Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-09-06
Статьи
QAZI MÁWLIK ASARLARIDA CHORVACHILIK, QUSHLAR VA HAYVONOTLAR DUNYOSIGA OID SO’ZLAR
Maqolada Qozi Mawlik asarlarining tillik o‘ziga xosliklari so‘z etilgan. Shoir ijodidagi chorvachilik, qushlar va hayvonatlar dunyosiga oid so‘zlar tahlil qilingan.
2025-09-05
MUSTAFO LUTFIY AL-MANFALUTIYNING “BAXT SHAHRI” HIKOYASINING BADIIY VA G‘OYAVIY TAHLILI
Ushbu maqolada arab adabiyotining Milliy yuksalish davri — An-Nahda davrida adabiyot oldiga qo‘yilgan yangi vazifalar, ma’rifatparvarlik tamoyillari va tanqidiy realizmning shakllanishi haqida so‘z yuritiladi. Maqolada Misr adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri Mustafo Lutfiy al-Manfalutiyning hayoti, ta’lim olishi va ijodiy faoliyati keng yoritiladi. Ayniqsa, uning “Baxt shahri” hikoyasi badiiy, g‘oyaviy va syujet tahlili orqali ko‘rib chiqiladi. Hikoyada insonlarning baxtli hayotga erishuvi uchun Haqni tanishi, diniy qadriyatlarga amal qilishi, o‘zaro mehr-muhabbat va adolat asosida yashashi zarurligi ilgari suriladi. Tahlilda hikoyaning asosiy syujet bosqichlari, ramziy unsurlari va adabiy xususiyatlari yoritilib, asarning ma’naviy va ijtimoiy ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
2025-09-08
KO’P QATLAMLI NANO DIFRAKSION PANJARALAR YORDAMIDA ULTRABINAFSHA NURNI INFRAQIZILGA AYLANTIRISHNING NAZARIY VA EKSPERIMENTAL ASOSLARI
Ushbu maqolada nanotexnologik difraksion panjaralar yordamida ultrabinafsha (UV) nurlarini infraqizil nurlariga (IQ) aylantirish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar umumlashtirilgan va mexanizmi nazariy tadqiq qilingan. Quyosh quritgichlari va issiqxonalarda qo’llanilganda ko’p qavatli difraksion panjaralarning binafsha to’lqin uzunliklar sohasi nurlarini , issiqlik nurlanishiga aylantirish imkoniyatlari o’rganilgan. Shuningdek , nanostrukturalarning dizaynlari modellashtirish natijalari ularning tahlili, natijalar ahamiyati va istiqbollari muhokama qilingan.
2025-09-08
FARG‘ONA VODIYSIDA MADANIY MEROS OBEKTLARINI RAQAMLASHTIRISH VA VIRTUAL TURIZM
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysidagi madaniy meros obektlarini raqamlashtirish va ularni virtual turizm sohasida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, xususan 3D skanerlash, VR/AR tizimlari, GIS xaritalash va QR-kod tizimlari yordamida tarixiy obidalarni saqlash, keng jamoatchilikka taqdim etish va ta’lim hamda turizm yo‘nalishlarida foydalanish usullari o‘rganilgan.
2025-09-08
BAQTRIYA SHAHARLARI ARXITEKTURASI. ZAMONAVIY ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR TAHLILI
Mazkur maqolada Baqtriya hududida joylashgan qadimiy shaharlarning arxitekturasi zamonaviy arxeologik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor Dalvarzintepa, Fayoztepa, Kampirtepa va Balx kabi shaharlarda olib borilgan so‘nggi tadqiqotlarga qaratilgan. Dronli modellashtirish, GIS texnologiyalari, fotogrammetriya va postkolonial arxeologik uslublar yordamida bu shaharlardagi arxitektura namunalarining tarixiy, diniy va madaniy xususiyatlari ochib beriladi. Maqola Baqtriya shaharlari arxitekturasi orqali qadimgi urbanistik tafakkur va bugungi zamonaviy shaharsozlik o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yoritishga qaratilgan.
