Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-07-05
Статьи
ЕВРООСИЁДАГИ МОЖАРО ВА МАРКАЗИЙ ОСИЁ СТРАТЕГИЯСИ: УКРАИНА–РОССИЯ УРУШИ ОРҚАЛИ ТАҲЛИЛ
Мазкур мақолада Украина ва Россия ўртасидаги конфликтного ҳозирги ҳолати ва унинг Марказий Осиёдаги минтақавий хавфсизлик ҳамда геосиёсий трансформацияларга таъсири таҳлил қилинди. Шунингдек, Ўзбекистоннинг барқарорлик, кўп томонлама дипломатия ва минтақавий ҳамкорликни илгари сураётган фаол ташқи сиёсатига алоҳида эътибор қаратилди.
2025-07-05
XITOYDA TASHQI MIGRATSIYA TENDENSIYALARINING 2020–2024 YILLARDAGI RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI: STATISTIK VA TIZIMLI TAHLIL
Ushbu maqolada 2020–2024 yillar davomida Xitoyda tashqi migratsiya jarayonlarining institutsional va transformatsion xususiyatlari tahlil qilinadi. Migratsiya siyosatidagi asosiy o‘zgarishlar, xususan hukou tizimidagi islohotlar, shahar va qishloq o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish hamda migrantlarning huquqiy maqomini mustahkamlashga qaratilgan. Statistik ma’lumotlar asosida tashqi migratsiyaning viloyatlar kesimidagi dinamikasi ko‘rib chiqilib, migratsiya oqimlarining intensivligi, yo‘nalishi va ijtimoiy integratsiya omillari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, yangi texnologiyalar, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalaridagi mehnat talabi bilan bog‘liq transformatsion o‘zgarishlar, migrantlarning ijtimoiy maqomi va iqtisodiy imkoniyatlarida yuzaga kelgan yangilanishlar bilan bog‘lanadi. Xulosa sifatida esa migratsion jarayonlarni boshqarish bo‘yicha strategik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
2025-07-07
TEACHERS’ PERCEPTIONS OF USING FORMATIVE ASSESSMENT TO DEVELOP SPEAKING COMPETENCE IN SECONDARY SCHOOLS
This study examines the attitudes and practices of EFL teachers in Uzbekistan regarding the use of formative assessment to improve students’ speaking skills. The research explores how teachers implement oral feedback, dialogue journals, and peer evaluation in secondary school classrooms. A mixed-method approach was applied using surveys and semi-structured interviews with 25 English teachers. The results show that while most teachers recognize the value of formative assessment for enhancing speaking competence, challenges such as large class sizes, time constraints, and lack of professional training hinder its consistent application. The study concludes with recommendations for improving teacher training and institutional support for formative assessment practices.
2025-07-07
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING XAVFSIZLIK SIYOSATI
Mazkur ilmiy maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosatidagi dolzarb muammolar, xususan, terrorizm va diniy ekstremizm, narko-biznes hamda tashqi ta’sirlarning ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilib, ularni bartaraf etish choralari tahlil qilingan.
2025-07-07
UY SHAROITIDA KICHIK GES LARNI TASHKIL QILISHNING SAMARASI
Mazkur maqolada uy xo‘jaliklari darajasida kichik gidroelektrostansiyalarni (mini-GES) tashkil etishning iqtisodiy, ekologik va energiya ta’minoti nuqtayi nazaridan samaradorligi tahlil qilinadi. O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa tog‘li va suv resurslariga yaqin hududlarda mini-GESlar orqali muqobil energiya olish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, mavjud tajribalar asosida statistik natijalar keltirilib, istiqboldagi takliflar ilgari suriladi.
2025-07-08
ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA TADBIRKORLIKNING O‘RNI VA RIVOJLANISH YO‘LLARI
Mazkur maqolada biznes asoslari fani doirasida tadbirkorlik tushunchasi, uning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni, zamonaviy sharoitdagi imkoniyat va muammolari yoritilgan. Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan omillar, raqobat muhiti, innovatsiyalar va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam shakllari tahlil qilinadi. Xulosa o‘laroq, O‘zbekistonda biznes muhitini yanada yaxshilashga doir takliflar beriladi.
