Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

Опубликован: 2025-05-16

O’ZBEKISTON SHAROITIDA YOSHLARNING MEDIA SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH

Maqolada Oʻzbekiston sharoitida yoshlarning media savodxonligini rivojlantirishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Avvalo, media savodxonlik tushunchasining mazmuni va uning zamonaviy axborot makonida tutgan oʻrni keng yoritilgan. Yosh avlodning media madaniyatini shakllantirish, soxta va notoʻgʻri axborotlarni farqlash qobiliyatini rivojlantirish bugungi kunda alohida e’tibor talab qiluvchi masala sifatida koʻrsatib oʻtiladi. Maqolada Oʻzbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimida media savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va loyihalar oʻrganiladi. Shuningdek, mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va istiqboldagi rivojlanish yoʻnalishlari tahlil qilingan. Xulosa qismida esa yoshlarning media savodxonligini oshirish uchun amaliy tavsiyalar va takliflar ilgari surilgan boʻlib, ularning amalga oshirilishi zamonaviy jamiyatda axborot xavfsizligini ta’minlashda muhim omil sifatida taqdim etiladi.

 
Saidov Jasur Doniyor o‘g‘li, Asrorova Mavludaoy Umurzoq qizi

4-10

2025-05-16

AXBOROTLANI TARMOQDA UZATISHDA HIMOYALASH USULLARI

Ushbu maqola axborotlarni tarmoq orqali uzatishda himoyalashning turli usullarini ko'rib chiqadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan, tarmoqda uzatilayotgan ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash zarurati ortmoqda. Maqolada, tarmoqda axborot uzatishda qo'llaniladigan asosiy himoya usullari — shifrlash, VPN (Virtual Private Network), autentifikatsiya, fayl tizimlari va tarmoqni himoyalash, tarmoq trafigini monitoring qilish, xavfsizlik protokollari va siyosatlarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, tarmoq xavfsizligini ta'minlash uchun foydalanuvchilar va tashkilotlar uchun asosiy xavfsizlik choralariga e'tibor qaratilgan. Bu usullar, kiberhujumlar va ma'lumot yo'qotishining oldini olishda samarali bo'lib, axborot almashish jarayonini xavfsiz va ishonchli qiladi.

 
Jasur Saidov , Mavludaoy Asrorova

11-15

2025-05-16

THE NECESSITY OF DEVELOPING INTERCULTURAL COMPETENCE AMONG PHILOLOGY STUDENTS

This article examines the critical importance of developing intercultural competence among philology students in today's globalized world. Through a comprehensive analysis of existing literature, the study explores theoretical frameworks, current approaches, and best practices in intercultural competence development within philological education. The findings demonstrate that intercultural competence is not merely a supplementary skill but a fundamental component of modern philological education that enables graduates to navigate diverse cultural contexts, conduct meaningful cross-cultural analysis of texts, and engage effectively in international academic and professional environments.

 
Mohinabonu Xoliqova

16-18

2025-05-16

ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ИЖТИМОИЙ ЖИҲАТДАН ҲАВФЛИ АҲВОЛДА БЎЛГАН ОИЛАЛАР БИЛАН ИШЛАШ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Мазкур мақолада профилактика инспекторларининг ижтимоий жиҳатдан хавфли аҳволда бўлган оилалар билан ишлаш фаолияти таҳлил қилиниб, амалдаги муаммолар ва уларни бартараф этиш йўллари кўриб чиқилади. Шунингдек, бу соҳадаги ишларни такомиллаштириш бўйича таклиф ва тавсиялар илгари сурилади.

 
Бабаханов Ҳамдам Қадамович, Абдикаримов Жўшқинбек Исламбек ўғли

19-23

2025-05-19

ШАХСНИНГ ҲАЁТИ ВА СОҒЛИГИГА ҚАРШИ ҚАРАТИЛГАН ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ МАХСУС ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Мазкур мақолада профилактика инспекторларининг шахснинг ҳаёти ва соғлигига қарши қаратилган ҳуқуқбузарликларнинг махсус профилактикасини  такомиллаштириш фаолияти таҳлил қилиниб, амалдаги муаммолар ва уларни бартараф этиш йўллари кўриб чиқилади. Шунингдек, бу соҳадаги ишларни такомиллаштириш бўйича таклиф ва тавсиялар илгари сурилади.