2025-09-08
BAQTRIYA ARXEOLOGIK TOPILMALARI ASOSIDA QADIMGI IQTISODIY TIZIM
Markaziy Osiyo sivilizatsiyalar beshigi sifatida qadimdan murakkab ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy tizimlarga ega bo‘ֹlgan hududlardan biridir. Ayniqsa, bronza davrida shakllangan qadimgi Baqtriya hududi — bugungi O‘ֹzbekistonning janubi, Afg‘onistonning shimoli va Tojikistonning janubiy qismida joylashgan bu hudud — o‘ֹz davrining eng ilg‘or agrar-madaniy markazlaridan biri bo‘ֹlgan. Bu yerdan topilgan arxeologik yodgorliklar — Tog‘olok, Dashli, Gonur-tepa, Mollatepa kabi manzillar orqali miloddan avvalgi III–II ming yilliklar oralig‘ida yuksak rivojlangan moddiy madaniyat va murakkab iqtisodiy tizim mavjud bo‘ֹlganini ko‘ֹrish mumkin.
2025-09-08
OʻRTA OSIYODA ILK TEMIR DAVRI YODGORLIKLARINING XRONOLOGIK BOSQICHLARI VA ULARNING ARXEOLOGIK AHAMIYATI
Ilk temir davri insoniyat tarixida yangi davrni boshlab bergan bo‘lib bu davrda temir asosiy ishlab chiqarish quroliga aylangan. Oʻrta Osiyo hududida bu davr miloddan avvalgi XII asrdan boshlab, VI asrgacha davom etgan. Temirning hayotga joriy etilishi natijasida iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmi ortib, hunarmandchilik taraqqiy etgan, harbiy kuchlar shakllangan va ilk shahar madaniyati elementlari paydo bo‘lgan. Ushbu maqolada ilk temir davrining xronologik bosqichlari, asosiy yodgorliklari va ularning arxeologik ahamiyati tahlil qilinadi.
2025-09-08
FARG‘ONA VODIYSINING QADIMGI DAVR TARIXI. ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR VA XORIJIY OLIMLAR YONDASHUVI
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining qadimgi davrlariga oid arxeologik yodgorliklar va ularni xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilishi yoritilgan. Tadqiqot davomida Chust, Dalvarzintepa, Qo‘rontepa, Quva va boshqa muhim yodgorliklar asosida mintaqaning neolitdan temir davrigacha bo‘lgan sivilizatsiyaviy bosqichlari tahlil qilindi. Xususan, yapon, fransuz, amerikalik, xitoylik va rus tadqiqotchilarining ilmiy yondashuvlari solishtirma metod asosida baholandi. Maqolada xorijiy manbalarning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rsatilib, mahalliy tarixshunoslik bilan uyo‘unlashtirishga doir takliflar ilgari surildi.
2025-09-08
FARG‘ONA VODIYSI ORQALI O‘TGAN BUYUK IPAK YO‘LI TARMOQLARI VA ULARNING IQTISODIY AHAMIYATI
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi orqali o‘tgan Buyuk ipak yo‘lining tarixiy yo‘nalishlari va ularning iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tarixiy yozma manbalar, arxeologik dalillar va raqamli kartografik vositalar asosida mintaqaning qadimiy savdo-sotiqdagi roli ochib beriladi. Ayniqsa, vodiyning hunarmandchilik va urbanizatsiyadagi o‘rni, karvon yo‘llarining tashkil topishi va mintaqaviy integratsiyaga ta’siri chuqur o‘rganiladi.
2025-09-08
BOLALARDA NUTQ RIVOJLANISHI VA PSIXOLINGVISTIKA
Mazkur maqolada 2–7 yosh oralig‘ida bolalarda nutq rivojlanish jarayonlari psixolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Leksik, grammatik va fonetik rivojlanish bosqichlari hamda ularning xususiyatlari yoritiladi. Nutq rivojlanishida L.S. Vygotskiy, J. Piaget va N. Chomskiy kabi olimlarning nazariyalari qiyosiy tarzda tahlil qilinib, o‘zbek bolalari nutqidan olingan misollar bilan asoslab beriladi.
