Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-08-05

BARQAROR RIVOJLANISH TUSHUNCHASI VA UNING SANOAT SOHASIDAGI O‘RNI

Ushbu maqolada barqaror rivojlanish tushunchasining mazmuni va uning sanoat sohasidagi o‘rni tahlil qilingan. Barqaror rivojlanish — iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy farovonlik va ekologik xavfsizlik o‘rtasida muvozanatni ta’minlashga qaratilgan yondashuv sifatida talqin etiladi. Sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishiga erishishda resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish zarurligi asoslab berilgan. O‘zbekiston tajribasi misolida milliy strategiyalarning ushbu yo‘nalishdagi roli ochib berilgan.

Sadriddinov Baxtiyor Shamshiddin o‘g‘li

4-7

2025-08-06

ПРОБАЦИЯ ИНСТИТУТИНИНГ ИЖТИМОИЙ-ҲУҚУҚИЙ МОҲИЯТИ

Ушбу мақолада замонавий пробация институтининг роли таҳлил қилинади, унинг ташкилий-ҳуқуқий асослари, шунингдек, жиноий жазоларни ижро этиш самарадорлигини оширишга қаратилган ислоҳотлар кўриб чиқилади. Қайта ижтимоийлаштириш дастурлари, ҳуқуқни муҳофаза қилиш органларининг идоралараро ҳамкорлиги ва жамоат ташкилотларининг пробацияни шакллантиришдаги иштирокига алоҳида эътибор қаратилган. Мақолада пробация институтининг ҳуқуқни қўллаш контекстида эришилган ютуқларни ва келажакда юзага келиши мумкин бўлган муаммоли масалалар кўриб чиқилган.

Нурматов Равшан Бегмаматович

8-12

2025-08-06

ТРАНСФЕРТ НАРХЛАРНИ БЕЛГИЛАШДАГИ МУАММОЛАР ВА УЛАРНИ БАРТАРАФ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ

Тезисда трансферт нархлар тушунчаси, трансферт нархларни белгилашнинг халқаро амалиёти ва уни назорат қилиш мезонлари ва ташкилий ҳуқуқий асослари таҳлил қилиниб, унинг ривожланиш босқичлари изоҳланди. Ўзбекистонда трансферт нархларни белгилаш ва назорат қилишнинг ҳуқуқий асослари ўрганилиб, амалиётда учраётган муаммолар ҳамда уларнинг ечими бўйича таклифлар берилган.

Маматкулов Шокир

13-16

2025-08-06

MODERN APPROACHES TO TEACH WRITING IN A FOREIGN LANGUAGE

Approaches to teaching writing in a foreign language are closely related to research in the field of discourse since discourse competence is an integral part of communicative competence. It is logical to assume that the understanding of discourse as a result in the form of text and as a cognitive process of creating meaning is interconnected with the terms "product" and "process" in the theory of teaching foreign languages. These two opposing terms have been implemented in approaches to teaching writing known as the modern-rhetorical (product-oriented) and process-based approaches.

Rustambek Urinov

17-19

2025-08-06

EFFECTIVE METHODS FOR TEACHING ENGLISH AS A SECOND LANGUAGE: A COMPARATIVE ANALYSIS OF TRADITIONAL AND MODERN APPROACHES

Provides an overview of the study’s purpose, scope, and findings. English has become the global lingua franca, making effective teaching methods crucial for learners worldwide. This thesis examines traditional methods, such as the Grammar-Translation and Audio-Lingual approaches, alongside modern methods like Communicative Language Teaching (CLT), Task-Based Learning, and technology-assisted instruction. By comparing their principles, effectiveness, and adaptability, the study concludes that integrating traditional structure with modern communicative techniques yields optimal results for language acquisition.

Rustambek Urinov

20-22

2025-08-06

RAQAMLI JAMIYATDA AXBOROT VA MEHNATNING TRANSFORMATSIYASI: AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY KASBLARNING QIYOSIY TAHLILI

Raqamli jamiyatda axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanadigan kasblar tobora ko‘payib bormoqda. Biroq, insoniyat tarixida uzoq vaqt davomida axborot bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan kasblar mavjud bo‘lgan. Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi va sanoat jamiyatlaridagi an’anaviy kasblar bilan zamonaviy “axborot kasblari” qiyoslanadi. SHuningdek, axborot bilan shug‘ullanadigan kasblarning ijtimoiy haqiqatning moddiy jihatlari bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Maqolada Alvin Toffler, Daniel Bell, Manuel Castells kabi mutafakkirlarning raqamli jamiyat haqidagi nazariyalari ham o‘rganiladi. 

