2025-04-16

“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONINI AXLOQIY VA DINIY QADRIYATLAR BILAN BOG‘LIQ HOLDA O‘RGANISH

Mazkur maqolada “Xamsa” kitobining birinchi dostoni “Hayrat ul-abror”asarini axloqiy va diniy qadriyatlarni o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda o‘rganamiz.

E`zozaxon Axmadxonova

40-42

2025-04-17

FАOLIYATLI YONDАSHUV ORQАLI TALABALARDA IMPERАTIV АLGORITMIK TАFАKKURNI RIVOJLАNTIRISHNING KOMPONENTLARI

Mazkur maqolada talabalarga algoritmik tillar va dasturlash asoslari fanini oʼqitishning umumiy xususiyatlari shu bilan birga dasturlash asoslari taʼlimida metodik innovatsiyalarning mazmun-mohiyati haqida fikirlar yuritilgan, Аlgoritmik faoliyatni oʼzlashtirish, algoritmlarni yaratish va ularni bajarish koʼnikmasini shakllantirish oʼquvchi mustaqil ravishda hal qila oladigan amaliy masalalar sinfini kengaytirish imkonini berishi, algoritmik tillarga oid manbalarning nazariy va amaliy aspektlari atroflicha tahlil qilingan.

Xushvaqtov Umar Norqobilovich

43-45

2025-04-17

QON-CHO`PNING KIMYOVIY TARKIBI VA QO`LLANILISHI

Ushbu tezisda O`zbekistonda hamda chet davlatlarda o`sadigan Qon cho`p (chelidonium) o`simligining tavsifi,yer yuzida  tarqalishi, kimyoviy tarkibi, foydali xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi haqida ma`lumotlar berilgan.

Arzibayeva Dildora Rustamovna

46-48

2025-04-17

ДИАГНОСТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ МРТ-ТРАКТОГРАФИИ ПРИ ПОДОСТРОМ СКЛЕРОЗИРУЮЩЕМ ПАНЭНЦЕФАЛИТЕ У ДЕТЕЙ

Подострый склерозирующий панэнцефалит (ПСПЭ) - редкое, но летальное нейродегенеративное заболевание, вызванное мутировавшей формой вируса кори, сохраняющейся в тканях мозга. Заболевание проявляется через несколько лет после первичной инфекции и характеризуется постепенным ухудшением когнитивных, моторных и зрительных функций, судорогами и деменцией.

Усманов Хасан Сергеевич

49-50

2025-04-17

ИНСОН ВА ТЕХНОЛОГИЯ ҲАМКОРЛИГИНИНГ КОНЦЕПТУАЛ УЙҒУНЛИГИ

Замонавий тергов тизимида терговчининг роли сунъий интеллект (СИ) технологиялари билан тўлдирилиши, лекин алмаштирилиши керак эмас. Терговчи — ҳуқуқий билим, этик меъёрлар ва инсон салоҳиятига эга фаол шахс бўлса, СИ — маълумот таҳлили ва автоматлаштиришни амалга оширадиган восита. Уларнинг комбинацияси инсон-центрлик тамойилини сақлаган ҳолда, тергов жараёнини самарали ва шаффоф қилишга хизмат қилади

Ғофуров Рамзбек Расулович

51-53

2025-04-17

КЎРИШ БУЗИЛИШЛАРИНИНГ ИЖТИМОИЙ ВА ПСИХОЛОГИК ТАЪСИРИ: ТАДҚИҚОТ НАТИЖАЛАРИ

Тадқиқот ишида мактаб ўқувчиларида кўриш бузилишларининг ижтимоий ва психологик таъсири таҳлил қилинган. Тошкент шаҳрининг Миробод ва Шайхонтоғур туманларида олиб борилган тадқиқот натижалари кўриш бузилишлари таълим жараёни ва ижтимоий фаолиятга салбий таъсир кўрсатишини кўрсатади. Мақолада тадқиқотдан олинган маълумотлар асосида профилактика таклифлари келтирилган.