 
Бабаханов Ҳамдам Қадамович, Наримонов Мирзобек Мансурбек ўғли

24-30

2025-05-19

ИЛГАРИ СУДЛАНГАН ШАХСЛАРНИНГ ТАСНИФЛАНИШИ ВА УЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

Ушбу мақолада илгари судланган шахслар билан профилактик тадбирларни ташкил этиш, улар томонидан қайта жиноят содир этилишининг олдини олиш фаолиятини ташкил этиш ва уни такомиллаштиришга доир долзарб масалалар таҳлил қилинган, ички ишлар органларининг ушбу соҳани ривожлантиришга доир таклифлар берилганлиги ҳақида сўз юритилади.

 
Адхамов Зафар Акбарович

31-35

2025-05-19

GEOGRAFIYA DARSLARIDA SUN’IY INTELLEKT (AI) TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH

 Ushbu maqolada geografiya darslarida sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi, xorijiy tajribalar, O‘zbekiston maktablarida mavjud holat, shuningdek, raqamli ta’lim vositalarini joriy etish imkoniyatlari, qiyosiy tahlillar va takliflar yoritilgan.

 
Erkinjonova Moxinur Ma’rufjon qizi

36-39

2025-05-19

ALISHER NAVOIY IJODIDA TIMSOLLAR TASNIFI (O’RGANILISHI)

Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodida timsollarning badiiy-falsafiy mazmuni, hujjat ramziy qatlamlari va poetik obrazlar tizimidagi o'rni tahlil qiladi. Asarda Navoiy yaratgan timsollar turli xil tasviriy shakllarda — personajlar, tabiatlari, hayvonot olami, jismoniy va ruhiy hodisalar orqali ifoda topgan. timsollarni tasniflash maqolalari (mav, funktsiya yuk, estetik ahamiyat) asosida guruhlash ishlari amalga oshirish. Timsollar tahlilida hujjat milliy-estetik qadriyatlar va sufiyona tafakkur bilan bog'liqligi alohida ko'rsatib o'tiladi. ilmiy tadqiqot Navoiy asarlaridagi ramziy timsollarning g'oyaviy-badiiy yukini ochish, ularni lingvopoetik va konseptual tahlil qilish maqsad qilingan.

 
Rahmatova Sitora Bobir qizi

40-46

2025-05-19

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING TIL KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining til kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan metodik tizim, uning mazmuni, usullari va baholash turlari keng ko‘rib chiqiladi.

 
Gulsiyma Turganbekova

47-49

2025-05-19

“BOZUǴLAN” DÁSTANINDA KÓMEKSHI SÓZLER

Maqalada Bozuǵlan dástanı tilinde kómekshi sózlerdiń qollanılıw ózgeshelikleri úyrenilgen. Tirkewish, dáneker hám janapaylar dástannan alınǵan mısallar járdeminde ashıp kórsetilgen. 

 
Kadirniyazova Biybijamal

50-52

2025-05-19

SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA SHAXS AGRESSIVLIGI MUAMMOSI

Ushbu maqola orqali   agressiya nima ,uni keltirib chiqaruvchi sabablar,shaxslararo munosabatda namoyon bo‘lishi haqida, agressiv xulq –atvor nazariyalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

 
Ergasheva Mazluma Xusan qizi

53-56

2025-05-19

СУД-ПСИХОЛОГИК ЭКСПЕРТИЗАСИ

Ушбу мақола орқали сиз суд психологияк экспертизасининг ҳуқуқий асослари ҳақида, экспертиза ва унинг турлари ҳақида, суд-психологияк экспертиза ўтказиш услублари ҳақида, психологик экспертнинг касбий фазилатлари, суд-психологияк экспертиза натижаларини қандай таҳлил қилиниши ҳақида танишиб чиқишингиз мумкин.

 
Эргашева Мазлума Ҳусан қизи

57-62

2025-05-19

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA`LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

Mazkur maqolada “Ilk qadam” davlat o`quv dasturining 3-4-boblari chuqur tahlil qilinadi hamda mazkur boblarning maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishdagi o`rni yoritiladi. 3-bob “Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim berishda kompetensiyaviy yondashuv” bo‘lib, bu bo`limda bolaning rivojlanish kompetensiyalari bayon etilgan.   