2025-09-08
O'ZBEK XALQ PEDAGOGIKASI VA ILMIY MANZARA EVOLYUTSIYASI
Ushbu maqolada o‘zbek xalq pedagogikasining tarixiy ildizlari va uning ilmiy manzara evolyutsiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodi, urf-odat va marosimlarda mujassam bo‘lgan tarbiyaviy qadriyatlarning asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tishi hamda Sharq uyg‘onish davri allomalari (Forobiy, Beruniy, Ibn Sino) ilmiy qarashlari bilan uyg‘unlashuvi yoritiladi. Shuningdek, jadidchilik harakati va mustaqillik davri ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, XXI asrda zamonaviy ilmiy-texnologik yondashuvlar bilan xalq pedagogikasining integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalq pedagogikasi insonparvarlik, vatanparvarlik, axloqiy poklik va ma’naviy barkamollik g‘oyalarini saqlab qolgan holda bugungi kunda ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
2025-09-08
SHAXS MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA ICHKI VA TASHQI OMILLAR
Ushbu maqolada shaxs motivatsiyasini shakllantirish jarayonida ichki va tashqi omillarning roli ilmiy tahlil etilgan. Motivatsiya nazariyalari, psixologik omillar, ijtimoiy-madaniy muhit va tashqi rag’batlarning ta’siri misollar bilan yoritilgan. Statistik ma’lumotlar asosida shaxsiy va tashqi motivatsiyaning samaradorlik darajalari tahlil qilingan.
2025-09-08
HUJAYRANING TUZILISHI VA FUNKSIYASI
Ushbu maqolada hujayraning tuzilmasi, kimyoviy tarkibi, asosiy organoidlar funksiyasi, shuningdek mitoz va meyoz bo‘linish jarayonlarining biologik ahamiyati yoritiladi. Hujayra nazariyasining tarixiy rivoji, mikroskopik kuzatuvlar va genetik axborot uzatish mexanizmlari tibbiyot amaliyotida muhim o‘rin tutishi to‘g’risida ma’lumotlar yoritilgan.
2025-09-08
BADIIY MATNDA IRONIYANING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Badiiy adabiyot inson tafakkuri va jamiyat madaniyatini aks ettirishning eng yuksak shakllaridan biridir. Unda estetik ta’sirchanlik, emotsional-ekspressivlik va ijtimoiy-baholovchi vazifani bajaruvchi turli stilistik vositalar keng qo‘llanadi. Shulardan biri ironiyadir. Ironiya — bu tashqi shaklida ijobiy yoki neytral ko‘rinuvchi, ammo ichki ma’noda tanqid, kinoya, istehzo ifodalovchi nutq hodisasidir. Lingvopragmatik jihatdan ironiyaning ahamiyati shundaki, u muallifning yashirin niyatini ochib beradi, o‘quvchi ongida kutilmagan semantik assotsiatsiya hosil qiladi va matnga qo‘shimcha estetik qatlam qo‘shadi. Mazkur maqolada ironiyaning lingvopragmatik xususiyatlari badiiy matn materiali asosida tahlil qilinib, uning semantik, sintaktik va stilistik ko‘rinishlari izohlanadi.
2025-09-08
СУҒОРИЛАДИГАН МАЙДОНЛАР УЧУН АРПАНИНГ ВОХА НАВИ
Сифатли (пиво, перловка ва бошқа озиқ-овқатбоп) арпа навларини етишмаслиги учун янги Воха навидан фойдаланган холда, махаллий нав ва намуналар устида селекция ишлари олиб борилиб бошланғич манбалар ажратиб олиш.
2025-09-09
АДАПТАЦИЯ СТУДЕНТОВ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ
Поступление в высшее учебное заведение означает для студента начало нового этапа жизни. Этот процесс предполагает не только получение знаний, но и вхождение в новую социальную среду, а также приспособление к новым правилам и требованиям. В данной статье рассматриваются академическая, социальная и психологическая адаптация студентов, а также значимость поддерживающих условий, создаваемых университетом.
2025-09-09
OSOK BEMORLARIDA KOGNITIV FUNKSIYALAR VA EMOTSIONAL HOLATNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
OSOK bemorlarida kognitiv funksiyalarni pasayishi ko‘pincha gipoksiya va giperkapniya darajasi bilan bog‘liq. Tadqiqot davomida 100 nafar bemor 3 guruhga ajratildi: yengil, o‘rta va og‘ir OSOK. Kognitiv testlar (MoCA, MMSE) va emotsional holatni baholash (HADS shkalasi) asosida olingan natijalar ko‘rsatdiki, og‘ir OSOK guruhida kognitiv pasayish 68% hollarda, depressiya 55%, tashvish 47% hollarda aniqlangan. O‘rta og‘irlikdagi OSOK bemorlarida esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 42%, 33% va 25% ni tashkil etdi. Statistik tahlil shuni ko‘rsatadiki, kognitiv pasayish darajasi bilan depressiv simptomlar o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyatsiya mavjud (r=0.71, p<0.01). Bu natijalar OSOKni kompleks davolashda psixiatriya va psixoterapiya aralashuvlarini qo‘shish zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, psixoterapevtik yondashuvlar bemorlarning hayot sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi....
