"Yangi O'zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Published: 2025-10-06

BOLALARDA TEMIR TANQISLIGI KAMQONLIK KASALLIGI

Ushbu maqolada bolalarda temir tanqisligi va temir tanqisligi anemiyasining kelib chiqish sabablari, klinik belgilar, diagnostika usullari, davolash va profilaktika choratadbirlari tahlil qilinadi. Temir tanqisligi bolalar organizmining o‘sish va rivojlanish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli uni erta aniqlash va to‘g‘ri davolash katta ahamiyatga ega.

Zarnigor Kozimova , Muhammadrizo Sirojiddinov , Orifxo’ja Nazirjonov

4-6

2025-10-06

КОЭФФИЦИЕНТ КОНКОРДАЦИИ КЕНДАЛЛА: ОЦЕНКА ПОЗИЦИЙ ЗАРУБЕЖНЫХ АНГЛОЯЗЫЧНЫХ ИССЛЕДОВАТЕЛЕЙ ОТНОСИТЕЛЬНО ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ РЕФОРМ ДЖАДИДОВ ТУРКЕСТАНА

В статье рассмотрена модель оценки образовательных аспектов джадидизма в Туркестане (конца XIX – начала XX вв.), отраженных в зарубежных англоязычных работах, и продемонстрировано применение теста конкордации Кендалла W для выявления уровня согласованности исследовательских позиций по ключевым аспектам образовательной деятельности джадидов.

Санжар Мансуров

7-12

2025-10-06

MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI FANIDA INKLUZIV TA’LIMDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARIТУРКЕСТАНА

Maqolada matematika o‘qitish metodikasi fanida inklyuziv ta’limdan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Inklyuziv yondashuvning dolzarbligi, imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni umumiy ta’lim jarayoniga jalb etish masalalari hamda matematikani o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali metod va texnologiyalar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, matematika fanida inklyuziv ta’limni qo‘llash istiqbollari ko‘rsatilib, ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

Farrux Qodirov, Ma'mura Musurmonova , Farzona Mustafayeva

13-19

2025-10-06

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

ushbu maqolada zamonaviy tehnologiyalar, ularning rivojlanish bosqichi, inson hayotidagi tutgan o'rni va uning insonlar uchun qay darajada muhim ekanligi og'irini yengillashtirishi shuning bilan birgalikda bir qator zararli taraflari haqidagi malumotlar to'plangan

 

Raxmatjon Otaboyev , Shohjalil Islomjonov , Yo’lchiboy Jobirov

20-22

2025-10-08

NECHA XIL HAQIQAT MAVJUD? RELATIVIZM VA ABSOLYUTIZM BAXSI

Ushbu maqola haqiqat tushunchasining absolyut va nisbiy jihatlarini tahlil qilib, savol qo‘yadi: “Haqiqat mutlaqmi yoki kontekstga bog‘liqmi, va bu farq zamonaviy jamiyatda qanday oqibatlarga olib keladi?” Tadqiqot tarixiy-falsafiy tahlil va nazariy sintez usullariga tayangan: klassik faylasuflar (Platon, Dekart, Gegel), relativizm vakillari (Protagor, Nitshe, Lyotard), diniy paradigmalar (Islom, Xristianlik, Buddaviylik, Hinduizm) hamda ilm-fandagi paradigmaviy burilishlar (Nyuton — Eynshteyn — kvant fizikasi) misollari solishtiriladi. Natijada muallif mutlaq va nisbiy yondashuvlarning cheklovlarini ko‘rsatib, ularni qarama-qarshi emas, balki muloqot va interdisiplinar sintez yo‘li bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ta’kidlaydi. Maqola ta’lim, ilmiy kommunikatsiya va diniy-ma’naviy dialoglar uchun amaliy tavsiyalar beradi.

Madina Asqarova, Farida Umarova , Ramazon Xurramov

23-27

2025-10-08

COMPARATIVE ANALYSIS OF ENGLISH AND UZBEK WORD FORMATION

This paper presents a comparative study of word formation processes in English and Uzbek, focusing on morphological structures, types of word formation, and the productivity of each process in both languages. While English is an analytic language with a tendency toward affixation and compounding, Uzbek is an agglutinative language that extensively employs affixation, especially suffixation, to create new words. The study highlights similarities, differences, and the cultural and historical influences that have shaped the development of word formation mechanisms in both languages.