2025-07-08
KOXLEAR IMPLANTLI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN NUTQNI TUSHUNISH USTIDA ISHLASH USULLARI
Maqolada koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalar bilan nutqini tushunish ustida ishlash, nutqini rivojlantirish xususiyatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Maqolaning asosiy fikrlari quyidagilardan iborat: nutqni idrok etish bo‘yicha ishlarning ahamiyati, reabilitatsiya jarayonida oilaning roli va koxlear implantatsiya qilingan har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish.
2025-07-08
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ПРЕПОДАВАНИЮ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
В статье рассмотрены современные педагогические подходы к преподаванию математики в начальной школе Узбекистана. Акцент делается на внедрении ИКТ, интерактивных методик и новых учебников национального формата. Приведены примеры актуальных практик, сопровождённых цифровой поддержкой, и обсуждена роль профессиональной подготовки учителей на основе национальной образовательной программы.
2025-07-09
THE ROLE OF METAPHORS IN COGNITIVE PROCESSES: METAPHOR AND ABSTRACT THOUGHT
This paper investigates the role of metaphor in cognitive processes, tracing its conceptualization from traditional linguistic views of secondary nomination to contemporary cognitive linguistic theories that consider it fundamental to human thought. Examining lexicological perspectives on metaphor as a semantic recategorization, the study highlights the shift towards understanding metaphor as an integral aspect of cognition, influencing the generation, reception, processing, and communication of information. Ultimately, the paper underscores the cognitive theory's perspective on metaphor as a basic mental operation that bridges conceptual domains, facilitating the conceptualization of reality and providing a framework for analyzing metaphorical models that structure our understanding across diverse conceptual areas.
2025-07-09
RIVOJLANGAN DAVLATLAR TA’LIM TIZIMIDA KOGNITIV FAOLLIKNI OSHIRISHGA QARATILGAN DASTURLAR MAZMUNI (AQSH VA SINGAPUR MISOLIDA)
Ushbu maqolada AQSh va Singapur ta’lim tizimida boshlang’ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning individual salohiyatini erta aniqlash, ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va kognitiv faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan dasturlar mazmuni haqida so’z boradi.
2025-07-11
TALABALARDA AXBOROT XAVFSIZLIGI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik tahdidlari fonida talabalarda axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Muallif axborot xavfsizligining nazariy asoslari, talabalar o‘rtasida uchraydigan xavfsizlik xatolari va zamonaviy tahdidlar tahliliga asoslangan holda, ta’lim muassasalarida foydalanilishi mumkin bo‘lgan interaktiv, diniy-ma’naviy va texnologik yondashuvlarni taklif qiladi. Xususan, gamifikatsiya, simulyatsiya, onlayn kurslar va diniy targ‘ibot orqali talabalar ongida raqamli madaniyatni shakllantirish yo‘llari yoritib berilgan.
2025-07-11
EHTIYOTZSIZLIK ORQASIDA SODIR ETILADIGAN JINOYATLAR: HUQUQIY VA IJTIMOIY TAHLIL
Ushbu maqolada ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan jinoyatlarning huquqiy asoslari, ularning turlari, sabablari va ijtimoiy oqibatlari tahlil qilinadi. Ehtiyotsizlik jinoyatlarning subyektiv tomoni sifatida jinoyatchilikni baholashda qanday rol o‘ynashi, shuningdek, jinoyatchining aybini aniqlashdagi ahamiyati yoritiladi.
