Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-10-21

STAFILOKOKK BILAN OZIQ-OVQATDAN ZAHARLANISH

Ushbu maqolada Staphylococcus aureus bakteriyasi tomonidan chaqiriladigan oziq-ovqat orqali yuzaga keladigan zaharlanish holatlari tahlil qilinadi. Stafilokokk toksinlarining xususiyatlari, ularning oziq-ovqat mahsulotlarida shakllanishi va inson organizmiga salbiy ta’siri batafsil yoritilgan. Shuningdek, kasallikning klinik belgilari, tarqalish yo‘llari, asosiy xavf omillari va diagnostikasi ko‘rib chiqilgan. Oziq-ovqatni tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etmaslik stafilokokk bilan zaharlanish xavfini oshirishi ta’kidlanadi. Maqola stafilokokk infektsiyalarining oldini olish va nazorat qilish choralari haqida ham muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Shodiyev Samandar Rajab og’li, Xolmurodov Bahodir Bahrom o‘g’li

4-7

2025-10-20

AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA EVOLYUTSIYASI

Axborot xavfsizligi tushunchasining mohiyati va evolyutsiyasi ijtimoiy-falsafiy kontekstda tahlil etilganda, u insoniyat taraqqiyotining chuqur strukturalarini, jamiyatdagi bilim, nazorat va ishonch munosabatlarini yorituvchi murakkab ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tushuncha zamonaviy davrda texnologik taraqqiyot vositasida kengayib borayotgan raqamli makon bilan bog‘liq bo‘lsa-da, uning ildizlari ijtimoiy ong, ijtimoiy tizimlar va ijtimoiy muvozanat mezonlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shunday ekan, axborot xavfsizligi faqat texnik vositalar majmui emas, balki jamiyatning ongli o‘zini saqlash mexanizmlarining murakkab falsafiy ifodasidir.

Kadirova Durdona Rustamovna

8-9

2025-10-21

ҚЎРИҚЛАШ ШАРТНОМАСИНИНГ ВАЗИФАЛАРИ

Мазкур мақола мавзусининг долзарблиги охирги йилларда қўриқлаш фаолиятининг жадал ривожланиши ҳамда унинг жисмоний ва юридик шахсларнинг шахсий ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилишга кўрсатаётган таъсир даражаси ошиб бораётгани билан изоҳланади. Қонуний моҳиятига кўра, қўриқлаш фаолияти бозор муносабатлари иштирокчилари – тижорат асосида хизмат кўрсатиш ваколатига эга бўлган қўриқлаш субъектлари томонидан шартнома асосида ҳақ эвазига кўрсатиладиган махсус хизматлар мажмуасини англатади. Шу боис, ушбу фаолиятни такомиллаштириш нафақат хусусий мулкни муҳофаза қилиш соҳасидаги миллий давлат сиёсатининг амалий механизмини мустаҳкамлайди, балки “ташаббускор тадбиркорлик табақаси”нинг мамлакат ижтимоий-иқтисодий ҳаётидаги фаол иштирокини таъминлашга хизмат қилади.

Қўлдашев Искандарбек Хасанович

10-14

2025-10-21

UMUMTALIM MAKTABLARINING BOSHLAGʻINCH SINFLARIDA OʻQUVCHILARNI MUSIQA SAN’ATIGA QIZIQTIRISH OMILLARI

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarini musiqa toʻgaraklari faoliyatini rivojlantirish hamda ularni cholgʻu ijrochiligiga oʻrgatishning ilmiy-pedagogik asoslari tahlil qilingan. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili asosida musiqa ta’limi metodikasi, milliy musiqiy merosni oʻrgatish, zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash va ijrochilik mahoratini rivojlantirish kabi asosiy yoʻnalishlar aniqlangan. Maqolada oʻzbek xalq musiqasi va cholgʻularining ta’lim jarayonidagi ahamiyati, cholgʻu ijrochiligini yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash vositasi sifatida qoʻllash masalalari yoritilgan.

Xayrullayeva Gulruh Zavqiddin qizi

15-18

2025-10-21

ONA TILIM-MILLAT G'URURI

Ushbu maqolada ona tilining millat hayotidagi o'rni, uning manaviy qadri va ahamiyati haqida so'z yuritiladi.Maqolada o'zbek tilining tarixiy ildizlari,buyuk adiblarimizning tilni rivojlntirishdagi xizmatlari hamda bugungi kunda davlat tili sifatidagi mavqei haqida tahlil qilinadi,shuningdek o'sib kelayotgan yosh avlodning ona tilini asrash va boyitishdagi mas'uliyati yoritiladi

Norboyeva Yulduz

19-20

2025-10-21

QORAQALPOQ MAKTABLARINING 10–11-SINFLARIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHNING BILINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablarining yuqori sinflarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan fonetik, grammatik va leksik interferensiya holatlari bilingv muhit kontekstida tahlil qilinadi. O‘quvchilarning qoraqalpoq, o‘zbek va rus tillarida erkin so‘zlashuvi, ularning ingliz tilini o‘zlashtirishiga xos xatolarga sabab bo‘layotgani aniqlanadi. Muammoni hal etish uchun kontrastiv tahlil, fonetik treninglar, madaniy kontekstda yondashuv va kommunikativ metodlardan foydalanish taklif qilinadi.

