Ushbu maqolada xalqaro baholash dasturlari, xususan, PISA, TIMSS va PIRLS orqali o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Dasturlar ta’lim jarayonida real hayotiy topshiriqlar va kreativ yondashuvlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritish, muammolarni tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilganligi ko‘rsatilgan. O‘qituvchilarning roli, innovatsion metodlar va munozarali mashg‘ulotlarning ahamiyati yoritilgan.
2024-11-29