O‘ktamova Dilfuza O‘ktamovna

23-26

2025-08-06

CHUQUR NEYRON TARMOQNI O`QITISH ORQALI MASTAT TIZIMINI ALGORITMI

Hozirgi kunda inson hayotining barcha sohalarida, ayniqsa internetda juda ko'p ma'lumotlar mavjud. Muhim ma'lumotni mavjud ma'lumotlar bazasidan xulosa yaratish orqali ko'rib chiqish va ajratish mumkin. Matn mazmuni ko‘payishda davom etar ekan, matnni umumlashtirish uchun aqlliroq va takomillashtirilgan yechimlarni joriy etish orqali ushbu o'sishni boshqarish tadqiqot hamjamiyatiga yuk bo'lib qoldi. Ma'lumotlar o'sishining tezligi va hajmining ortishi bilan, katta hajmdagi matn hujjatlaridan zarur ma'lumotlarni olish ancha murakkablashadi.

Fayzullayeva Zarnigor Inatillayevna

27-29

2025-08-06

ЎЗБЕКИСТОНДА ЕРЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ВА МУҲОФАЗА ҚИЛИШ СОҲАСИДАГИ ЖИНОЯТЛАР УЧУН ЖАВОБГАРЛИККА ОИД ҚОНУН НОРМАЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТАРИХИ

Ҳар қандай ислоҳотни кафолатли амалга оширишнинг асосий шартларидан бири уларнинг ҳуқуқий негизини яратишдан бошланади. Иқтисодий ислоҳотлар қонун ҳужжатлари асосида амалга оширилгандагина улар муайян натижа беради ва орқага чекиниш ҳам юз бермайди. Шунинг учун ҳам ислоҳотларнинг ҳуқуқий негизини яратиш бир қанча муҳим йўналишлар бўйича амалга оширилди. Мазкур йўналишлардан бири мулкдорликка асос соладиган қонунлар мажмуини яратишга қаратилган эди. Шу билан бирга, инсонларни мулкка бўлган муносабатларини ўзгартирмасдан туриб кўзланган мақсадга эришиб бўлмаслиги ҳам аён эди.

Марданов Фарход Нарзуллаевич

30-38

2025-08-07

SANGZOR – ZOMIN MIKRO VOHASI ETNOMADANIY MUHITI VA ETNOGRAFIZMLARNING SHAKLLANISH ASOSLARI

Mazkur maqolada Sangzor – Zomin mikrovohasi etnomadaniy muhitining shakllanishi, tarixiy-etnografik o‘ziga xos jihatlari va xalq og‘zaki ijodidagi etnografizmlar tahlil qilingan. Tadqiqotchi Jizzax vohasining tarixiy-etnik tarkibini yoritib, bu hududda yashagan turli urug‘ va elatlarning madaniy merosi, urf-odatlari, so‘z boyligi orqali etnomadaniy qatlamlarning shakllanish bosqichlarini aniqlagan. Etnik guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, chorvachilik, hunarmandchilik kabi hayot tarziga oid etnografik tafsilotlar asosida vohaning tarixiy madaniy rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan.

Beknazarov Nodir Beknazar o‘g‘li

39-42

2025-08-07

PEDAGOGICAL APPROACHES TO TEACHING COLOR CONCEPTS IN FOREIGN LANGUAGE EDUCATION: LINGUOCULTURAL, COMMUNICATIVE, MULTIMODAL AND COGNITIVE STRATEGIES