2025-09-09
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA DAVLAT XIZMATCHILARINING KOMPETENSIYA VA QADRIYATLARINI BAHOLASH
Maqola sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalangan holda davlat xizmatchilarining kasbiy kompetensiyalari va milliy qadriyatlari uyg‘unligini kompleks baholashning nazariy va amaliy asoslarini yoritadi. Tahlil ma’muriy boshqaruv, ta’lim, soliq hamda sud-huquq sohalarini qamrab oladi; shaxsiylashtirilgan baholash tizimlari, AI-intervyular va hissiy intellektni o‘lchash texnologiyalarining imkoniyatlari hamda cheklovlari ko‘rib chiqiladi. AI vositalarining obyektivlik, tezkorlik va ko‘lam bo‘yicha afzalliklari, shuningdek maxfiylik, diskriminatsiya riski, shaffoflik va audit talablari kabi huquqiy-axloqiy masalalar tahlil qilinadi. KPI va real vaqt monitoringi asosida xodimlarni rivojlantirish, madaniy moslikni baholash, halollik va adolatga sodiqlikni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar taklif etiladi. Natijalar SI’ni yordamchi, insonga tayanadigan qarorlarni qo‘llab-quvvatlovchi vosita sifatida joriy etish zarurligini asoslaydi.
2025-09-09
PSIXOLINGVISTIK MODELLAR DOIRASIDA AGRAMMATIZMNING NAZARIY ASOSLARI
Ushbu maqolada agrammatizm nutq buzilishining psixolingvistik modellar asosida tahlili yoritilgan. Agrammatizm, ayniqsa, Broka afaziyasi bilan bog‘liq bo‘lib, sintaktik va morfologik jarayonlarning buzilishi sifatida izohlanadi. Maqolada klassik model, Levelt, Garrett modellar hamda konnektsionistik yondashuvlar doirasida agrammatizmning tushuntirilishi yoritiladi.
2025-09-10
EKSPRESSIV AGRAMMATIZM: SINTAKTIK BUZILISHDAN RATSIONAL STRATEGIYAGACHA BO‘LGAN QARASHLAR EVOLYUTSIYASI
maqolada ekspressiv agrammatizm hodisasi klassik va zamonaviy yondashuvlar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. An’anaviy qarashlarda bu holat sintaktik bilimlarning buzilishi sifatida talqin qilinsa, zamonaviy tadqiqotlar uni kognitiv yuk ostida resurslarni tejovchi strategik til ishlatish shakli sifatida ko‘rsatadi. Muallif sintaktik bilim saqlanib qolgan holatdagi soddalashtirilgan nutq chiqishlarini o‘rganib, ekspressiv agrammatizmga kontekstual va funksional yondashuv zarurligini ta’kidlaydi.
2025-09-10
SOCIAL MEDIA AND STUDENT COMMUNICATION IN UZBEKISTAN: CURRENT USE AND PERSPECTIVES
In recent years, social media has become one of the main platforms for communication among students in Uzbekistan. This paper explores how students use platforms such as Instagram and Telegram for both academic and everyday purposes, and what opportunities and risks this creates. Based on data on internet and social media penetration in the country, as well as studies of media literacy and digital education, the article argues that social media can support learning when its use is purposeful and accompanied by the development of critical thinking skills. Real-life examples of student practices are discussed, with special attention to how English has become a vital tool in online communication. The conclusion offers practical recommendations for teachers and universities.
2025-09-10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH
Maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichidagi o‘quvchilarda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Ijodiy fikrlashning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga ta’siri, hamda bu jarayonda o‘qituvchining roli batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy interfaol metodlar orqali ijodiy tafakkurni faollashtirish yo‘llari va muhit yaratish mexanizmlari haqida so‘z yuritiladi.