2025-07-14
YURAKNING EMBRIONAL VA POSTEMBRIONAL MORFOGENEZI
Ushbu maqolada yurakning embrional va postembrional rivojlanish bosqichlari, morfologik shakllanish jarayonlari va ularning biologik ahamiyati tahlil qilindi. Embrional davrda yurakning dastlabki shakllanishi, kameralar va klapanlarning hosil bo‘lishi, shuningdek tug‘ilishdan keyingi strukturaviy va funksional o‘zgarishlar o‘rganildi. Tadqiqot yurak rivojlanishidagi asosiy molekulyar va hujayraviy mexanizmlarni yoritib berdi. Olingan natijalar kardiovaskulyar kasalliklarni chuqurroq tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-07-14
PAXTA XOM ASHYOSINI TOYLASH VA SAQLASH JARAYONIDA NAMLIKNI ANIQLASH USULLARI VA NAMLIKNING TOLA SIFATIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada paxta tolasini dastabki qayta ishlash va saqlash jarayonida namligini aniqlash usullari, stndart talablar va namlikning tola sifatiga ta‘siri haqida hamda sohdagi yetakchi izlanishlar haqida ko‘proq ma’lumotlar keltirilgan.
2025-07-14
BAYONCHI-MEN, MUALLIF OBRAZINING GENEZISI VA TARAQQIYOTI
Ushbu maqolada Adabiyot tarixi jarayonida muallif obrazi turlicha talqin qilingan bo‘lib, muallifning matn ustidan nazorati,uning niyati va shaxsiyati asarning mazmuniga qanday ta’sir qilishi masalasi adabiyotshunoslar va faylasuflar tomonidan keng muhokama qilingani haqidagi fikrlarga qiyosiy-solishtirma metodi asosida yangicha nazar tashlanadi. Va bu tadqiqotda o‘zining shablon va qamrovi jihatdan keng tushunchani ifodalaydigan muallif konsepsiyasi asosi bo‘lgan muallif obrazining tarixiy-tadrijiy taraqqiyotini qay shaklda bosib o‘tganini tasniflashga harakat qilindi.
2025-07-14
KON BOSIMI SHAROITIDA QAZIB OLISH USULLARINI TANLASHNING GEOTEXNIK ASOSLARI
Samarchuq oltin konining geologik va geomexanik xususiyatlari asosida kon bosimi ta’sirida optimal qazib olish variantlarini tanlash bo‘yicha geotexnik yondashuvlar, kon bosimining vertikal va gorizontal komponentlari, g‘ovaklik va qatlamlararo kontakt zonasining deformatsiyalanuvchanligi hisobga olingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qazib olish texnologiyasining tanlanishi konning kuchlanganlik holatiga bevosita bog‘liq bo‘lib, hududiy kuchlanganlik gradientlarini hisobga olgan holda kon xavfsizligi va samaradorligi ta’minlanadi.
2025-07-14
KOMPYUTER DASTURLARIDA TARIXIY SHAXSIYAT TASVIRI: JALOLIDDIN MANGUBERDI OBIDASIGA TAKLIF LOYIHA MISOLIDA
Ushbu maqolada Jaloladdin Manguberdi maqbarasiniloyihalash uchun zamonaviy dasturlardan AutoCAD, 3ds MAX, Lumion kabiy dasturlardan foydalanish va Jaloladdin Mangubrdi xayoti bilan bog’liq ma’lumotlarni taklif loyiha bilan bog’lash haqida so’z boradi.
2025-07-14
OLIY TA‘LIMDA CHIZMACHILIK FANININI O'QITISHNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH MASALALARI
Bu maqolada o'quvchining Сhizmachilik o'quv jarayonida egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko'nikmalaridan hissiy qoniqish va undan quvonish hissini hosil qilish lozim. Сhizmachilik o'quvchilarining fazoviy tasavvurlarini shakillantirishda juda katta imkoniyatlarga ega.
