"Yangi O'zbekiston pedagoglari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Опубликован: 2025-10-06

QORAQALPOQ TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada Qoraqalpoq tili darslarida interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Avvalo, interfaol metodlarning o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirokchi sifatida shakllantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Debat” va “Rol o‘ynash” kabi metodlarning amalda qo‘llanishi hamda ularning ta’lim jarayoniga ta’siri misollar asosida yoritiladi. Maqolada interfaol metodlarning o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirishi, mantiqiy tafakkurni kuchaytirishi, nutq madaniyatini shakllantirishi, shuningdek, ijtimoiylashuv jarayoniga yordam berishi ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Bundan tashqari, maqolada o‘quvchilar nutqini izchil va aniq qilishda bog‘lovchi so‘zlarning o‘rni ham ko‘rsatib o‘tilgan. Natijada, interfaol metodlardan foydalanish Qoraqalpoq tili darslarining samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi ta’kidlangan.

Asqarova Mexriyban Dawletmuratovna

4-6

2025-10-07

HOZIRGI ZAMON FRANSUZ TILIDA “POUVOIR” MODAL FE’LINING SODDA, SO‘ROQ VA QO‘SHMA GAPLARDA ISHLATILISHI

Ushbu maqolada fransuz tilidagi pouvoir modal fe’lining sodda, so‘roq va qo‘shma gaplarda ishlatilishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda pouvoir fe’lining semantik vazifasi, sintaktik joylashuvi hamda nutqdagi kommunikativ yuklamasi o‘rganiladi. Modal fe’lning turli gap turlarida ifodalovchi imkoniyat, ruxsat, ehtimollik va qobiliyat ma’nolari misollar orqali ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi ekvivalentlar bilan qiyosiy tahlil berilgan

Sultanova Sabohat Farxod qizi

7-8

2025-10-07

JADIDLAR G‘OYASI — YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI BILAN HAMOHANGDIR

Ushbu maqolada jadidchilik harakatining tarixiy ildizlari, uning asosiy g‘oyalari va maqsadlari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, Yangi O‘zbekiston strategiyasining mazmuni, yo‘nalishlari va ularning jadidlar merosi bilan o‘zaro uyg‘unligi keng yoritiladi. Buning natijasida, tarixiy meros bilan zamonaviy islohotlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ilmiy asosda izohlanadi.

Xudaybergenova Zamira Shukurillaevna

9-12

2025-10-07

ТИПИЧНЫЕ ПУНКТУАЦИОННЫЕ ОШИБКИ УЧАЩИХСЯ ИНОЯЗЫЧНЫХ ГРУПП ПРИ ИЗУЧЕНИИ РУССКОГО ЯЗЫКА

В статье рассматриваются типичные пунктуационные ошибки, допускаемые учащимися иноязычных групп в узбекских школах. Исследование выявляет наиболее распространённые трудности, связанные с употреблением запятых в сложных предложениях, при вводных словах, а также в причастных и деепричастных оборотах. Анализ показывает причины ошибок, основными из которых являются интерференция родного языка и недостаточная практика в письменной речи. В работе также предлагаются методические рекомендации для учителей.

Темиров Ниёзбек Махмуджонович

13-17

2025-10-08

HARBIY MASALALARNI DIFFERENSIAL TENGLAMALAR ORQALI YECHISH

Ushbu maqola harbiy masalalarni differensial tenglamalar orqali yechishga qaratilgan bo‘lib, snaryadning harakati bo‘yicha ikki xil shart asosidagi masalalar qarab chiqilgan.

Israilov M.

18-22

2025-10-11

INTEGRATING ARTIFICIAL INTELLIGENCE TOOLS IN ENGLISH LANGUAGE TEACHING: TRENDS, PRACTICES, AND FUTURE DIRECTIONS

This paper examines current trends, practical applications, and future directions of Artificial Intelligence (AI) in English Language Teaching (ELT). AI tools—such as ChatGPT, Grammarly, Duolingo, and intelligent tutoring systems—have become increasingly popular in supporting both teachers and learners. The study reviews how AI technologies enhance language learning outcomes by providing real-time feedback, adaptive instruction, and data-driven insights. It also discusses challenges such as teacher preparedness, ethical use, and dependence on technology. The paper concludes that successful AI integration in ELT requires a balanced approach that combines technological innovation with human interaction and pedagogical expertise.

Sevara Abrayeva

23-27

2025-10-13

FIQHIY TOPISHMOQLARNING PAYDO BO‘LISHI VA ULARNING ILMIY-AXLOQIY AHAMIYATI

Mazkur maqolada fiqhiy topishmoqlarning islomiy manbalardagi o‘rni va ularning ilmiy-tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qilgan mashhur hadis asosida, Rasululloh ﷺning sahobalarga bergan savollaridan kelib chiqqan hikmatlar kengroq sharhlanadi. Maqolada fiqhiy topishmoqlarning ilmiy tafakkurni rivojlantirishdagi roli, shuningdek, ularning axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari sodda va tushunarli uslubda bayon etilgan.