This paper investigates pedagogical strategies for teaching color concepts in foreign language education, integrating linguocultural, communicative, multimodal, problem-based, and differentiated approaches. Moving beyond mere lexical memorization, the study foregrounds the cultural, psychological, associative, and conceptual layers embedded in color terminology and metaphors. Drawing on constructivist and multimodal theories, the paper proposes practical classroom procedures: authentic communicative tasks, role-plays, multimodal materials (infographics, collages, interactive platforms), problem-based comparative analyses of cross-linguistic metaphors, and differentiated activities tailored to learners’ cognitive styles. A proposed mixed-method classroom study will test the framework in English–Uzbek instructional contexts to evaluate gains in semantic depth, intercultural competence, and communicative performance. Expected outcomes include improved conceptual understanding, heightened intercultural awareness, and stronger retention through multimodal engagement. The paper concludes with pedagogical recommendations and an agenda for empirical research to validate and refine the model for teacher education and curriculum design.

Gulinur Arabova

43-45

2025-08-08

KORXONA XARAJATLARINI OPTIMALLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI VA SAMARADORLIGI

Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan texnologik innovatsiyalar oqimi korxonalarni raqamli transformatsiyaga olib kelmoqda. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar yordamida xarajatlarni kamaytirish, samaradorlikni oshirish, resurslardan foydalanish darajasini optimallashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar korxonalar moliyaviy barqarorligining asosiy omiliga aylangan. Shunday sharoitda korxonada xarajatlar tarkibini raqamli tahlil qilish, ularni kamaytirish strategiyalarini ishlab chiqish va samarali moliyaviy boshqaruv tizimini yaratish dolzarb masalalardan biridir.

Soibov Nozimbek Faxridin o’g’li

46-47

2025-08-08

ЭФФЕКТИВНОСТЬ НОВОЙ КОМПОЗИТНОЙ ГЕМОСТАТИЧЕСКОЙ ПЛЕНКИ В ХИРУРГИИ ПЕЧЕНИ

Достижение гемостатического эффекта физическими методами воздействия на раневую поверхность и кровоточащие сосуды паренхимы рационально преимущественно при ее неглубоких и поверхностных повреждениях. Для остановки кровотечения из сосудов паренхимы диаметром более 1,0 мм требуется увеличение экспозиции и мощности воздействия энергии, что неизбежно приводит к повреждению стромальных элементов органа и увеличивает площадь некроза паренхимы до глубины 4-8 мм, а образующийся при этом коагуляционный струп нередко служит субстратом для инфицирования и рецидива кровотечения. Физические способы гемостаза при операциях на паренхиматозных органах не отвечают требованиям «идеального способа», который должен сопровождаться минимальной кровопотерей или ее отсутствием, минимальным некрозом паренхимы и сокращением времени операции. В связи с этим, разработка быстродействующих, безопасных, эффективных и экономичных гемостатических материалов имеет большое клиническое и социальное значение.

Абдуллажанов Б.Р., Кучкаров М.Ю.

48-50

2025-08-08

MARKAZLASHTIRILGAN OGOHLANTIRISH TIZIMI

Ushbu maqolada markazlashtirilgan ogohlantirish tizimi favqulodda vaziyatlarni erta aniqlash, ma'lumotlarni markaziy baza orqali yigʻish va aholini tezkor, aniq hamda muvofiqlashtirilgan tarzda xabardor qilish imkonini beruvchi kompleks texnik-tashkiliy yechimdir. Tizim real vaqtda sensorlardan, meteorologik xizmatlardan, telekommunikatsiya operatorlaridan va ijtimoiy media manbalaridan kelayotgan ma'lumotlarni birlashtirib tahlil qiladi hamda avtomatlashtirilgan qoʻngʻiroq, SMS, mobil ilova bildirishnomalari, jamoat sirenalari va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadi.

Yarkinboyev Saidjon Olimjon o‘g‘li

51-54

2025-08-08

KEKSALIK DAVRIDA RIVOJLANISHNING IJTIMOIY SHART - SHAROITLARI

Ushbu maqolada keksalik davrining psixologik va ijtimoiy xususiyatlari, biologik va ruhiy qarish, adaptatsiya strategiyalari jarayonlarining o'ziga xos jihatlari yoritilgan. Keksalarning hayotidagi ijtimoiy aloqalarning ahamiyati, shaxs sifatida o'zini saqlab qolish muammosi hamda faol va passiv keksayish modellari tahlil qilingan. Shu bilan turli olimlar tomonidan qarilik yoshining bosqichlari va belgilariga oid tasniflar keltirib, tafakkur, psixik jarayonlar-xotira, diqqat kabi jihatlardagi o'zgarishlar tahlil etilgan.