2025-09-10
NOGIRON BOLALARNI IJTIMOIYLASHIDA MADANIY VA IJTIMOIY TADBIRLARNING ROLI
Tezis nogiron bolalarning ijtimoiy hayotga integratsiyasi jarayonida madaniy va ijtimoiy tadbirlarning o‘rni va ahamiyatini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqot jarayonida nogiron bolalarning ijtimoiy faoliyatda ishtiroki, madaniy va sport tadbirlari orqali ularning o‘z-o‘zini ifoda qilish, kommunikatsion va interaktiv qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, xalqaro va mahalliy tajribalar solishtirildi, pedagogik va psixologik yondashuvlar orqali ijtimoiy moslashuv mexanizmlari ilmiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy va madaniy tadbirlar orqali nogiron bolalarning jamiyat bilan uyg‘unlashuvi va ularning hayot sifatini oshirishga xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
2025-09-10
SOPOLLITEPA YODGORLIGI TARIXIGA OID TADQIQOTLAR
Ushbu maqolada Surxon vohasining bronza davriga oid Sopollitepa yodgorligining oʻrganilish tarixi va yodgorliklarning qanday madaniyatlarga mansubligi hamda ularning ahamiyati nechogʻlik muhimligi ilmiy yoritilgan. Shuningdek, Sopollitepa misolida Janubiy O‘zbekistonda bronza davri dehqonchilik madaniyatining rivojlanishi shart-sharoitlari va sabablari aniqlangan.
2025-09-10
MA’NAVIYAT VA KIMYO: ENERGETIK MARKAZLAR VA ION ALMASHINUVINING TALQINI
Ushbu maqolada inson tanasidagi ionlar almashinuvi va energetik markazlar o’rtasidagi bog’liqlik kimyoviy va simvolik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Asosan, kalsiy, natriy, magniy va kaliy kabi ionlarning hujayra darajasidagi harakati, tananing bioelektrik muvozanati va holistik energiya oqimlariga ko’rsatgan ta’siri o’rganiladi. Shu bilan birga, qadimiy energetik tizimlar – xususan, “chakra”lar konsepsiyasi – insoning psixofizik holati va ichki muvozanatini tushuntirishda muhim o’rin egallaydi. Maqolada kimyoviy jarayonlar bilan ma’naviy tushunchalar o’rtasidagi simvolik va funksional uyg’unlik falsafiy-ilmiy yondashuv asosida yoritiladi. Shuningdek, maqolada turkiy xalqlarning qadimiy tabobat an’analari va ruhiy qarashlarida energetik markazlar qanday talqin qilinganiga ham e’tibor qaratiladi.
2025-09-11
INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING TA'LIM JARAYONIGA TA'SIRI
Mazkur maqolada innovatsion ta’lim texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi ahamiyati, turlari va ularning afzalliklari yoritilgan. Ta’lim sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, gamifikatsiya, STEAM yondashuvi, masofaviy va gibrid ta’lim kabi zamonaviy usullar tahlil qilingan. Pedagogik innovatsiyalar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, kreativ yondashuv, hamkorlik va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi.
2025-09-11
AUTIZM SPEKTR BUZILISHLARI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR, TASHXIS VA IJTIMOIY INTEGRATSIYA MUAMMOLARI
Ushbu maqolada autizm spektr buzilishlari (ASB) tushunchasi, uning asosiy klinik belgilari, tashxis qo‘yish usullari hamda autistik bolalarni jamiyatga integratsiyalash muammolari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy psixologik, pedagogik va neyrobiologik yondashuvlar asosida autizmga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida ijtimoiy reabilitatsiya va erta aralashuv dasturlarining samaradorligi ko‘rsatib beriladi.
2025-09-11
O'ZBEKISTON KREDIT BOZORIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA
Ushbu maqola O'zbekiston kredit bozorida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonini tahlil qiladi. Tadqiqot "Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasi va bank tizimini isloh qilish dasturining moliyaviy sektorga ta'sirini ko'rib chiqadi. Maqolada mamlakatning kredit bozoridagi zamonaviy raqamli yechimlar, fintech innovatsiyalari va elektron bank xizmatlarining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili natijasida O'zbekistonda raqamli transformatsiyaning asosiy yo'nalishlari, muammolari va istiqbollari aniqlanadi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan raqamli transformatsiya kredit bozorining modernizatsiyasiga va moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishga olib kelmoqda.