М.А.Хусанова

54-56

2025-04-17

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB RAXBARLARINING INNOVATSION BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMLARI

Ushbu tezisda umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlarining innovatsion boshqaruv kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Maktab boshqaruv tizimida innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish zaruriyati, rahbar shaxsining zamonaviy menejment va raqamli texnologiyalarni boshqaruv jarayoniga integratsiya qilishdagi roli yoritiladi. Tadqiqotda kompetentlik yondashuvi asosida boshqaruvchilarning kasbiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, ularning innovatsion salohiyatini oshirish vositalari va metodlari aniqlanadi.

Azizov Umidjon Sobir o‘g‘li

57-60

2025-04-17

EKOTURIZMNING O`ZBEKISTONGA TA`SIRI

Ushbu maqolada ekoturizm tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va O‘zbekistonda bu yo‘nalishda mavjud imkoniyatlar keng yoritilgan. Shuningdek, ekoturizmning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy sohalarga ta’siri batafsil tahlil qilingan. Maqolada ekoturizm orqali tabiiy muhitni muhofaza qilish, mahalliy aholining turmush darajasini oshirish hamda madaniy qadriyatlarni saqlash masalalari muhokama etilgan. Ekoturizm rivojida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar keltirilgan. Muallif ekoturizmni O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun muhim omil sifatida ta’kidlaydi.

Artikova Fotimaxon Sodiqjon qizi, Yo`ldoshev Abdumalik Ilxomovich

61-64

2025-04-18

PROBLEMS OF DIAGNOSIS OF HYPERANDROGENISM SYNDROME

Hyperandrogenemia is a common endocrine disorder. Hyperandrogenism syndrome refers to conditions associated with excessive production of androgen hormones in women. These conditions lead to metabolic pathology, hirsutism, menstrual cycle disorders, miscarriage, and infertility.

G.O. Saidova, D.B. Asrankulova

65

2025-04-18

ГИПЕРАНДРОГЕНИЯ СИНДРОМИНИ ЗАМОНАВИЙ ТАШХИСЛАШ ТАМОЙИЛЛАРИ

Гиперандрогения синдроми аёлларда андроген гормонлар меъёридан ортиқ ишлаб чиқарилиши билан боғлиқ ҳолатларга айтилади. Ушбу ҳолатлар метаболик жараёнлар патологияси, гирсутизм, менструал циклни бузилиши, ҳомила тушиши ва бепуштликка олиб келади.

Г.О. Саидова, Д.Б. Асронкулова

66

2025-04-18

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA FOYDALANISH METODIKASI

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o‘quvchilariga fanlarni o’qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning metodik asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy texnologiyalar ta’lim jarayonini interaktiv va qiziqarli qilishda katta imkoniyatlar yaratadi. Bunda o‘qituvchi rahbarligidagi guruhli o‘qish vaqtida boshqarish va o‘zini o‘zi nazorat qilishga yordam berish uchun ClassDojo dasturidan foydalanish samaradorligi o‘rganiladi.

Begbo’tayev Azzam Eshpo’latovich, Bo’ronboyeva Charos Baxodir qizi

67-71

2025-04-18

PROBLEMS OF AMBIGUITY DURING LANGUAGE TRANSLATION: A CASE STUDY OF KARAKALPAK AND ENGLISH

This article explores the issue of ambiguity in language translation, focusing on the challenges encountered when translating between Karakalpak and English. Ambiguity, whether lexical, syntactic, semantic, or pragmatic, often leads to misunderstandings and misinterpretations, particularly due to structural differences and cultural nuances between the two languages. The study identifies key sources of ambiguity, including polysemy, differences in word order, idiomatic expressions, and context-dependent meanings. Furthermore, it highlights the importance of cultural competence and contextual analysis in resolving ambiguity. Through specific examples, the paper demonstrates how literal translations may fail to convey intended meanings, emphasizing the need for translators to employ flexible and culturally aware strategies. Ultimately, the study underscores the importance of accurate, context-driven translation to ensure effective cross-linguistic communication between Karakalpak and English speakers.