 
D.Iminova, H. Yaqubjonova

63-64

2025-05-20

MASOFAVIY JISMONIY TARBIYA TA’LIMINING TAJRIBALARI VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya fanining masofaviy shaklda o‘qitilishi bo‘yicha mavjud tajribalar, ularning natijalari va takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilingan. Masofaviy ta’lim texnologiyalari rivojlanishi sharoitida jismoniy tarbiyani onlayn tarzda tashkil etishning afzalliklari - qulaylik, resurslarga keng kirish imkoniyati, individual yondashuv - bilan bir qatorda, muammoli jihatlari-jismoniy faollikni nazorat qilishdagi qiyinchiliklar, texnik vositalarga bog‘liqlik, motivatsiya yetishmovchiligi-ham yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, masofaviy jismoniy tarbiya darslarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, raqamli platformalar, video-darslar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning faolligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari masofaviy jismoniy tarbiya ta’limining sifatini oshirish va uni an’anaviy darslar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlarini ochib beradi.

 
Ilyosboyev Sirojiddin Baxtiyor oʻgʻli

65-68

2025-05-20

TIL SISTEMASI VA STRUKTURASI TERMIN-TUSHUNCHALARIGA BIR NAZAR

Tilshunoslikda, xususan, nazariy tilshunoslikda til sistemasi, til strukturasi degan termin-tushunchalar ko‘p ishlatiladi. Bu terminlarning atalmishi (denotati, referenti) ularning nomemasidan bevosita kelib chiqmaydi, darhol tasavvurda paydo bo‘lmaydi. Ularning denotati bu xildagi  referentlardan emas. Ushbu maqolada ana shu  va ularga yondosh, ular o‘rnida foydalaniladigan til qurilishi termin-tushunchalari haqida fikr yuritilgan. U bu boradagi  ayrim noaniqliklarga barham berishda, ba’zi muammolarni ijobiy hal qilishda yordam berishga qaratilgan

 
J. Abdullayev,, Z.To‘ychiyeva

69-72

2025-05-20

ОРФОЭПИЯ И ПОНЯТИЕ ОРФОЭПИЧЕСКОЙ НОРМЫ

В данной работе рассматривается понятие орфоэпии как раздела лингвистики, изучающего нормы произношения звуков речи. Особое внимание уделяется орфоэпическим нормам современного русского литературного языка, их значению в культуре речи и повседневной коммуникации. Подчеркивается роль орфоэпии в формировании правильной и выразительной речи, а также анализируются наиболее распространённые орфоэпические ошибки.

 
Норова Малика Дилшодовна

73-76

2025-05-20

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHILARINING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH TAMOYILLARI

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada nutqiy kompetensiyaning mohiyati, uning boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda tinglash, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik tamoyillar, interaktiv metodlar va samarali strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘qituvchilarning nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonidagi roli va o‘quv muhitining ta’siri ham muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va metodistlariga o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

 
Gulayim Uzaqbayeva

77-80

2025-05-20

PR TEXNOLOGIYALARINING INTERNET TARMOG‘IDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Bugungi kunda Internet - PR PR faoliyatining eng yosh yo‘nalishi hisoblanadi. Internetdagi PR - bu tashkilot, kompaniya, firma yoki shaxs atrofidagi axborot muhitini baholash, qo‘llab-quvvatlash va o‘zgartirishga qaratilgan onlayn tadbirlar majmuasi bo‘lib, odatda umumiy PR kampaniyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Yaqin kelajakda, shubhasiz, uning rivojlanish istiqbollari juda katta. Internet tarmog‘ida PR texnologiyalari doimiy ravishda rivojlanib bormoqda, demak, Internet tarmog‘ida jamoatchilik bilan aloqalar metodologiyasini yanada rivojlantirish uchun zamin borligi haqida gapirish mumkin.

 
Baxitova Jasmina Armanovna

81-83

2025-05-20

НАЛОГОВАЯ ПОЛИТИКА В СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ

В данной работe рассматриваются особeнности налоговой политики в условиях соврeмeнной трансформации экономики Узбeкистана. Провeдeн анализ тeкущeго состояния налоговой систeмы, ee структуры и направлeний рeформ, осущeствляeмых в рамках стратeгии экономичeского развития страны. Особоe вниманиe удeлeно вопросам оптимизации налогового администрирования, расширeния налоговой базы, а такжe обeспeчeнию справeдливости и прозрачности налогообложeния. Рассматриваются мeры, принимаeмыe для стимулирования прeдприниматeльства, привлeчeния инвeстиций и повышeния конкурeнтоспособности национальной экономики. В работe такжe затрагиваются мeждународныe аспeкты налоговой политики, включая гармонизацию с глобальными стандартами и сотрудничeство с мeждународными финансовыми организациями. На основe анализа прeдлагаются рeкомeндации по совeршeнствованию налоговой политики с учeтом особeнностeй и приоритeтов экономичeского роста Узбeкистана.