2025-09-12
KELAJAK BUGUNDAN BOSHLANADI: YASHIL IQTISODIYOT VA BARQARORLIK
Maqolada zamonaviy global iqtisodiy taraqqiyotning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lgan yashil iqtisodiyot tushunchasi, uning shakllanish bosqichlari va barqaror rivojlanish tamoyillari bilan o’zaro bog’liqligi tahlil qilinadi. Maqolada ushbu konsepsiyaning nazariy asoslari bilan bir qatorda, O’zbekiston Respublikasi misolida yashil iqtisodiyotni joriy etishdagi amaliy tajriba, davlat siyosati va strategik yondashuvlar o’rganiladi. Shuningdek, yashil texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash kabi yo’nalishlar orqali barqaror rivojlanishga erishishning dolzarbligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Ushbu maqola ekologik muvozanat va iqtisodiy barqarorlikni birlashtirgan holda, kelajak avlodlar uchun qulay hayot sharoitini ta’minlash yo’lida yashil iqtisodiyotning tutgan o’rnini yoritadi.
2025-09-12
ZAMONAVIY TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI
This article examines the current development trends and future prospects of modern telecommunication systems. With the rapid progress of digital technologies, telecommunication has become a critical driver of global connectivity, economic growth, and social integration. The study highlights the transition from traditional voice communication to high-speed data transmission, the expansion of wireless and mobile networks, and the integration of 5G and upcoming 6G technologies. Special attention is given to the role of cloud computing, the Internet of Things (IoT), and artificial intelligence in enhancing the efficiency, reliability, and security of telecommunication infrastructures. Furthermore, the paper discusses the prospects of telecommunication systems in supporting smart cities, e-learning, telemedicine, and other digital services, emphasizing their transformative potential for future societies.
2025-09-12
TIJORAT BANKLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING AHAMIYATI
Mazkur ilmiy ishda tijorat banklarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati yoritilgan. Bank faoliyatida raqamli yechimlarni keng qo‘llash xizmatlar sifatini oshirish, mijozlar uchun qulaylik yaratish, operatsion xarajatlarni kamaytirish hamda risklarni samarali boshqarishga xizmat qilmoqda. Mobil va internet banking, QR-kodli to‘lovlar, elektron hamyonlar, blokcheyn texnologiyalari, sun’iy intellekt asosidagi risk-menejment tizimlari va biometrik autentifikatsiya kabi innovatsiyalar bank tizimida shaffoflik va ishonchlilikni kuchaytiradi. Shuningdek, xalqaro tajriba va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi milliy islohotlar tijorat banklari raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va mijozlar bazasini kengaytirishga zamin yaratmoqda. Shu bois, zamonaviy texnologiyalarni bank amaliyotiga keng tatbiq etish mamlakat moliya tizimining barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishda muhim omil hisoblanadi.
2025-09-12
MADANIYATLARARO MULOQOTDA SHAXSNING IJTIMOIY VAZIYATLARGA MOSLASHUVI
Maqolada madaniyatlararo muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy vaziyatlarga moslashish mexanizmlari, psixologik va kommunikativ ko‘nikmalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Globalizatsiya, xalqaro ta’lim, turizm va migratsiya sharoitida madaniyatlararo kompetensiya, empatiya va moslashuvchanlikning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, moslashuvning kognitiv, affektiv va xulqiy komponentlari hamda ularni rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
2025-09-15
DIAGNOSTIC CONSIDERATIONS AND RISK FACTOR ANALYSIS FOR MIGRAINE IN WOMEN OF FERTILE AGE
Migraine represents one of the most prevalent and debilitating neurological disorders worldwide, with a disproportionate impact on women, particularly during their reproductive years. The Global Burden of Disease Study consistently ranks migraine among the leading causes of disability globally, with women experiencing a threefold higher prevalence compared to men. This gender disparity becomes most pronounced during the fertile age period, spanning from menarche to menopause, when hormonal fluctuations significantly influence migraine patterns and severity. In the world, migraine can occur in people of any age, but the most active course of the disease in women is noted at the age of 20-45. During this period, factors such as the regularity of hormonal cycles, the use of contraceptives, pregnancy, and the postpartum period have a strong influence on the clinical course of migraine. Unlike men, in women, migraine is often associated with the menstrual cycle and exhibits specific phenotypic features of the disease.