Ayman Usmon Abdualim, N.Sharipov

28-29

2025-10-13

OʻQITUVCHI -ZAMOMAVIY JAMIYATNING USTUVOR TAYANCHI

Mazkur maqolada o‘qituvchining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, uning ma’naviy-ma’rifiy salohiyati hamda yosh avlodni tarbiyalashdagi beqiyos roli tahlil etiladi. Shuningdek, o‘qituvchining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishdagi innovatsion yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan.

Rabbimova Dilnoza Baratovna

30-32

2025-10-13

ICHKI ISHLAR ORGANLARI FUQAROLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VAKOLATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI: MUAMMOLAR VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar organlari (IIO) fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish vakolatining tashkiliy-huquqiy asoslariga bag‘ishlangan. Maqolada IIO faoliyatining tashkiliy tuzilishi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishda IIO vakolatlarini amalga oshirishdagi muammolar, xususan, kadrlar tayyorlashning yetarli emasligi, raqamli tizimlarning kam qo‘llanishi va korrupsiya xavfi ko‘rib chiqiladi. Mahalla huquq-tartibot maskani faoliyati va uning fuqarolar bilan hamkorlikdagi roliga alohida e’tibor berilgan. Maqolada IIO faoliyatini takomillashtirish yo‘llari, jumladan, qonunchilikni mustahkamlash, kadrlar malakasini oshirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan. Maqola ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, yuridik ta’lim muassasalari talabalari, IIO xodimlari va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan..

Umarov Zakir Ravupovich

33-37

2025-10-13

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN RASM CHIZISH ORQALI ART TERAPIYA METODLARI.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik rivojlanishida rasm chizish orqali art terapiya metodlarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijodiy faoliyat, ayniqsa tasviriy san’at mashg‘ulotlari, bolalarning emotsional holatini barqarorlashtirish, stress va xavotirni kamaytirish hamda shaxslararo munosabatlarini yaxshilashda samarali vosita hisoblanadi. Rasm chizish jarayonida bola o‘z his-tuyg‘ularini ranglar va shakllar orqali ifodalaydi, bu esa ularning ichki dunyosini ochib berish bilan birga ijobiy psixologik muhitni shakllantiradi. Maqolada erkin rasm chizish, mavzuli rasm ishlash, rang terapiyasi, guruhiy ijodiy mashg‘ulotlar va fantaziya asosida chizish kabi metodlar ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi. Shuningdek, art terapiya vositalaridan foydalanishning pedagogik va psixologik natijalari, ularni maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llashning samaradorligi haqida xulosalar berilgan

Amirova Nodira Shamshiyevna, Talipova Feruza Tairovna

38-41

2025-10-13

СОВРЕМЕННЫЕ ВЗГЛЯДЫ НА ТЕЧЕНИЕ РЕВМАТОИДНОГО АРТРИТА В СОЧЕТАНИИ С МЕТАБОЛИЧЕСКИМ СИНДРОМОМ.

В данной статье представлены современные взгляды на причины и клиническое течение ревматоидного артрита при комбинации метаболического синдрома, описаны современные представления патогенеза ревматоидного артрита. Приведен обзор компонентов метаболического синдрома. Статья позволит практикующему врачу провести интерпретацию полученных результатов и разработать правильную тактику ведения больных с ревматоидным артритом при метаболическом синдроме.

Хаджиматова И.Х., Каримов М.Ш.

42-44

2025-10-16

РУС ТИЛИНИ ЧЕТ ТИЛИ СИФАТИДА ЎҚИТИШДА МУЛЬТИМЕДИАЛИ ВОСИТАЛАРНИНГ САМАРАДОРЛИГИ

Мақолада рус тилини чет тили сифатида ўқитиш жараёнида мультимедиали воситалардан фойдаланишнинг педагогик ва психолингвистик асослари таҳлил қилинади. Замонавий ахборот-коммуникация технологиялари ёрдамида талабаларнинг тил ўрганиш мотивацияси, нутқий фаоллиги ва коммуникатив компетенциясини ошириш имкониятлари ёритилган.

Кахорова Нигина Нуридиновна

45-48

2025-10-16

TURKIY ETNOMADANIYATDA OT FENOMENI VA UNING O‘RGANILISHI

Mazkur maqolada turkiy xalqlarning etnomadaniy qarashlarida ot fenomenining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ot obrazi turkiy xalq tafakkurida faqat hayvon sifatida emas, balki milliy o‘zlik, erk, sadoqat, shon-shuhrat va ma’naviyat timsoli sifatida namoyon bo‘lishi ilmiy asosda yoritilgan. Qadimiy yozma manbalar, folklor namunalar, maqol va matallar, shuningdek, zamonaviy adabiyot va san’atdagi ot obrazining davomiyligi tahlil etilgan. Maqolada ot fenomenining lingvokulturologik, semiotik, tarixiy va ruhiy qirralari ko‘rsatilib, turkiy madaniyatdagi markaziy o‘rni asoslab berilgan.