Daniyarova Shahnoza Hurmatbek kizi

28-30

2025-10-08

ИЧКИ ИШЛАР ВАЗИРЛИГИ ЖАМОАТ ХАВФСИЗЛИГИ ДЕПАРТАМЕНТИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИНИНГ ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ИНСТИТУТЛАРИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИНИНГ МАҚСАДИ

Мақолада Ички ишлар вазирлиги Жамоат хавфсизлиги департаменти  Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматларининг фуқаролик жамияти институтлари билан ҳамкорлигининг мақсади хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклиф ҳамда тавсиялар билдирилган.  

Аброржон Аманов

31-38

2025-10-08

ICHKI NAZORAT VA ICHKI AUDIT

Ushbu maqolada ichki audit sohasiga taalluqli masalalar o’rganildi, ya’ni ichki nazorat tizimining samaradorligiga erishishdagi roli bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi. Tadqiqot sohasining ahamiyati mantiqan ochib berilgan, ichki auditni o’tkazish maqsadlari va tartibi ochib berilgan. Ichki auditni tashkil etish va uning faoliyat samaradorligini va investitsion jozibadorligini oshirish uchun kompaniya muamolarini hal qilish vositasi sifatida ishlash masalalari ochib berilgan. Iqtisodiy va ilmiy nuqtayi nazardan, yuqorida keltirilgan muammolar va taklif qilingan yechimlar tufayli o’rganish katta ahamiyat kasb etadi.

Nilufar Abdullayeva

39-42

2025-10-08

CLASSROOM MANAGEMENT STRATEGIES FOR NEW TEACHERS

Classroom management is one of the greatest challenges for new teachers, yet it is also one of the most important factors in creating a positive learning environment. This paper reviews research on strategies that help beginning teachers manage their classrooms more effectively. The article also discusses how reinforcement, differentiation, and mentorship can support novice teachers in building confidence and improving student outcomes.

Sevinch Rustamova

43-44

2025-10-08

“BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASIDA JINOYAT QONUNCHILIGI VA UNING IJTIMOIY TA’SIRI”

Ushbu maqolada 1920–1924-yillarda Buxoro Xalq Sovet Respublikasida jinoyat qonunchiligining shakllanish jarayoni, asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda ularning jamiyat hayotiga ko‘rsatgan ijtimoiy ta’siri tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Maqolada BXSR davridagi inqilobiy tribunal va xalq sudlarining faoliyati, yer-suv islohotlari jarayonidagi huquqiy me’yorlar, kontrinqilobga qarshi choralar va ularning aholining huquqiy ongi shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, jinoyat qonunchiligini qo‘llashda uchragan muammolar, malakali kadrlar yetishmasligi va qonunlarning kodifikatsiya qilinmaganligi kabi omillar ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari BXSR davridagi huquqiy tajribani o‘rganish bugungi kun uchun tarixiy-siyosiy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Bobir Zokirov

45-47

2025-10-08

BARQAROR IQTISODIY O‘SISH: BUGUNGI KUN MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI

Maqola barqaror iqtisodiy o‘sish tushunchasini, uning zamonaviy iqtisodiyotdagi ahamiyatini va rivojlanishdagi asosiy muammolarini tahlil qiladi. Shu bilan birga, global va milliy kontekstda barqaror o‘sishni ta’minlovchi strategiyalar va istiqbollarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda iqtisodiy barqarorlikka ta’sir qiluvchi makroiqtisodiy va ijtimoiy omillar, shuningdek, mamlakatlararo tajribalar asosida samarali siyosatlarni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Dildora Abdinabiyeva , Jasurbek Kurbanov

48-51

2025-10-10

MUSTAQILLIKKA ERISHISH OSTONASIDA O’ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR

 Mazkur maqolada Oʻzbekistonning mustaqillikka erishish jarayoni, unga olib kelgan tarixiy, ijtimoiy va siyosiy omillar tahlil qilinadi. XX asrning ikkinchi yarmi Sovet Ittifoqining tanazzul davrida mamlakatda yuz bergan siyosiy uyg‘onish, milliy o‘zlikni anglash harakatlari va demokratik o‘zgarishlarga intilish masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda 1980-yillarning oxiri – 1991-yil 31-avgust oralig‘ida yuz bergan muhim siyosiy voqealar, jamoatchilik faolligining ortishi, siyosiy tashkilotlarning paydo bo‘lishi va ularning mustaqillik g‘oyasini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi. Maqolada o‘sha davrning ijtimoiy kayfiyati, ommaviy axborot vositalari, ziyolilar, talaba-yoshlar va oddiy fuqarolarning milliy istiqlol yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shu bilan birga, mustaqillik arafasidagi siyosiy qarorlar, iqtisodiy inqiroz, ekologik muammolar, millatlararo munosabatlar va ularning siyosiy jarayonlarga ta’siri ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston mustaqilligiga olib kelgan tarixiy zaminni chuqur anglash, yosh avlodda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.

Matluba Yuldasheva, Bobirjon Xazirov

52-57

2025-10-10

ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ОЗОДЛИКНИ ЧЕКЛАШ ЖАЗОСИГА ХУКМ ҚИЛИНГАН ШАХСЛАР БИЛАН ИШЛАШ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Ушбу мақолада профилактика инспекторларининг озодликни чеклаш жазосига хукм қилинган шахслар билан ишлаш фаолияти, улар билан олиб бориладиган профилактик чора-тадбирлар, белгиланган чекловларни бузганда расмийлаштириладиган хужжатлар, пробация хизмати билан хамкорлиги муаммо ва камчиликлар ҳамда уларнинг ечимлари юзасидан фикр ва мулоҳазалар ёритилган.

Бобур Мустофақулов, Авазбек Ахмедов

58-64

2025-10-10

GESTATSION DIABET VA ONA-HOMILA O’RTASIDAGI METABOLIK O’ZGARISHLAR

   Mazkur ilmiy maqola gestatsion diabet va ona-homila o’rtasidagi metabolik o’zgarishlar chuqur tahlil qilingan. Gestatsion diabet mellitus, homiladorlik davrida birinchi marta aniqlanadigon glyukoza almashinuvi buzilishi bo’lib ona va homila o’rtasida murakkab metabolik o’zgarishlarga olib keladi. Ushbu maqolada GDMning rivojlanish mexanizmlari ona organizmidagi metabolik jarayonlarga ta’siri va homila sog’ligiga bo’lgan oqibatlari tahlil qilinadi.

Gulshodaxon Xakimjonova, Gulshodaxon Xakimjonova, Xalimaxon Akromjonova

65-66

2025-10-10

JAMOAT TARTIBIGA YOKI XAVFSIZLIGIGA TAHDID SOLUVCHI YOLG‘ON AXBOROTNI TARQATISH JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISHNING AYRIM MASALALARI

Mazkur maqolada jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari yoritilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan davrda yolg‘on xabarlarning tezkor tarqalishi jamoatchilik kayfiyatiga, ijtimoiy barqarorlikka va fuqarolarning xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois mazkur jinoyatning huquqiy tabiatini to‘g‘ri baholash va uni boshqa o‘xshash huquqbuzarliklardan farqlash muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda milliy jinoyat qonunchiligidagi normalar, amaliyotdagi ayrim holatlar hamda xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan. Shuningdek, yolg‘on axborot tarqatishning subyektiv va obyektiv belgilari, jinoyat tarkibining asosiy elementlari hamda kvalifikatsiya qilishda uchraydigan murakkab jihatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llanilayotgan yondashuvni yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.

Diyora Raimova

67-72

2025-10-13

БОЛАЛАРДА ТЕЗ ПАРЧАЛАНУВЧИ УГЛЕВОДЛАР ТАЪСИРИДА ТИШ ҚАТТИҚ ТЎҚИМАСИДАГИ ЎЗГАРИШЛАР ВА УЛАРНИ ДАВО-ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.

