«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-10-23

QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORIDA TEXNIK TAHLIL AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Hozirgi global moliyaviy tizimda investitsiya qarorlarini asosli va tahliliy yondashuv asosida qabul qilish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, qimmatli qog‘ozlar bozori kabi o‘zgaruvchan va dinamik sohalarda texnik tahlil vositalari orqali bozor holatini oldindan baholash, risklarni kamaytirish va foydali savdo strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyati mavjud. Texnik tahlil — bu moliyaviy aktivlarning tarixiy narx harakatlari va savdo hajmlariga asoslanib, kelajakdagi yo‘nalishlarni bashorat qilishga qaratilgan tizimli yondashuvdir. U bozor ishtirokchilarining psixologiyasini, bozor trendlarini va narx naqshlarini aniqlash orqali tahlil olib boradi.

Xo’janiyazov Davron Hamdam o’g’li

4-6

2025-10-23

BUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NAZORAT VA ICHKI AUDIT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Bozor munosabatlari sharoitida davlat moliyasining samarali boshqarilishi har qanday iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Xususan, budjet mablag‘larining maqsadli, qonuniy va oqilona sarflanishi ustidan samarali moliyaviy nazorat va ichki audit tizimini tashkil etish davlat boshqaruvi tizimining ajralmas qismi bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasida ushbu yo‘nalishda muhim islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, ichki audit va moliyaviy nazorat tizimining zamonaviy talablar asosida rivojlanishi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Jamolova Gulhayo Bobirovna

7-9

2025-10-23

XALQARO VALYUTA KURSLARINING IQTISODIY O’SISH VA INFLYATSIYAGA TA’SIRI

Xalqaro iqtisodiyotda valyuta kursi mamlakatlararo savdo, investitsiyalar, inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish kabi ko‘plab jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim vositadir. Valyuta kursining o‘zgarishi eksport va import narxlariga, pul-kredit siyosatining samaradorligiga, to‘lov balansi holatiga va umumiy makroiqtisodiy barqarorlikka sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, valyuta kursining iqtisodiy o‘sish va inflyatsiyaga ta’siri doimo ilmiy va amaliy tadqiqotlarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.

Abdunabiyeva Shodiya

10-12

2025-10-23

DAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARINING SMETALARI VA SHTATLAR JADVALINI TUZISH, TASDIQLASH HAMDA TAQDIM ETISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH

Davlat ta’lim tashkilotlarining moliyaviy boshqaruv tizimi ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biridir. Smeta va shtatlar jadvali bu muassasalarning iqtisodiy asosini belgilovchi, barcha xarajatlarni oldindan rejalashtirish va tasdiqlashga xizmat qiluvchi hujjatlardir. Ularni to‘g‘ri va puxta tuzish nafaqat mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi, balki resurslarning samarali boshqaruvini ham kafolatlaydi.

Sidiqov Sardorbek Sobirjon o’g’li

13-15

2025-10-23

ИССЛЕДОВАНИЕ ВЛИЯНИЯ БИЗНЕССРЕДЫ НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРОЕКТОВ

В современном мире, характеризующемся стремительными изменениями, ростом глобальной конкуренции и развитием цифровых технологий, эффективность реализации проектов становится ключевым фактором успеха любой организации. Учитывая возрастающую сложность внутренней и внешней среды, бизнесу необходимо всесторонне анализировать и учитывать влияние этих факторов на проектную деятельность. Бизнес-среда представляет собой совокупность условий, в которых функционирует организация, включая как внешние факторы — экономические, политические, правовые, социальные, технологические, так и внутренние — организационная структура, корпоративная культура, квалификация персонала и уровень управленческих компетенций.

