«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Nashr qilingan: 2025-09-25
Maqolalar
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ТУРИЗМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ СТРАТЕГИЯЛАРИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ ИНСТИТУЦИОНАЛ ВА ҲУҚУҚИЙ МЕХАНИЗМЛАРИ
Узбекистон Республикаси давлат дастурлари ва стратегиялар ҳам туризм соҳасини қўллаб-қувватлаш ва уни янги босқичга олиб чиқишга қаратилган бўлиб, улар орқали туризм инфратузилмаси, хизмат сифатини яхшилаш, янги туристик маҳсулотларни яратиш ва тарғиб қилиш бўйича амалий чора-тадбирлар кўзда тутилган.
2025-09-24
ERTA YOSHDA BOLALAR KASALLANISHLARI VA ULARNING OLDINI OLISHDA PATRONAJ HAMSHIRASINING RO‘LI
Erta yosh davri (0–3 yosh) bolaning eng jadal o‘sishi va rivojlanish davri hisoblanadi. Shu davrda immun tizimi to‘liq shakllanmaganligi sababli bolalar ko‘plab kasalliklarga moyil bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha olib borilgan statistik kuzatuvlarga ko‘ra, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining 50% dan ortig‘i pnevmoniya, diareya va boshqa yuqumli kasalliklarga to‘g‘ri keladi (WHO, 2022) [1].
2025-09-24
AN INTEGRAL FORM OF HOLOMORPHIC FUNCTION ACCORDING TO THE LEBESGUE MEASURE
Let be a complete convex bounded circular domain with center at the beginning of coordinates, whose Schilov boundary (stem) is a smooth manifold, or an unbounded homogeneous second-order Zygel domain with stem .
2025-09-24
FARMATSEVTIKADA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA ULARNING ZAMONAVIY DORI VOSITALARI ISHLAB CHIQISHDAGI AHAMIYATI
Mazkur maqolada farmatsevtika sohasida innovatsion yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan. Xususan, nanotexnologiyalar asosida yaratilgan nanoformulalar, biotexnologik preparatlar, personalizatsiyalashgan farmakoterapiya va ekologik barqaror farmatsevtika yo‘nalishlari tahlil qilingan. Zamonaviy farmatsevtikaning ushbu yutuqlari dori vositalarining samaradorligini oshirish, nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish hamda inson salomatligini yaxshilashda muhim rol o‘ynashi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada talabalarning ushbu jarayonlarni chuqur o‘rganishi va amaliyotda qo‘llashining dolzarbligi ta’kidlangan.
2025-09-29
ПСИХОЭМОЦИОНАЛЬНЫЕ И ВЕГЕТАТИВНЫЕ НАРУШЕНИЯ ПРИ БОЛЕЗНИ ПАРКИНСОНА И ЭФФЕКТИВНОСТЬ АДАПТОЛА В ИХ НИВЕЛИРОВАНИИ
Болезнь Паркинсона характеризуется не только двигательными нарушениями, но и широким спектром немоторных симптомов, среди которых особое место занимают психоэмоциональные и вегетативные расстройства. В исследовании проведена оценка выраженности тревоги, депрессии и вегетативной дисфункции у 48 пациентов с болезнью Паркинсона. Пациенты были разделены на две группы: контрольная (традиционная терапия) и основная (традиционная терапия + адаптол). По результатам наблюдения, включение адаптола в схему лечения способствовало достоверному снижению уровня тревожности, депрессии и выраженности вегетативных нарушений по сравнению с контролем. Полученные данные подтверждают эффективность адаптола в коррекции психоэмоциональных и вегетативных расстройств при болезни Паркинсона и подчеркивают целесообразность его использования в комплексной терапии.
2025-09-29
"SHIRINLIKLAR (SUNʼIY VA TABIIY SHIRINLOVCHILAR) NING INSON ORGANIZMGA TAʼSIR"
Ushbu maqola sunʼiy va tabiiy shirinlovchilarning (aspartam, sukraloza, saksarin, acesulfam-K, steviol glycosidlar, polialkohol — eritritol, sorbitol va boshq.) metabolizm, ichak mikrobiotasi, glyukoza tolerantligi, kardiovaskulyar xavflar, nevrokognitiv taʼsirlar va saraton bilan bogʻliq tadqiqot natijalarini tahlil qiladi. Maqolada yangi meta-tahlillar, reglament hujjatlari va so‘nggi kuzatuv tadqiqotlari asosida xavf va foyda muvozanati muhokama qilinadi. (Manbalar: IARC/WHO, EFSA, so‘nggi tizimli sharhlar va meta-tahlillar).
2025-09-29
1-ТУР ҚД АЁЛЛАРДА ҚАЛҚОНСИМОН БЕЗ КАСАЛЛИКЛАРИНИ БАХОЛАШ
Хозирги кунда йод танқислиги касалликлари глобал муаммолардан бири хисобланади[1]. Бу холат кўплаб мамлакатларда йод танқислиги касалликлари (ЙТК) тарқалиши ва бу касаллик жуда кўп инсонлар сони билан боғлиқлиги кузатилмоқда[2]. Қандли диабетнинг кам ўрганилган ва долзарб йўналишларидан бири аёллар қалқонсимон без фаолияти билан боғлиқ бўлиб, қатор саволлар ханузгача ўз ечимини топмаган. Адабиётларда келтирилишича, 1-тур ҚД аёллар орасида қалқонсимон без касаллиги тарқалганлиги 27-35% ни ташкил қилади[3].