Bekbosinova Dilfuza Kuralbayevna

21-23

2025-10-21

RAQOBAT STRATEGIYALARINI TANLASHDA INNOVATSION YONDASHUVLARNING O‘RNI

So‘nggi o‘n yilliklarda global iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi biznes modellarini tubdan o‘zgartirdi. Raqobat strategiyalarini belgilashda korxonalar endi nafaqat xarajatlarni kamaytirish yoki mahsulotni differensiallash strategiyalariga tayanyapti, balki innovatsion yondashuvni asosiy omil sifatida tanlamoqda. O‘zbekistonda ham ushbu tendensiya yaqqol sezilmoqda. 2025-yilda mamlakat Global Innovation Indexda 79-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyoda yetakchilikni qo‘lga kiritdi (World Intellectual Property Organization, 2025). Bu yutuq davlatning innovatsion siyosati, startap infratuzilmasi va IT-parklar faoliyati samaradorligini ko‘rsatadi.

Abdullayeva Komolaxon

24-25

2025-10-22

OQIMLI MA‘LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHDA ANOMALIYALARNI ANIQLASH UCHUN ADAPTIVE THRESHOLD MEXANIZMINI ISHLATISH

Zamonaviy dunyoda moliya, IoT va kiberxavfsizlik sohalarida real vaqt rejimida hosil bo‘layotgan ma’lumot oqimlarining hajmi keskin ortib bormoqda. Bu esa oqimdagi anomal (noan’anaviy) hodisalarni tezkor aniqlash zaruratini kuchaytirmoqda. Mazkur tadqiqotda real-time anomaly detection tizimlari uchun adaptiv threshold mexanizmi taklif etiladi. Tizim oqimdagi ma’lumotlarning statistik xususiyatlarini doimiy ravishda tahlil qilib, o‘z chegaraviy qiymatlarini avtomatik tarzda yangilab boradi. Model sliding window, Z-score, va EWMA (Exponentially Weighted Moving Average) yondashuvlariga asoslangan.

Hotamov F.N.

26-28

2025-10-22

O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA DAVLAT ISHTIROKINI QISQARTIRISH VA XUSUSIY SEKTORNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida davlat ishtirokini qisqartirish jarayonlari va xususiy sektorni rivojlantirish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda tizimli, qiyosiy va statistik tahlil usullari qo‘llanilib, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarning natijalari hamda ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xususiylashtirish siyosati iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, raqobatni kuchaytirish va investitsion muhitni yaxshilashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ayrim tarmoqlarda davlat ulushi saqlanib qolayotgani va byurokratik to‘siqlar mavjudligi jarayonning to‘liq natijadorligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, huquqiy muhitni takomillashtirish va davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Bekbutayev Nodirjon Fayzullayevich

29-30

2025-10-22

TUG‘MA YUQORI LAB VA TANGLAY YORIQLARI BILAN TUG‘ILGAN BOLALARDA BURUN BO‘SHLIG‘I TUZILISHINING O‘ZIGA XOSLIGI

So‘nggi yillarda mikroendoskopik texnologiyalarning jadal rivojlanishi otorinolaringologiya sohasida yangi tadqiqot yo‘nalishlarini ochib berdi. Endoskopik metodlar burun, halqum va hiqildoqning anatomik-topografik hamda funktsional holatini baholashda keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, tug‘ma yuqori lab va tanglay yoriqlari bilan tug‘ilgan bemorlarda burun bo‘shlig‘ining shakli va funksiyasini tiklash jarayonida endoskopik kuzatuv muhim ahamiyat kasb etadi.

Raximova M.G’.