2025-07-14
DINAMIKA QONUNLARI
To'plam klassik mexanikaning asosiy tamoyillari, xususan, Nyuton qonunlari va Galileyning nisbiylik prinsipini tushuntiradi. Unda jismlarning harakat sabablari, inersiya, massa, kuch tushunchalari hamda inersial va noinersial sanoq sistemalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, Aristotelning harakat haqidagi dastlabki qarashlari va ularning keyingi rivojlanish bosqichlari, xususan, Galiley va Nyutonning ishlari yordamida mexanikaning zamonaviy tushunchalari shakllanishi ko'rsatilgan.
2025-07-14
TERMODINAMIKA ASOSLARI
Termodinamikaning asosiy qonunlari – energiyaning saqlanishi, entropiyaning ortishi va mutlaq nolga erishishning imkonsizligi ko'rib chiqiladi. Har bir qonunning fizika, kimyo va muhandislikdagi ahamiyati hamda ularning kundalik hayotdagi va texnologiyalardagi qo'llanilishiga e'tibor qaratilgan.
2025-07-14
THE ROLE OF THE METHODOLOGICAL COMPONENT IN THE STRUCTURE OF THE TRAINING COURSE FOR GUIDES AND GUIDE-INTERPRETERS
The article considers various models of training aimed at developing professional competencies of guide-interpreters, analyzes traditional and innovative methods, as well as the role of information technologies in the educational process. Attention is paid to the use of authentic materials, blended learning, project activities, and interactive teaching methods. Expected results include increasing the efficiency of training specialists through the integration of theoretical knowledge and practical skills in real professional conditions.
2025-07-14
TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARGA MOSLASHUVI (XALQ BANKI MISOLIDA)
Mazkur tezisda O‘zbekiston tijorat banklarida, ayniqsa Xalq banki misolida buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS)ga moslashtirish jarayonining dolzarb jihatlari chuqur tahlil etilgan. Hozirgi globallashuv sharoitida banklarning moliyaviy hisobotlari xalqaro moliya bozorlari va xorijiy investorlar uchun ishonchli, ochiq va solishtiriladigan bo‘lishi lozim. Shu bois, IFRS talablariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish nafaqat qonunchilik talabidir, balki bankning ichki boshqaruvi, tashqi auditi va moliyaviy barqarorligining asosiy omilidir. Tezisda Xalq bankida so‘ngi yillar davomida bu yo‘nalishda amalga oshirilgan bosqichma-bosqich islohotlar, jumladan, kadrlar tayyorlash, axborot tizimlarini modernizatsiyalash, tajriba loyihalarini joriy qilish va to‘liq integratsiya jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, IFRSga o‘tishning moliyaviy ko‘rsatkichlarga bo‘lgan ta’siri statistik jadvallar orqali tahlil qilingan.
2025-07-15
XALQARO SANKSIYALAR SHAROITIDA EKSPORT OPERATSIYALARINI HUQUQIY HIMOYA QILISH
Ushbu tezisda xalqaro iqtisodiy sanksiyalar sharoitida O‘zbekiston eksport faoliyatining barqarorligini ta’minlash, sanksiyalar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni huquqiy mexanizmlar orqali boshqarish zarurati tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor eksport bitimlarida yuridik himoya vositalaridan foydalanish, kontragent tekshiruvlari, bank kafolatlari, arbitraj muhofazasi va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan huquqiy yordam masalalariga qaratilgan. Muallif amaldagi xalqaro huquq me’yorlari, O‘zbekiston qonunchiligi va zamonaviy compliance yondashuvlar asosida aniq taklif va strategiyalarni ilgari suradi.
2025-07-15
EKSTREMAL VAZIYATLARDA INSON PSIXIKASINING BARQARORLIGI: ZAMONAVIY PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
Ushbu maqolada ekstremal vaziyatlarda (urush, tabiiy ofatlar, pandemiyalar va boshqa favqulodda holatlar) inson psixikasining barqarorligi masalasi o‘rganiladi. Bugungi kunda dunyo miqyosida stress omillarining ortib borayotgani sharoitida psixologik chidamlilik va moslashuvchanlik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada psixik barqarorlik tushunchasi, unga ta’sir etuvchi omillar va zamonaviy psixologik yondashuvlar (kognitiv-behavioral terapiya, mindfulness, resilensiya modeli) ilmiy asosda tahlil qilinadi. Bundan tashqari, amaliy misollar orqali ekstremal vaziyatlarda ruhiy holatni boshqarish usullari ochib beriladi.