Turg’unova Sarvinoz

55-57

2025-08-11

РЕТИНИРОВАННЫЕ ЗУБЫ: ЭТИОЛОГИЯ, ДИАГНОСТИКА И МЕТОДЫ ЛЕЧЕНИЯ

Ретинированные зубы – это зубы, которые, несмотря на истечение нормального срока прорезывания, полностью или частично не появляются в полости рта. Данное состояние связано с различными этиологическими факторами, препятствующими правильному развитию зубов. Ретинированные зубы могут вызывать функциональные, эстетические и ортодонтические проблемы. Их лечение требует индивидуального подхода. В данной статье представлена подробная информация об этиологии, диагностике и методах лечения ретинированных зубов.

Эльдар Халилзаде

58-60

2025-08-11

OLIY TAʼLIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA IJODIY YONDASHUVLAR ORQALI TALABA MOTIVATSIYASINI OSHIRISH: "WORK ZONE" KONSEPSIYASI

Ushbu maqolada talabalarning oʻqishga boʻlgan motivatsiyasini oshirish muammosi koʻrib chiqiladi. Oliy taʼlimda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar orqali talabalarning mustaqil ishlashi, ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan “Work Zone” konsepsiyasi taklif etilgan. Konsepsiya talabalarning oʻquv yuklamasi, moliyaviy muammolar va boʻsh vaqtni samarali oʻtkazish bilan bogʻliq muammolarini hal etishga qaratilgan. Unda zamonaviy infratuzilma, elektron resurslardan foydalanish imkoniyati, hamkorlik maydonlari va qulay muhitni oʻz ichiga olgan makon yaratish gʻoyasi ilgari surilgan.

Ikromova Sevinch Elniyoz qizi

61-63

2025-08-11

THE IMPACT OF PUBLIC RELATIONS STRATEGIES ON BRAND LOYALTY IN THE DIGITAL ERA: EVIDENCE FROM MARKETING COMMUNICATIONS

Public Relations (PR) has increasingly become a critical function within marketing strategies, playing a vital role in shaping brand perception and consumer behavior (Luo & Du, 2021). Effective PR activities not only manage the communication between organizations and their publics but also build emotional connections that influence consumer trust and brand loyalty (Coombs & Holladay, 2012). In the contemporary digital age, where consumers are bombarded with information, brands need to strategically use PR to differentiate themselves and cultivate lasting relationships with customers (Jin & Liu, 2019).

Xurmatoy Abdulhamidova

64-69

2025-08-11

EMPIRICAL ASSESSMENT OF THE METHODOLOGY AND EFFECTIVENESS OF DEVELOPING LANGUAGE SKILLS THROUGH INTERACTIVE DIGITAL PLATFORMS (DUOLINGO, QUIZLET, KAHOOT) IN TEACHING ENGLISH

This article discusses the methodology and empirical evaluation of the effectiveness of developing language skills through interactive digital platforms (Duolingo, Quizlet, Kahoot) in English language teaching.

Kamilla Rakhimova

70-73

2025-08-11

INGLIZ TILINI O`QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada chet tillarini o’qitishda innovatsion metodlarni qo’llash haqida ma’lumotlar berilgan.

Xo'jayorova Gulmira Uzoqmurot qizi

74-77

2025-08-11

ЭПИДЕМИОЛОГИЯ РОТАВИРУСНОЙ ИНФЕКЦИИ ПО СРАВНЕНИЮ С ДРУГИМИ ОСТРЫМИ КИШЕЧНЫМИ ИНФЕКЦИЯМИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Острые кишечные инфекции (ОКИ) остаются одной из ведущих причин детской заболеваемости и смертности в мире. По данным ВОЗ, ежегодно регистрируется около 138 млн случаев ротавирусной инфекции, которая является основной причиной диареи у детей младше 5 лет. В Узбекистане ОКИ представляют серьёзную проблему общественного здравоохранения, а их структура и распространённость зависят от типа возбудителя, возраста пациентов и места проживания.