31-32

2025-10-22

BOLALARDA YURAK-QON TOMIR TIZIMI BUZILISHLARI: TUG‘MA YURAK NUQSONLARI VA ULARNING ERTA ANIQLANISHI

Tug‘ma yurak nuqsonlari (TYN) bolalar yurak-qon tomir tizimi kasalliklari orasida eng keng tarqalgan patologiyalardan biridir. Ular embrional rivojlanishning erta bosqichlarida, yurak naychasi shakllanayotgan davrda yuzaga keladi. Bu jarayon 3–8-haftalar oralig‘ida sodir bo‘lib, yurakning bo‘lmachalari, qorinchalari va klapanlari hosil bo‘lish bosqichida hatto eng kichik genetik yoki ekologik ta’sir natijasida morfologik anomaliyalar paydo bo‘lishi mumkin. TYNlar etiologik jihatdan genetik, ekzogen va aralash turlarga bo‘linadi. Genetik shakllar ko‘pincha xromosomal sindromlar bilan bog‘liq bo‘lib, masalan, Daun sindromida (21-trisomiya) bolalarning yarmida bo‘lmachalararo yoki qorinchalararo devor defekti aniqlanadi. Tyorner sindromi aorta koarktatsiyasi bilan, Di Jorj sindromi (22q11 delesiyasi) esa Fallo tetradasi yoki truncus arteriosus bilan namoyon bo‘ladi. Bu holatlar irsiy omillar yurak morfogenezida qanchalik muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

Boymatova Nargiza Panji qizi

33-35

2025-10-22

OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI (OKMK)DA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA ORQALI IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH

Ushbu tezisda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) misolida korxona faoliyatiga ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlarini joriy etishning iqtisodiy samaradorlik, xarajatlarni optimallashtirish va ishlab chiqarish unumdorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot sanoat korxonalarida moliyaviy va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish zarurligini, bu esa tahlil aniqligini oshirish, real vaqt rejimida ma’lumotlardan foydalanish va strategik qarorlar sifatini yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Ishlab chiqarish, moliya, xarid va texnik xizmat modullarini yagona tizimda integratsiya qilish natijasida operatsion xarajatlar kamayadi, moliyaviy shaffoflik ortadi va barqaror rentabellik ta’minlanadi. Shuningdek, tadqiqotda tog‘-kon sanoatida raqamli transformatsiyaning xalqaro tajribasi o‘rganilib, OKMK uchun ERP tizimlarini samarali joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Azizov Abdulla Abdisalamovich

36-39

2025-10-22

TO‘QAY O‘RMONLARIDA TARQALGAN BUTALARNING TABIIY TIKLANISH DINAMIKASI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Mazkur tezisda O‘zbekistonning to‘qay o‘rmonlarida tarqalgan buta turlarining tabiiy tiklanish jarayonlari, ularning ekologik omillarga moslashuv darajasi va antropogen ta’sirlarga nisbatan barqarorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, to‘qay ekotizimlarida butalarning tabiiy tiklanish sur’ati tuproq namligi, suv rejimi, iqlim sharoiti hamda antropogen yuklama darajasi bilan bevosita bog‘liq. Ayrim turlar, xususan, zirk (Berberis vulgaris), do‘lona (Crataegus monogyna), yantoq (Alhagi pseudalhagi), namatak (Rosa canina) va maymunjon (Rubus fruticosus L.) tabiiy yangilanishda ustun rol o‘ynaydi.

Xalilova Kamola Abdulxadi qizi

40-42

2025-10-22

BADDIY TARJIMADAGI MODALLIK BELGILARINING KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK POTENTSIALI

Mazkur maqolada badiiy tarjimada modallik kategoriyasining kommunikativ va pragmatik jihatlari tahlil qilinadi. Modallik vositalari muallifning munosabati, estetik niyati va qahramonlarning ichki holatini ifodalashda muhim kommunikativ vazifani bajaradi. Tadqiqotda ingliz va o‘zbek (yoki qoraqalpoq) adabiyotidan misollar asosida modallik belgilarining tarjimada berilish usullari, semantik o‘zgarishlar hamda pragmatik moslashuv turlari ko‘rib chiqiladi.

Jumamuratova Ramiza Adilmuratovna, Seytjanova Zamira

43-44

2025-10-22

“AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA”

Ushbu tadqiqotda aholining ijtimoiy himoya tizimi va uning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni chuqur tahlil qilingan. Aholini ijtimoiy himoya qilish — bu jamiyatdagi ijtimoiy tenglikni saqlash, kambag‘allikni kamaytirish, inson kapitalini rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimi, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarining natijalari tahlil etilib, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri baholangan.