2025-07-17
POST-TRAVMATIK STRESS BUZILISHINING (PTSB) OLDINI OLISH VA DAVOLASH: ZAMONAVIY PSIXOTERAPIYA YONDASHUVLARI
Ushbu maqolada post-travmatik stress buzilishi (PTSB) tushunchasi, uning asosiy belgilari, shakllanish sabablari va ruhiy salomatlikka ta’siri o‘rganiladi. PTSB urush, zo‘ravonlik, falokat va ekstremal holatlardan so‘ng yuzaga keladigan psixologik buzilishdir. Maqolada ushbu buzilishning zamonaviy psixoterapevtik davolash usullari: kognitiv-behavioral terapiya, EMDR, ekspozitsion terapiya, mindfulness va farmakoterapiya metodlari tahlil qilinadi. Shuningdek, buzilishning oldini olish bo‘yicha profilaktika choralariga ham e’tibor qaratiladi.
2025-07-17
ASSOTSIATIV MODELGA KO‘RA O‘QUV IZOHLI LUG‘ATLARNING LINGVISTIK DARAJALANISHI: TIPOLOGIK VA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)
Ushbu maqolada o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanish kontseptsiyasining tipologik va pedagogik yondashuvlari tahlil qilindi. Tadqiqot ingliz va oʻzbek tillarining lug‘atshunoslik amaliyotidagi lingvistik darajalanishning nazariy asoslari hamda amaliy ko‘rinishlarini oʻrganadi. Maqolada lingvistik darajalanish — til birliklarini morfologik, semantik, sintaktik va pragmatik murakkablik darajasiga qarab bosqichma-bosqich tizimlashtirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqildi. Ingliz va oʻzbek tillarining tipologik xususiyatlari, xususan ingliz tilining analitik, oʻzbek tilining esa agglutinativ til ekanligi, lug‘atlardagi lingvistik darajalanish mexanizmlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
2025-07-17
BARQAROR TURIZM KONTSEPTSIYASI ASOSIDA TURISTIK KORXONALARNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Ushbu tezisda turizm sohasida barqaror rivojlanish tamoyillari asosida turistik korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Bugungi globallashuv va ekologik muammolar fonida turizm sohasi nafaqat iqtisodiy foyda manbai, balki ekologik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim sektor sifatida qaralmoqda. Shu sababli, barqaror turizm kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan korxonalar nafaqat mijozlar ishonchini qozonadi, balki uzoq muddatli raqobat ustunligini ham qo‘lga kiritadi.
2025-07-18
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY POETIKASI HAQIDA
Hamza Hakimzoda Niyoziy o‘zbek adabiyotida yangi davrni boshlab bergan shoir sifatida tanilgan. Uning poetikasi milliy uyg‘onish, ijtimoiy adolat hamda insoniy qadriyatlarni o‘z ichiga olgan. Hamza she’riyatida xalq hayotining turli qatlamlari, milliy an’ana va madaniyat, zamonaviy g‘oyalar va insoniy his-tuyg‘ular keng yoritilgan desak mubolag’a bo’lmaydi.