 
Норимбаева Хумора, Ширин Турсунходжаева

84-87

2025-05-20

ЛОКАЛИЗАЦИЯ ЯЗВ У БОЛЬНЫХ КОЖНЫМ ЛЕЙШМАНИОЗОМ

По распространенности лейшманиоз занимает первое место среди заболеваний паразитарной этиологии. Эпидемиологические исследования показали, что кожный лейшманиоз характеризуется определенной сезонностью. Поскольку комары чаще всего кусают открытые участки кожи у пациентов, раны возникают и на этих участках, а наша статистика показывает, на каких участках тела эти раны возникают чаще всего. Однако перед началом лечения пациента необходимо определить клиническую форму лейшманиоза, локализацию и количество поражений.

 
Махмудов Фарход Ахмедович

88-91

2025-05-21

MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA G‘AZNACHILIK VA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISHDA TARTIBGA SOLISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH

 Ushbu  maqola  moliyaviy  nazorat  organlarining  faoliyatini muvofiqlashtirish  masalalari  bo'yicha  tahlil  qiladi.  Maqolada,  moliyaviy  nazorat organlarining  asosiy vazifalari  va  ularning  faoliyatining  mohiyati,  muhimligi  va zarur  bo'lganligi  keltiriladi.  Shuningdek,  muvofiqlashtirish  bo'yicha  muammolar, huquqiy va ilmiy ta'limga oid masalalar, shu jumladan, moliyaviy nazorat organlarining  ta'sir  ko'rsatish  va  moliyaviy  xavfsizlikni  ta'minlashda  o'z  o'rinini o'zida olganligi taqqoslanadi.Maqola, moliyaviy nazorat organlarining o'z faoliyati va ularga  tegishli   muhim   masalalarni   taqqoslashni   maqsad   qiladi.   Maqola, moliyaviy  nazorat  organlarining  amalga  oshirishdagi  eng  muhim  tushunchalarni, ularning faoliyatining belgilangan bosqichlarini, muvofiqlashtirish jarayonida duch kelgan  muammolarni,  shuningdek,  moliyaviy  nazorat  organlarining  faoliyatini muvofiqlashtirishdagi ilmiy-ijtimoiy muammolarni tahlil qiladi.

 
SALIMOV VOSIJON G‘ULOMOVICH

92-97

2025-05-21

O‘ZBEKISTON RAQAMLI MOLIYANI RIVOJLANTIRISH RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Mazkur tadqiqot ishimizda Bank tizimida zamonaviy xizmatlar va xozirgi kundagi transformatsiya jarayonini amalga oshirishga bo‘lgan extiyoj xaqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, transformatsiya jarayonini amalga oshirish zaruratida katta o‘rin tutgan bank  tizimi  xizmatlarini transformatsiya  qilish tizimlarini yuzaga kelishining asosiy tashqi omillari xaqida tushuncha berilgan, bank  tizimi transformatsiyasiga O‘zbekiston tijorat banklarida o‘tish zarurati yoritilgan. Bundan tashqari, bank tizimini transformatsiya kilish va rivojlantirish bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.

 
MATYAQUBOV YUSUFBEK QUVONDIQ O‘G‘LI

98-101

2025-05-21

ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ МОЛИЯВИЙ БАРҚАРОРЛИГИНИ ОШИРИШ ЙЎЛЛАРИ

 Хорижлик ва маҳаллий иқтисодчи олимлар томонидан тижорат банкларининг молиявий барқарорлиги ва уни таъминлашнинг методологик асослари илмий жиҳатдан тадқиқ қилинди. Банк молиявий барқарорлигини таъминлашда юридик ва жисмоний шахсларга ажратилган кредитлар бўйича шакллантирилган захиралар уларга ажратилган кредитлар бўйича шакллантирилган захира миқдорига чегара белгилаш бўйича илмий таклиф ва амалий тавсиялар шакллантирилган.

 
Халилова Мухлиса Абдурауп қизи

102-105

2025-05-21

TADBIRKORLIK FAOLIYATINING MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASHNING AHAMIYATI

Xorijlik va mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash amaliyotini takomillashtirishga bag‘ishlangan bo’lib tadqiqot davomida bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishning ahamiyati, usullari hamda zamonaviy tendensiyalari tahlil qilingan. Tadbirkorlikni rivojlantirishda moliyaviy resurslarning roli, bank kreditlari, davlat dasturlari va xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari atroflicha o‘rganilgan..