Almardonova Feruza Fazliddinovna

45-48

2025-10-22

BREND KAPITALI VA RAQAMLI MARKETING O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK: NAZARIY MODEL

Brend kapitali — marketologiya sohasidagi koʻp oʻlchovli tushuncha boʻlib, iste’molchi xulq‑atvorini belgilovchi muhim omildir. Raqamli brend mazmunini ulashish — algoritmik tarzda tarqatishga asoslangan yangi turdagi jalb etishga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sir bo‘lib, raqamli marketing ekotizimlarining muhim ustunlaridan biridir. Ushbu maqolada biz onlayn iste’molchilar qaror qabul qilish xulq‑atvorini hisobga olgan holda brend kapitali translyatsiya resurslarining nazariy modelini taklif qilamiz. Buning uchun, brend kapitalining oʻlchovlari bilan raqamli marketing metriklari, iste’molchi ishtiroki va platformaga xos imkoniyatlar oʻrtasidagi aloqani tavsiflash uchun AHP‑regressiya gibrid modeli qo‘llaniladi (bir xil turdagi raqamli kampaniya sharoitida). Tahlil marketing analitikasi doirasiga joylashtirilgan holda — ham brendni dinamik nomoddiy aktiv sifatida, ham foydalanuvchining idrok etishi nuqtai nazaridan — tadqiqot ijtimoiy platformalarda algoritmik muhit ichida brend qiymat yaratish jarayonining konvergensiyasini empirik jihatdan sinovdan oʻtkazadi. Eksperimental bosqichda, bir xil maqsadli auditoriya uchun ikkita turdagi brend kampaniyalari amalga oshirildi; so‘ngra коммуникация kanallari oʻtkazilgach regressiyaga asoslangan solishtirma tahlil qilindi va ikkita mahsulot kategoriyasi uchun, bir xil brend identifikatsiyasi sharoitida, ikki bosqichli ierarxik baholash oʻtkazildi. Bizning natijalarimiz ma’lum jalb etish chegaralarida brend kapitalining qabul qilingan qiymati ham brendni eslab qolishda, ham sadoqat metrikalarida sezilarli rol o‘ynashini koʻrsatadi. Bundan tashqari, natijalarimiz shuni taklif qiladi‑ki, mazmun yetkazib berishning uzluksizligi va intensivligi vaqt oʻtishi bilan brend kapitali o‘sishi bilan ijobiy bogʻliq. Xususan, model empirik tarzda quyidagilar jihatdan tasdiqlandi: ma’lumotga asoslangan shaxsiylashtirishni amalga oshirish zarurati, raqamli ekotizim va uning subkanallarida brend performansini oʻlchash uchun yuqori standartlar. Mazkur tadqiqot shuni koʻrsatdiki, yigʻma statistiklardan brend qiymati diffuziya naqshlarini platformalararo muhitda va raqamli kampaniyalarning algoritmik shakllangan idrok etilishi bilan bogʻliq foydalanuvchi traektoriyalari bilan taqqoslash uchun foydalanish mumkin.

Zufarov Akmal Gulamiddinovich

49-60

2025-10-22

KARYER BORTLARINING TURG‘UNLIK HOLATINI BAHOLASHDA ZAMONAVIY FOTOGRAFIK TASVIRLASH QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA ULARNING O‘RNI

Ushbu maqolada ochiq konlardagi bortlarning geomexanik holatini nazorat qilishda keng qo‘llanilayotgan ilg‘or qurilmalardan - lazerli skanerlash, radar monitoringi va fotogrammetriya (xususan, SiroVision tizimi) usullarining texnik imkoniyatlari hamda ularning cheklovlari tahlil qilinadi. Har bir qurilmaning aniqlik darajasi, qo‘llash shartlari va sharoitlari, real vaqt rejimida ishlash imkoniyati va iqtisodiy samaradorligi kabi omillar ko‘rib chiqilgan. Ushbu qurilmalar yordamida karyer bortlarini turg‘unligini baholash orqali kon ishlarini xavfsiz va bexatar olib borish tavsiyalari berilgan.

J.H. Abdumalikov, J.M.Bekpo‘latov, V.R. Kadirov, Z.Y.Ravshanov

61-64

2025-10-22

AQCHAKO‘L SOHILBO’YI BARQAROR TURIZMNI RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI DOIRASIDA LANDSHAFT-REJALASHTIRISH YECHIMLARI

Mazkur tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani “Sharq yulduzi” OFY hududida joylashgan 127 gektarlik “Aqchako‘l” maskanini ekologik barqaror, raqamli va investitsion turizm markaziga aylantirish orqali hududning tabiiy, madaniy va iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.

Ro’zmetova Gulnoza Ulug’bek qizi

65-68

2025-10-22

GENDER TILSHUNOSLIGINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Maqolada gender tilshunosligining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Unda til va jins o‘rtasidagi bog‘liqlikning tarixiy ildizlari, feminizm harakatining ilmiy ta’siri tahlil qilingan. Bir qator tilshunoslar tadqiqotlari asosida gender lingvistikasining uch bosqichi izchil bayon etilgan. Shuningdek, R.Lakoff, S.de Bovuar va M.Fuko kabi olimlarning qarashlari orqali tilshunoslikda gender masalalari mustaqil yo‘nalish sifatida shakllangani ko‘rsatib o‘tilgan.