2025-07-21
MODDIY NUQTANING TO‘LIQ MEXANIK ENERGIYASI VA MEXANIZMLARNING FOYDALI ISH KOEFFITSIENTI
Mazkur maqolada mexanika fanining asosiy tushunchalaridan biri – moddiy nuqtaning to‘liq mexanik energiyasi va energiyaning saqlanish qonuni keng yoritilgan. Bundan tashqari, energiyaning turli shakllarini mexanizmlar orqali o‘zaro aylantirish jarayonlari, ularda yuzaga keladigan energiya yo‘qotishlari va samaradorlik mezoni sifatida qaraluvchi foydali ish koeffitsienti (FIK) haqida batafsil ma'lumot berilgan. Mexanik tizimlar samaradorligini oshirish usullari nazariy va amaliy jihatdan izohlangan. Ushbu maqola muhandislik, texnika va fizika fanlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar hamda ilmiy izlanuvchilar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
2025-07-21
ТЕОРЕТИКО-НАУЧНЫЕ ОСНОВЫ ИССЛЕДОВАНИЯ СОЦИАЛЬНЫХ ПРОБЛЕМ НАСЕЛЕНИЯ И ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОГО МОНИТОРИНГА
Современные социальные изменения, происходящие под влиянием глобализации, урбанизации, технологического прогресса и миграционных процессов, требуют новых научных подходов к выявлению, анализу и прогнозированию социальных проблем населения. В данной тезисе рассматриваются теоретико-научные основы исследования социальных проблем, подчеркивается необходимость перехода от традиционных методов к интеллектуальным системам мониторинга, основанным на современных информационно-коммуникационных технологиях, алгоритмах нечеткой логики и искусственного интеллекта. Представлен концептуальный подход к интеллектуальному мониторингу с целью повышения эффективности принятия решений в социальной сфере.
2025-07-21
ENERGETIKA SEKTORIDA DXSH ASOSIDAGI LOYIHALARNI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI
Energetika sohasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlaridan foydalanish barqaror energiya ta’minoti, texnologik modernizatsiya va investitsiya jalb qilish jarayonida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maqolada energetika tarmog’ida DXSh asosidagi loyihalarni rivojlantirish zaruriyatining asosiy omillari, uning iqtisodiy va ijtimoiy samaralari, shuningdek, mavjud institutsional va huquqiy muammolari tahlil qilindi. Tadqiqot davomida xalqaro tajribalar, milliy qonunchilik va amaliyotga oid ma’lumotlar asosida kompleks yondashuv qo’llanildi. Olingan natijalar DXSh modeli energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, energiya taqchilligi muammosini kamaytirish hamda xizmatlar sifatini oshirishda samarali vosita bo’lishini ko’rsatadi.
2025-07-21
THE COMMUNICATIVE NATURE OF TEXT
This paper explores the communicative nature of text with a focus on English and Uzbek media discourse. It examines how language is used to convey meaning in different cultural and linguistic contexts, with a comparative analysis of text samples from each language. The paper highlights the significance of structure, audience awareness, and lexical choices in shaping the communicative function of texts.
2025-07-21
OLIY TA’LIMDA RAQAMLI BOSHQARUV TIZIMLARI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada oliy ta’limda raqamli boshqaruv tizimlarining zamonaviy yondashuvlari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar va internetning rivojlanishi oliy ta’lim tizimini yanada samarali qilish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Shuningdek, raqamli boshqaruv tizimlari global ta'lim tarmoqlarini kuchaytirish, ta'lim sifatini oshirish va ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo'ladi.
2025-07-22
EMOTSIONAL INTELLEKT YOKI EQ NIMA?
Ma’lumki, psixologiya fanida aynan emotsional intellekt muammosiga bag‘ishlangan va uning barcha yo‘nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo‘lmasa-da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida emotsional intellekt muammosini o‘rganishning zarurligini ko‘rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqotlarni alohida qayd etish mumkin. Ushbu maqolada emotsional intellektga xos bo‘lgan jihatlar ochib berilgan.
2025-07-22
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM TAMOYILLARINI JORIY ETISHNING AHAMIYATI VA SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda inklyuziv ta’lim tamoyillarini joriy etishning ahamiyati va samaradorligi o‘rganiladi. Tadqiqotda inklyuziv ta’limning ta’lim tizimida o‘quvchilarning teng imkoniyatlar asosida ta’lim olishlarini ta’minlashdagi roli, shuningdek, ta’lim jarayonining sifatini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Maqola inklyuziv ta’limni joriy etishda pedagogik metodlarni qo‘llashning samaradorligini, o‘qituvchilarning tayyorgarligini va ota-onalar bilan hamkorlikni o‘rganib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi. Shu bilan birga, inklyuziv ta’limni joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni va ularga qarshi yechimlarni taklif etadi.
