Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA TA’LIM BERISH JARAYONIDA MUSIQA TERAPIYADAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI

Ushbu maqolada musiqaning imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashdagi ahamiyati o‘rganilgan va quyidagi tahlillarga asoslanilgan: a) musiqa va imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasidagi bog‘liqlik; b) musiqiy terepiyaning maqsadi; c) imkoniyati cheklangan bolalarning biopsixologik va aqliy rivojlanishida musiqaning ta’siri; d) imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitishda musiqa va musiqiy asboblar chalishni o‘rganishning zaruriyati va boshqalar.

Syomkina Adiba Minggirovna

192-195

2022-10-19

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN TA’LIM RIVOJLANISHINING TARIXIY JIHATLARI

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni taʼlim jarayoniga jalb etish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun taʼlim rivojlanishining tarixiy jihati, inklyuzivlik tamoyillari va uning mazmun-mohiyati, yuqori tashkilotlarning bu boradagi fikrlari va mamlakatimizda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish chora-tadbirlari, qabul qilingan qonun xujjatlari haqida soʻz boradi.

Salimova Marjona Salomovna

117-122

2023-05-18

YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATNING MAZMUNI VA MOHIYAT

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mohiyati, mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar va ta’lim tizimidagi yangiliklar bayon qilinadi. Shuningdek, inkluziv ta’limning rivojlanishi hamda maxsus ta’lim muassasalarining roliga e’tibor qaratiladi.

Jumayeva Zohida Muhammadjonovna, Husanova Lobar Nurmuhammadovna, Bobonazarova Durdona Shuxratovna

97-98

2024-12-17

IMKONIYATI CHEKLANGAN O’QUVCHILARGA “KO’RSATKICHLI FUNKSIYA” MAVZUSINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O’QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan o’quvchilarga “ko’rsatkichli funksiya” mavzusini interfaol metodlar asosida o’qitish metodikasi haqida fikr yuritiladi.

Umarova Guljahon Erdanovna, Xalilxodjayeva Shaxnoza Gafurovna

315-318

2022-06-06

INCLUSIVE EDUCATION: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR TA’LIMI

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning ta'limga jalb qilinishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar, uslublar va texnologiyalar ko‘rsatilgan. Maqola, shuningdek, inkluziv ta'limni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayyorlash, pedagogik yondashuvlarni moslashtirish, maxsus texnologiyalar va yordamchi vositalardan foydalanish kabi jihatlarni ham muhokama qiladi. Bunda ta'limda texnologiyalarning roli, maxsus dasturlar va ilovalar yordamida o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashish muhimligi ta'kidlanadi. Maqola umumiy ta'lim tizimida imkoniyati cheklangan bolalar uchun o‘zgarishlarni amalga oshirish va inkluziv ta'limni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

Toshpo‘lotova Jasmina Nuriddin qizi, Ahmatov Rustam Ahmat o‘g‘li

36-39

2025-01-30

O’ZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv taʼlimni joriy etish, milliy qonunchilik va davlat siyosati doirasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, mamlakatdagi mavjud muammolar,  pedagog kadrlar tayyorlash, Maqola yakunida inklyuziv taʼlimni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot natijalari imkoniyati cheklangan bolalarning teng huquqli taʼlim olishlarini taʼminlashda amaliy ahamiyatga ega.

Do’rmanova Shoira Abdimalik qizi

94-101

2025-06-09

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA'LIMIY MARSHRUTINI TASHKIL ETISH BOSQICHLARI

Ushbu maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun qilinayotgan ishlar, inklyuziv ta'lim va bu ta'lim to'g'risidagi qabul qilingan qonun va bu borada bugungi kundagi muammo va kamchiliklar, imkoniyati cheklangan bolalarning ta'limiy marshrutini tashkil etish bosqichlari haqida so'z yuritilgan.