Artikova Dildora Egamberganovna

69-72

2025-10-22

THE IMPACT OF INCORPORATING TECHNOLOGY AND INNOVATION IN ENGLISH LANGUAGE INSTRUCTION ON STUDENT ENGAGEMENT AND LEARNING EFFICIENCY

This article examines the impact of integrating technology and innovation into English language instruction on student engagement and learning efficiency. Drawing upon recent studies and real-world applications, it highlights how digital tools, AI, and interactive platforms are transforming traditional pedagogical approaches. The findings underscore the positive effects of technology on student motivation, participation, and academic performance, while also addressing challenges such as equity and teacher readiness.

Shakhnoza G'ayirova

73-75

2025-10-22

TEACHING MODULE FOR TRANSFORMATIVE LEARNING

This article explores the design and implementation of a transformative learning teaching module aimed at fostering deep, reflective, and critical thinking among students. Drawing upon Mezirow's transformative learning theory and contemporary pedagogical practices, the module integrates experiential learning, critical reflection, and collaborative inquiry to facilitate perspective transformation. The paper discusses the theoretical foundations, practical applications, and outcomes of the module, providing insights into its effectiveness in promoting transformative learning experiences.

Shakhnoza G'ayirova

76-78

2025-10-22

СРАВНИТЕЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ОСТЕОПЛАСТИЧЕСКИХ МАТЕРИАЛОВ ПРИ ДЕНТАЛЬНОЙ ИМПЛАНТАЦИИ

Современная дентальная имплантология базируется на принципах функциональной и морфологической интеграции имплантата с костной тканью, что напрямую зависит от качества и объёма костного субстрата. Атрофия альвеолярного гребня, возникающая в результате потери зубов, травм или хронических воспалительных процессов, остаётся одной из наиболее значимых клинических проблем. В этих условиях особую роль играет использование остеопластических материалов, обеспечивающих восстановление костного массива и формирование оптимальных условий для остеоинтеграции. За последние годы в европейской научной среде наблюдается сдвиг парадигмы от применения традиционных аутогенных трансплантатов к инновационным синтетическим и биогибридным материалам, сочетающим остеокондуктивные, остеоиндуктивные и остеогенетические свойства. Такие материалы формируют биомиметическую микросреду, имитирующую естественную костную ткань, способствуют клеточной пролиферации и ангиогенезу, а также демонстрируют высокую степень биосовместимости и прогнозируемую резорбцию.

Абдунабиев Абдувохид Абдувахоб угли, Маннонов Жавлон Жамолиддинович

79-80

2025-10-22

DARS BERISH JARAYONIDA HAR XIL METODLARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada dars berish jarayonida turli pedagogik metodlardan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik jarayonlarda faqat bir metodga tayangan holda dars o‘tish o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va qiziqishlarini to‘liq rivojlantira olmaydi. Shu sababli, o‘qituvchilar turli metodlarni uyg‘unlashtirib qo‘llashlari lozim. Maqolada an’anaviy va innovatsion metodlar, interfaol dars metodlari, hamda texnologik vositalar yordamida o‘quv faoliyatini boyitish usullari tahlil qilinadi.

Sharapova Feruza Matqurbonovna

81-82

2025-10-22

ЦИФРОВИЗАЦИЯ МЕСТНОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ КАК ФАКТОР ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЗАКОННОСТИ: ОПЫТ УЗБЕКИСТАНА, СНГ И ЕС

В статье рассматривается цифровизация местного государственного управления как ключевой фактор обеспечения законности. Анализируется законодательная и институциональная база цифровизации в Узбекистане, включая Закон об электронном правительстве и стратегию «Цифровой Узбекистан – 2030». Показано, как развитие порталов государственных услуг, принцип «единое окно» и внедрение цифровых идентификаторов повышают прозрачность и эффективность работы органов власти. В сравнительном контексте освещаются достижения и проблемы стран СНГ (Казахстан, Россия, Молдова) и ЕС, включая нормативные акты, стратегические программы и инициативы по поддержке цифрового перехода. Анализируются риски цифровизации – цифровое неравенство, угрозы кибербезопасности, нарушение конфиденциальности, правовые пробелы – и предлагаются рекомендации по совершенствованию нормативно‑правовой базы, внедрению современных технологий и развитию человеческого капитала. Выводы подчеркивают, что цифровизация при условии соблюдения принципов открытости, инклюзивности и безопасности может стать мощным инструментом укрепления законности и доверия к государству.