Ушбу мақолада тадқиқот натижалари болаларда тез парчаланувчи углеводлар таъсирида тиш қаттиқ тўқимаси юзага келадиган ўзгаришлар ва уларни даво-профилактикасини такомиллаштириш, тез парчаланувчи углеводларнинг таъсири натижасида  юзага келадиган стоматологик касалликлар кенг тарқалганлиги, ташхислаш ва даволашда мураккаблиги билан алоҳида ўрин эгаллаши, сўнгги йигирма йил давомида ўтказилган тадқиқотлар тез парчаланувчи углеводлар натижасида юзага келадиган, оғиз бўшлиғи касалликлари 15% гача, турли синдромлар билан бирга эса бу касалликлар 24,5% гача  кузатилиши қайд этилган.

Ф.Л Мирсалихова

73-76

2025-10-13

UZUM MEVASINING KIMYOVIY TARKIBI: TARKIBIY GURUHLAR, O‘LCHASH METODLARI VA OZIQAVIY-BIOLOGIK AHAMIYATI.

Maqolada uzum (Vitis vinifera L.) mevasining kimyoviy tarkibi tizimli ko‘rinishda tahlil qilindi. Asosiy tarkibiy guruhlar—suv, uglevodlar (glyukoza, fruktoza), organik kislotalar (asosan vino va olma kislotalari), fenolik birikmalar (flavonoidlar, antosiyaninlar, taninlar), azotli komponentlar (erkin aminokislotalar, oqsillar), pektin va tolalar, mineral elementlar (K, Ca, Mg va b.), vitaminlar (C, K, B guruhi), hamda uchuvchan aromatik moddalarning (monoterpenlar, norisoprenoidlar, efirlar) hissasi yoritildi. Refraktometriya, titrlash, HPLC/UPLC, UV-Vis, GC-MS, ICP-OES/ICP-MS kabi zamonaviy analitik metodlarning qo‘llanilish jabhalari ko‘rsatildi. Adabiyotlar asosida diapazon ko‘rsatkichlari, nav va pishish darajasi, agroiqlim hamda saqlash/shiraga qayta ishlash bosqichlarining tarkibga ta’siri muhokama qilindi. Olingan umumlashtirishlar uzum mahsulotlari sifatini boshqarish, funksional oziq-ovqat va biopotensialdan foydalanish strategiyalarini ishlab chiqish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Murodjon Ma’murov

77-80

2025-10-15

SUN`IY INTELLEKT ASOSIDA TOIFALANGAN OB`EKTLARDA XAVF-XATARLARNI OLDINDAN PROGNOZ QILISH TIZIMLARINI ISHLAB CHIQISH

Ushbu maqola sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalari yordamida xavf va xatarlarni aniqlash hamda oldindan prognoz qilish tizimlarini yaratish masalalariga bagʻishlangan. Maqolada SI algoritmlari, jumladan mashinani oʻrganish va chuqur oʻrganish modellari, toifalangan obʼektlar va hodisalarni tahlil qilish uchun qoʻllanilishi tahlil qilinadi. Asosiy eʼtibor xavf va xatarlarni erta aniqlash orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlikni oshirish hamda muhim sohalarda qaror qabul qilish jarayonini yaxshilashga qaratilgan. Obʼektlarning turli kategoriyalarga ajratilishi SI modelining yuqori aniqlikda ishlashiga imkon beradi. Shuningdek, real vaqt rejimida monitoring va prognoz qilish tizimlarini yaratish yoʻllari ham ko‘rib chiqilgan. Maqola amaliy va nazariy jihatlar, shu jumladan maʼlumotlar yigʻish, oldindan ishlov berish, modellashtirish va prognoz qilish bosqichlari haqida toʻliq maʼlumot beradi. Natijalar SI asosida xavflarni boshqarishning samarali yechimlari sifatida qaraladi, bu esa sanoat, transport, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda xavfsizlik darajasini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

Sultonbek Isomiddinov

81-84

2025-10-15

БАМИЯ ЎСИМЛИГИНИ УНУВЧАНЛИГИ БЎЙИЧА ИЗЛАНИШЛАР

мақолада Республикамиз шароитида бамия ўсимлигидан тола олиш мақсадида етиштириш агротехнолгиясини ўрганиш учун турли мамалакатлардан келтирилган уруғларни экиш услуби ва ривожланиш босқичларининг натижалари келтирилган. Бунда Тошкент вилоятининг типик бўз тупроқлари шароитида бамияпнинг 10 хил навини дала шароитидаги унувчанлиги ўрганилган бўлиб, юқори унувчанлик Испаниянинг “К-299”, Аргентинанинг “К-235” ва Гананинг “К-283” навларида 84,3 % ни ташкил этди.