Гуломова Н.Р.

78-79

2025-08-11

O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA TALABALARNING IJODIY FAOLLIGINI OSHIRISH USULLARI

Ushbu maqolada o‘qish savodxonligi darslarida talabalarni faol, mustaqil va ijodkor fikrlovchi subyekt sifatida shakllantirishga qaratilgan usul va yondashuvlar ilmiy-nazariy hamda amaliy asosda yoritilgan. O‘qish savodxonligi zamonaviy ta’limda nafaqat matnni tushunish, balki u orqali tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish vositasi sifatida qaralmoqda. Maqolada ijodiy faollik tushunchasi, uning o‘qish savodxonligi bilan bog‘liqligi, matn asosida tahlil qilish, yangi g‘oyalar ilgari surish, muqobil fikrlar yaratish orqali talabalar tafakkurini faollashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ayniqsa, ochiq savollar, muammoli topshiriqlar, “fikr xaritasi”, “kreativ qayta yozish”, “loyiha asosida o‘qitish” kabi interaktiv metodlarning talaba ijodiyligiga ta’siri tahlil qilingan.

Anarbayeva Dildora Ahmetovna

80-82

2025-08-11

ENRICHING THE VOCABULARY OF SENIOR SCHOOL STUDENTS

This article examines the enrichment of senior schoolchildren's vocabulary in foreign language lessons. By implementing the tasks of enriching schoolchildren's speech, a language teacher forms their evaluative attitude to the selection (choice) of language means depending on a set of factors such as the task, addressee, time, place of utterance, etc.

Rukhshona Khamzayeva

83-85

2025-08-12

SYSTEMIC LUPUS ERYTHEMATOSUS: CAUSES, SYMPTOMS, AND TREATMENT APPROACHES

Systemic lupus erythematosus (SLE) is a disease that predominantly affects women of reproductive age whose fertility is not impaired. This has determined a long-standing interest in the problem of pregnancy and childbirth in SLE. As early as 1955, JA Merrill [113] in one of the first literature reviews "SLE and pregnancy" noted that fetal losses in SLE amount to 36%. Subsequent numerous studies confirmed the fact of the unfavorable effect of SLE on the course of pregnancy, its maternal and perinatal outcomes. According to G. Burkett [52], the frequency of spontaneous abortions in SLE is 50%, stillbirths - 35%, premature births - 25%, and about 5% of infants suffer from intrauterine growth retardation. In recent decades, improvement of SLE diagnostics, especially its low-manifest forms, early and adequate treatment have improved the prognosis of the disease, increased the life expectancy of patients, which in turn led to a revision of the problem of motherhood in women with SLE.

Zuhra Shermatova

86-87

2025-08-12

ХАЛҚАРО-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАРНИ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЖИНОЯТ-ҲУҚУҚИЙ ТИЗИМИГА ИМПЛЕМЕНТАЦИЯ ҚИЛИШ АСОСЛАРИ

Жиноят-ҳуқуқий тусдаги халқаро ҳуқуқий нормаларни имплементация қилиш халқаро ва ички ҳуқуқнинг ўзаро боғлиқлиги ва ўзаро таъсирининг энг қийин муаммоларидан биридир. Ўзбекистон Республикаси иштирок этган халқаро шартномалар давлатнинг жиноий юрисдикцияси чегараларини белгилашдан тортиб, жиноятчиликни белгилашгача ва конкрет хатти-ҳаракатлар учун жазолашгача бўлган кўплаб масалаларни тартибга солади.

Нормўминов Жалолиддин Тоҳир ўғли

88-93

2025-08-12

EMOTSIONAL CHARCHOQ (BURNOUT) HOLATLARINING O‘RGANILGANLIK DARAJASI VA KELIB CHIQISH SABABLARI

Maqolada emotsional charchoq (burnout) sindromining o‘rganilganlik darajasi, uning ilmiy tushunchasi va rivojlanish tarixi yoritiladi. Xorijiy va mahalliy tadqiqotlar asosida burnoutning kelib chiqish sabablari tahlil qilinadi. Muallifning shaxsiy ilmiy qarashlari asosida O‘zbekiston sharoitida ushbu sindromning tadqiq etilish zaruriyati va profilaktik yo‘nalishlari asoslanadi.