Одилхўжаева Иродахон Анвар қизи

16-18

2025-10-23

KORPORATIV BOSHQARUV VA FOND BOZORI O‘ZARO BOG‘LIQLIGI TADQIQI

Bugungi globallashuv sharoitida korporativ boshqaruv va fond bozori iqtisodiy barqarorlikning o‘zaro to‘ldiruvchi asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida qaralmoqda. Mamlakatda kapital bozorini rivojlantirish uchun korxonalar boshqaruv sifatini yaxshilashi, ochiqlik va shaffoflik mezonlariga rioya qilishi zarur. Korporativ boshqaruvning zamonaviy talablarga javob berishi esa bevosita fond bozori ishonchliligi, investitsion muhit sifati va investorlar faolligi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Pirnazarov G‘olib Sayfulla o‘g‘li

19-21

2025-10-23

O’ZBEKSITON FOND BOZORIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH MASALALARI

O‘zbekiston fond bozori — mamlakat iqtisodiy tizimining ajralmas qismi sifatida kapitalning erkin harakatini, investitsiyalarning jalb etilishini va xususiy sektorning rivojlanishini ta’minlovchi muhim moliyaviy institutdir. Mamlakatda mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida fond bozorining shakllanishi uchun huquqiy va tashkiliy asoslar yaratilgan bo‘lsa-da, ushbu soha hali to‘liq rivojlanmagan. Bugungi kunda fond bozorining iqtisodiy hayotdagi ishtiroki cheklangan bo‘lib, uning YAIMdagi ulushi va investitsiya oqimlaridagi roli sust darajada qolmoqda.

Ismoilova Malohat Axmadjon qizi

22-24

2025-10-23

XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARNING IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI (JAHON BANKI, XALQARO VALYUTA JAMG‘ARMASI)

Hozirgi globallashuv davrida xalqaro moliyaviy institutlarning iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish jarayonlaridagi o‘rni beqiyosdir. Ular nafaqat mamlakatlarning makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlash, balki aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash va inson kapitalini rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Xususan, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bugungi kunda dunyo miqyosida ijtimoiy sohalarni modernizatsiya qilish, kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash yo‘lida faoliyat yuritayotgan eng yirik institutlar hisoblanadi. Ularning yordami va texnik ko‘magi rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston uchun ham iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlik yo‘lida asosiy turtki vazifasini bajaradi

Nurullayev Eldorbek Xushnud o‘g‘li

25-28

2025-10-23

TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLAR BILAN ISHLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI

Hozirgi davrda moliyaviy sektorning barqaror rivojlanishi mamlakat iqtisodiy o‘sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tijorat banklari faoliyatining sifatli yuritilishi, kredit portfelining holati va kredit risklarini samarali boshqarish tizimi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Shu nuqtayi nazardan, muammoli kreditlar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sifatida qaralmoqda. Muammoli kreditlar (non-performing loans, NPL) bank faoliyatida yuqori darajadagi xavfni bildiradi, bu esa bankning foydaliligini pasaytiradi, kapital yetarliligi va likvidlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida, bu butun bank tizimi va iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

M. Rustamov, Ismatov Ne’matjon Uktam o’g’li

29-31

2025-10-23

JAHON SAVDO TASHKILOTIGA INTEGRATSIYALASHUV SHAROITIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SAVDO BALANSINI TA’MINLASH

Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayonlari davlatlar tashqi savdo siyosatining ochiqligini va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan integratsiyalashuvini taqozo etmoqda. Ayniqsa, Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorlik va a’zolik masalasi O‘zbekiston Respublikasi uchun strategik ahamiyat kasb etadi. JSTga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun nafaqat xalqaro maydonda teng huquqli savdo sherigiga aylanish, balki ichki iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va tashqi savdo balansining barqarorligini ta’minlash imkoniyatidir. O‘zbekiston mustaqillik yillarida tashqi savdo sohasida muhim yutuqlarga erishdi. Biroq eksport tarkibi asosan xomashyo mahsulotlariga tayanadi. Bu holat global narxlar tebranishiga yuqori darajadagi qaramlikni yuzaga keltiradi.