Рустам Сулаймонов , Азизбек Унгаров

85-88

2025-10-15

ВЛИЯНИЕ ЭМПАГЛИФЛОЗИНА НА СЕРДЕЧНО-СОСУДИСТЫЕ ИСХОДЫ У БОЛЬНЫХ С САХАРНЫМ ДИАБЕТОМ 2 ТИПА

Сердечно-сосудистые заболевания являются основной причиной смертности у пациентов с сахарным диабетом 2 типа. Современные подходы к терапии диабета направлены не только на достижение гликемического контроля, но и на снижение сердечно-сосудистого риска. Эмпаглифлозин, как представитель класса ингибиторов SGLT2, проявил уникальные свойства, выходящие за рамки традиционного сахароснижающего эффекта. Он улучшает показатели гемодинамики, способствует снижению массы тела, артериального давления и обладает выраженным кардиопротективным действием.

Проведённый анализ клинических исследований показал, что применение эмпаглифлозина достоверно уменьшает риск сердечно-сосудистой смертности, инфаркта миокарда и госпитализаций по поводу сердечной недостаточности. Эти данные подтверждают необходимость включения препарата в комплексную терапию пациентов с сахарным диабетом 2 типа, особенно при наличии сердечно-сосудистых осложнений.

Длобар Зокирова , Длобар Зокирова

89-91

2025-10-15

IJTIMOIY GADJETLARDAN FOYDALANISHNING TALABALAR PSIXIKASIGA TA’SIRI,IJTIMOIY QARAMLIK,NOMOFOBIYA (TELEFONSIZ QOLISHDAN QO’RQISH)STATISTIK TAHLIL .

Mazkur maqolada ijtimoiy gadjetlardan foydalanishning inson psixologiyasiga ta’siri masalasi yoritiladi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar, xususan, smartfon va boshqa mobil qurilmalardan keng foydalanish yoshlarning hayot tarziga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, talabalar orasida gadjetlardan haddan tashqari foydalanish diqqat tarqoqligi, uyqu buzilishi, hissiy zo‘riqish hamda ijtimoiy qaramlik kabi muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

Nigora Maxamatova , Nigora Maxamatjo’rayeva

92-95

2025-10-20

ОҒИР ШАРОИТЛАРДА ТУНАШНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ВА ЖОЙ ТАНЛАШ МАСАЛАЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Ушбу илмий мақолада тоғ рельефи шароити ва мураккаб вазиятдан келиб чиққан ҳолда тоғли ва мураккаб шароитларда дам олишни ва тунашни ташкил этиш, жой танлаш. Тоғ ва баландлик ҳудудида дам олиш ва тунаш учун қулай жойларни  ташкил этиш ва қуриш. Вақтинчалик ҳамда узоқ вақтга мўлжалланган чодирлар (палаткалар) ни тўғри ўрнатишни таъкидлаб ўтилади.

Р.М. БОБОЖОНОВ

96-100

2025-10-20

FOLKLOR ASARLARIDAGI MIFOLOGIK OBRAZLAR TAHLILI

Mazkur ilmiy maqolada folklorshunoslik fanining onomastika bilan bog‘liqligi, qadimiy insonlarning mifologik tasavvurlari va e’tiqodlari asosida shakllangan mifik obrazlarning nomlari, ularning tasnifi hamda badiiy talqini tahlil qilinadi.

Asadbek Asadov

101-105

2025-10-20

ZAMONAVIY DUNYODA FALSAFANING AHAMIYATI

Maqolada zamonaviy dunyoda falsafaning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tezlik, texnologiya va moddiy natijalar hukmron bo‘lgan sharoitda falsafa eskirgan fan emas, balki insoniyat hayotining murakkab masalalarida yo‘l ko‘rsatuvchi 'hayotiy kompas' sifatida talqin qilinadi. Bilim tushunchasi, uning ilmiy shakli va bilim bilan haqiqat o‘rtasidagi bog‘liqlik falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Shuningdek, falsafaning amaliy jihatlari ham ochib berilib, inson qarorlarida, jamiyat taraqqiyotida va ma’naviy qadriyatlarni anglashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

Zarifa Tojibayeva , Tohir Sunnatov

106-109

2025-10-20

SUN’IY INTELLEKT VA ISTE’MOLCHI ISHONCHI: MARKETING STRATEGIYALARI TAHLILI

So‘nggi o‘n yilliklarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari marketing sohasida tub o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Ushbu texnologiyalar kompaniyalarga mijozlarni chuqur tahlil qilish, ularni jalb qilish va qaror qabul qilish jarayonini oldindan bashorat qilish imkonini beradi.