Juldiz Kalmuratova

72-74

2025-04-18

KO‘CHMAS MULKNI DAVLAT TOMONIDAN RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TIZIMIDA SHAFFOFLIK VA SAMARADORLIKNI OSHIRISHNING FUQAROLIK-HUQUQIY MEXANIZMLARI

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimining shaffofligi va samaradorligi mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasi. investitsiya muhitining jozibadorligi hamda barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun muhim ahamiyatga ega [1]. Ishonchli ro‘yxatga olish tizimi mulk qiymatining oshishiga va mamlakatda ishbilarmonlik faolligining yuksalishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda ushbu sohada, jumladan Jahon banki ishtirokida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasi doirasida modernizatsiya ishlari olib borilayotgan bo‘lsa-da. tizim faoliyatida samaradorlik va shaffoflikka to‘sqinlik qiluvchi jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda [2]. Bu muammolar O‘zbekistonning “Biznes yuritish” kabi xalqaro reytinglardagi o‘rniga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda [3]. Ushbu tezisning maqsadi mavjud muammolarni chuqurroq tahlil qilish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va shu asosda O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirishga qaratilgan aniq fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni taklif etishdir.

Sarsenbaeva Ellada Tengelbaevna

75-77

2025-04-18

O’RTA OSIYODA ILK SHAHARLAR VA DAVLATLAR SHAKLLANISHINING O’ZIGA XOS TARIXIY JARAYONLARI

Mazkur maqolada Qadimgi O’zbekiston hududida ilk davlatlar paydo bo’lishining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiyasoslari hamda boshqaruv tizimining shakllanishi haqida ma’lumotlar beriladi.  Shuningdek, O’rta Osiyoda vujudga kelgan ilk davlatlar va shaharlarning shakllanishi tarixini chuqur ilmiy tadqiq qilgan olimlar – Ya.G’.G’ulomov, S.P.Tolstov, M.A.Itina, A.A.Asqarov,  Y.A.Zadneprovskiy, N.A.Avanesova, T.Sh.Shirinov, B.Matboboyev, U.V.Raxmonov va Sh.B.Shaydullayev kabi olimlarning olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijalari va erishilgan yutuqlari haqida ma’lumotlar beriladi. 

Poyonov Ixtiyor Abdimo’min o’g’li

78-83

2025-04-18

O'ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYODA TINCHLIK VA BARQARORLIKNI TA'MINLASHDAGI O'RNI

O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Mamlakatning strategik joylashuvi, geosiyosiy ahamiyati va xalqaro munosabatlardagi faol ishtiroki O'zbekistonga mintaqaviy barqarorlikni saqlashda alohida vazifa yuklaydi. O'zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, terrorizmga qarshi kurashish, iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan tashabbuslari Markaziy Osiyo davlatlarining o'zaro ishonchni mustahkamlash va konfliktlarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi tinchlik va barqarorlikni saqlashdagi o'rnini tahlil qilishga qaratilgan.

Sulton Otamurodov

84-87

2025-04-21

TARBIYANING UMUMIY METODLARI

Maqolada tarbiyaning umumiy metodlari, uning turlari, amaliyotda qoʻlash va ta’sir mexanizmlari toʻgʻrisida tushunchalar berilgan. Hamda zamonaviy pedogogik yondashuvlarda metodlarning oʻrni va samaradorligi tahlil qilingan. 