Yembergenova Go’zzal Allambergen qizi

32-34

2025-10-23

BUDJET TASHKILOTLARIDA ICHKI AUDIT TIZIMINI SAMARALI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Budjet tashkilotlarida ichki audit tizimini samarali tashkil etish va o‘tkazish davlat moliyasini boshqarishda shaffoflik, hisobdorlik va moliyaviy intizomni mustahkamlashning eng muhim vositalaridan biridir. Ichki auditning asosiy vazifasi moliyaviy va resurslardan foydalanish jarayonlarini nazorat qilish, ularning qonunchilik va belgilangan me’yorlarga muvofiqligini tekshirish, faoliyatning samaradorligini baholash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Davlat budjeti mablag‘larining asosiy foydalanuvchilari hisoblangan budjet tashkilotlari faoliyati bevosita ijtimoiy sohalarga xizmat qilganligi sababli, bu mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanish nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlikka ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ichki audit tizimi davlat boshqaruvida strategik ahamiyat kasb etadi.

Ramazonov Akmal Samadovich, Rahmonov Mironshoh Qahramon o’g’li

35-37

2025-10-23

РОЛЬ БАНКОВСКОГО СЕКТОРА В ФИНАНСИРОВАНИИ ЭНЕРГЕТИКИ УЗБЕКИСТАНА

В современном мире устойчивое развитие экономики невозможно без эффективной и современной энергетической инфраструктуры. Для Республики Узбекистан, обладающей значительными запасами традиционных энергоносителей и высоким потенциалом в области возобновляемых источников энергии, модернизация энергетического сектора является стратегическим приоритетом. Однако реализация этой задачи требует значительных инвестиций, которые не всегда могут быть обеспечены государственными ресурсами. В этой связи особую роль играет банковский сектор как один из ключевых источников долгосрочного финансирования.

Джалилова Наргиза Норкуловна

38-40

2025-10-23

VAZIRLIK VA IDORALAR ICHKI AUDIT TUZILMALARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJ TAJRIBALARI (RIVOJLANGAN DAVLATLAR MISOLIDA)

Vazirlik va idoralar ichki audit tuzilmalarining xorij tajribalari rivojlangan davlatlar misolida tahlil qilinadigan boʻlsa, bu tizimlarning asosiy xususiyati mustaqillik, xalqaro standartlarga rioya qilish, raqamli texnologiyalarni qoʻllash, shaffoflik va samaradorlikka eʻtibor qaratishdir. AQShdagi Government Accountability Office (GAO) davlat mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini nazorat qilish, risklarni boshqarish va Kongressga hisobot berish bilan ajralib turadi. GAO mustaqil federal organ sifatida parlamentga bevosita hisobot beradi va faoliyati davomida keng qamrovli tahliliy hisobotlar tayyorlaydi. Buyuk Britaniyada National Audit Office (NAO) davlat xizmatlarining sifatini va “value for money” tamoyilini baholash bilan shugʻullanadi, barcha audit hisobotlari jamoatchilikka ochiq eʻlon qilinadi va hukumat siyosatini tahlil qilishda mustaqillik tamoyiliga qatʻiy amal qiladi.

Ramazonov Akmal Samadovich, Risqaliyeva Ziyoda Davron qizi

41-42

2025-10-23

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bolalarning intellektual salohiyati, sog‘lom turmush tarziga oid dastlabki ko‘nikmalari va ijtimoiy moslashuvchanligi aynan maktabgacha yosh davrida shakllanadi. Shu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Usmonov Ulug’bek Baxtiyor o’g’li

43-45

2025-10-23

KOMPANIYANING INNOVATSION FAOLIYATINI RAG’BTLANTIRISHDA SOLIQNI TARTIBGA SOLISH SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH

Zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotda innovatsiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Kompaniyalar raqobatdoshligini ta’minlash, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish uchun innovatsion faoliyatni kengaytirishga intilmoqda. Shu nuqtai nazardan, davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bu – innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bo‘lib, bunda soliq siyosati samarali instrument sifatida alohida o‘rin egallaydi.