Бекполатов Бозатау Отепбергенович

83-87

2025-10-22

ИНСТИТУЦИОНАЛЬНЫЕ РЕФОРМЫ МЕСТНОЙ ВЛАСТИ КАК ГАРАНТИЯ ЗАКОННОСТИ

Представленный тезис освещает конституционные и законодательные новации, инициированные в Республике Узбекистан в 2023–2024 годах, цель которых – трансформация системы местного управления для укрепления законности на местах. В работе анализируются ключевые изменения: разделение должностей хокима и председателя Кенгаша, установление ограничений сроков полномочий, перераспределение полномочий между исполнительной и представительной ветвями власти, а также внедрение механизмов электронного учета нормативных актов. Проведён сравнительный обзор практик стран СНГ (Казахстан, Кыргызстан, Россия) и государств Европейского союза (Франция, Польша, Финляндия) в части обеспечения законности в деятельности местных органов. Автор показывает, что узбекистанские реформы, направленные на институциональное разделение функций, усиление прозрачности и ответственности, соответствуют международным стандартам доброго управления. Научная новизна заключена в межсистемном сравнении национального опыта с зарубежными моделями, что позволяет выявить универсальные механизмы гарантирования законности на муниципальном уровне.

Бекполатов Бозатау Отепбергенович

88-92

2025-10-22

КАЛЬЦИЙ ХЛОРАТИНИ ОЛИШНИНГ ФИЗИК-КИМЁВИЙ УСУЛЛАРИ

“Навоийазот” АЖнинг каустик сода цехи 2003 йилда ишга туширилган бўлиб, йилига 26 минг тонна каустик сода ишлаб чиқариш қувватига эга. Ушбу жараёнда иккиламчи маҳсулотлар сифатида 23 минг тонна хлор ва 6,7 минг тонна натрий гипохлорити ҳосил бўлади. Бироқ, бу маҳсулотлар тўлиқ ишлатилмайди, бу эса корхонанинг иқтисодий самарадорлигига ва маҳсулот таннархига салбий таъсир кўрсатади. Ушбу маҳсулотларни қайта ишлаш орқали экология ифлосланишининг олдини олиш ва янги турдаги маҳсулотлар, хусусан, хлоратлар синтез қилиш имконияти мавжуд. Ушбу тадқиқот натрий гипохлорити, хлор ва натрий хлоридлари асосида хлоратларни синтез қилиш ва уларнинг ишлатиш самарадорлигини оширишга қаратилган.“Навоийазот” АЖ каустик сода цехи йилига 6,7 минг тонна натрий гипохлорити (NaClO) ишлаб чиқаради, лекин у тўлиқ ишлатилмайди. Уни қайта ишлаш орқали кальций хлорати (Ca(ClO₃)₂) олиш иқтисодий самарадорликни оширади ва экология ифлосланишини камайтиради.

Умиров Ф.Э., Номозова Г.Р., Равшанова М.М.

93-94

2025-10-22

ЦИФРОВИЗАЦИЯ И ТРУДОУСТРОЙСТВО МОЛОДЫХ СПЕЦИАЛИСТОВ В УЗБЕКИСТАНЕ

В статье рассматриваются проблемы трудоустройства молодых специалистов в Узбекистане в условиях цифровизации экономики. Анализируются факторы, влияющие на занятость выпускников вузов, выявлены основные риски, связанные с их адаптацией на рынке труда. Особое внимание уделено роли центров карьеры и цифровых платформ в повышении эффективности трудоустройства. Предложены направления совершенствования взаимодействия вузов, работодателей и государства в целях повышения конкурентоспособности молодых специалистов.

Жарылкаганова Айсулу Еркинбай кызы

95-97

2025-10-22

TOSHKENTOLDI EGILMASINING NEFTGAZLILIK ISTIQBOLLARI

Toshkentoldi egilmasi Sirdaryo depressiyasining janubi-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, neft va gaz qidiruv ishlari 1930-1940-yillarda mezozoy-kaynozoy yotqiziqlarini o‘rganish bilan boshlangan. Ushbu maqola hududning geologik tuzilishi, olib borilgan izlov burg‘ilash ishlari natijalari va neftgazlilik istiqbollarini tahlil qiladi. Yangiyo‘l, Chinoz, Boymurod, Oqto‘lpor va Aris kabi strukturalarda burg‘ilangan quduqlar asosan suvli qatlamlar va yuqori azotli gazlar aniqlagan, ammo paleozoy yotqiziqlarida (devon, karbon) bitum, neft va gaz namoyonlari qayd etilgan. Rifogen karbonat hosilalari va g‘ovaklikning chuqurlikda oshishi (1-2% dan 10-12% gacha) hududni istiqbolli qiladi. Qo‘shni neftgazli mintaqalar (Amudaryo, Farg‘ona, Chu-Sariso‘y) bilan o‘xshashliklar va chekka hududlarda neft, gaz, bitum belgilari paleozoy komplekslarining potensialini ko‘rsatadi. Kelajakda chuqur geofizik tadqiqotlar va tuz osti komplekslarini o‘rganish tavsiya etiladi.