Xurmatoy Abdulhamidova

109-111

2025-10-22

BОLАLАRDА IJTIMОIY QОBILILYАTLАRNI SHАKLLАNTIRISHDА О‘YIN TEXNОLОGIYАLАRINING RОLI

Mаzkur mаqоlаdа bоlаlаrdа ijtimоiy qоbiliyаtlаrni shаkllаntirish jаrаyоnidа о‘yin texnоlоgiyаlаrining pedаgоgik vа psixоlоgik аhаmiyаti yоritilgаn. Ijtimоiy qоbiliyаt shаxsning jаmiyаtdа muvаffаqiyаtli fаоliyаt yuritishi uchun zаrur bо‘lgаn mulоqоt, hаmkоrlik, empаtiyа, mаs’uliyаt vа tоlerаntlik kаbi kоmpetensiyаlаrni qаmrаb оlаdi. Tаdqiqоtdа о‘yin fаоliyаti bоlаning tаbiiy rivоjlаnish ehtiyоji sifаtidа tаhlil qilinib, didаktik, syujetli-rоlli, hаrаkаtli vа innоvаtsiоn о‘yinlаrning ijtimоiy qоbiliyаtlаrni rivоjlаntirishdаgi rоli kо‘rsаtib berilgаn. Shuningdek, о‘yin texnоlоgiyаlаrining psixоlоgik аfzаlliklаri – ijоdiy tаfаkkurni rivоjlаntirish, stressni kаmаytirish, о‘zigа ishоnchni kuchаytirish hаmdа jаmоаdа о‘zini erkin tutish qоbiliyаtini shаkllаntirish kаbi jihаtlаr аlоhidа tа’kidlаngаn. Mаqоlа yаkunidа mаktаbgаchа tа’lim muаssаsаlаri, bоshlаng‘ich tа’lim, оtа-оnа tаrbiyаsi vа psixоlоgik treninglаrdа о‘yin texnоlоgiyаlаridаn sаmаrаli fоydаlаnish bо‘yichа tаvsiyаlаr berilgаn.

Kаmоlаxоn Muxаmmаdаliyevа , Nаzirjоn Аxmаdоv

112-116

2025-10-22

O‘SMIRLIK DAVRIDA DEVIANT XULQNI YUZAGA KELTIRUVCHI IJTIMOIY- PSIXOLOGIK OMILLAR

 Ushbu maqolada  o‘smirlarda deviant xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganishga bag'ishlangan. O‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari, deviant xulq-atvor fenomenologiyasi, deviant xulq-atvor turlari ko‘rib chiqiladi. Voyaga etmaganlarning deviant xulq-atvorini shakllantirish omillarini hisobga olishga alohida e'tibor beriladi.

Shahnoza Ergasheva, Shavkat Rustamov

117-122

2025-10-22

O‘SPIRIN QIZLARNING OILADAGI ROLLAR VA OTALIK MAQOMI TO‘G‘RISIDAGI TASAVVURLARI

Ushbu maqolada o‘spirin qizlarning oiladagi rollar va otalik maqomi haqidagi tasavvurlari psixologik, ijtimoiy va madaniy jihatdan tahlil qilinadi. Oilada otaning roli va qiz bolaning uni idrok etish xususiyatlari yoshga oid psixik taraqqiyot qonuniyatlari, milliy qadriyatlar hamda gender sotsializatsiya jarayoni asosida izohlanadi.

Dilafruz Abdupattaxova , Dilafro’z Botirova

123-128

2025-10-22

КОРРУПЦИЯГА ОИД ЖИНОЯТЛАРДА ЖИНОЯТ СУБЪЕКТИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

Мазкур мақолада коррупцияга оид жиноятларда жиноят субъектининг ўзига хос ҳуқуқий ва амалий хусусиятлари илмий таҳлил этилган. Муаллиф жиноят субъекти тушунчасини тўғри аниқлаш коррупцияга қарши кураш самарадорлигини оширишда муҳим ўрин тутишини таъкидлайди. Мақолада Ўзбекистон Республикаси жиноят қонунчилигидаги «мансабдор шахс» тушунчаси халқаро меъёрлар билан таққосланиб, БМТ ва Европа Кенгашининг коррупцияга қарши конвенцияларидаги таърифлар билан солиштирилган. Шунингдек, АҚШ, Буюк Британия, Финляндия, Япония ва Корея Республикаси қонунларидаги коррупцион жиноятлар субъектига оид нормалар таҳлил этилган. Муаллиф миллий қонунчиликни такомиллаштириш учун давлат иштирокидаги ташкилотлар ва жамоат функцияларини бажарувчи шахсларни мансабдор шахс сифатида қамраб олиш таклифини илгари суради. Шу билан бирга, хусусий сектордаги коррупция ҳолатларини алоҳида ҳуқуқий йўл билан тартибга солиш зарурлиги таъкидланади. Хулоса сифатида, мансабдор шахс тушунчасининг аниқ, кенг ва функционал белгилар асосида белгиланиши коррупцияга қарши курашнинг ҳуқуқий механизмларини мустаҳкамлайди ва давлат бошқаруви тизимининг шаффофлигини оширади, деган хулосага келинган

Гўзалхон Нурмуҳаммедова

129-135

2025-10-22

NODAVLAT XUSUSIY SHERIKCHILIKDAGI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTINI BOSHQARISH VA MUVOFIQLASHTIRISH

Maktabgacha ta'lim bolalarning hayotidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh)dagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolalarning erta yoshdagi rivojlanishiga yordam beradigan asosiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqola davlat xususiy sheriklikdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ta'limiy faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishning muhim jihatlarini yoritib beradi.

A.S. Xakimov

136-139

2025-10-22

O‘ZBEK TILI FONETIK TIZIMI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada o‘zbek tili fonetik tizimi, uning o‘ziga xos xususiyatlari va zamonaviy fonetik tadqiqot yo‘nalishlari keng yoritilgan. O‘zbek tilidagi unli va undosh tovushlarning tizimi, ularning o‘zaro fonetik jarayonlardagi ishtiroki, shuningdek, urg‘u, intonatsiya va fonetik me’yorlarning ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada eksperimental fonetika yondashuvi orqali tovushlarning fizik va akustik xususiyatlarini o‘rganish imkoniyatlari yoritilib, ovozli texnologiyalar — nutqni tanish, sintezlash va avtomatik tarjima tizimlarida o‘zbek tili fonetikasining o‘rni haqida ham fikr yuritilgan. Tadqiqotda zamonaviy fonetik tahlil uslublari, texnologik yondashuvlar va ularning ta’lim jarayonidagi qo‘llanishi alohida e’tiborga olingan.

Fayoza Rajabova

140-143

2025-10-22

O‘QITUVCHILARDA KASBIY SO‘NISH JARAYONINING SHAKILLANISHIGA STRESSNI TA’SIRI

Mazkur maqolada o‘qituvchilarda kasbiy so‘nish (burnout) jarayonining shakllanishiga stress omillarining ta’siri psixologik jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati davomida duch keladigan emotsional, ijtimoiy va tashkiliy stress manbalari hamda ularning shaxsiy motivatsiya, ish samaradorligi va psixologik holatiga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari yoritilgan. Maqolada kasbiy so‘nishning bosqichlari — emotsional charchoq, shaxsiy yutuqlardan qoniqmaslik va depersonalizatsiya holatlari bilan bog‘liq nazariy yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, stressni boshqarish va kasbiy so‘nishni oldini olishda psixologik treninglar, ijobiy motivatsiyani shakllantirish, mehnat sharoitlarini optimallashtirish kabi amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilar ruhiy salomatligini mustahkamlash va ularning kasbiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan psixologik profilaktika dasturlarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Sayyoraxon To’laganova , Dilafro’z Botirova

144-148

2025-10-22