2025-09-29
YASHIL IQTISODIYOT: EKOLOGIYA VA IQTISODIY O‘SISH UYG‘UNLIGI
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarining ahamiyati va ularning barqaror rivojlanish jarayonidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Ekologik xavfsizlik, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, chiqindilarni qayta ishlash va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ekologik investitsiyalar va eko-innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri ko‘rib chiqilib, jahon tajribasi bilan qiyosiy tahlil amalga oshiriladi. Maqolada O‘zbekistonda qabul qilingan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” va uning amaliy ahamiyati yoritilgan hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-09-29
XALQARO INVESTITSIYALAR VA ULARNING MAMLAKAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada xalqaro investitsiyalarning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Globalizatsiya sharoitida investitsiya oqimlari nafaqat moliyaviy resurslarni, balki zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va boshqaruv tajribasini olib kirishi bilan milliy iqtisodiyotning modernizatsiyasida muhim o‘rin tutadi. Maqolada xalqaro investitsiyalarning nazariy asoslari, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi, O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning tutgan o‘rni hamda mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalar ko‘rib chiqilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xalqaro investitsiyalar barqaror iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish va mamlakatning global bozorlar bilan integratsiyasini chuqurlashtirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu bilan birga, investitsion muhitni yanada yaxshilash, huquqiy barqarorlikni mustahkamlash va innovatsion sohalarda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sifatida ta’kidlanadi.
2025-09-29
KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISH ORQALI INVESTITSIYA MUHITINI YAXSHILASH STRATEGIYALARI
Ushbu maqolada kapital bozorining rivojlanishi va investitsiya muhitini yaxshilash o'rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Tadqiqot adabiyotlar tahlili metodologiyasiga asoslanib, turli mamlakatlarning tajribalarini o'rganadi va O'zbekiston uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, kapital bozorining institutsional rivojlanishi, tartibga solish tizimining takomillashtirilishi va moliyaviy savodxonlikning oshirilishi investitsiya muhitini sezilarli darajada yaxshilaydi.
2025-09-29
“ONA VATANIMNING BUYUK FARZANDLARI”
Ona Vatanimiz O‘zbekiston qadimiy va betakror tarixga ega bo‘lib, bu tarix sahifalarida jasoratli sarkardalar, ulkan mutafakkirlar, buyuk olimlar va fidoyi ziyolilar tomonidan yozilgan oltin sahifalar hamon porlab turadi.
2025-09-29
ARAB VA OʻZBEK TILLARIDA KELISHIKLAR
Ushbu maqolada arab va o‘zbek tillarida kelishiklarning o‘rni, ularning shakllanishi va sintaktik vazifalari tahlil qilinadi. Arab tilidagi i‘rob tizimi hamda o‘zbek tilidagi kelishik qo‘shimchalari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlar qiyosiy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi.
2025-09-30
STARTUP MADANIYATINI YOSHLARGA O’RGATISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI: MUVAFFAQIYATSIZLIKDAN QO’RQMASLIK
Ushbu tezisda startup madaniyatini yoshlarga o’rgatishning psixologik jihatlari va muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqmaslik to’g’risida. So‘nggi yillarda innovatsion iqtisodiyot va raqamli transformatsiya jarayonlari yoshlarning ijtimoiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Startup madaniyati zamonaviy jamiyatda nafaqat iqtisodiy o‘sish omili, balki yoshlarning kreativ salohiyati, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va psixologik barqarorligini shakllantiruvchi jarayon sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo startap faoliyatida muvaffaqiyatsizlik ehtimoli yuqori bo‘lgani sababli, ko‘plab yoshlar ijodiy g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirishdan cho‘chiydi. Ushbu tadqiqotning maqsadi — yoshlarga startap madaniyatini o‘rgatishda muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaslikni psixologik jihatdan shakllantirish mexanizmlarini tahlil qilishdir.
2025-09-30
O’QUVCHILARDA KASBIY QIZIQISHLARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
Ushbu tadqiqot o‘quvchilarda kasbiy qiziqishlarni shakllantirish jarayonining psixologik va pedagogik xususiyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. Jamiyat taraqqiyoti sharoitida o‘quvchilarning ongli kasb tanlashi, shaxsiy qiziqishlarini aniqlashi va kelajakdagi faoliyatiga yo‘naltirilishi dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqot davomida psixologik-pedagogik texnologiyalar, interfaol ta’lim metodlari hamda PERMA modeli asosida yondashuv qo‘llanildi. O‘quvchilarning kasbiy intilishlariga ta’sir etuvchi omillar, motivatsiya shakllanish jarayoni va o‘qituvchi-ota-ona hamkorligining ahamiyati ilmiy asosda o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, interfaol mashg‘ulotlar, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va ijobiy psixologik muhit o‘quvchilarda kasbiy qiziqishni shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Shunday qilib, o‘quvchilarda kasbiy qiziqishni erta bosqichdan rivojlantirish nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki ularning shaxsiy kamoloti va ijtimoiy moslashuvchanligini ham ta’minlaydi.
2025-09-30
DAVLAT BYUDJETI SOLIQLI DAROMADLARINING SAMARALI IJROSINI TA'MINLASH: XALQARO TAJRIBA VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Davlat byudjeti har qanday davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishdagi asosiy moliyaviy vositadir. Uning daromad qismining barqaror va samarali ijrosi esa davlatning makroiqtisodiy barqarorligi, ijtimoiy infratuzilma rivoji, ijtimoiy himoya tizimi va strategik loyihalarni moliyalashtirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Soliqlar davlat byudjetining eng muhim va asosiy daromad manbai hisoblanadi. Shu bois, soliqli daromadlarning to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi, soliqqa tortish bazasining kengaytirilishi va soliq intizomini mustahkamlash har bir mamlakat oldida turgan ustuvor masalalardan biridir.
2025-09-30