 
Rustamova Zarnigor Farxodovna

106-111

2025-05-21

OQÍTÍWSHÍLARDA KREATIVLIKTI RAWAJLANDÍRÍW

Maqalada joqarı tálim shárayatında bolajaq oqıtıwshılarında kreativlikti rawajlandırıw qásiyetleri kórip shıǵılǵan. Studentlerdiń dóretiwshilik potencialın qáliplestiriwdiń psixologiyalıq-pedagogikalıq shártleri xarakterlenedi. Kelesi oqıtıwshılardı kásiplik tayarlaw procesinde evristik usıllardı qollawdıń maqsetke muwapıqlıǵı tiykarlanǵan hám shınıǵıwlardı shólkemlestiriwde qollanılıwı analiz etilgen.

 
Nizamatdinova Dilfuza Berdibayevna

112-116

2025-05-21

FUQAROLIK JAMIYATINI QURISHDA HUQUQ VA INGLIZ TILINING O‘RNI VA AHAMIYATI.

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda huquqiy savodxonlik va ingliz tilini o‘rganishning o‘rni yoritiladi. Muallif fuqarolik faolligi, inson huquqlari, xalqaro hamkorlik kabi jihatlar orqali bu ikki omil qanday uyg‘unlashishini tahlil qiladi. Maqolada ta’lim, axborotga ochiqlik va global tafakkur orqali fuqarolik ongini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatiladi.

 
Ibrohimov Namoz, Husenova Farida

117-120

2025-05-21

ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИНИНГ СУРУНКАЛИ ИЧКИЛИКБОЗЛИК ВА ГИЁХВАНДЛИККА РЎЖУ ҚЎЙГАН ШАХСЛАР БИЛАН ИШЛАШ БЎЙИЧА ЯККА ТАРТИБДАГИ ПРОФИЛАКТИКАСИНИНГ АҲАМИЯТИ .

Жамоат хавфсизлигини таъминлаш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш ва жиноятчиликка қарши курашишнинг яхлит тизимини шакллантириш, ички ишлар органларининг энг қуйи бўғинидан республика даражасигача самарали фаолиятини йўлга қўйиш ва замонавий иш услубларини жорий этиш орқали мамлакатимизда ҳуқуқ-тартибот ва қонунийликни мустаҳкамлаш, аҳолининг тинчлиги ва осойишталигини таъминлаш мақсадида бугунги кунда кўплаб ислоҳотлар амалга оширилмоқда.  

 
Жумаев Синдор Жомғир ўғли, Ниматов Шерзод Ниматжонович

121-127

2025-05-21

KREDIT REYTINGI TIZIMLARI VA BANK KREDITLASH SIYOSATIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada kredit reytingi tushunchasi, reyting agentliklarining iqtisodiy rolini ochib berish, shuningdek, bank kreditlash siyosatiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish maqsad qilingan. Avvalo, kredit reytingi tizimlarining tarixiy shakllanish bosqichlari, reyting agentliklarining reyting berish metodologiyasi va mezonlari yoritiladi. Shundan so‘ng, reytinglarning banklar qaror qabul qilish jarayonidagi o‘rni, xususan, kredit shartlari, foiz stavkalari hamda risk-menejment siyosatini shakllantirishdagi roli atroflicha ko‘rib chiqiladi. Maqolaning yakunida bank sektorida reyting baholari samaradorligini oshirish, alternativ baholash modellari va tartibga solish islohotlari bo‘yicha tavsiyalar ilgari suriladi.

 
Raxmonov I.X, Primova M

128-131

2025-05-22

ORGANIK CHIQINDILARDAN BIO-POLIMERLAR OLISH TEXNOLOGIYASI

Ushbu maqolada organik chiqindilardan bio-polimerlar olish texnologiyalari, ularning istiqbollari va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo'jaligi chiqindilari asosida olingan bio-polimerlar an'anaviy sintetik polimerlarga samarali va ekologik muqobil bo'lib xizmat qilishi aniqlangan. Maqolada bio-polimerlar olishning zamonaviy usullari, ularning xususiyatlari va qo'llanilish sohalari ko'rib chiqilgan