Ilxamova D.I.

94-97

2025-08-12

OʻZBEK YOSH SHOIRLARI IJODIDA VATAN MAVZUSI TAHLILI (NILUFAR ERGASHEVA VA SHOHSANAM NISHOVOVA IJODI TALQINIDA)

Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek yosh shoirlari — Nilufar Ergasheva va Shohsanam Nishovova ijodida Vatan mavzusining turfa talqinlari keng yoritiladi. Shoirlarning she’riy asarlarida milliy g‘urur, tarixiy xotira, vatanparvarlik ruhining badiiy ifodasi, obrazlar tizimi hamda poetik vositalardan foydalanish mahorati atraflicha tahlil qilinadi. Maqolada she’rlardan olingan parchalar asosida badiiy tahlillar berilib, ularning zamonaviy oʻzbek adabiyotidagi oʻrni aniqlanadi.

Sobirjonov Mehriddin Gʻayratjon oʻgʻli, Safarova Charos Jamshid qizi

98-99

2025-08-12

HANDALAKNI URUG‘LARI ORQALI YETISHTIRISH

Ushbu maqolada handalakni urug‘idan ochiq dalalarga va plyonkali qoplamalar ostida yetishtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi keltirilgan. Handalakni erta bahorda plyonkali qoplamalar ostida yetishtirish ertachi poliz mahsulotlariga bo‘lgan ta’labni qondirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Handalak Kichkintoy navini plyonka ostida yetishtirilganda ochiq dalaga nisbatan mevalari biroz bo‘lsada yirikroq, eti esa  qalinroq bo‘lganligi kuzatildi. Plyonka ostida yetishtirilgan o‘simliklarning asosiy poya va yon novdalar  uzunligi, yon yon shoxlar soni ko‘rsatgichlari  ham yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Plyonka ostida yetishtirilganda umumiy va tovarbop hosildorlik ham yuqori bo‘lganligi kuzatildi.

Beknazarov Ilimjon Olimjon o‘g‘li , Aramov Muzafar Xoshimovich

100-104

2025-08-12

YOSHLARDA VATANPARVARLIK TUYG‘ULARINI YUKSALTIRISHDA PRAGMATIK OMILLARNING O‘RNI

Ushbu maqolada yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda pragmatik yondashuvning o‘rni, mazmuni va amaliyotdagi ahamiyati tahlil qilingan. Pragmatizmning ijtimoiy tarbiyadagi ta’siri, turli tarbiyaviy vositalarning amaliy samaradorligi misollar bilan yoritilgan.

Xamrakulov O‘tkirjon Maxmudovich

105-111

2025-08-13

HARBIY VATANPARVARLIK TARBIYASINING PEDAGOGIK ASOSLARI

Tezisda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni, maqsad va pedagogik mexanizmlari zamonaviy ta’lim nazariyalari hamda milliy-madaniy qadriyatlar kontekstida tahlil qilinadi. Tadqiqot uch yo‘nalishga tayangan: shaxsning axloqiy-psixologik rivoji, fuqarolik madaniyatini shakllantirish va tajribaga asoslangan o‘qitish. Vygotskiy, Bandura, Kolb, Blum va Kohlberg ishlari asosida kognitiv, affektiv va irodaviy-komportamental tarkiblar uyg‘unligi yoritilib, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi ijtimoiy birdamlik, mas’uliyat, qonuniylik va xizmatga sadoqat qadriyatlarini barqaror xulqiy odatga aylantirish jarayoni sifatida izohlanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tajriba asosli o‘qitish, ijtimoiy-amaliy loyihalar, rolli mashg‘ulotlar va tarixiy-madaniy meros bilan uzviy integratsiya yoshlarning fuqarolik o‘zini anglashini chuqurlashtiradi va mudofaa tamoyillarining axloqiy asoslarini mustahkamlaydi.