Shahzodbek Xolliyev

49-53

2025-10-17

ЖАМИЯТДА ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТНИ ШАКЛЛАНИШИНИНГ ТАРИХИЙ-ФАЛСАФИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ

Ушбу мақолада қадимги мутафаккирлар — Платон, Аристотель, Суқрот ва бошқаларнинг жисмоний маданият ҳамда жисмоний тарбия ҳақидаги фалсафий қарашлари таҳлил қилинган. Антик даврдан бошлаб инсон танасига, унинг жисмоний ва маънавий уйғунлигига бўлган муносабатнинг шаклланиши, ўрта аср ва янги давр фалсафасидаги ўзгаришлар ёритилган. Шу билан бирга, Шарқ ва Ғарб тамаддунида жисмоний маданиятнинг ривожланиш босқичлари ҳамда унинг ижтимоий аҳамиятига эътибор қаратилган.

Хасанова Дийора Абдимумин кизи

54-57

2025-10-20

“BANKING ENGLISH IN EVERYDAY LIFE: HOW ORDINARY PEOPLE USE INTERNATIONAL BANKING TERMS FOR DAILY MONEY TASKS”

This article probes the ways in which everyday users—students, freelancers, migrants, and micro-entrepreneurs—deal with international banking English in specific financial contexts. It breaks down such core terms as IBAN, SWIFT/BIC, exchange rate, fee, value date, chargeback, and KYC/AML with easy-to-understand examples in money transfer, scholarship, shopping online, and exchanging currencies. Practical email/message samples help users give payment instructions and settle disputes. The article also warns against common pitfalls (e.g., confusing value date with booking date or fees with exchange spreads). Upon mastery, the terminology allows readers to confidently read bank statements, fill out forms, and deal with banks, financial literacy and global transaction know-how.

Nigora Urozova, Nozima Abjalilova , Shahnoza Uzoqboyeva

58-63

2025-10-20

CHAKANDA, ARPABODIYON VA ISIRIQNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

Ushbu maqoda chaknda,isiriq v arpabodiyonning shifobaxsh xususiyatlari bayon etilgan. Adabiyotlrda, monografiya va ilmiy maqolalarda bayon qilingan fikrlar tahlil qilinib  xulosa va takliflar keltirilgan. Ular qadimiy va samarali dorivor o‘simliklar bo‘lib,  tarkibida ko‘plab biologik faol moddalar mavjud. Ilmiy tadqiqotlar ham ularning ko‘plab ijobiy ta’sirlarini tasdiqlagan. Isiriq  ham xalq tabobatida qadimdan ishlatilgan va ba’zi dorivor xususiyatlari ilmiy jihatdan ham tasdiqlangan o‘simlikdir

Jumashova Sayyora Shonazarovna, Kamolova Sanobar Jabborovna

64-67

2025-10-20

ГЕНДЕРНЫЕ АСПЕКТЫ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАЦИИ

Статья посвящена анализу гендерных аспектов межкультурной коммуникации как лингвокультурного феномена. Рассматриваются различия в коммуникативных стратегиях, речевом поведении и социальных ожиданиях в зависимости от гендера и культурного контекста. На основе анализа лингвистических и социокультурных данных показано, что гендерные нормы глубоко интегрированы в коммуникативные практики и требуют учёта при формировании межкультурной компетентности.

Абдуллаева Э.А.

68-70

2025-10-20

O‘ZBEK TILIDA NEOLOGIZMLARNING SHAKLLANISH JARAYONI VA ULARNING QO‘LLANISH SOHASI

Mazkur maqolada o‘zbek tilida neologizmlarning shakllanish jarayoni va ularning qo‘llanish sohalari tahlil qilinadi. Jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlar, texnologik taraqqiyot va yoshlar tili ta’sirida paydo bo‘layotgan yangi so‘zlarning leksik va semantik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, internet va globalizatsiya jarayonlari natijasida o‘zbek tiliga kirib kelgan yangi birliklarning adabiy tildagi o‘rni, ularning o‘zlashuv darajasi hamda milliy leksikaga ta’siri yoritiladi. Maqolada “bloger”, “post”, “kontent”, “trend”, “onlayn dars”, “blok qilmoq” kabi zamonaviy neologizmlar misolida yoshlar nutqidagi til o‘zgarishlari ham tahlil etilgan. Muallif tomonidan tilning yangilanishi tabiiy hodisa sifatida baholanib, leksik boylikni asrab qolish zarurati ham asoslab berilgan.

Bektemirova Gulasal Jahongir qizi

71-73

2025-10-21