Samiddinova Dilrabo Saydullo qizi , Yusupova Gulhayo Ziyodullo qizi , M.Mirzakarimova

88-93

2025-04-21

O`ZBEKISTONDA MADANIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada O‘zbekistonda madaniy turizmni rivojlantirish masalalari o‘rganiladi. Tadqiqotda madaniy turizmning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy ta'siri, shuningdek, madaniy merosni saqlash va unga bo‘lgan ehtiyoj tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, xalqaro tajribalar, ayniqsa, turizmni rivojlantirishda ilg‘or yondashuvlar va innovatsion metodlarning qo‘llanilishi o‘rganiladi. Tadqiqotda madaniy turizmni rivojlantirishda O‘zbekiston uchun mavjud imkoniyatlar va muammolar ko‘rsatilgan. Xalqaro tajribalar, shuningdek, mamlakatda turizm infratuzilmasini yaxshilash, madaniy obidalarni saqlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha takliflar berilgan. Maqola, O‘zbekistonning madaniy turizm sohasini rivojlantirish uchun samarali strategiyalarni ishlab chiqishda yordam beradi.

Nosirov Xusan Olim o`g`li, Yo`ldoshev Abdumalik Ilxomovich

94-100

2025-04-21

O'ZBEK TILIDA ILTIFOT VA MINNATDORCHILIKNING IFODALANISHI

Ushbu maqolada o'zbek tilida iltifot va minnatdorchilik ma'nosining qanday ifodalanishi haqida ma'lumot berilgan.O'zbek tilida iltifot, nafaqat, so'z yordamida,balki ma'lum bir holat,imo-ishoralar orqali ham ifodalanishi mumkinligi haqida to'xtalib o'tilgan.

Mahmudova Roziya

101-103

2025-04-21

XITOY TILIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNING 成语va惯用语 (chéngyǔ va guànyòngyǔ) O‘QITISH METODIKASIGA ZAMONAVIY YONDASHUV

Frazeologik birliklar turi bo‘lgan 'odatiy iboralar' (惯用语) atamasi tilshunoslikda nisbatan yaqinda – atigi bir necha o‘n yillar oldin paydo bo‘lishiga qaramay, so‘nggi davrda bu sohada sezilarli ilmiy yutuqlarga erishildi.

Berdiyev Umid Shoymurotovich

104-115

2025-04-22

O‘ZBEK TILIDA GENDER KATEGORIYASINING LINGVISTIK IFODALANISHI

Ushbu maqolada o‘zbek tilida gender kategoriyasining lingvistik ifodalanishi tahlil qilinadi. Asosan, til birliklarida jinsi anglatilgan shakllarning mavjudligi, erkak va ayol kishilarga nisbatan ishlatiladigan so‘zlar, grammatik vositalar va semantik yondashuvlar orqali genderning qanday ifodalanishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada turli olimlarning fikrlari asosida o‘zbek tilining gender neytralligi yoki gender farqlanishi muhokama qilinadi. Shuningdek, o‘zbek tili bilan boshqa tillardagi (masalan, rus, ingliz) gender ifodalari qiyosiy tahlil qilinadi.

Matsabirova Durdona Maksudjon qizi

116-118

2025-04-23

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA INTENSIV BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH

Maqola intensiv baliqchilik sohasidagi yangi texnologiyalar, ularni joriy etish va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ta’siri tahliliga bag‘ishlangan. Resurslar cheklangan va baliq mahsulotlariga talab ortib borayotgan sharoitda akvaponika va jarayonlarni avtomatlashtirish kabi zamonaviy usullarni joriy etish tarmoqning mahsuldorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Mintaqada baliqchilikning dolzarb muammolari, jumladan, zamonaviy texnologiyalar va moliyaviy resurslarning yetishmasligi, shuningdek, ishchi kuchining malakasini oshirish zarurati ko‘rib chiqilgan. Maqolada, shuningdek, ishlab chiqarishni ko‘paytirish va mahsulot sifatini yaxshilash kabi yangi texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalar zarurligi yoritilgan.

Atanazarov K.M., Dosekeyeva A.Yе.