Jumayev Akmal Islomovich

46-48

2025-10-23

IQTISODIY O’SISH VA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PUL-KREDIT SIYOSATINING ROLI (RIVOJLANGAN MAMAKLAKATLAR TAJRIBASI ASOSIDA)

Jahon iqtisodiy tizimida pul-kredit siyosati iqtisodiy o‘sish sur’atlarini belgilash, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va inflyatsiya darajasini nazorat qilishning asosiy vositalaridan biri sifatida muhim o‘rin tutadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, samarali monetar siyosat nafaqat narxlar barqarorligini ta’minlaydi, balki iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlariga, investitsion jarayonlarning faollashishiga va moliya tizimi ishonchliligining oshishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Pul-kredit siyosati vositalarining to‘g‘ri tanlanishi va o‘z vaqtida qo‘llanilishi global iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Jasurov Behruzbek Dilshod o’g’li

49-51

2025-10-23

BUDJET TASHKILOTLARIDA XIZMAT SAFARLARI XARAJATLARINING HISOBI VA ICHKI AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

Hozirgi kunda davlat sektorida samaradorlik, shaffoflik va mas’uliyatlilik darajasini oshirish eng muhim masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, budjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyati, xususan xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarning hisobini yuritish va ularni ichki audit orqali nazorat qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki xizmat safarlari budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan va ko‘plab tashkilotlar faoliyatida takrorlanib turadigan moliyaviy jarayon hisoblanadi. Shu boisdan ham bu sohadagi xarajatlarning asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligi va qonuniyligini ta’minlash uchun ularni tizimli ravishda hisobga olish va audit qilish zarurati kundan kunga ortib bormoqda.

Ochilov Javohir To’lqin o’g’li

52-54

2025-10-23

BUDJET TASHKILOTLARIDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINI UTKAZISHDA AXBOROT TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati tizimini samarali tashkil etish va uni zamon talablariga mos holda takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish, davlat byudjeti mablag‘larining samarali ishlatilishini ta’minlash, moliyaviy intizomni mustahkamlash va korrupsiya xavfini kamaytirish maqsadida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi globallashuv davrida axborot texnologiyalarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazorat faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkonini bermoqda.

Qodirov Muzrob Tuxtamurodovich

55-57

2025-10-23

O’ZBEKISTONDA SOLIQ MADANIYATI: UNING HOLATI HAMDA DARAJASINI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Soliq madaniyati har bir davlatning iqtisodiy barqarorligi, byudjet barqarorligi hamda ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlar va modernizatsiya jarayonlari jadallashayotgan bir sharoitda, soliqqa oid yondashuvlar, fuqarolarning ijtimoiy mas’uliyati, huquqiy ong darajasi va davlatga bo‘lgan ishonchi bevosita soliq madaniyati bilan bog‘liqdir. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda soliq tizimini raqamlashtirish, ochiqlikni ta’minlash, soliqqa tortish tartiblarini soddalashtirish kabi islohotlar amalga oshirilib, aholi va tadbirkorlik subyektlarining soliqqa nisbatan munosabati bosqichma-bosqich o‘zgarib bormoqda.

Begmuratov Dilshod Alimdjanovich

58-60

2025-10-23

KORPORATIV BOSHQARUV VOSITASIDA AKSIYADORLIK JAMIYATLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI

Kirish qismida ta’kidlanganidek, aksiyadorlik jamiyatlari bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy taraqqiyotning muhim institutlari hisoblanadi. Ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash esa korporativ boshqaruvning samaradorligiga bevosita bog‘liqdir. Ushbu tezisda mazkur masala keng tahlil qilinib, korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari, xalqaro tajribalar va amaliy yechimlar asosida fikrlar bayon etiladi.

Mamadaminov Dilshod Yakubovich

61-63

2025-10-23