 
Abduqodirova Rohila Turgʻun qizi

132-135

2025-05-22

AJRASHGAN OILALARDA OTA-ONA MUNOSABATLARINING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR HISSIY-EMOTSIONAL HOLATIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada ajrashgan oilalarda tarbiyalanayotgan maktab yoshidagi bolalarning hissiy-emotsional holatiga ota-ona munosabatlarining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda G. Xomentauskasning “Oila rasmi” proyektiv metodikasi, Spilberger–Xanin tashvish darajasi testi va Rene Jelya metodikasi qo‘llanilib, natijalar K. Pirsonning r-korrelyatsiyasi yordamida tahlil qilindi. Tadqiqot ishtirokchilari 80 nafar maktab yoshidagi bola bo‘lib, ularning oilaviy muhitga bo‘lgan munosabati va hissiy-emotsional holati o‘lchandi. Korrelyatsiya natijalari ota-ona munosabatlarining bolalarning xavotir darajasi, hissiy holati va o‘z-o‘zini anglashiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Mazkur natijalar ajrashgan oilalardagi psixologik yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning muhimligini tasdiqlaydi.

 
Dexkanova Aziza Shokirovna

136-142

2025-05-22

GEOGRAFIYA VA PSIXOLOGIYA FANLARI TUTASHGAN CHEGARA: PSIXOGEOGRAFIYANING SHAKLLANISH TARIXIGA NAZAR

Bugungi kunda inson va uning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqasini chuqurroq anglash zaruriyati ortib bormoqda. Ayniqsa, shahar makonida yashovchi insonlarning ruhiy holati va xatti-harakatlariga atrofdagi muhitning ta’siri tobora dolzarb mavzuga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan, psixogeografiya – psixologiya va geografiya fanlarining tutashgan nuqtasida shakllangan, insoniy tajriba va makon o‘zaro aloqasini o‘rganuvchi nisbatan yangi soha – ilmiy jamoatchilik e’tiborini tortmoqda. Ushbu maqolada psixogeografiya atamasining vujudga kelishi, tarixiy ildizlari, nazariy asoslari va zamonaviy qo‘llanilishiga nazar tashlanadi.

 
D.E.Abduqodirova , M.M. Mirislomov

143-149

2025-05-22

“ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR VA TO‘LQINLAR” MAVZUSINI O‘QITISHDA “IDROK XARITASI” METODIDAN FOYDALANISH

“ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR VA TO‘LQINLAR” MAVZUSINI O‘QITISHDA “IDROK XARITASI” METODIDAN FOYDALANISH          

Bugungi kunda ta‘limning xilma-xil turlaridan foydalaniladi. Ana shunday ta‘lim turlaridan biri interfaol ta‘limdir. Interfaol va interaktiv so‘zlari bir xil ma‘noda bo‘lib, interaktiv so‘zi, inlizcha  “inter” interaktiv,–“birgalikdagi” va “act” – “harakatlanish” so‘zlaridan olingan. Interaktivlik birgalikda harakatlanish yoki suhbat, dialog rejimida nimadir (masalan, kompyuter) yoki kimdir (o‘qituvchi) bilan bo‘lish demakdir. Bundan kelib chiqadiki, interaktiv ta‘lim – avvalo, dialogli ta‘lim bo‘lib, uning davomida o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchi va kompyuter o‘zaro hamkorligi amalga oshiriladi. Ushbu maqolada ana shunday hamkorlik asosida tashkil etiladigan “Idrok xaritasi”ning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi.

Rayimova Sarvinoz Alisherovna

150-155

2025-05-22

AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHILARIDA KVANT FIZIKASI TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH

Maqolada uzluksiz ta’limning mazmunini yangilash, ilmiylik darajasini oshirish, o‘qitish metodlarini uzluksiz takomillashtirish, o‘quvchilar bilimining sifatiga bo‘lgan talablarning oshib borishi - o‘qituvchidan o‘z bilimini uzluksiz ravishda to‘ldirib va yangilab borishni, malaka, ko‘nikma va metodik mahoratini yuksaltirishni talab qilmoqda. Ushbu maqolada  kvant fizikasi bo‘limiga kiritiladigan o‘quv materiallarining mazmun-mohiyatini zamonaviy talablarga moslashtirish asosida ehtimoliy - statistik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi bayon qilingan. Taklif qilinayotgan usullar tajriba va ilmiy-metodik tatqiqotlarga asoslangan bo‘lib, kvant fizikasini o‘qitishning sifatini yaxshilash borasida tegishli fikrlar bildirilgan.