2025-07-22
QUROLLI KUCHLAR HARBIY XIZMATCHILARDA STRESSGA QARSHI PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI
Mazkur maqolada Qurolli Kuchlar tizimidagi harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyati davomida duch keladigan stress omillari va ularning ruhiy holatiga ta’siri tahlil qilingan. Xususan, jangovar tayyorgarlik, intizomiy talablar, xavfli vaziyatlar va uzoq muddatli ajralishlar harbiy xizmatchilarda psixologik zo‘riqish holatlarini keltirib chiqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada stressga qarshi barqarorlikni shakllantirishda psixologik tayyorgarlik, ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash, motivatsion va moslashuvchan yondashuvlarning o‘rni ochib berilgan.
2025-07-23
МЕХАНИЗМЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ УРОВНЕЙ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ СПЕЦИАЛЬНЫХ ПЕДАГОГОВ К ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПЕДАГОГА-АССИСТЕНТА
В нашей стране в области инклюзивного образования особое внимание уделяется подготовке педагогов-ассистентов. Целью данной статьи является определение особенностей подготовки будущих специальных педагогов к функции педагога-ассистента по методике индивидуального сопровождения детей с особыми образовательными потребностями. В процессе исследования использовались следующие методы: сравнительное изучение и анализ научной, методической, педагогической литературы, источников, государственных образовательных стандартов, квалификационных требований, учебных планов, программ и учебников, а также национального и зарубежного опыта; наблюдение, беседа, интервью, анкетирование, анализ констатирующего эксперимента. Автор в результате исследования предлагает разработать для студентов образовательной программы «Специальная педагогика» дисциплину «Методика индивидуального сопровождения детей с особыми образовательными потребностями (работа педагога-ассистента)».
2025-07-24
BULUTLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING TA’LIMDA QO‘LLANILISHI
Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarning ta’lim sohasidagi ahamiyati, ularni o‘quv jarayonida qo‘llash imkoniyatlari va afzalliklari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda bu texnologiyalarni joriy etish holati, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar yoritilgan. Bulutli muhitda interaktiv ta’lim, masofaviy o‘qitish, hamkorlikda ishlash va raqamli resurslardan foydalanish imkoniyatlari amaliy misollar orqali ko‘rsatib berilgan. Maqolada shuningdek, raqamli tengsizlik, axborot xavfsizligi va pedagogik transformatsiya masalalari ham muhokama qilingan.
2025-07-24
AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLIGIK ASOSLARI
Ushbu tezisda kreativ faoliyatning shaxsiy va kasbiy jihatlari aks ettirilib, uning zamonaviy pedagogikada qadriyatlar (aksiologik) yondashuv asosida rivojlanish mexanizmlari ochib berilgan. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida pedagogik kreativlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi nazariy va metodologik asoslar tahlil qilinadi.
2025-07-25
SOCIAL STRUCTURE OF THE SAKA TRIBES
This paper explores the complex social structure of the Saka tribes during the early Iron Age, focusing on their political organization, social hierarchy, gender dynamics, and clan-based systems. Drawing on archaeological findings from sites such as Chirik-Rabat and Tegisken, as well as classical sources like Herodotus, the study reveals that Saka society was structured around military-democratic governance, with a clear division between elite and common social classes. Women held prominent roles, both in leadership and warfare, exemplifying a degree of gender parity uncommon for the period. The clan and tribal systems served as the foundation of Saka society, with age and professional specialization further shaping individual roles within the community. The findings suggest that the Saka were not merely nomadic warriors but a culturally rich and socially sophisticated people who played a significant role in the historical development of Central Asian civilizations.
2025-07-28