Xakimova Gulchehra Sayrixonovna, Ustamova Nodira Maxmaraimovna, Qodirova Aziza Nurillayevna

27-30

2025-06-14

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TAʼLIMNI SAMARALI TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

В качестве первого звена системы непрерывного образования в нашей стране определяются работа и приоритетные направления по дальнейшему совершенствованию системы дошкольного образования. Мы знаем, что сегодня делается упор на равные права в образовании семей с особыми потребностями и их детей-инвалидов, их социализации в обществе. В то время, когда сфера образования стремительно развивается, продвигается работа, направленная на интеграцию образования детей с особыми потребностями и инклюзивного образования. Семьи с особыми потребностями, дети с ограниченными возможностями и эффективная реализация инклюзивного образования в обществе, недаром первое звено непрерывного образования начинается с дошкольного образования. В дошкольных образовательных организациях продвигаются вопросы приема детей с особыми потребностями и ограниченными возможностями, оздоровления и обучения их наравне со здоровыми детьми.

D Nazarmatova , L Kosimova

1074-1077

2025-01-07

IMKONIYATI CHEKLANGAN O’QUVCHILARNING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA PEDAGOG VA OTA-ONA HAMKORLIGI

Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda pedagog va ota-ona hamkorligining ahamiyati yoritiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar o‘quv jarayonida ko‘proq e’tibor va maxsus yondashuvni talab qilganligi sababli, ularning ta’lim-tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun pedagog va ota-ona o‘rtasida o‘zaro ishonchli hamkorlikni shakllantirish muhimdir. Ushbu hamkorlik o‘quvchining individual ehtiyojlarini aniqlash, moslashtirilgan ta’lim rejalarini ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llashda hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada ota-ona va pedagog o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashning nazariy asoslari va amaliy yo‘nalishlari tahlil qilinadi.

Usmonova Moxiraxon Maxammadjon qizi

103-108

2025-06-10

IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLARDAGI NOMUKAMMALLIK TUYGʻUSI VA SHAXS XUSUSIYATLARI TAHLILI

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan insonlardagi nomukammallik tuygʻusi, ular duch keladigan turli ruhiy muammolar, yuz berishi mumkin boʻlgan suitsidal xulq-atvor tahliliga bagʻishlangan tadqiqot natijalari va imkoniyatlari cheklangan shaxslarda oʻtkazilgan shaxs xususiyatlari aniqlash savolnomasi tahlili yoritilgan.

Marjona Salomovna Salimova

345-351

2022-03-09

IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLARNING JAMIYATDAGI O‘RNI VA HUQUQLARI

Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan ya’ni imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatdagi o‘rni va jamiyatda shaxs sifatida ko‘rilishi kerakligi , shuningdek, ularga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida bayon etilgan.

Boykulova Diyora Rashid qizi

60-64

2024-05-27

IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘QUVCHILARNI O‘QITISHDA MULTIMEDIYA VOSITALARDAN SAMARALI FOYDALANISH METODIKASI (“TEXNOLOGIYA” FANI MISOLIDA)

Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni o‘qitishda multimediya vositalaridan foydalanishning samarali usullari tahlil qilinadi. “Texnologiya” fanida qo‘llash imkoniyatlari, amaliy misollar, jadval va grafiklar asosida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqiladi.

Ibragimova Durdona Raxmatdjanovna

10-12

2025-10-06

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA PSIXOLOGIK YORDAM BERISHDA NOMODDIY MADANIY MEROSDAN FOYDALANISH

Ushbu maqola kichik maktab yoshidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun nomoddiy madaniy merosdan foydalanishning psixologik yordamdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan boʻlib, unda nomoddiy madaniy meros elementlari (musiqa, ertaklar, raqslar) bolalarning ruhiy barqarorligi va ijtimoiy faolligini rivojlantirishda qanday rol o‘ynashi haqida yozilgan.

Abdullayeva Xilola Urazaliyevna

57-61

2025-01-22

YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORAYOTGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT MAZMUNI VA MOHIYATI

Ushbu maqolada Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib borilayotgan ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni va mohiyati ularning toʻlaqonli hayot kechirishiga, jamiyatga integratsiyasiga va shaxs sifatida rivojlanishiga qaratilgan. Ushbu faoliyatning samaradorligini oshirish uchun doimiy ravishda takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni qoʻllash va barcha darajadagi manfaatdor tomonlarning faol ishtiroki zarurligi yoritilgan.