119-122

2025-04-23

TIBBIY TA’LIMDA АMALIY KO‘NIKMALAR, VIRTUAL TAJRIBA VA AXLOQIY QARASHLAR

Mazkur ishda tibbiy ta’limda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, VIP texnologiyalari yordamida klinik tayyorgarlikni kuchaytirish va axloqiy savodxonlikni rivojlantirish metodikasi bayon etiladi. Yondashuv nazariya, amaliyot va axloqiy qadriyatlarni uyg‘unlashtirib, mas’uliyatli va raqamli texnologiyalarni egallagan shifokorlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Jamolov Anvar Kuchkorovich

123-125

2025-04-23

MAKTAB – KELAJAGIMIZ POYDEVORI

Ushbu maqolada maktabning shaxs tarbiyasidagi o‘rni, uning jamiyat hayotidagi beqiyos ahamiyati va kelajak avlodni shakllantirishdagi asosiy vazifalari yoritilgan. Maktab nafaqat bilim berish, balki insoniy qadriyatlarni singdirish, bolani jamiyatga tayyorlash maskani sifatida ko‘rib chiqiladi. Muallif maktabni kelajak poydevori sifatida talqin qilib, ta’lim tizimidagi islohotlar va zamonaviy yondashuvlar orqali uni yanada takomillashtirish zarurligini asoslaydi.

Hasanov Foziljon Alisher o`g`li, Turg`unboyev Abdulaziz Ulug`bekovich

126-129

2025-04-23

TARJIMANING GRAMMATIK MUAMMOLAR

Ushbu maqola tarjima jaroyinida Grammatik muammolarni va Grammatik qismlarni o’z ichiga oladi. Bu maqolada tarjima qilishdagi asosiy grammatik  qiyinchiliklarni va uning shakllarini bir qancha olimlarning ilmiy ishlariga tayangan holda ko’rib chiqamiz. Ushbu maqolada tarjima jarayonida kelishik qo'shimchalari, strukturalarning mos kelmasligi, sintaktik qismlar, tarjimonning roli va grammatik muammolarning  yechimlarini  ko’rib chiqamiz.

Sodiqova Dinora Faxriddin qizi

130-132

2025-04-23

AN ELABORATE THEORETICAL INQUIRY INTO THE FUNCTION AND SIGNIFICANCE OF DISCOURSE MARKERS WITHIN THE DOMAIN OF PRAGMATIC LINGUISTICS

This study presents a comprehensive theoretical investigation into the nature, function, and pragmatic significance of discourse markers in human communication. Positioned within the framework of pragmatic linguistics, the research explores how discourse markers facilitate coherence, manage conversational flow, and reflect speaker intentions in both spoken and written language. The analysis draws upon diverse linguistic theories to provide a nuanced understanding of discourse markers as essential tools for meaning negotiation and contextual interpretation in interaction.

Nasiba Berdiyorova, Nargiza Mavlonova

133-136

2025-04-23

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA MURAKKAB MASALA VA MASHQLAR YECHISH METODINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada murakkab masala mashqlarning nazariy asoslarini oʻrganish, o‘quvchilarning bilimi va koʻnikmalarini rivojlantirishdagi ahamyatini aniqlash, ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo o‘qitish jarayonidagi mavjud muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish hamda murakkkab masalalarni yechishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion usullardan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish asosiy maqsad hisoblanadi.