Axmedova Dilfuza Azamatovna

98-101

2025-10-22

KO’P O‘LCHOVLI FREDGOLM 2-TUR INTEGRAL TENGLAMASINI TAQRIBIY YECHISH

Iteratsion usuldan foydalanish orqali Fredgolm 2-tur tur integral tenglamasi yechildi. Bu yerda parallelopipedal to’ridan foydalanildi.

Abirayev Imomali , Nematullayeva Gulshana

102-105

2025-10-22

PUBLITSISTIK JANRLARDA OLMOSHLI BIRIKMALARNING QO‘LLANILISHI

Ushbu maqolada olmoshning birikma holda kelib ma’lum bir vazifalarni bajarishi, nutq uslublaridan publitsistik uslubda qo‘llanish holatlarining bir qismi yoritildi.

Temirova Moxidil Komilovna

106-108

2025-10-22

OLMOSH TARKIBLI FRAZEOLOGIZMIAR

Ushbu maqola o‘zbek tilidagi olmosh tarkibli frazeologizmlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Frazeologizmlar tilning boy merosi bo‘lib, ular nutqimizni boyitadi va ifodali qiladi. Olmosh tarkibli frazeologizmlar nutqda ko‘plab ma’nolarni, shu jumladan, hissiy, ma’naviy va ijtimoiy ma’nolarni yetkazish imkonini beradi. Tadqiqot davomida olmosh tarkibli frazeologizmlarning tuzilishi, ishlatilishi, ma’no xususiyatlari va ularning nutqdagi funksiyalari tahlil qilinadi. Maqolada o‘zbek tilshunosligi bo‘yicha ilgari olib borilgan tadqiqotlar natijalari va amaliy misollar keltiriladi.

Temirova Moxidil Komilovna

109-110

2025-10-22

TERRORIZM BILAN BOG‘LIQ HUQUQBULARLIKARNING MAXSUS PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada terrorizm bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etishning huquqiy, tashkiliy hamda ma’naviy-psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Terrorizmning ijtimoiy xavfli xususiyatlari, uning yoshlar ongiga salbiy ta’siri hamda jamiyat barqarorligiga tahdid soluvchi omillar o‘rganiladi. Shuningdek, terrorizm profilaktikasining zamonaviy yondashuvlari va ularni takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suriladi.

Nosirov Jahongir Odiljon oʻgʻli

111-112

2025-10-22

VOLEYBOLCHILARNING TEXNIK-TAKTIK HARAKATLARING MODEL XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada voleybolda texnik-taktik harakatlaring model xususiyatlari tadqiq etilgan.

Musayeva Aziza

113-115

2025-10-22

AYOL QAHRAMONLAR OBRAZINI YARATISHDA YOZUVCHI INDIVIDUAL USLUBINING BADIIY XUSUSIYATLARI

Mazkur tezisda ayol qahramon obrazini yaratishda yozuvchi individual uslubining badiiy xususiyatlari kompleks tahlil qilinadi. Tezisda narratologik, stilistik va gender poetikasi yondashuvlari qo‘llanib, muallif nutqi, fokalizatsiya, psixologik portret, ichki monolog va dialogik konstruksiyalar obrazning ma’naviy-ruhiy qatlamlarini ochishdagi roli bilan izohlanadi. Metafora, ramz, detal va intertekstual ishoralar kabi badiiy vositalarning ayol sub’ektivligini ifodalashdagi funksional imkoniyatlari aniqlanadi.

Atabayeva Xamida Atamuratovna

116-120

2025-10-22

O‘ZBEK TILIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA USLUBIY VAZIFALARI

Ushbu maqolada reklama matnlarida til vositalarining qo‘llanishi, ularning leksik, stilistik, frazeologik va psixologik xususiyatlari keng yoritiladi. Reklama tili nafaqat iqtisodiy va tijorat faoliyatida, balki ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida inson ongiga ta’sir qiluvchi kuchli vosita sifatida qaraladi. Maqolada reklama tilining o‘ziga xos xususiyatlari, badiiy-estetik omillari va zamonaviy reklama matnlarida inglizcha so‘zlar hamda internet diskursi ta’siri ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.