 
K.R.Sattarkulov

156-161

2025-05-22

XIX ASR OXIRI- XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VOHASI AHOLISINING IJTIMOIY TURMUSH TARZI

XIX asr oxiri Markaziy Osiyining eng yirik va madaniy  jihatdan boy hududlaridan biri bo’lib o’zining o’ziga xos ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy hayoti bilan ajralib turadi.Bu davrda Buxoro amirligi mustaqil feodal davlat sifatida mavjud bo’lib, Rossiya imperiyasining siyosiy ta’siri ostida bo’lsa-da,ichki hayotida o’z an’analari va qadriyatlarini saqlab qolgan edi.Sadriddin Ayniy asarlarida XIXasr –XXasr boshlarida Buxoroning oddiy aholisining turmush tarzi to’g’risida to’laqonli tushuncha hosil qilish mumkin.Buxoro aholising aksariyat qismi kanbag’al holda ya’ni tirikchilikni ham zo’rg’a o’tkaza oladigan darajada hayot kechirgan. Shunga yarasha turar joylar ham oddiy,loydan qurilgan.Derazalarga kamdan kam shisha o’rnatilgan. Ammo madrasalar va boy amaldorlarning uylari ancha tuzukroq holatda bo’lib asosan maxsus malakali me’morlar tomonidan qurilgan. Chegara atrofidagi yerlar ham chetda qolmagan.Asosan vaqf hisobidan,undan tashqari mahalliy boylar homiyligi hisobidan ham masjid va maqbaralar qurilgan,ta’mirlangan.

 
SAYFULLOYEVA NOZANIN

162-164

2025-05-22

TRACE ELEMENTS AND SARS-COV-2 INFECTION: A SYSTEMATIC REVIEW OF CLINICAL TRIALS

Background: Trace elements such as copper, zinc, magnesium, etc. are the minerals present in living tissues in small concentrations, which primarily act as catalysts in the enzyme system. Literature has indicated the role and alteration of trace elements in viral infections. However, the role of trace elements in SARS-CoV-2 infection is unclear so far. Aim: The aim of the study was to perform a systematic review to find out the role of trace elements in SARS-CoV-2 infection as well as the effect of SARS-CoV-2 infection on trace elements. Material and Method: The relevant studies were searched in PubMed and clinical trial websites, and screened based on inclusion and exclusion criteria. The quality of studies was assessed using NIH quality assessment tools. Results: A total of 19 studies were found relevant after screening 23,570 studies. The level of zinc was found to be decreased, the level of magnesium was found to be altered, and the level of copper was found to be increased after SARS-CoV-2 infection. Conclusion: Thus, supplementation of a particular trace element can be useful as an add-on therapy for COVID-19 infection. Further, more studies are required to find out the exact role of these elements in COVID-19 infection.

 
Deepak Sharma, Rakhimova Khusnidakhon Abdukarimova, Noor Alam

165-179

2025-05-22

MIRMUHSINNING „ONA QABRIDA GUL“ HIKOYASIDAGI OBRAZLAR TALQINI

 Mazkur maqola Mirmuhsinning hikoyalari, ulardagi oʻziga xoslik, obrazlarning rang-barangligi masalalariga bagʻishlangan boʻlib, unda yozuvchi mahorati muammosiga ham eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, Mirmuhsin ijodida hikoya janri yaqqol ajralib turishi, ularning boshqa ijodkorlarning hikoyalaridan tubdan farq qilishi xususida ham fikr yuritilgan.

 
Gulnora RAHMATOVA, O Fayzullayeva

180-182

2025-05-23

KOLLABORATIV TÁLIM ARQALı BOLAJAQ OQıTıWSHıLARDıŃ KÁSIPLIK KOMPETENCIYALARıN RAWAJLANDıRıW

Bul maqalada tálim, tálim texnologiyaları ulıwma anıqlaması, tálimde innovaciyalıq texnologiyalardan paydalanıw haqqında maǵlıwmatlar berip ótildi. Bul ámeliy izertlew bolajaq oqıtıwshılardıń kásiplik kompetenciyaların rawajlandırıw ushın muǵallimler tálim baǵdarlamalarında birgelikte oqıtıw texnologiyasınan paydalanıw tásirin úyrenedi. Izertlew baslanǵısh oqıtıwshılar arasında birge islesiw, qarım-qatnas hám sın kózqarastan pikirlew kónlikpelerin arttırıw ushın texnologiyanı oqıtıwshılar tayarlawǵa integraciyalaw nátiyjeliligin úyrenedi. Nátiyjeler sonı kórsetedi, birgelikte oqıtıw texnologiyasın óz ishine alıw bolajaq oqıtıwshılardıń kásiplik kompetenciyaların rawajlandırıwdı sezilerli dárejede jaqsılaydı, nátiyjede olardı bilimlendiriw tarawındaǵı tabıslı karera ushın tayarlaydı.