Axmedov Nodir Sadir oʻgʻli

112-114

2025-08-13

O‘QUVCHILARNI MURAKKAB IKKI AMALLI MASALALARNI YECHISHGA O‘RGATISH USULLARI

Boshlangʻich ta’limning birinchi sinflarida masalalar yechishda oʻquvchilar yig‘indi va qoldiqni topishga doir, sonni bir necha birlik orttirish yoki kamaytirishga doir yig‘indi va qo‘shiluvchilarni topishga doir, ayirmali taqqoslashga doir sodda masalalar, ayirmani va kamayuvchini topishga doir, ayirmani va ayriluvchini topishga doir bir necha koʻrinishdagi masalalarga duch kelishadi.

Boymanov Hoshim Isroilovich

115-118

2025-08-13

HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHDA PEDAGOGIK TAʼLIMNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Tezisda yo‘l harakati xavfsizligini oshirishda pedagogik ta’limning ahamiyati nazariy va amaliy dalillar asosida yoritiladi. Tadqiqot ijtimoiy o‘rganish nazariyasi, rejalashtirilgan xulq-atvor nazariyasi va “xavfsiz tizim” yondashuviga tayangan holda olib borildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, barqaror ijobiy o‘zgarish qoidalarni yodlash bilangina emas, balki riskni idrok etish, o‘zini-o‘zi boshqarish va fuqarolik mas’uliyatini shakllantiruvchi tarbiyaviy muhit orqali yuzaga keladi. Bolalar bog‘chasidan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarda tajribaviy o‘qish, rol modellari, raqamli simulyatsiyalar va loyiha asosidagi faoliyat o‘quvchilarning diqqatni boshqarish, qaror qabul qilish va xavfga munosabatini yaxshilaydi. O‘qituvchilarni maxsus metodik tayyorlash, ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik hamda KAP (bilim–munosabat–amaliyot) o‘lchovlariga tayanuvchi baholash tizimi natijadorlikni oshiradi. Xulosa sifatida, pedagogik ta’lim infratuzilma va siyosiy choralarga uyg‘unlashtirilganda jamiyatda xavfsiz harakat madaniyatini shakllantirishning yetakchi omiliga aylanadi.

Ergashev Nurmuhammad Jalilovich

119-121

2025-08-13

CHIZIQLI PROGRAMMALASHNING IQTISODIYOTDAGI O‘RNI

Chiziqli programmalar iqtisodiyotda resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu mavzuda chiziqli programmalar nazariyasining asosiy tushunchalari, maqsad funksiyasi, cheklovlar tizimi va optimal yechimlarni topish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, iqtisodiy rejalashtirish, transport masalalari, ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash va foydani maksimal darajaga yetkazish kabi amaliy sohalarda chiziqli programmalar qo‘llanilishining afzalliklari ko‘rsatib beriladi. Bu yondashuv iqtisodiy samaradorlikni oshirish, raqobatbardoshlikni ta’minlash hamda resurslarni oqilona taqsimlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Ismailov Asqar Jaxangirovich

122-123

2025-08-13

ICHKI ISHLAR XODIMLARINING ZAMONAVIY KASBIY TA'LIM FALSAFASINING ASOSIY YO'NALISHLARI

Maqolada ichki ishlar xodimlarining kasbiy ta'limini tashkil etishning zamonaviy falsafiy yondashuvlari tahlil qilingan. Tadqiqotda kompetensiyaviy, shaxsga yo'naltirilgan, amaliyotga asoslangan va innovatsion ta'lim paradigmalari o'rganilgan. Ichki ishlar sohasidagi ta'lim jarayonining o'ziga xos xususiyatlari va zamonaviy ta'lim texnologiyalarining qo'llanilish imkoniyatlari ko'rib chiqilgan.

Nabiyev Sherzodjon

124-125

2025-08-14

MORAL RENEWAL AND CULTURAL DEVELOPMENT OF UZBEKISTAN

This article talks about the role of national cultural centers in Uzbekistan in interethnic harmony. The author, relying on scientific data, studied and analyzed the specific aspects of the role of national cultural centers in Uzbekistan in interethnic harmony based on available literature.