Sog‘inaliyeva Tursinoy Rahmonali qizi, Abdullayeva Yulduz Toshtemir qizi

137-141

2025-04-23

АKАDEMIK PRОKRАSTINАTSIYА: TАLАBА VА PEDАGОGLАR О‘RTАSIDА SОLISHTIRMА TАHLIL

Ushbu mаqоlа аkаdemik prоkrаstinаtsiyаning tаlаbа vа pedаgоglаr оrаsidаgi fаrqlаrini о‘rgаnishgа qаrаtilgаn. Mаqsаd prоkrаstinаtsiyаning tаlаbаlаrdа vа pedаgоglаrdа qаndаy nаmоyоn bо‘lishi, ulаrning о‘quv jаrаyоnigа tа'siri vа bu hоlаtgа bо‘lgаn yоndаshuvlаrni tаhlil qilishdir. Mаqоlаdа prоkrаstinаtsiyаning аsоsiy sаbаblаri sifаtidа vаqtni bоshqаrishdаgi qiyinchiliklаr, mоtivаtsiyа pаsаyishi vа stress оmillаri kо‘rib chiqilаdi. Tаlаbа vа pedаgоglаrning bu muаmmоni qаndаy qаbul qilishi vа ungа qаndаy munоsаbаtdа bо‘lishi sоlishtirilаdi. Shuningdek, mаqоlаdа prоkrаstinаtsiyаni yengish uchun pedаgоgik yоndаshuvlаr vа sаmаrаli strаtegiyаlаrni ishlаb chiqish, shuningdek, bu muаmmоni о‘qitish jаrаyоnidа qаndаy hаl qilish mumkinligi hаqidа tаvsiyаlаr berilаdi.

О‘rоzbоevа Gulshаnоy Ixtiyоr qizi

142-146

2025-04-23

QASHQADARYO VILOYATIDA TURIZM MARKETINGI: MAVJUD HOLAT VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida turizm marketingining hozirgi holati, mavjud muammolar va rivojlanish istiqbollari o‘rganilgan. Maqolada tahlil va tadqiqotlar asosida turizm marketingining samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan. Shu bilan birga, zamonaviy marketing vositalarining hududiy turizmga qo‘llanilishi tahlil qilingan va ilg‘or tajribalarga asoslangan yechimlar taklif etilgan.

Atavullayev Komronbek Shukrullo o’g’li, Yuldashev Abdumalik Ilxomovich

147-150

2025-04-24

UYQU CHAQIRUVCHI DORI PREPARATLARNING TASNIFI VA ULARNING FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada uyqu chaqiruvchi dori preparatlari haqida kengroq tasnif berilgan. Ularning sinflari haqida ma’lumotlar keltirilgan va zamonaviy tibbiyotda ulardan foydalanishning ilmiy asoslari keltrilgan. Uyqu chaqiruvchi dori preparatlaring farmakologik xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan bir qatorda uyqu chaqiruvchi dori preparatlarining doimiy qo’llanilishi natijasida inson organizmda sodir bo’ladigan mexanizmlari va salbiy oqibatlari haqida yoritilgan. Uyqu chaqiruvchi preparatlardan qanday foydalanish va bunday kuchli ta’sirga ega bo’lgan dori preparatlarining dorixona faoliaytidagi chakana savdosi qanday amalga oshirilishi bayon etilgan. O’zbekiston Respublikasi davlat reystridan o’tgan uyqu chaqiruvchi dorilar ro’yhati ko’rsatilgan. Shu qatorda bunday prepatlarni uy sharoitida qanday saqlanishi haqida ham maslahatlar ko’rsatib o’tilgan.

Kocherova Umida Anvarovna

151-154

2025-04-24

OTA-ONASI XORIJIY DAVLATLARGA KETGAN BOLALARNING PSIXOLOGIK HOLATI

ushbu maqolada ota-onasi xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketgan bolalarning psixologik holati tahlil qilinadi. Bolaning shaxsiy rivojlanishida ota-onaning o‘rni, ularning uzoqda bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan ruhiy muammolar, bu muammolarning sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maktab va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik yordamning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Maqola yosh avlodning sog‘lom psixikaga ega bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur bo‘lgan yondashuv va choralarni o‘z ichiga oladi.

Sodiqova Zumradxon Abdunabiyevna

155-157

2025-04-24

JIZZAX VILOYATIDA AHOLIGA TIBBIY YORDAM KO‘RSATUVCHI MUASSASALAR FAOLIYATI

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng aholi salomatligini muhofaza qilish sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi. Jumladan, Jizzax viloyatida ham Sog‘liqni saqlash tizimining asosiy tamoyili – profilaktik yo‘nalishi tiklandi; uning zamonaviy va samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etildi; onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tadbirlarini kuchaytirildi; tibbiy ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasini takomillashtirildi

Jurayev A.

158-160

2025-04-24