2025-09-15
MORPHOLOGICAL ASSESSMENT OF SIGMOID INTESTINAL WALL IN CHILDREN DIAGNOSED WITH SIGMOID ELONGATION
Sigmoid elongation, commonly referred to as dolichosigmoid, represents a significant developmental anomaly of the large intestine characterized by an abnormally lengthened and tortuous sigmoid colon. This congenital condition affects approximately 15-25% of the pediatric population, with varying degrees of clinical manifestation ranging from asymptomatic cases to severe functional bowel disorders. The pathophysiology of sigmoid elongation involves complex developmental processes during embryogenesis, resulting in altered intestinal morphology that can significantly impact gastrointestinal function and quality of life in affected children.
2025-09-15
UMUMTA’LIM MAKTAB DIREKTORLARINING LIDERLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur tezisda umumta’lim maktab direktorlarining liderlik kompetentligini rivojlantirishning dolzarbligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari yoritilgan. Rahbar shaxsining strategik qarorlar qabul qilish, jamoani ruhlantirish va innovatsion boshqaruvni amalga oshirishdagi roli alohida tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro tajriba va milliy strategiyalar asosida samarali mexanizmlar taklif etilgan
2025-09-15
DUNYO TARIXIDA KUTUBXONALARNING RIVOJLANISH EVOLYUTIYASI VA ROLI
Ushbu maqolada dunyo tarixida kutubxonalarning rivojlanish evolyutsiyasi va turli mamlakatlardagi kutubxonalar shakllanishi haqida ma’lumotlar muhokama etiladi.
2025-09-15
O'ZBEKISTON AUDITORLIK XIZMATLARI BOZORINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA RAQAMLASHTIRISHNING TA'SIRI
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida auditorlik xizmatlari bozorining hozirgi ahvoli, rivojlanish tendensiyalari va raqamli texnologiyalarning ushbu sohaga ta'sirini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili va mavjud ma'lumotlar asosida amalga oshirilgan bo'lib, mamlakat iqtisodiyotining liberallashuvi sharoitida auditorlik xizmatlarining o'sish sur'atlari, bozor tuzilmasi o'zgarishlari va texnologik innovatsiyalarning auditorlik amaliyotiga kiritilishi jarayonlari o'rganilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston auditorlik bozori sezilarli o'sish tendensiyasini namoyish etmoqda, biroq raqamlashtirishga moslashuvda bir qator qiyinchiliklar mavjud.
2025-09-15
PHONICS-BASED INSTRUCTION AND ITS EFFECT ON PRONUNCIATION ACCURACY IN ELEMENTARY LEARNERS
Phonics-based instruction has been widely discussed as one of the most effective methods for teaching pronunciation in young English learners. This article examines the theoretical foundations, practical applications, and pedagogical benefits of phonics in elementary education. Drawing on established scholarly views, the paper explores how phonics instruction contributes to the development of phonological awareness, decoding skills, and pronunciation accuracy. Furthermore, it highlights both the strengths and limitations of phonics in relation to alternative approaches such as whole-language learning and communicative methods. By analyzing research findings and integrating examples from classroom practices, the article demonstrates that phonics-based instruction significantly improves learners’ ability to pronounce words accurately, particularly at the early stages of language acquisition.
2025-09-15
“MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA OLIY TA’LIM MUASSASASI RAHBAR KADRLARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH”
Hozirgi taraqqiy etib borayotgan bir zamonda ta’lim jarayonining mukammal ravishda boshqarilishi ko‘p jihatdan ta’lim jarayoni boshqaruvchilari zimmasiga yuklatiladi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa avvalambor rahbar kadrlarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirish lozim. Oliy ta’lim muassasasi rahbar kadrlarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish va yanada takomillashtirish orqali esa ushbu vazifani bajarish uchun katta qadam qo‘yilgan bo‘ladi. Rahbar kadrlarda boshqaruv kompetensiyasini takomillashtirish jarayonining malaka oshirish jarayonida yuksak ravishda tashkil etilishini ta’minlash esa ushbu maqsadga erishishda asosiy poydevor vazifasini bajaradi.
2025-09-15
TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGNING LIDERLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida pedagoglarning liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan yoritilgan. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda o‘qituvchining faqat bilim beruvchi emas, balki lider sifatida faoliyat yuritishi zarurligi asoslab beriladi. Liderlik qobiliyatlari pedagogning tashabbuskorligi, kommunikativ mahorati, ijtimoiy-emotsional intellekti va jamoani boshqarish ko‘nikmalari orqali shakllanishi ta’kidlanadi.
2025-09-15