Mohigul Davronova

126-129

2025-08-14

KASBGA YO‘NALTIRILGAN INGLIZ TILI DARSLARIDA NOFILOLOGIK TALABALAR NUTQ MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada nofilologik yo‘nalish talabalarining ingliz tilidagi nutq madaniyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Maqolada kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili darslarining afzalliklari, kommunikativ yondashuvning ahamiyati hamda interfaol metodlar orqali talabalarda og‘zaki nutq kompetensiyasini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, talabalarning kasbiy sohada samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy topshiriqlar va pedagogik texnologiyalar taklif etiladi.

Yusupova Shirinoy Ortig`ali qizi

130-133

2025-08-14

YOSHNI BAHOLOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR: IJOBIY VA SALBIY KONNOTATSIYALAR TAHLILI

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida inson yoshini ifodalovchi frazeologik birliklar semantik jihatdan ijobiy va salbiy konnotatsiyalar asosida tahlil qilinadi. Iboralarning semantik yuklamasi, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik aks-sadosi ko‘rib chiqiladi. Maqolada yoshga doir iboralarning baholovchi funktsiyasi, stereotipik yondashuvlar va lingvistik vositalar orqali yuzaga chiqadigan madaniy anglashuvlar tahlil qilinadi.

Xamrakulova Sabina Feyruzxanovna

134-136

2025-08-15

THE EVOLUTION OF LEXEME CODIFICATION AND DICTIONARY-MAKING

This article examines the historical development, theoretical foundations, and practical significance of lexemes within the context of dictionary-making traditions from ancient civilizations to modern times. By analyzing the epistemological and semiological aspects of lexemes, the study affirms their central role as the primary naming and meaning-bearing units in any language. The research traces the progression of lexicographic traditions from early inscriptions on stone and animal hides, through Arabic, Persian, and Turkic classical dictionaries, to European lexicographic standardization following the invention of the printing press. Special attention is given to the influence of European lexicographic methods on Russian, Turkish, and Uzbek dictionary-making, particularly in the 20th century during script reforms. The article concludes that national explanatory dictionaries are essential for standardizing the orthographic, semantic, and grammatical norms of lexemes, thus serving as vital instruments in language planning and preservation.

Nodirabegim Tursunova

137-139

2025-08-18

ILMIY IJOD ERKINLIGINI CHEKLASHNING HUQUQIY ASOSLARI VA MEХANIZMLARI

Ilmiy ijod erkinligi demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, ilm-fanning rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, bu erkinlik mutlaq хarakterga ega emas va ma’lum huquqiy chegaralarga ega. Ilmiy faoliyat jarayonida inson huquqlari, jamiyat manfaatlari va aхloqiy qadriyatlarni himoya qilish maqsadida davlat tomonidan ayrim cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Bunday cheklovlar qonun doirasida amalga oshirilishi va asoslangan bo‘lishi lozim.

Aslonova Laylo Olimovna

140-149

2025-08-18

TURIZM TERMINOLOGIYASIDA LAKUNA, REALIYA VA EGZOTIZM KABI MADANIY BIRLIKLAR TARJIMASI

Mazkur maqolada ingliz, o‘zbek va litva tillarida qo‘llaniladigan turizm terminlarining lingvistik va madaniy jihatlari misollar asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolaning maqsadi — lingvokulturologik birliklarning tarjima jarayonidagi ifoda shakllarini aniqlash va ularni o‘zaro solishtirish orqali umumiy strategiyalarni taklif etishdan iborat.

Qudiratov G‘ayratjon Suynovich

150-153

2025-08-18

BOLALARDA TEMIR TANQISLIGI ANEMIYASI DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH USULLARINING SAMARADORLIGI

Bolalar organizmida sog‘lom o‘sish va rivojlanishning asosiy shartlaridan biri bu qon tizimining normal faoliyatidir. Qon tarkibidagi gemoglobin kislorod tashish vazifasini bajaradi va barcha to‘qimalarning energetik almashinuvini ta’minlaydi. Agar gemoglobin darajasi pasaysa, bola organizmida kislorod yetishmovchiligi yuzaga keladi, bu esa uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Anemiyalar orasida eng ko‘p uchraydigani — temir tanqisligi anemiyasidir.

Orziyeva Maftuna Nizomjonovna, Xaliqova Moxiniso Sadirovna

154-155

2025-08-19