Zaripova Barchinoy Abdumajit qizi, Xolmurzayeva zuxra Umidjon qizi

139-143

2024-12-19

O'ZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA'LIM

Ushbu maqolada O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim tizimining hozirgi holati, mavjud imkoniyatlar va duch kelinayotgan muammolar tahlil qilinadi. Ta’limda inklyuziya konsepsiyasining rivojlanishi, davlat tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, maktablar va o‘qituvchilar faoliyati ko‘rib chiqiladi.

Eshmuratova Dildor, Omonova Ruhshona

139-140

2025-06-10

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI SAMARALI INKLYUZIV TAʼLIM OLISHNING ASOSIY SHARTLARI

Ushbu tezisda imkoniyati cheklangan bolalar uchun samarali inklyuziv ta'limni tashkil etishning asosiy shartlari tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim – bu barcha bolalarga, jumladan, maxsus ehtiyojlarga ega bo‘lgan bolalarga ham, umumiy ta'lim tizimida teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ta'lim yondashuvidir. Samarali inklyuziv ta'limni ta'minlash uchun bir qator pedagogik, ijtimoiy va tashkiliy shartlar mavjud. Tezisda bu shartlar o'qituvchining malakasi, ta'lim resurslari, o'quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashuvchan yondashuvlar va inklyuziv maktab muhiti yaratishni o'z ichiga oladi. Shuningdek, inklyuziv ta'limni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun davlat siyosati, jamiyatdagi ijtimoiy me'yorlar va ota-onalarning faol ishtiroki haqida ham muhokama qilinadi.

Avazova Marg’iyona

97-99

2025-04-09

IMKONIYATI CHEKLANGAN KASB-HUNAR MAKTABI TALABALARDA AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan kasb hunar maktabi talabalarni axborot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirishga doir muhim ma’lumotlar berilgan. Axborot vositalari, jumladan televidenie, radio, gazeta va internetning o‘quvchi yoshlar ongiga ta’siri, ularning mazmuni, turli g‘oyalar va qarashlar, yoshlar ongida milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan yot g‘oyalarni paydo qilishga sabab bo‘lmoqda, shu sababdan, axborot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish zamon talabidir.

Eminov B.A.

117-120

2024-11-08

UMUMTA’LIM MAKLATBLARIDA INKLYUZIV TA’LIMNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limning pedagogik asoslari, uning maqsadi, tamoyillari va metodologik yondashuvlari yoritilgan. Inklyuziv ta’limning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarning ahamiyati va ularni ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiyalashuv mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish, o‘quv jarayonini individual yondashuvlar asosida tashkil etishning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Maqola inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga olgan.

Inoyatova Nargiza Nishonboyevna

33-36

2025-01-21

MAXSUS TA'LIM SHAROITLARI NOGIRON O’QUVCHILARNI MUVAFFAQIYATLI KASBIY TAYYORLASH UCHUN ASOS SIFATIDA

Ushbu maqolada maxsus ta'lim sharoitlari nogiron o’quvchilarni muvaffaqiyatli kasbiy tayyorlash uchun asos sifatida ekanligi haqida fikr
yuritiladi.

Kengashev G'ayrat Mardiyevich, Sobirjonov G'ani Maxmudovich

322-326

2022-06-06

IMKONIYATI CHEKLANGAN FOYDALANUVCHILAR (KO‘ZI OJIZLAR) GA XIZMAT KO‘RSATADIGAN KUTUBXONALAR

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun  faoliyat yuritayotgan kutubxonalar tarixi, faoliyati xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Мaqolada keltirilgan maxsus kutubxonalar fondini Brayil shreftidagi kitoblar va audiyo resurslar bilan boyitib turiladi. Bunday kutubxonalarni avtomatlashtirish yanada samarali bo‘lishi ko’rsatib o‘tilgan.