Samadova Gulnoza Abdikarim qizi

121-123

2025-10-22

KOREYА RESPUBLIKАSI KONGLOMERАTLАRINING RIVOJLАNISH BOSQICHLАRI

Koreyа Respublikasi sаnoаt siyosаti Yаponiyа modeligа аsoslаngаn bo‘lib, ulаr tаqlid qilish orqаli o‘z sаnoаtini rivojlаntirishgа kirishdilаr. Hаr ikki mаmlаkаtdа birlаmchi tovаr vа pаst mаlаkаli, ko‘p mehnаt tаlаb qilаdigаn mаhsulotlаrni eksport qilishdаn, yuqori mаlаkаli, yuqori texnologiyаli mаhsulotlаrni eksport qilish yo‘lgа qo‘yilа boshlаdi. Ikkаlа mаmlаkаtdа hаm sаnoаt proteksionizmi qo‘llаnildi, mаqsаdli sаnoаt mа’lum bir rivojlаnish vа eksport dаrаjаsigа erishgungа qаdаr dаvlаt tomonidаn аjrаtilgаn investitsiyаlаr tomonidаn moliyаlаshtirildi. Sаnoаtdа eksport ulishining ortishigа chаebollаr sаbаbchi bo‘ldi. 

Mamarasulova Iroda Zafarjon qizi

124-126

2025-10-22

FUQAROLIK JAMIYATI TIZIMIDA SIYOSIY PARTIYALARNING O‘RNI

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri sifatida siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning demokratik islohotlardagi roli hamda davlat va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonda siyosiy partiyalar tizimini takomillashtirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yoritilgan.

Sultonov Farhodjon Abdufattoh oʻgʻli

127-131

2025-10-22

ДИАГНОСТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ЛАБОРАТОРНЫХ ПАРАМЕТРОВ КРОВИ ПРИ ОПУХОЛЯХ ЯИЧНИКА РАЗЛИЧНОГО ГЕНЕЗА

В исследовании проведена комплексная оценка диагностической значимости лабораторных параметров крови — ЛДГ, β-ХГЧ, HE4, CA-125 и индекса ROMA — при опухолях яичника различного гистогенеза с целью повышения точности ранней и дифференциальной диагностики. Обследованы пациентки с дисгерминомой, серозной карциномой низкой степени злокачественности (LGSC), эндометриоидной карциномой и женщины контрольной группы. Определение концентраций онкомаркеров выполнялось стандартными иммуноферментными методами, а индекс ROMA рассчитывался с учётом менопаузального статуса.

Ахмедов А.С ., Халиков К.М.

132-133

2025-10-22

ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ ХАЛҚАРО МОЛИЯ БОЗОРИДАГИ ИШТИРОКИ

Ушбу мақолада тижорат банкларининг халқаро молия бозоридаги иштироки, уларнинг глобал молиявий интеграция жараёнларидаги ўрни ҳамда халқаро капитал ҳаракатида тутган роли таҳлил қилинади. Мақолада банкларнинг хорижий инвестицияларни жалб этишдаги фаолияти, халқаро тўлов тизимларидаги иштироки, валюта операциялари ва экспорт-импорт молиялаштиришдаги механизмлар ёритилган. Шунингдек, халқаро молия институтлари билан ҳамкорликнинг афзалликлари, рискларни бошқариш стратегиялари ҳамда Ўзбекистон тижорат банкларининг халқаро молия бозорига чиқиш имкониятлари ўрганилган. Тадқиқот натижалари банк секторида рақобатбардошликни ошириш, молиявий барқарорликни мустаҳкамлаш ва глобал молия тизимига интеграциялашувни чуқурлаштиришга қаратилган таклифларни ўз ичига олади.

Бўриев Жамшид Парда ўғли

134-137

2025-10-23

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI MADANIY XUSUSIYATLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOSLIGI

Madaniyat va til o‘zaro uzviy aloqada bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi hamda jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy hayotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Til nafaqat aloqa vositasi, balki xalqning milliy o‘zligi, qadriyatlari va mentalitetini mujassamlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois ingliz va o‘zbek tillarini lingvokulturologik nuqtayi nazardan qiyosiy tahlil qilish har ikki xalqning dunyoqarashi va ijtimoiy hayot tarzini anglashga yordam beradi (Kramsch, 1998). O‘zbek tilidagi murojaat shakllari, maqollar va iboralar xalqning jamoaviylik, hurmat va birdamlikka yo‘naltirilganligini ko‘rsatsa, ingliz tilidagi nutq madaniyatida individualizm, aniqlik va diplomatik ifodalar ustuvorlik qiladi (Samovar va boshq., 2010).

Esanov Sirojiddin Soat o‘g‘li

138-139

2025-10-23