 
Joldasbayeva Gúlbadan Baltabayevna

183-188

2025-05-23

INTERAKTIV DARS METODLARI VA ULARNING BOSHLANG‘ICH SINFLARDA QO‘LLANISH IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf darslarida interaktiv  metodlardan foydalanish , boshlangʻich  taʼlimni tashkil etishda interaktiv metodlarning tutgan oʻrni ,  taʼlim  tizimiga  zamonaviy  yondashuvlar  haqida  fikr  yuritiladi.  Hozirgi paytda  taʼlim jarayonida interaktiv metodlar innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida qoʻllashga boʻlgan qiziqish hamda ularga bo’lgan eʼtibor  kundan -kunga  kuchayib  bormoqda. Buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha anʼanaviy taʼlimda oʻquvchi - talabalarga faqat tayyor bilimlar berib kelingan bolsa , zamonaviy texnalogiyalar ularni egallayotgan bilimlarini oʻzlari qidirib topishga ,  mustaqil ravishda oʻrganish va tahlil qilishga ,  ushbu qilingan ishlardan xulosalar keltirib chiqarishga undaydi.  Pedagog bu jarayonda bolalarning rivojlanishi, shakillanishi , bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi , shu bilan birgalikda , boshqaruvchanlik funksiyasini ham  bajaradi.

 
Nazokatxon Erkinova

189-192

2025-05-23

10-12 YОSHGАСHА BО‘LGАN YОSH FUTBОLСHILАRNING TEZKОRLIK SIFАTINI RIVОJLАNTIRISH VА TАKОMILLАSHTIRISH.

in this article, the factors that develop the quickness qualities of modern 10-12-year-old football players are discussed. One of the most important aspects of sports training is the training of the physical qualities of a football player. Physical qualities are related to the morpho-functional, morpho-physiological and biological characteristics of the football player's body. Physical qualities have a positive effect on the improvement of the physical, technical and tactical skills, mental and emotional state of the participants. Football players perform each movement more and more confidently, master it faster and achieve better results.

 
Umid Sаidоv

193-199

2025-05-23

QO‘QON XONLIGININNG TUGATILISHI ARAFASIDAGI IJTIMOIY VA SIYOSIY AHVOLI

 Bir paytlar O‘rta Osiyodagi 3 davlatning eng yirigi bo‘lgan Qo‘qon xonligi tugatilishi arafasida juda og‘ir ahvolga tushib qolgan edi. Buning asosiy sabablari, birinchidan soliqlarning ko‘pligi bo‘ladigan bo‘lsa, ikkichidan esa hukmdorning qaramona siyosati edi. Xudoyorxoning Rus hukumati bilan do‘stona munosabat olib borishga intilishi va unga juda ko‘plab sharoitlar yaratib berganligi keyinchalik ularning bu hududga bostirib kirishiga zamin yaratdi. Xonlikning siyosiy jihatdan tanazzul holatiga kelib qolganligi Rus hukumati uchun qo‘l keldi. Natijada xonlik tugatildi va uning o‘rniga Ruslar hokimiyati o‘rnatildi.

 
Sulaymonov Boburjon Dilmurod o‘g‘li

200-203

2025-05-23

THE ROLE OF BILINGUALISM IN ENHANCING ENGLISH PRONUNCIATION

Bilingualism, the ability to speak two languages fluently, plays a significant role in developing English pronunciation skills. This study explores how bilingual students can achieve better pronunciation in English due to their linguistic flexibility, increased phonological awareness, and cross-linguistic transfer. Using a qualitative descriptive method, this research examined the experiences of students who are bilingual in Uzbek and Russian or Uzbek and another second language. The findings indicate that bilingualism provides students with cognitive and phonetic advantages that contribute to more accurate English pronunciation.

 
Abduvaliyeva Ozoda Xusniddin qizi, Rozikova Zilola Tursunboy qizi

204-208

2025-05-23

OʻZBEK TILI VA UNI O`QITILISHINING MUHIM MASALALARI

Ushbu maqola o`zbek tilini davlat tili martabasiga olib chiqish yo`llari va shu yo`ldagi harakatlar ni o`z ichiga oladi. O`zbek tilining o`rni hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning davlat tili haqidagi qarorlari bayon etilgan.

 
Saboxat Jumaniyozova

209-211

2025-05-26