Sultanova Zuxra , Atavullayeva Gulzoda

76-78

2024-05-28

IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘QUVCHILARGA GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqola geografiya fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini va bolalarning atrofdagi dunyoni idrok etish xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq asosiy muammolarni ko‘rib chiqadi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun geografiya darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanishning uslubiy usullari tahlil qilinadi, didaktik material bilan ishlash tajribasi bayon qilinadi.

Shadiyeva Nigora Sharipovna, Erkinov Ramziddin Tulqin o‘g‘li, Xodjaniyazova Shoxsanam Ergash qizi

233-236

2024-06-19

PARAOLIMPIYA SPORT MUSOBAQALARIDA ERISHILGAN NATIJALAR TARIXI

Ushbu maqolada Paraolimpiya sport musobaqalarida erishilgan natijalar tarixi tahlil qilinadi. Maqola Paraolimpiya harakatining paydo bo'lishidan to hozirgi kungacha bo'lgan davrdagi eng muhim yutuqlar va voqealarni o‘rganadi. Paralimpiyachilar tomonidan qo‘lga kiritilgan tarixiy natijalar nafaqat sport, balki ijtimoiy hayotda ham inqilobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lganligi tahlil qilinadi. Ushbu natijalar orqali imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatda teng huquqli o‘rin egallashi va sport orqali o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga bo‘lgan ijtimoiy munosabat o‘zgarishiga diqqat qaratiladi. Shuningdek, maqolada Paraolimpiya harakatining global miqyosdagi rivojlanishi va kelajak istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Aziz Normo’minov

76-78

2024-09-19

YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT MAZMUN VA MOHIYATI

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ta’limiy-tarbiya ishlarini olib borish, ular rivojlanishida hayotiy maromni ta’minlovchi to‘g‘ri, jismoniy va aqliy-ruhiy o‘sishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratuvchi tartib, maqsadga muvofiq odatlarni shakllantirish haqidagi fikr mulohazalar bayon qilingan.

Z.Jummayeva, Salomova Umida, Joʻrayeva Komila Nomoz qizi

27-30

2024-12-20

INKLYUZIV TA‟LIMNI AMALIYOTGA JORIY QILISHNISHI - YUTUQ VA MUAMMOLARI

Maqolada inklyuziv ta‟limni amaliyotga joriy qilinishi, imkoniyati cheklangan bolalarning ta‟lim olishiga qaratilgan e’tibor, maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o'qitish borasida davlatimiz tomonidan chiqarilgan qarorlar va amalga oshirilgan yutuqlar bilan birga ayrim hal etilishi kerak bo’lgan muammolar haqida fikrlar bildirilgan.

Maxmudov Jasur Yusupovich

107-109

2024-11-08

ESHITISHDA NUQSONI BOR BO’LGAN BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING SAMARALI USULLARI

Maqola orqali zamonaviy tendensiyalar imkoniyati cheklangan bolalar uchun yuqori samaradorlikka ega maktablarni talab qiladi. Bugungi yurtimizdagi yangilangan o'quv dasturlari qabul qilingan va shu bilan bir qatorda O’zbekiston maxsus ta'limga yuqori talablar qo'yadi. Ushbu maqola orqali imkoniyati cheklangan umumiy va o’rta ta’lim maktablar uchun mo'ljallangan ta'lim modelini taklif qiladi. Kar va zaif eshituvchi bolalar va ta'lim jarayonining samaradorligi va sifatiga qaratilgan ta'lim mazmunini yangilash. Ta'lim modelining tuzilishi berilgan, uning asosiy mazmuni ko'rib chiqiladi. Ushbu yondashuvda axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirish stsenariylari. Sharoitlarni tahlil qilish yurtimizning zamonaviy ta'lim tizimida muvaffaqiyatli qo'llanilishi uchun zarur.

Zebo Davlatovna Hasanova , Inoyatova Dilnora Ilhomovna

71-75

2023-06-19

1 - 25 из 60 результатов 1 2 3 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy